ВЛИЯНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА И ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА РАЗВИТИЕ ОБЩЕСТВА

CC BY f
39-45
11
2
Поделиться
Тошбобоев, М. (2023). ВЛИЯНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА И ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА РАЗВИТИЕ ОБЩЕСТВА. Предпринимательства и педагогика, 1(2), 39–45. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27031
Максуд Тошбобоев, Денауский институт предпринимательства и педагогики
Доктор философии (PhD) по философским наукам, декан факультета Предпринимательства и менеджмента ДИПП
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изучается сегодняшние глобальные технические изменения обрабатываются технические возможности, особенно моделирование алгоритмов искусственного интеллекта (доказательство теорий, принятие решений), обработка естественного языка, освоение современных технологий (нейронные сети, биоалгоритмы), распознавание образов, умные роботы, рассмотрены направления такие как машиностроение и автоматизация сферы услуг, становятся неотъемлемой частью развития общества. Также были сопоставлены изменения и научные достижения периода до современного этапа развития науки, а также проанализировано достижения и недостатки возможностей искусственного интеллекта в промышленности, производстве, экономике, медицинском обслуживании и ряде других областей.


background image

39

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Toshboboyev Maqsud Jalilovich

Falsafa fanlari bo‘yicha PhD, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani

E-mail:

m.toshboboev@dtpi.uz

UO‘K: 141.2:519:7

SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING JAMIYAT

RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND DIGITAL

TECHNOLOGIES ON THE IMPROVEMENT OF SOCIETY

Toshboboyev Maqsud Jalilovich

Doctor of Philosophy in Philosophical sciences,

Dean of the Faculty of Entrepreneurship and Management of DIEP

Key words:

artificial
intelligence,
digital
technologies,
social life of
society, science,
education,
integration of
industry and
production.

Annotation .

In this article, today's global technical changes process

technical capabilities, especially artificial intelligence algorithm
modeling (proving theories, decision making), natural language
processing, mastering modern technologies (neural networks, bio-
algorithms), image recognition, smart robots , it was considered that
directions such as machine creation and automation of service
industries are becoming an integral part of the development of society.
In particular, the changes and scientific achievements of the period up
to the current stage of the improvement of science were compared and
the achievements, shortcomings of the opportunities of artificial
intelligence in industry, production, economy, medical services and a
number of other fields were analyzed.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt,
raqamli
texnologiyalar,
jamiyatning
ijtimoiy hayoti,
fan, taʼlim,
sanoat va ishlab
chiqarish
integratsiyasi.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

bugungi global texnik o‘zgarishlar

jarayoni texnika imkoniyatlari, ayniqsa sun’iy intellektning algoritmlarni
modellashtirish (nazariyalarni isbotlash, qaror qabul qilish), tabiiy tilni
qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish (neyron tarmoqlar,
bioalgoritmlar), tasvirni aniqlash, aqlli robotlar, mashina yaratish va
xizmat ko‘rsatish sohalarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlari jamiyat
rivojlanishining ajralmas qismiga aylanib borayotganligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek ilm-fan rivojlanishining hozirgi bosqichigacha bo‘lgan
davrdagi o‘zgarishlar va ilmiy yutuqlar o‘zaro taqqoslangan va sun’iy
intellekt imkoniyatlarining sanoat, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tibbiyot
hizmatlar ko‘rsatish va boshqa bir qator sohalaridagi yutuq va
kamchiliklari tahlil qilindi.


background image

40

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

ВЛИЯНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА И ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ НА РАЗВИТИЕ ОБЩЕСТВА

Тошбобоев Максуд Джалилович

Доктор философии (PhD) по философским наукам,

декан факультета Предпринимательства и менеджмента ДИПП

Ключевые слова:

искусственный
интеллект,
цифровые
технологии,
социальная жизнь
общества, наука,
образование,
интеграция
промышленности
и производства.

Аннотация.

В данной статье изучается сегодняшние

глобальные

технические

изменения

обрабатываются

технические

возможности,

особенно

моделирование

алгоритмов искусственного интеллекта (доказательство теорий,
принятие решений), обработка естественного языка, освоение
современных технологий (нейронные сети, биоалгоритмы),
распознавание

образов,

умные

роботы,

рассмотрены

направления такие как машиностроение и автоматизация сферы
услуг, становятся неотъемлемой частью развития общества.
Также были сопоставлены изменения и научные достижения
периода до современного этапа развития науки, а также
проанализировано достижения и недостатки возможностей
искусственного интеллекта в промышленности, производстве,
экономике, медицинском обслуживании и ряде других
областей.

KIRISH

Jahonda kechayotgan bugungi global texnik o‘zgarishlar jarayoni bevosita

sun’iy intellektning yanada rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, sun’iy
intellektning algoritmlarni modellashtirish (nazariyalarni isbotlash, qaror qabul qilish),
tabiiy tilni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish (neyron tarmoqlar,
bioalgoritmlar), tasvirni aniqlash, aqlli robotlar, mashina yaratish va xizmat ko‘rsatish
sohalarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlari kuchayib bormoqda. Shu bilan birga
hozirgi kunda vaqt va texnologik resurslardan unumli foydalanish orqali sun’iy
intellektning zamonaviy kompyuterlarni inson tabiiy intellekti imkoniyatlariga ta’sir
etish mexanizmlari va usul-vositalarini aniqlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ongli mashinalar” yaratish haqida birinchi bo‘lib so‘z ochgan matematik va

faylasuf G.V.Leybnis edi. Uning ilmiy g‘oyalaridan zamonaviy matematik tahlil va
zamonaviy simvolik mantiq o‘rgatila boshlandi. Leybnis metall asosida hisoblash
mashinalarini yaratishga qiziqadi, shuning uchun uning g‘oyalari nafaqat matematik
mantiqning rivojlanishiga, balki tafakkur jarayonining rivojlanishiga turtki bo‘lganiga
ajablanmasak ham bo‘ladi [1, 686-b]. Keyinchalik “Ongli mashinalar”ni yaratish
bo‘yicha tortishuvlar bizning asrimizga, kibernetika va avtomatika asriga kelib qayta
boshlandi. O‘sha davrda olimlar harakat tizimi bo‘yicha inson ongidan farq
qilmaydigan kompyuterlar yaratishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan edi. O‘sha


background image

41

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

vaqtdan boshlab birinchi bor sun’iy intellekt haqida gapira boshlashdi. 1956 yilda
sun’iy intellekt atamasini ilmiy muomalaga ilk bor tadqiqotchi Jon Makkarti kiritgan
[2, 185-b.].

ASOSIY QISM

Bugungi kun ilm-fanida axborot va sun’iy intellekt bilan bog‘liq turli

yo‘nalishlarda ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, axborotlashgan
jamiyatda sun’iy intellekt va inson faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi, ijtimoiy
taraqqiyotda tabiiy va sun’iy intellekt muammosi, intellektual jarayonlarni kibernetik
modellashtirish, inson ongi faoliyati bilan o‘xshash bo‘lgan ma’lumotlarni qayta
ishlashga yo‘naltirilgan qator tadqiqotlar konstruktiv ahamiyatga ega. Bu kabi
izlanishlarda sun’iy intellekt vositalarining inson hayotini yengillashtirishga, uning
aqliy faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan konseptual asoslarini aql va
tajribaga tayangan holda o‘rganish muhim omil bo‘lib qolmoqda [3, 3-b.]. Shu nuqtai
nazardan, bugungi axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni rivojlantirishning
epistemologik xususiyatlarini ilmiy tadqiq qilish ob’ektiv zaruriyatga aylanmoqda.
Ushbu tadqiqotda ilmiy bilishning mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil, analiz va
sintez, umumlashtirish kabi usullaridan atroflicha foydalanilgan.

Ayniqsa bugungi kunda zamonaviy texnologiyalari asrida sun’iy intellekt

imkoniyatlaridan ta’lim jaroyonlarida unumli foydalanish har qachongidan ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning sababi aynan sun’iy intellekt vositalari inson
uchun eng muhim bo‘lgan vaqt va resurslardan unumli foydalanish uchun keng
imkoniyatlar eshigini ochadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari – bu odamlarning aqliy
ishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun odamlarning xulq-atvoriga taqlid qila
oladigan dasturlar, masalan, ma’lumotlarni tahlil qilish, fotosuratlardagi nutq va
ob’ektlarni tanib olish, bashorat qilish va shu kabilar va yig‘ilgan ma’lumotlardan asta-
sekin o‘rganishga qodir tizimdir.

Sun’iy intellekt muammosini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan o‘rganish, shaxs va

jamiyat intellektual salohiyatini oshirishning innovatsion texnologiyalarga asoslangan
mezon va tamoyillarini tadqiq qilish zaruratini ko‘rsatmoqda. Shu o‘rinda takidlab
o‘tishim lozimki fanning rivojlanish bosqichlarida eng yuqori natijalarga erishgan
davrlari ham bevosita texnika imkoniyatlaridan unumli foydalanish bilan bog‘liq.
Masalan XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660),
Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-
Peterburgda (1724), Stokgolmda (1739) va Yevropaning boshqa poytaxt shaharlarida
ilmiy akademiyalar ta’sis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi - London qirollik
jamiyati bo‘lib, u tashkil etilgan paytda 55 a’zodan iborat bo‘lgan. Parij Fanlar
akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg
akademiyasining a’zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. 1825 yilda nemis


background image

42

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

kimyogari Yu.Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko‘p miqdorda
daromad keltira boshlaydi. E’tiborli tomoni shundagi fanning rivojlanishidagi kata
muofaqiyatlar ham bevosita texnika imkoniyatlarini ilmiy tadqiq etishdan boshlangan.
XIX asr oxiri XX asrning 70 yillar sun’iy intellekt sohasini yaratilishiga asos bo‘lgan
fan sohalari

Matematika, mantiq, kibernetika, fizika, kimyo, biologiya, psixologiya va

boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Texnika fanlari vujudga keladi va
moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol o‘ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy
roli ortadi, uning rivojlanishi o‘sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy
taraqqiyotning muhim omili sifatida e’tirof etiladi. XIX asr oxiriga kelib ilmiy
laboratoriyalar soni ko‘payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e’tiborini o‘ziga tobora
ko‘proq torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, sanoat ahamiyatiga molik
bo‘lgan ishlarini mablag‘ bilan ta’minlay boshlaydilar.

XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida fan texnika taraqqiyoti axborot (kompyuter)

inqilobibosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga aylandi. Shu tariqa fan
bilan bog‘liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak ta’lim endilikda har qanday
jamiyatning sivilizatsion rivojlanish darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va
ularning amalga tatbiq etilishi o‘rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan
yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini topish uchun 50-100 yil vaqt sarflangan
bo‘lsa, endilikda bunga 2-3 yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq
bo‘linmoqda [4, 107-b.]. Yuqorida keltirilgan dalillardan ma’lum bo‘ladiki bugungi
texnika asrida insoniyat fan rivojlanishining o‘ziga hos murakkab davrini boshidan
o‘tkazmoqda.Birgina kompyuterbajaradigan amallarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak
turli algoritmlar orqali bir vaqtning o‘zida bir-necha amallar ustida ishlay oladi. Bu esa
olim uchun qo‘shimcha va ilmiy yangiliklar yaratishn uchun ijodiy erkunlik yaratadi.

Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalari va Axborot

komunikatsiya vositalaridan unumli foydalanish ham o‘qituvchining o‘z ustida
qo‘shimcha ishlashiga, ham talabani kreativ fiklashi uchun zamin yaratmoqda.

Axborot texnologiyalari endilikda axborotni raqamlashtirish va uni qayta

ishlashga keng imkon bermoqda. Boshqa tomondan esa yangi telekommunikatsiya
vositalari bilim almashish va tarqatish jarayonini osonlashtirmoqda. Bu yangi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari fuqarolarning kundalik hayotini, korxonalar va davlat
faoliyatini tubdan o‘zgartirayotganligidan dalolat beradi.

Axborotlashgan jamiyatda axborot-kommunikatsion texnologiyalar jamiyat

ijtimoiy-iqtisodiy sohasining katta qismini boshqaradi. XXI asr boshidan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat va iqtisodiyot rivojiga ta’sir etuvchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Uning qamroviga davlat organlari, ijtimoiy-iqtisodiy, fan-
ta’lim, madaniyat sohalari kiradi, umuman olganda, bugungi kunda axborot


background image

43

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

texnologiyalari

insoniyatning

turmush-tarziga

aylangan.

Rivojlangan

va

rivojlanayotgan mamlakatlar AKT yaratgan afzalliklardan yuqori darajada
foydalanmoqda va iqtisodiy sohada katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasi mamlakatning

ilmiy-iqtisodiy salohiyati hamda davlat boshqaruvi darajasining ko‘rsatkichlaridan
biridir. Hozirgi vaqtda jahon bozorida elektron biznesning roli ortib borayotgani,
mamlakatlarning

iqtisodiy

raqobat

qobiliyati

ularning

AKTdan

samarali

foydalanishiga bog‘liqligi kuzatilmoqda. Bu yo‘nalishlarda ayniqsa texnika
vositalaridan foydalanish yuqori darajada foyda keltirmoqda. Ayniqsa ta’lim tizimida
bu o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki
yaqin kelajakda raqamli texnologiyalar insonlar turmush tarzini tubdan o‘zgartiradi.
Kompyuterlashtirish ehtimoliga ko‘ra AQSHda 10-20 yil ichida raqamli
texnologiyalar bilan band bo‘ladigan sohalarni tahlil qilishgan unga ko‘ra quydagi
sohalarda sun’iy intellekt vositalari asosiy ishchi kuchiga aylanadi. Bular quydagilar:
Menjment, biznes va moliya, informatika, muhandislik, ilm-fan, ta’lim, yuridik va
jamoviy hizmatlar, san’at va OAV, sog‘liqni saqlash sohasi, Xizmat ko‘rsatish va
savto-sotiq sohalari, boshqaruv sohalari, dehqonchilik, baliqchilik va o‘rmonchilik,
qurilish va konchilik sohalari, ishlab chiqarish, transport va yuk tashish
yo‘nalishlarining barchasida texnika imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishga
o‘tiladi [5, 219-b]. Bu kabi misollar nafaqat AQSH davlati misolida balki bugun
rivojlanayotgan barcha davlatlarda o‘ziga hos ahamiyot kasb etmoqda. Bunday
rivojlanishning ikki tomonlama tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak ijobiy tasirlari
quydagilarda ko‘zga tashlanadi.

-

Vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi

-

Harajatlarni kamaytiradi

-

Samaradorlikni oshiradi

-

Innovatsiyalar, kichik biznes va startap imkoniyatlarini kengayishiga olib
keladi.

Shu bilan birga buning salbiy tomonlariga ham e’tibor qaratsak;

-

Ish o‘rinlarini qisqarishiga

-

Javobgarlik va ma’suliyatnin yo‘qolishiga

-

Yuridik va moliyaviy oshkoralikdagi o‘zgarishlar

-

Ijtimoiy munosabatlarni uzoqlashishiga olib keladi.

Har qanday taraqqiyot bosqichida bo‘lgani kabi suni’y intellekt imkoniyatlarining ham
ikki tomonini inobatga olish lozim bo‘ladi. Dunyoda bugun raqamli texnologiyalar tez
suratlar bilan rivojlanish bosqichiga o‘tar ekan bu borada mamlakatimizda ham qator
muofaqiyatlarga erishilmoqda. Hozirda O‘zbekistonda alohida sun’iy intellekt markazi
faoliyat olib bormoqda. U yerda asosan texnika, ilm-fan, qishlab ho‘jaligi, hizmatlar


background image

44

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

ko‘rsatish yo‘nalishlarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar ilmiy tahlil qilingan holda
amaliyotga joriy etish ustida ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimiz aholisining potensial imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda

oladigan bo‘lsak, bugungi kunda aholining asosiy qismi sun’iy intellekt
imkoniyatlaridan qay darajada foydalanmoqda?

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati

(80%) davlat sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashishi kerak,
deb hisoblaydilar. Sanoatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning eng yaxshi 3 ta
yo‘nalishi – bu axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi
kompaniyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (50%), sun’iy intellekt texnologiyalarini
davlat xizmatlarini olish tizimiga kiritish (40%), kasbiy ta’lim dasturlarini yaratish va
moliyalashtirish (40%)dan iborat degan fikrni bildirganlar. Vatandoshlarimizning
(44%) fikriga ko‘ra sun’iy intellektdan davlat va shahar boshqaruvida, qaror qabul
qilishda foydalanish adolatli qarorlarni qabul qilishga olib keladi. 60 yosh va undan
katta fuqarolar (42%,) bugungi kunda sun’iy intellekt insonlar hayotini
yengillashtirishga xizmat qiladi, deb hisoblashadi. Respondentlarning 34 foizi esa
xarajatlarni kamaytirishiga ishonishini bildirishgan. Bugungi globallashuv davrida
texnika imkoniyatlari yuqori darajadagi iqtisodiy , ijtimoiy, madaniy jarayonlarga tasir
ko‘rsatishini yuqoridagi taxlillar yan bir bora isbotlab turibdi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari – bu odamlarning aqliy ishi bilan bog‘liq

vazifalarni bajarish uchun odamlarning xulq-atvoriga taqlid qila oladigan dasturlar,
masalan, ma’lumotlarni tahlil qilish, fotosuratlardagi nutq va ob’ektlarni tanib olish,
bashorat qilish va shu kabilar va yig‘ilgan ma’lumotlardan asta-sekin o‘rganishga qodir
tizimdir. Shunday ekan yaqin kelajakda hayotimizning hart bir soniyasini sun’iy
intellekt vositalarisiz tasavvur qilish mushkul vazifaga aylanadi.

Ko‘plab yo‘nalishlarda, tibbiyot sohasida diagnostika, davolash, adabiyot va

san’atda ovozni aniqlash, matnlarni tarjima qilish, musiqiy asarlar yozish, qishloq
ho‘jaligida mahsulotlarni yetishtirishda katta imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.
Britaniyalik biokimyogari Nik Leyn insonni kichik va foydali “aqlli narsalar”, ya’ni
nanotexnologiyalar o‘rab olishini aytgan [6, 461]. Misol uchun, agar hozirda devorga
o‘rnatilgan datchik faqat kim o‘tib ketayotganini aniqlay olgan bo‘lsa, kelajakda uning
kimligi, niyati nima, odamlarga xavf tug‘diradimi yoki yo‘qmi, kabi savollarga javob
beradi. Xavf bo‘lgan taqdirda tugmaga o‘xshash sensor odamni xavf haqida
ogohlantirishi mumkin bo‘ladi. Kelajakda “aqlli mashinalar” kundalik yumushlar va
mashaqqatli ishlarni bajara oladi. Bo‘sh vaqti yetarlicha bo‘lgan odamlar esa ijodiy
faoliyatni amalga oshirish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Sun’iy intellektning
imkoniyatlariga bag‘ishlangan turli uchrashuvlarda mutaxassislar kelajakda ko‘plab
sohalar avtomatlashtiriladigan bo‘lsa insonlar qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari


background image

45

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

mumkinligi, buning oqibatlari haqida hozirdan jiddiy o‘ylash lozimligini
ta’kidlaydilar.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak yangi innovatsion texnologiyalar rivojlanib borar

ekan, ularning afzalliklaridan tashqari ko‘plab muammolar ham paydo bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘pchilik olimlar sun’iy intellektning xavfliligiga
qaramay, odamlarni butunlay almashtirish va ularni boshqarish mumkin emasligini
ta’kidlaydilar. Endi ko‘p sohalarda, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida sun’iy
intellektni boshqara oladigan, innovatsiyalarni o‘zlashtira oladigan mutaxassislarga
talab oshib borayotganligi, bu yo‘nalishda yaqin yillarda juda katta o‘zgarishlar
kutilayotganligidan darak beradi. Sun’iy intellektning rivojlanishi mehnat bozorida
mutaxassislar tayyorlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Dunyoda jadal sur’atda
rivojlanayotgan sun’iy intellektni o‘zlashtirib, undan unumli foydalanish bilan birga,
endilikda farzandlarimizni ushbu sohaga jalb etish, yangi texnologiyalarni
o‘zlashtirish, ularni dasturlash bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishidan barchamiz
manfaatdor bo‘lishimiz kerak. Ilm-fan va ta’limga e’tiborni hozirdanyuqori bosqichga
ko‘taradigan bo‘lsak, kelajakda barcha sohalarda muvofaqiyatga erishish imkoniyati
yaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Лейбниц, Готфрид Вилгельм. Сочинения в четырех томах. Том 2.
Философское наследие. – М.: Мысл 1983. – 686 с.

2.

McCarthy John. Recursive Functions of Symbolic Expressions and Their
Computation by Machine, Part I. – Communications of the ACM, 1960. – T. 3, №
4.

3.

Toshboboyev M.J. Axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni falsafiy tahlili. -T.:
Metodist, 2023.

4.

Shermuhamedova N.A. Falsafa – Toshkent: Noshir, 2014.

5.

Shvab K. To‘rtinchi sanoat inqilobi. -Toshkent: Nihol, 2022.

6.

Лейн Н. Вопрос жизни: энергия, эволюция и происхождение сложности. – М.:
АСТ: Корпус, печь. 2018. – 461 с.

Библиографические ссылки

Лейбниц, Готфрид Вилгельм. Сочинения в четырех томах. Том 2. Философское наследие. – М.: Мысл 1983. – 686 с.

McCarthy John. Recursive Functions of Symbolic Expressions and Their Computation by Machine, Part I. – Communications of the ACM, 1960. – T. 3, № 4.

Toshboboyev M.J. Axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni falsafiy tahlili. -T.: Metodist, 2023.

Shermuhamedova N.A. Falsafa – Toshkent: Noshir, 2014.

Shvab K. To‘rtinchi sanoat inqilobi. -Toshkent: Nihol, 2022.

Лейн Н. Вопрос жизни: энергия, эволюция и происхождение сложности. – М.: АСТ: Корпус, печь. 2018. – 461 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов