МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ОБРАЗОВАНИЯ

CC BY f
174-181
7
0
Поделиться
Холбеков , А. (2023). МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ОБРАЗОВАНИЯ . Предпринимательства и педагогика, 1(2), 174–181. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27487
Абдусаттор Холбеков , Денауский институт предпринимательства и педагогики
Денауский институт предпринимательства и педагогики
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье усовершенствованы содержание обучения, методическое обеспечение, методы повышения активности учебной деятельности студентов по формированию информационной культуры у обучающихся, средства использования педагогических и информационных технологий в процессе обучения. В процессе преподавания «Информационные технологии в образовании» в формировании информационной культуры у студентов, основанной на освещении содержания информации, относящейся к теме, демонстрации в них теоретических и практических знаний и умений, обработке новой информации, самостоятельном реагировании к направлениям, инструкциям, рекомендациям разработаны такие характеристики, как отношение, практическое применение полученных знаний, творческий подход к проблемам. Учащиеся учатся вербализировать информацию, запоминать, восстанавливать ее, усваивать на высоком уровне, читать технические средства, техническую учебную литературу, информационные технологии, проектировать учебный процесс, вопросы и ответы, дискуссию и обсуждение информации, создание условий для совершенствовались навыки самопрезентации, подготовки к самостоятельному получению информации и оценивания их результатов.


background image

174

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Xolbekov Abdusattor

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

abdusattorxolbekov@gmail.com

UO‘К: 3701

TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING AXBOROT MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISH METODIKASI

МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫЙ КУЛЬТУРЫ

СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ОБРАЗОВАНИЯ

Холбеков Абдусаттор

Денауский

институт предпринимательства и педагогики

Ключевые слова:

информационная
культура,
педагогическое
мастерство,
компьютерные
технологии,
технические
знания,

Аннотация.

В данной статье усовершенствованы содержание

обучения, методическое обеспечение, методы повышения
активности учебной деятельности студентов по формированию
информационной

культуры

у

обучающихся,

средства

использования педагогических и информационных технологий в
процессе обучения. В процессе преподавания «Информационные
технологии в образовании» в формировании информационной
культуры у студентов, основанной на освещении содержания
информации, относящейся к теме, демонстрации в них
теоретических и практических знаний и умений, обработке новой
информации, самостоятельном реагировании к направлениям,

Kalit soʻzlar:

axborot
madaniyati,
pedagogika
mahorat,
kompyuter
texnologiyasi,
texnik bilim,
kompyuter
tarmoqlari,
axborot.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada talabalarda axborot madaniyatini

shakllantirishda o‘qitish mazmuni, metodik ta’minoti, usullarining
talabalar o‘quv-bilish faoliyati faolligini oshirish, mashg‘ulotlar
jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
vositalari takomillashtirilgan. “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini
o‘qitish jarayonida talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda
mavzuga oid axborotlar mazmunini yoritish asosida ularda nazariy va
amaliy bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish, yangi axborotlarni qayta
ishlash, yo‘llanma, ko‘rsatmalarga, tavsiyallarga mustaqil ravishda
munosabatda bo‘lish, egallagan bilimlarini amalyotda qoʻllash,
muammolarga ijodiy yondashish kabi xususiyatlari rivojlantirilgan.
Talabalarda axborotlarni og‘zaki bayon qilish, eslab qolish, qayta tiklash,
ularni yuqori saviyada egallash, texnik vositalar, texnik o‘quv
adabiyotlari, axborot texnologiyalari, o‘quv jarayonini loyihalashtirish,
savol-javoblar, axborotlar haqida bahs-munozara va muhokamalar
o‘tkazish, mustaqil axborot olishga tayyorlash va o‘z-o‘zini taqdim eta
olish qobilyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, ularning
natijalarini baholash kabilar takomillashtirilgan.


background image

175

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

компьютерные
сети, информация.

инструкциям, рекомендациям разработаны такие характеристики,
как отношение, практическое применение полученных знаний,
творческий

подход

к

проблемам.

Учащиеся

учатся

вербализировать информацию, запоминать, восстанавливать ее,
усваивать на высоком уровне, читать технические средства,
техническую учебную литературу, информационные технологии,
проектировать учебный процесс, вопросы и ответы, дискуссию и
обсуждение

информации,

создание

условий

для

совершенствовались навыки самопрезентации, подготовки к
самостоятельному получению информации и оценивания их
результатов.

METHODOLOGY FOR FORMING INFORMATION CULTURE OF

STUDENTS IN THE PROCESS OF EDUCATION

Kholbekov Abdusattor

Denau Institute for Entrepreneurship and Pedagogy

Key words:

information
culture,
pedagogical
skills,
computer
technologies,
technical
knowledge,
computer
networks,
information.

Annotation

In this article, the content of teaching, methodical support,

methods of increasing the activity of students' educational activities in the
formation of information culture among students, and the means of using
pedagogical and information technologies during training have been
improved. In the process of teaching “Information technologies in
education” in the formation of information culture in students, based on the
coverage of the content of information related to the topic, demonstrating
theoretical and practical knowledge and skills in them, processing new
information, independently responding to referrals, instructions,
recommendations characteristics such as attitude, practical application of
acquired knowledge, creative approach to problems have been developed.
Students learn to verbalize information, remember, restore it, acquire it at
a high level, read technical tools, technical educational literature,
information technology, design the educational process, question-and-
answer, debate and discussion about information. creation of conditions for
the development of self-presentation skills, preparation for independent
information acquisition, and evaluation of their results have been
improved.

KIRISH

Mavzuning

dolzarbligi.

Dunyo

miqyosida

ta’lim

jarayonini

axborotlashtirishning kuchayib borishi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, har
bir fuqaroning ijtimoiy faolligini oshirish bilan birga ta’lim tizimining rivojiga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda. YUNESKOning “Axborot hamma uchun” dasturi, Rossiya
federatsiyasining 2017-2030 yillarga mo‘ljallangan “Jamiyatni axborotlashtirishni
rivojlantirish strategiyasi” ham ta’lim tizimida axborotlashgan muhitni


background image

176

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

takomillashtirishga qaratilgan. Jumladan, innovatsion va axborot texnologiyalar
iqtisodiyot, fan, ishlab chiqarish va ta’limning dolzarb pedagogik muammolarini
muvaffaqiyatli hal etishga qodir bo‘lgan kadrlarning ijtimoiy, huquqiy, texnik
bilimlarini shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishda muhim
hisoblanadi.

Maqolaning maqsadi.

Jahon miqyosida yuksak ma’naviyatli, ijtimoiy faol

mutaxassislarni tayyorlashning kreativ-modulli texnologiyalari amaliyotga joriy
etilmoqda. Ta’lim muammolari bo‘yicha Butunjahon Forumi qabul qilgan 2030
yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasidagi “...barcha uchun butun hayoti davomida
sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish...” vazifasi doirasida “Uzluksiz ma’naviy
tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2019 yildagi 1059-
sonli

qarori uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining 7-bob, 64 bandida uzluksiz

ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan
dissertatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni yo‘lga qo‘yish belgilangab bo‘lib,
yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda yangi ta’lim texnologiyalari, innovatsiyalar
va zamonaviy tashkiliy tuzilmalarning birligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni tatbiq
etishga yo‘naltirilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu asosda talabalarning
ma’naviy-axloqiy

sifatlarni

axborot

texnologiyalari

vositalari

asosida

takomillashtirishdan iboratdir [1].

Ilmiy yangiligi

. Bugungi kunda oliy talim muassasalari oldiga axborot

madaniyatiga ega bo‘lgan, mustaqil qarorlar qabul qilish, baholash va tegishli
xulosalarni chiqarishga qodir bo‘lgan ijodkor shaxsini shakllantirish talab etilmoqda.
Buning uchun har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar o‘z vazifasini
zamon talabi darajasida bajarish uchun axborot madaniyatini shakllantirishga oid
vositalar va ularni ishlash tartibini bilish va ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur.
Shu jihatdan ham talim tizimida butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda
har bir fanni o‘qitishda axborotlardan foydalanishga katta etibor berilmoqda. Ta’lim
oluvchilarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘qitish
jarayonida talabalarda axborot madaniyatini rivojlantirish ijtimoiy zaruriyat sifatida
kun tartibga qo‘yilmoqda. Chunki, oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot
madaniyatini shakllantirish ta’lim jarayonini jadallashtirish, samaradorligini oshirish,
maqbullashtirish bilan birga ularni ilmiy-nazariy va texnik bilimlar bilan qurollantirish,
tafakkurlarni rivojlantirish, talim mazmunini turli metodlar yordamida tushuntirishga
imkoniyat yaratadi. Bugungi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot shundan dalolat bermoqdaki
o‘qituvchi o‘qitish jarayonida axborot oqimidan samarali foydalansa o‘quv jarayoni
natijasi sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Albatta bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonidagi
faoliyati davomida mashg‘ulot uchun axborotlar asosida materiallar tayyorlash,


background image

177

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

talabalarga yangi bilim berish, tushuntirish, ko‘rsatish, namoyish qilish, ularning
bilimini mustahkamlash va mukammallashtirish, savol-javob o‘tkazish, amaliy
koʻnikma va malakalar hosil qilish, o‘zlashtirishini nazorat qilish, bilimlarni sinash,
baholash kabi ishlarni amalga oshiradi. Demak, ushbu jarayonlar o‘qituvchidan
axborotlardan unumli foydalanishni va shu faoliyatga talabalarni tayyorlash, ular bilan
bajaradigan ishlarni belgilashi, rejalashtirishi, boshqarishi so‘nggi qarorni esa albatta
o‘zi qabul qilishi bevosita uning pedagogik mahoratiga bog‘liq [2, 53-55 b.]

ASOSIY QISM

Fanni o‘rganishda zamonaviy shaxsiy kompyuterlardan, axborot texnologiyalari

vositalaridan, lokal va global kompyuter tarmoqlaridan (Internet, intranet), elektron
pochta, ofis dasturlaridan, elektron ta’limiy resurslardan, yangi pedagogik
texnologiyalardan va interfaol usullar (loyihalar metodi, keys-stadi, hamkorlikda
ishlash va boshq.) amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlarda asosan texnik bilimlar
rivojlantiriladi. Bunda o‘qituvchilar talabalarda yangi bilim va malakalarni hosil qilish,
o‘zlashtirishni baholab, yangi vazifalar berish, axborot ma’lumotlarini o‘rganishni
amalga oshirish bilan birga texnik ta’lim jarayonida elektron vositalarni yaratish,
mustaqil ishlarni tashkil etish, murakkab bo‘lmagan dasturlarni tuzish, nazorat ishlarini
bajarish kabi o‘quv-metodik ta’minotlar kompyuterli o‘qitish texnologiyasi asosida
amalga oshiriladi.

Ushbu jarayonda elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki,

hujjatlashtirilgan axborot, audiovizual va boshqa xabarlar, ishlov berilgan axborot,
kompyuter tarmoqlari orqali foydalanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazib berish,
axborot almashish, real vaqtda olib boriladigan internetdagi ma’lumot, sayt orqali
muloqot qilish shakli kabi bilimlarga ega bo‘ladilar. Lekin, ulardan foydalanish
madaniyatiga ya’ni, uning mazmuni, shaxsni tarbiyalashdagi ahamiyatiga yetarlicha
e’tibor bermaydilar [3, 184-b.]

Bu o‘rinda axborot madaniyatini shakllantirishda yordam beruvchi o‘quv va

boshqa turdagi axborotlarni talabalar to‘liq va aniq tasavvur qilishlari uchun fanni
o‘rganish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalardan iborat va mavzularning mazmunini
qisqacha ochib beradigan qo‘llanmalar tayyorlash kerak bo‘ladi va ushbu holatda
quyidagilar e’tiborga olinishi lozim;

-

asosiy darslik, o‘quv qo‘llanma, qo‘shimcha o‘quv materiallari, davriy ilmiy-

metodik nashrlarda chop etilgan maqolalar va internet-saytlarning kompyuterli
tizimlarini yaratish va amaliyotda qo‘llash;

-

ta’lim oluvchilarning bilimlarini mustaqil baholashga imkon beruvchi o‘qitish

dasturlarning elektron variantlarini lazerli disklar, flesh kartalar va boshqalar
yordamida talabalarga yetkazilishi va bunda ularning tayyorgarlik darajasini hisobga


background image

178

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

olish va materiallarni yagona tizimga solish imkonini berish kabilar muhim
hisoblanadi.

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi asosiy shaxs hisoblanadi. Uning pedagogik

mahorati san’at darajasigacha ko‘tarilishi mumkin. Bunda o‘qituvchining o‘z ustida
tinmay ishlashi va o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi yutuqlari, doimo ijodiy izlanishda bo‘lib,
pedagogik kasb mahoratini kamolotga yetkazish, albatta talabalar bilimi, ko‘nikma va
malakalarining chuqurligi hamda sifatliligi ularning tarbiyasi tushiniladi.

Talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda o‘quv materiallarini tanlash va

tizimlashtirishda o‘qituvchidan:

-

bo‘lajak muhandislarni tayyorlash maqsadlarini e’tiborga olgan holda o‘quv

kursi mazmunida axborot madaniyatini shakllantirish modelini qurish (DTS da nazarda
tutilgan va o‘rganilishi majburiy bo‘lgan asosiy tushunchalar va ta’riflar doirasida);

-axborot texnologiyalari asosida talabalarining idroki va xotiralarini

mustahkamlash maqsadida o‘quv materiallarini bo‘limlar, mavzular va elementlarga
ajratish;

-har bir mavzu mazmunini talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajalarini aniqlash

uchun nazariy savollar testlar, topshiriqlar ishlab chiqish;

-o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llash, multimediali va

axborot resurslari yordamida ta’limni axborotlashtirishga yondashuvlar haqida
bilimlarga ega bo‘lish;

-

o‘quv jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

tanlash, mashg‘ulotlarni o‘tkazishda ularni qo‘llash, usullarini ishlab chiqish;

-

kompyuter orqali o‘quv, ko‘rgazmali, axborotni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash

va uzatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, axborot-qidiruv faoliyat jarayonini
avtomatlashtirish, o‘rganilayotgan ob’ektlar haqidagi axborotlarni kompyuterli
vizuallashtirish, ekranda grafiklar va digrammalarni qurish bo‘yicha ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lish kabi ilmiy-metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kabilarni
amalga oshirish kabilar talab etiladi.

Hozirgi vaqtda texnika, texnologiya va mashinasozlik, nefti-gaz, energetika

sohalariga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk, o‘z sohasini yaxshi biladigan,
raqobatbardosh muhandislarni tayyorlash dolzarb hisoblanadi. Shunday ekan fanining
qiziqarli va mazmunli bo‘lishida ta’limni tashkil etish shakli va metodlari, o‘quv
jarayonini tashkil qilishda yangi axborotlardan foydalanish, talabalarning mustaqil
ishlarini o‘quv rejasida belgilangan holda amalga oshirish kabilar ularni yangi bilimlar
bilan qurollantiradi. Lekin shu bilan birga fikrlash, narsalarga, hodisalarga, ularda
nazariyaga qiziqishni oshirish va uni amaliyotda qo‘llashni tarbiyalash, talabalarning
elementar mantiq shakllarini aqlan va maqsadli yo‘nalishda dialektik mantiqqa xos


background image

179

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan jarayonlarni o‘rgatish o‘qituvchining pedagogik
mahoratiga bog‘liqdir.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot madaniyatini shakllantirishda

kompyuter bilan erkin muloqat qilish ularning kasbiy faoliyatida fan-texnika
taraqqiyoti haqidagi bilimlarni rivojlantiradi. Mashg‘ulotlarda o‘rganilyotgan
mavzularni audio, video yozuv yoki elektron variantda amalga oshirish, ma’lumotlarni
kompyuter texnologiyalari asosida talabaga yetkazib berish, berilgan topshiriqlarni
bajarishni o‘rgatish, ularni izlanishga tayyorlash, o‘z ustida ko‘proq ishlab, yetarli
tajriba orttirish, o‘quv materiallarini tushunarli, ravon tilda ifoda etish, so‘nggi
yangiliklardan keng foydalanish va barcha ta’lim tamoyillari asosida bo‘lajak
muhandislarning kasbiy tafakkurni rivojlantirishda samarali ishlar olib borilmoqda.
Shu jihatdan ham, har bir o‘qituvchi talabalarda axborot madaniyatini shakllantirish
jarayonida samarali foydalanish uchun quydagilarni nazarda tutishi lozim:

-axborotlar asosida texnik bilimlarini boyitib borish va ularni o‘quv faoliyatida

foydalanish;

-talabaning kasb moyilligi, qiziqishi va qobiliyatiga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, talim

jarayonida uning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojlarini qondirilishi va
jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishga shart-sharoit yaratish;

-har qanday axborotlarni ilmiy asoslash pedagogik jihatdan talabga mos, didaktik

xususiyatga ega bo‘lishi, o‘quv bilish faoliyatini samarali bo‘lish jarayonlarini
loyihalash asosida amalga oshirish;

-talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda har bir ta’lim yo‘nalishi

bo‘yicha nazariy va amaliy jihatlaridan foydalanishda, kompyuter vositalarini qo‘llash
metodik jihatdan yuqori darajada olib borish;

-

axborot madaniyatini shakllantirish metodlarini amaliyotga joriy etish,

munozara, debat, davra suhbatlaridan foydalanib, dars jarayonida talabalar faolligini
oshirish, ishchanlik muhitini yaratish, yani testlarda qo‘llaniladigan qisqa javoblar
bilan cheklanib qolmasdan, talabalarning fikrini suhbat metodi bilan bilish, uning ichki
bilimlar dunyosini ochish, xotira, diqqat, aql sifatlarini (teranlik, egiluvchanlik,
tejamkorlik, mustaqillik), rivojlantirish;

-talabalarda axborotlarga, kasbga bo‘lgan ehtiyojlarini va ularga oid zaruriy

ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash;

-

aniq maqsadga intilish, tashabbuskorlik, o‘z kuchiga ishonish, o‘zini

boshqara olish qobilyatini rivojlantirish, o‘z faoliyatini rejalashtirishni amalga
oshirish kabilarni nazorat qilish muhimdir.

Talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda o‘quv jarayoni natijalarining

samarali bo‘lishi o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Bunda o‘qituvchi


background image

180

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

o‘qitish metodlari va shakllarini hisobga olgan holda talabalarning bilimlarini,
faoliyatini, uquvlarini nazorat qilishlari, mashg‘ulotlar jarayonida, foydalanishlari
ularning axborot madaniyatini shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, fanini
o‘qitish jarayonida noan’anaviy, qiziqarli, faol va innovatsion usullarining yaxlit tizimi
talabaning axborot madaniyati haqidagi faoliyatini ta’minlash bilan birga ularda o‘z
fikrini erkin bildirish, himoya qilish, o‘z xulosasini chiqarish, mustaqil bo‘lish
malakasini shakllantiradi. Shu jihatdan ham har bir fan va undagi har bir mavzu
xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda
ta’limning didaktik tamoyillari uzviyligiga erishish va ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish muhim hisoblaniladi. Talabalarda axborot madaniyatini
shakllantirish darajasi bevosita u ta’lim olayotgan va uni o‘rab turgan muhitga, uning
shaxsiy sifatlari, zakovati, g‘ayrati, ruhiy va jismoniy holatiga, qolaversa, nasl-
nasabiga ham bog‘liq. Salbiy holatlar yuzaga kelganda ayrim talabalar o‘zini-o‘zi
boshqara olmaydi. Ba’zilari esa oddiy hollarda o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Aslida talaba
o‘zining fikrlari, xulqiga doimo tanqidiy yondashishi, hayot talablari va o‘zining
kasbiy imkoniyatlarini hisobga olishi kerak.

-

Talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda professor-o‘qituvchilarning

intellektual salohiyati, o‘quv jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlarni ochib berish,
axborot texnologiyalari, kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta
ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarni amalga oshirish kabilar
muhim hisoblanadi. Chuki, ushbu jarayonda talabalar axborot texnologiyalari, texnik
vositalari, dasturlariga oid ma’lumotlarni, parametrlarni, tafsilotlarni, nutq, matn,
tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarni ifodalovchi
holatlarni amalga oshiradilar.

-

O‘qitishning muhim tomonlaridan biri-bu talaba va o‘qituvchi faoliyatining

o‘zaro uzviyligi. Bu jarayonning asosiy funksiyasi talabalarni o‘qitishda, rivojlantirish
va tarbiyalashda yagona uslubdan iboratligi. O‘qitish uslublari-bu o‘quv-tarbiyaviy
masalalar yechimiga qaratilgan talaba va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini
yo‘lga qo‘yish demakdir. Har bir uslub o‘qitish jarayoni qonuniyatlari va o‘qitish
maqsadlari tuzilishga ega. Shunday ekan o‘qitish uslubini tanlashda berilgan
mulohazani hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga o‘qitish uslubini
tanlashda o‘qituvchining tajribasi, xususan, uslublardan foydalana olish, ularni
turkumlarga ajrata olish muhim rol o‘ynaydi.

-

“Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda axborot madaniyatiga oid

muammolarni talabalar mustaqil yechishga o‘z samarasini beradi.

-

Ular mustaqil ravishda zarur bo‘lgan axborotlardan amaliy savollarni yechishda

foydalanadilar.


background image

181

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

Talabalar mashg‘ulotlarda axborot-bu aniq va amalda ishlatiladigan xabarlar

ekanligini, bu xabarlar kuzatishlarni oʻz ichiga olishi bilan birga axborotga aylanishini,
umuman, axborot odamlar orasidagi ma’lumot almashinuvi bo‘lib, keng ma’nodagi
ilmiy tushuncha insoniyat faoliyatining bir sohasi ekanligini va uning mazmun-
mohiyatini tashkil etuvchi kompyuter, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlarni
super kompyuter, universal kompyuter, mini kompyuter, shaxsiy kompyuter, bloknot
kompyuterlar kabi texnik vositalar asosida qayta ishlaydilar va ular haqida ma’lumotga
ega bo‘ladilar. “Ta’limda axborot texnologiyalari” faniga oid mashg‘ulotlarda
o‘qituvchi va talabalar o‘z faoliyatlarida quyidagi vazifalarga amal qilishlari dars
mashg‘ulotlarini qiziqarli va mazmunli bo‘lishida o‘z samarasini beradi.

XULOSA

Tajriba-sinov ishida tajriba guruhlarida ta’lim jarayoni takomillashtirilgan

didaktik ta’minoti asosida olib borilgan bo‘lsa, nazorat guruhlarida – an’anaviy tarzda
o‘tkazildi. Takomillashtirilgan didaktik ta’minotining sifati talabalarning auditoriya
mashg‘ulotlarida faolligi va kreativligi, amaliyotga yo‘naltirilgan masalalarni yechish
tajribasi, tadqiqot va ijod qilish ko‘nikmalarini shakllanganligi hamda bilimlarni
integratsiya qilish qobiliyati kabi mezonlar orqali aniqlandi

Didaktik ta’minoti komponentlarining samaradorligi.

Guruhlar

Auditoriya mashg‘ulotlari

Mustaqil

mashg‘ulotlar

Ma’ruza

Amaliy

Laboratoriya ishi

Talabalarning faolligi

Tajriba

70

75

65

64

Nazorat

45

40

43

48

Talabalarning kreativligi

Tajriba

62

70

65

68

Nazorat

45

40

55

65

Amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlarni yechish qobiliyati

Tajriba

65

68

72

75

Nazorat

48

47

52

64

Laboratoriyaga yo‘naltirilgan topshiriqlarni yechish qobiliyati

Tajriba

63

72

78

75

Nazorat

45

48

56

66


Ushbu maqolada o‘quv jarayonida talabalarda axborot madaniyatini

shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari, mazmuni, shakl va metodlarini amalga
oshirish, ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yangi axborotlardan
foydalanishga alohida e’tibor berilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida
o‘qitiladigan “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarining pedagogik
jihatdan talabga mos, didaktik xususiyati, o‘quv-bilish faoliyatining samarali


background image

182

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

bo‘lishi va unda axborot texnologiyalari va texnik kompyuter vositalardan
foydalanish samaradorligini oshirish asoslari ishlab chiqilgan.

Axborot madaniyatini shakllantirishda elektron darsliklar, multimedialar yaratish,

axborotni so‘z bilan uzatish va eshitish orqali qabul qilish, ularni amaliy mashg‘ulotlar
orqali berish, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol-javob, anketa tuzish, adabiyot,
gazeta, jurnallarni tahlil etish kabi uning asosiy omillari shakllantirilgan.

“Ta’limda axborot texnologiyalari” fani jarayonida talabalarda axborot

madaniyatini shakllantirishda mavzuga oid axborotlar mazmunini yoritish asosida
ularda nazariy va amaliy axborotlarni o‘zlashtirish, talabalarni faollashtira olish,
ijodkorligi, yaratuvchanligi, dunyoqarashi, tafakkuriga bog‘liq mahorati, bilim
saviyasi, axborotni qabul qilib olish va o‘zlashtirishi nazariy bilim, amaliy
ko‘nikmalarni namoyish etish, yangi axborotlarni qayta ishlashi, yo‘llanma,
ko‘rsatmalarga, tavsiyallarga mustaqil ravishda munosabatda bo‘lish, egallagan
bilimlarini amalyotda qo‘llash, muammolarga izlanuvchan, ijodiy yondashish kabi
xususiyatlari rivojlantiririlgan. Talabalarda axborotlarni og‘zaki bayon qilish, eslab
qolish, qayta tiklash ularni yuqori saviyada egallash, nutq faolyatiga amal qilish, ta’lim
jarayonida axborotlar haqida munozara va muhokamalar o‘tkazish, mustaqil axborot
olishga tayyorlash va o‘z-o‘zini taqdim eta olish qobilyatlarini rivojlantirish uchun
shart-sharoit yaratish, axborotlarni egallanganlik monitoringini tashkil etish,
natijalarini baholash, axborotlarni tahlil qilish, ko‘zlanayotgan natijalarga erishish
kabilar takomillashtirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Tolipov Oʻ.Q, Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.
Oʻquv qoʻllanma. -T.: Fan nashriyoti, 2006 . – 53-55 b.

2.

Uzluksiz maʻnaviy tarbiya konsepsiyasi.

-

Toshkent, 2019-yil 31-dekabr,1059-

son.

3.

Yusupov E. Inson kamolotining maʼnaviy asoslari. – T.: Universitet, 1998. – 184
b.

Библиографические ссылки

Tolipov Oʻ.Q, Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. Oʻquv qoʻllanma. -T.: Fan nashriyoti, 2006 . – 53-55 b.

Uzluksiz maʻnaviy tarbiya konsepsiyasi. -Toshkent, 2019-yil 31-dekabr,1059-son.

Yusupov E. Inson kamolotining maʼnaviy asoslari. – T.: Universitet, 1998. – 184 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов