НОВЫЕ ПРИНЦИПЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ ВУЗОВ

CC BY f
140-146
1
0
Поделиться
Рузикулов , Б. . (2023). НОВЫЕ ПРИНЦИПЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ ВУЗОВ. Предпринимательства и педагогика, 1(2), 140–146. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27323
Бунёдбек Рузикулов , Каршинский институт ирригации и агротехники
Каршинский институт ирригации и агротехники и.о. доцент, доктор философии (PhD) педагогических наук
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается развитие физической культуры студентов высших учебных заведений, физической зрелости, физического развития, укрепления здоровья, здорового образа жизни с целью стать здоровым, всесторонне развитым человеком в все аспекты, наряду с указанием путей образования на основе нового подхода, также были упомянуты задачи улучшения среды в обществе и воспитания будущего поколения, особенно молодежи, здоровыми как психологически, так и физически. Учитывая тот факт, что взросление человека происходит в гармонии духовной и физической сущности, результаты данного исследования в определенной степени служат решению задач развития умственного потенциала членов общества, а также их физической культуры.


background image

140

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Ro‘ziqulov Bunyodbek Baxtiyor o‘g‘li

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

dotsent v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha PhD

E-mail:

bunyod_2020@mail.ru

https://orcid.org/0000-0001-7261-3576

UO‘K: 796.001.85:378

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING JISMONIY

MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING YANGICHA ASOSLARI

Kalit so‘zlar:

jismoniy
madaniyat,
ta’lim, tarbiya,
barkamol avlod,
ma’naviy-
axloqiy tarbiya,
harakatli
o‘yinlar,
ma’naviy-
axloqiy mezon.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini

jismoniy madaniyatini rivojlantirish, har tomonlama sog‘lom, barkamol
shaxs bo‘lib yetishishlarida jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya,
sog‘lomlashtirish, jismoniy kamolot, jismoniy rivojlanish, salomatlikni
mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda yangicha
yondashuv asosida ta’lim berish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tish bilan
birgalikda jamiyatda muhitni sog‘lomlashtirish, kelajak avlodni ayniqsa
yoshlarni ruhan, ham jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash vazifalari ham
keltirib o‘tilgan. Inson kamoloti ruhiy va jismoniy mohiyat uyg‘unligida
kechishini hisobga olgan holda jamiyat a’zolari aqliy salohiyatini oshirish
bilan birga jismoniy madaniyatini ham rivojlantirish vazifalarini
yechishga ushbu tadqiqot natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.

НОВЫЕ ПРИНЦИПЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ

СТУДЕНТОВ ВУЗОВ

Рузикулов Бунёдбек Бахтиёр угли

Каршинский институт ирригации и агротехники

и.о. доцент, доктор философии (PhD) педагогических наук

Ключевые слова:

физическая
культура,
образование,
воспитание, зрелое
поколение,
духовно-
нравственное
воспитание,
подвижные игры,
духовно-
нравственные
критерии.

Аннотация.

В данной статье рассматривается развитие

физической культуры студентов высших учебных заведений,
физической зрелости, физического развития, укрепления
здоровья, здорового образа жизни с целью стать здоровым,
всесторонне развитым человеком в все аспекты, наряду с
указанием путей образования на основе нового подхода, также
были упомянуты задачи улучшения среды в обществе и
воспитания будущего поколения, особенно молодежи,
здоровыми как психологически, так и физически. Учитывая тот
факт, что взросление человека происходит в гармонии духовной
и физической сущности, результаты данного исследования в
определенной степени служат решению задач развития


background image

141

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

умственного потенциала членов общества, а также их
физической культуры.

NEW PRINCIPLES OF DEVELOPMENT OF PHYSICAL CULTURE OF

STUDENTS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Ruzikulov Bunyodbek Bakhtiyor ugli

Karshi Institute of Irrigation and Agricultural Technology

Doctor of Philosophy (PhD) of Pedagogical Sciences

Key words:

physical culture,
education,
upbringing, mature
generation,
spiritual and moral
education, active
games, spiritual
and moral
criterion.

Annotation.

In this article, the development of physical culture of

students of higher educational institutions, the promotion of physical
culture, physical education, fitness, physical maturity, physical
development, health promotion, healthy lifestyle in order to become
a healthy, well-rounded person in all aspects, along with showing the
ways of education based on a new approach, the tasks of improving
the environment in the society and raising the future generation,
especially young people, to be healthy both mentally and physically
were also mentioned. Taking into account the fact that human
maturity takes place in the harmony of spiritual and physical essence,
the results of this research serve to a certain extent to solve the tasks
of developing the mental potential of society members as well as their
physical culture.

KIRISH

O‘sib kelayotgan yoshlarni har tomonlama sog‘lom, yuksak intellektual

salohiyatga ega va jismonan barkamol qilib tarbiyalashda jismoniy madaniyatning
o‘rni beqiyosdir. Jismoniy madaniyat boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida sport bilan
shug‘ullanuvchi talabalarning psixologik va yoshga xos xususiyatlariga to‘liq mos
keladigan sharoitlarni yuzaga keltirishda, turli harakat faoliyati sharoitlarida ularning
asoslarini egallashda, talabalarning jamoaviy va individual faolligi bilan birga harakat
sifatlarini rivojlantirishda, harakat ko‘nikmalarini oqilona shakllantirishda samarali
vosita vazifasini o‘tashi mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladi. Hozirgi kunda axborot
almashish

jarayonining

jadallashuvi,

sog‘lom

avlodni

tarbiyalashni

murakkablashtirmoqa. Tezkor muloqot asrida insonlarning muloqot ko‘lamining
kengligi ularning ruhiy zo‘riqishlarini kuchaytirmoqda. Jamiyat a’zolarida toqatsizlik,
asabiylik, ruhiy tushukunlik xolatlari kuzatilmoqda. Har bir jamiyatda muhitni
sog‘lomlashtirish, kelajak avlodni ayniqsa yoshlarni ruhan, ham jismonan sog‘lom
qilib tarbiyalash vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Inson kamoloti ruhiy va
jismoniy mohiyat uyg‘unligida kechishini hisobga olgan holda jamiyat a’zolari aqliy
salohiyatini oshirish bilan birga jismoniy madaniyatini ham rivojlantirish vazifalari
yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash


background image

142

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Sport sohasiga hukumat tomonidan alohida
e’tibor qaratilishi natijasida sportga qiziqish ortmoqda, jismoniy tarbiya kundalik
faoliyatga aylanmoqda. Bu esa, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bilan
birga mamlakatimizda sport sohasini yuksalishiga ham zamin yaratmoqda. Davlatimiz
rahbari Sh.Mirziyoyev ham jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor qaratish
zarurligini quyidagicha asoslaydi: «Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish,
jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifadir.
Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yaksak natijalarga erishgan
sportshilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta
ahamiyat beramiz».[1] Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh
vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan besh muhim tashabbusning ikkinchisi
yoshlarni jismoniy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy chiniqtirish, ularni jismoniy
tarbiya, sport bilan shug‘ullanishlari va o‘zlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy

madaniyatni rivojlantirishning falsafiy, pedagogik-psixologik omillarini aniqlashtirish
orqali kasbiy ijtimoiylashtirishning shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga
yo‘naltirilgan yangicha integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari takomillashtirilgan.

ASOSIY QISM

Jismoniy madaniyat jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. U milliy iqtisodiy,

siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy tafakkur bilan uzviy aloqadorlikda, genetik birlikda
shakllanadi va rivojlanadi.

Tafakkur – atrof-muhitdagi narsa va hodisalarni, ularni muhim xususiyatlarini

va munosabatlarini umumlashgan xolda aks ettirishdan iborat aqliy faoliyatdir.
Jismoniy madaniayat tafakkurining asosiy jihatlari sifatida sog‘lomlik, erkin fikrlash;
imkoniyat; mustaqil munosabat; milliy manfaatlarning anglab olinganligi; kelajak
oldidagi ma’sullik xissi kabilarni sanab o‘tish mumkin. Jismoniy madaniyat insoniyat
xayotining turli sohalarida turlicha shakl-mazmunda sodir bo‘layotgan hodisalarga
mustaqil munosabat bildira oladigan jismonan sog‘lom, o‘z haq-huquqini taniydigan
va uning uchun kurashadigan, o‘z kuchi va imkoniyatiga tayanadigan mamlakatning
tenglar dunyosidagi tengligini ta’min etishga undaydigan, yo‘naltiradigan aqliy-ruhiy
salohiyatdir.

Jismoniy madaniyat boshqa madaniyat shakllari kabi shaxsning kompleks

rivojlantiruvshi tizimning bir qismi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida
o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatish, sport bilan doimiy shug‘ullanish
orqali ularda sog‘lom turmush tarzini yaratish, jismoniy tarbiya bilan mustaqil
shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish pedagogik jarayonning bosh maqsadi
hisoblanadi.


background image

143

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

Jismoniy madaniyat – insonning jismoniy rivojlanishi va barkamollashuvi uchun

xizmat qiladigan maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan oqilona
foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlar majmuasidir.

Jismoniy madaniyatni ijtimoiy taraqqiyotda o‘ziga xos vazifalari mavjud:
- harakatlanish faoliyatining oqilona meyorlarinini belgilab beradi;
- vorisiylik asosida jismoniy tarbiyaga oid madaniy bilimlar, ma’lumotlar va

axborotlarni avloddan avlodga yetkazish va to‘plash xizmati;

- o‘zaro shaxslararo muloqotni shakllantirish, insonning harakatlanishida estetik

nafosatni namoyon qilishiga oid xizmati;

- shaxsning doimiy harakat qilishi ushun jismonan yaroqlilik solatini

ta’minlash.

Zamonaviy dunyoda jismoniy madaniyatning inson va jamiyat tabiatini

takomillashtirish omili sifatida tutgan o‘rni sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Shu
sababli, jismoniy madaniyatni rivojlantirishga g‘amxo‘rlik qilish davlatning ijtimoiy
siyosatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, insonparvarlik ideallari, qadriyatlari va
me'yorlarini hayotga tatbiq etishni ta'minlaydi, bu odamlarning qobiliyatlarini
aniqlash, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirish, inson omilini faollashtirish
uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi[6].

Oliy ta’lim muassasasi talabalarida jismoniy madaniyatni rivojlantirishning

muhim sharti jismoniy faoliyatni talaba-yoshlarning kundalik ishiga aylantirish
hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizning maktabgacha ta’lim tizimi, maktablar,
akademik litsey va kasb hunar maktablarida ham jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor
berish orqali jamiyatda yuksak jismoniy madaniyatni shakllantirish bilan bir qatorda
kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash maqsad qilib olingan. Talaba-yoshlarni yetuk
kadr va kuchli mutaxassis bo‘lib yetishishlarida ham jismoniy sog‘lomlashtirish
faoliyatining o‘rni yaqori hisoblanadi. Chunki sog‘lom tanda intellektual sog‘lomlik
va salohiyat bo‘lishi tajribalarda asoslangan. Demak, birinchi navbatda talabalarni
jahon standartlariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar qilib tarbiyalashda kuchli
ta’lim-tarbiya bilan birga jismoniy madaniyatni ham shakllantirish zarur.

Jismoniy tarbiya – jismoniy kamolotga erishish uchun yo‘naltirilgan pedagogik

jarayon bo‘lib, harakat malaka va ko‘nikmalarda o‘rtacha va jismoniy sifatlarni
rivojlantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy,
axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi bir vaqtda amalga oshiriladi.[2,3]

Jismoniy madaniyat, barcha jamiyat a’zolarining jismoniy barkamolligini

ta’minlash orqali, insonlarni komillikka erishtirishda asosiy omillardan biri sifatida,
har bir davlat va dunyo miqyosida o‘zining tizimiga egaligi bugungi kunda yaqqol
ko‘zga tashlanmoqda. Hozirgi zamon jismoniy madaniyat tizimining rivojlanish tarixi
juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Hozirgi zamon umumbashariy jismoniy


background image

144

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

madaniyat tizimida, inson jismoniy barkamolligini takomillashtirishga to‘liq
imkoniyat yaratib berilgan.[4; 4-14 b.]

Jismoniy madaniyatning yer sharida va har bir davlatning ta’lim tizimidagi

o‘rnini o‘rganish, uning har bir insonning turmush tarziga singib borishining
ahamiyatini tahlil qilishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan ilmiy
tadqiqot ishlarining natijasida jismoniy madaniyat tizimi dunyo va har bir davlat
miqyosida o‘z salohiyatiga ega ekanligi ilmiy asoslanib, o‘ziga xos tamoyillari ishlab
chiqildi. Bu tamoyillarni quyidagicha izohlaymiz:

1. Sog‘lomlashtirish.
2. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish.
3. Mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqlik.[5; 14-26 b.]
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng jismoniy tarbiya va sport

sohasiga juda katta e’tibor qaratildi. Buning isbotini maxsus qonunlar, Prezident
farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinganligidan ko‘rishimiz
mumkin. Bularning barchasi davlatimizda jismoniy madaniyat tizimining
rivojlanishiga asos bo‘ldi.

O‘zbekistonda jismoniy madaniyat tizimi respublika

aholisining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini
ta’minlabgina qolmay davlat siyosati darajasigasha ko‘tarildi.

Yuqoridagi islohatlarni

oliy ta’lim tizimida ham olib borish orqali talabalarning jismoniy salomatligi va
tarbiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jismoniy madaniyatni rivojlantirishning maqsadi va mazmuni davlatimizda

amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy ijtimoiy sohalarga ijodiy o‘zgarishlarga mos
bo‘lib, uning o‘ziga xos tamoyillari bo‘lishi kerak.

Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar, fikr

mulohazalar asosida jismoniy madaniyat umuminsoniy va milliy madaniyatning
ajralmas bo‘lagi sifatida, uning bosh maqsadi odamlar jismoniy madaniyatini
shakllantirish orqali jismoniy barkamollikka erishishini ta’minlashga qaratilgan. Bu,
albatta, jismoniy madaniyatning o‘ziga xos bo‘lgan ta’lim-tarbiyasi jarajnida amalga
oshiriladi.

Bugungi kunga kelib davlat boshqaruv sohasidagi mutaxasislarning har

tomonlama kamolotga yetishgani, ham jismonan, ham aqlan yuksak salohiyatga egaligi
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya jarayoniga
jismoniy tarbiya va sportni uyg‘unlashtirish orqali oliy ta’lim muassasasi talabalarini
jismoniy va aqliy salohiyatini oshirish va jahon standartlariga javob beradigan
kadrlarni yetishtirishni maqsad qilingan.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini jismonan yuksak, aqlan yetuk qilib

tarbiyalash orqali quyidagi vazifalar hal qilinadi:


background image

145

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

1. Talabalarda kasbga qiziqish, vijdonan ishlash, haqiqatparvarlik, odamlarga

hurmat, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish, mehnatga muhabbatni tarbiyalash
mumkin.

2. Talabalarda kuchli xotira, tashkilotchilikka oid malaka va ko‘nikmalarni

shakllantiradi.

3. Talabalarda markaziy asab, yarak-qon aylanish, nafas olish tizimlari ishini

yaxshilash, ko‘rish, eshitish qobiliyatini yaxshi rivojlantiradi.

4. Talabalarda salomatlikni mustahkamlash, turli kasalliklardan himoyalash va

immunitetni oshiradi.

5. Talabalarda ruhiy barqarorlik sifatlarini shakllantirish, jismoniy zo‘riqishlar,

tana, bel va qo‘l mushaklarining umumiy va statik chidamliligini oshirish, turli
murakkab harakatlarni tez va aniq bajarish, chaqqonlik, chidamlilikni o‘stiriadi.

6. Talabalarda diqqatni bir joyga jamlay olish sifatini, tezkor fikr yuritish, iroda

sifatlari - maqsadga intilish, intizomlilik, tashabbuskorlik, qat’iylik, o‘zini tuta bilish
kabi xususiyatlarni rivojlantiradi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish talabalar shaxsiy fikrlash doirasini

rivojlantirib, ularning qaddi-qomatini takomillashadi. Shuningdek, morfologik va
funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, tana tuzilishi, vazni, mushak kuchi, o‘pkaning
tiriklik sig‘imi ko‘krak qafasi aylanasi yaqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi, aqliy,
axloqiy sifatlari tarbiyalanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida talabalarga
o‘qituvchi-murabbiylar tomonidan milliy va xalq harakatli o‘yinlarini tashkil qilish va
o‘tkazishni rejalashtirish bo‘yicha ko‘nikma va malakalar beriladi va mustaqil ishlash
ushun adabiyotlarni tavsiya qiladi.

Talabalarga milliy harakatli o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishda pedagogik

mahoratni shakllantirish ushun o‘qituvchi-murabbiy tomonidan quyidagi jihatlarga
e’tibor beriladi:

- harakatli o‘yinlarni o‘tkazishning metodik asoslari yuzasidan bilim ko‘nikma

va malakalar bilan qurollantiriladi;

- to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yinlar sog‘likni mustahkamlaydi, ochiq havolarda

tashkil etish esa organizmni chiniqtiradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalari talaba-

yoshlarining jismoniy madaniyatini rivojlantirish, har tomonlama barkamol shaxs
bo‘lib ulg‘ayishlarida jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish,
jismoniy kamolot, jismoniy rivojlanish, salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilishda yangicha yondashuv asosida ta’lim berish zarurati dolzarb
vazifa sifatida yuzaga chiqmoqda. Jismoniy madaniyat boshqa madaniyat shakllari
kabi shaxsning kompleks rivojlantiruvshi tizimning bir qismi sifatida ifodalanadi. Oliy


background image

146

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

ta’lim muassasalari talabalarini o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatish,
sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali ularda sog‘lom turmush tarzini yaratish,
jismoniy tarbiya bilan mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi
kunda pedagogik jarayonning bosh maqsadi hisoblanadi. Jismoniy madaniyat –
insonning jismoniy rivojlanishi va barkamollashuvi uchun xizmat qiladigan maxsus
vositalar, metodlar hamda sharoitlarni yaratish shuningdek ulardan oqilona foydalanish
bo‘yicha erishilgan yutuqlar majmuasi ekanligi bilan ahamiyatlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Mirziyoyev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi, 2018-yil 23dekabr.

2.

Usmonxodjayev T. va bosh. Harakatli o‘yinlar. O‘qituvchilar uchun qo‘llanma. –
Toshkent, “O‘QITUVCHI”, 1992, B. 48-52.

3.

Usmonxodjayev T., va bosh. “101 o‘yin”. -Toshkent Ibn Sino nomidagi nashryot,
1990, B. 280-286.

4.

Usmonxodjayev T.S. va bosh. 500 mashq va harakatli o‘yinlar 1- qism. - -
Toshkent.1999, B. 4-14.

5.

Mahkamdjanov K., Salamov R., Ikromov I., Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi.–Toshkent.:Iqtisod-moliya,2008.–B.14-26.

6.

Физическая культура как составная часть общей культуры человека /
Черешнева А.Ю., Шлемова М.В., Чернышева И.В., Липовцев С.П. //
Международный журнал экспериментального образования. - 2014. - № 7
(часть 2). C. 88-89.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi, 2018-yil 23dekabr.

Usmonxodjayev T. va bosh. Harakatli o‘yinlar. O‘qituvchilar uchun qo‘llanma. –Toshkent, “O‘QITUVCHI”, 1992, B. 48-52.

Usmonxodjayev T., va bosh. “101 o‘yin”. -Toshkent Ibn Sino nomidagi nashryot, 1990, B. 280-286.

Usmonxodjayev T.S. va bosh. 500 mashq va harakatli o‘yinlar 1- qism. - -Toshkent.1999, B. 4-14.

Mahkamdjanov K., Salamov R., Ikromov I., Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.–Toshkent.:Iqtisod-moliya,2008.–B.14-26.

Физическая культура как составная часть общей культуры человека / Черешнева А.Ю., Шлемова М.В., Чернышева И.В., Липовцев С.П. // Международный журнал экспериментального образования. - 2014. - № 7 (часть 2). C. 88-89.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов