Авторы

  • Замира Ибрагимова
    Каракалпакский государственный университет имени Бердака https://orcid.org/0009-0009-2833-2385
  • Малика Дадебайева
    Каракалпакский государственный университет имени Бердака

Биографии авторов

  • Замира Ибрагимова, Каракалпакский государственный университет имени Бердака
    кандидат филологических наук
  • Малика Дадебайева, Каракалпакский государственный университет имени Бердака
    Студентка 2 курса факультета узбекской филологии

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.44281

Ключевые слова:

Художественное произведение художественный язык герои произведения писательское мастерство коммуникация национальное сознание

Аннотация

В этой статье мы рассмотрим единицы связи в романе Тахира Малика «Шайтанат». Мы пытаемся изучить характер людей разного социального статуса через их разговоры.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

13

IJTIMOIY FANLAR

TOHIR MALIKNING “SHAYTANAT” ROMANIDA MULOQOT

BIRLIKLARINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI

IBRAGIMOVA ZAMIRA YULDASHEVNA,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

ORCID: 0008-0009-2833-2385

i.zamira@karsu.uz

DADEBAYEVA MALIKA MIRATBAYEVNA,

Qoraqalpoq davlat universiteti

O‘zbek filologiyasi fakulteti

2-bosqich talabasi

Kalit so‘zlar:

Badiiy asar,

badiiy til, asar
qahramonlari, yozuvchi
mahorati,kommunikatsiya,
milliy ong

Annotatsiya.

Biz ushbu maqolada Tohir Malikning

“Shaytanat” romanidagi aloqa birliklarini ko‘rib
chiqamiz. Turli ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan
odamlarning

xarakterini

suhbatlari

orqali

o‘rganishga harakat qilamiz.

СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ КОММУНИКАЦИОННЫХ

ЕДИНИЦ В РОМАНЕ ТАХИРА МАЛИКА “ШАЙТАНАТ”

Ключевые слова:

Художественное
произведение,
художественный
язык, герои
произведения,
писательское
мастерство,
коммуникация,
национальное
сознание.

Аннотация.

В этой статье мы рассмотрим единицы

связи в романе Тахира Малика «Шайтанат». Мы
пытаемся

изучить

характер

людей

разного

социального статуса через их разговоры.

SOCIOLINGUISTIC ANALYSIS OF COMMUNICATION UNITS IN TAHIR

MALIK'S NOVEL “SHAYTANAT”

Key words:

Artistic

work, artistic
language, heroes of
the work, writing
skills,
communication,

Abstract.

In this article, we will consider the

communication units in Tahir Malik's novel "Shaitanat".
We try to study the character of people of different social
status through their conversations.
.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

14

national
consciousness

Ma’lumki, adabiy tilning badiiy mukammallikka, milliy xarakterlar

yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida so‘z san’atkorlarining mashaqqatli
xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu bois ularning asarlari tili va uslubini
lingvistik jihatdan o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Zero, «o‘zlikni
anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik
til orqali namoyon bo‘ladi. Mukammal badiiy asarlarning sevilib o‘qilishining asosiy
sabablaridan biri uning hayotiyligidir. Asarni o‘qishga kirishgan odam o‘zini undagi
voqealar chinakam hayotda yuz berayotganday his qiladi. Asar qahramonlari
qiynalsa, qiynaladi, quvonsa, sevinadi. Bu esa asrni yaratuvchining ijodiy mahorati,
salohiyati, bilimi yuqori darajadaligidan dalolat beradi[4:182].

Tohir Malikning “Shaytanat” romanining badiiy namunalarning eng

cho‘qqisida ekanligini etirof etamiz. Boisi asar har tomonlama tahlil qilinganda uning
mukammal darajada yaratilganligiga guvoh bo‘lamiz. Adib ijodini chuqurroq
tekshirish, tilshunoslarning oldida turgan muhim, ayni damda, katta mas’uliyatli
vazifalardan biridir. Badiiy asarning qimmati, avvalo, uning badiiy tili bilan
belgilanadi. Badiiylik har qanday adabiyotning bosh mezoni bo‘lib, u
adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganiladi. So‘zning ko‘chma
ma’nolari ana shu badiiylikni yuzaga chiqaruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Badiiy asarni tahlil qilishda uning lisoniy jihatlariga ham e’tibor qaratiladi.

Tohir Malikning “Shaytanat” romanining lisoniy tomonlarini, xususan, asardagi
muloqotlarning sotsiolingvistik jihatlarini ko‘rib chiqamiz.

Muloqot-bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda

va bilish bo‘yicha ma’lumot almashishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir.
Sotsiolingvistikada “kommunikatsiya” “muloqot” so‘zining sinonimi sifatida
qo‘llaniladi. Kommunikatsiya xabarni uzatish, fikr va ma’lumotlar almashinuvi, ya’ni
muloqot qilishdir[1:31]. Muloqot har doim ham bir tekis silliq kechavermaydi.
Chunki ushbu jarayon qatnashuvchilarning xulq-atvori bilan bog‘liq va har xil
kishilarning so‘zlashuvi har xildir. Muloqotda qatnashuvchi shaxlarning ishtirokiga
ko‘ra, dialog (ikki kishilik), polilog (ko‘p kishilik) bo‘lishi mumkin. Adabiy asarlarda
dialog va poliloglar qahramonlar xarakterini ochuvchi asosiy unsurlardandir.
Asardagi qahramonlarning suhbati orqali uning qay toifa odami ekanligini, ijtimoiy
maqomi, yoshi, jinsi, qay hududdan ekanligini anglash mumkin. Tohir Malik
“Shaytanat” romani shunday mahorat bilan yaratganki, asardagi dialoglarda
suhbatdoshlarning kutilmagan javoblari o‘quvchini “titratib” yuboradi. Shuni
ta’kidlash joizki, asarda ko‘plab dialog va poliloglar qo‘llanilgan bo‘lib, ular asarning
badiiy qiymatini oshirishda salmoqli o‘rin egallagan. Masalan:

“Karimulla Asadbek yolg‘iz emasdir, degan havotirda edi. Ichkariga kirgach,

yayrab ketdi. Ildam yurib kelib Asadbek bilan qo‘shqo‘llab so‘rashdi. Asadbek
o‘rnidan qo‘zg‘almay qo‘l uchini berdi…[2:73]

-Gapni cho‘zma. Menga qanaqa xabar yetkazishni bilishadi. Haj

qilmoqchimishsan, bu ham yolg‘onmi?


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

15

-Rost, begim rost. Men asli shu gapni aytay deb keluvdim. Oqsoqollar Asadbek

aka ham borsinlar, deyishyapti, billalashib borsam biram yarashadi. Siz bilan borsak,
ikki marta haj qilganday bo‘lamiz.

-Sen bilan yursam yarashadimi?
-Men bilan yurmasangiz ham… Asadbek hoji bo‘lib yurishingiz yarashadi.
-Pulni qayerdan olasan. Kambag‘al-faqir bo‘lsang?..
-begim, qarindosh-urug‘ bor, hozir o‘n besh ming pulmi? Gunohlarni ko‘p

qilardik, oxiratni o‘ylamasak…

-oxiratni deign… O‘n besh mingni to‘lab, u yoqdan mayda-chuyda olib kelsam,

xarajatni qoplarmikin?

Asadbek bu savolni sinov uchun bergandi. Buning fahmiga yetmagan

Karimullaga jon kirdi.

-Chiqadi, begim, uncha-muncha qoladi ham.
-Xarajatdan tashqari yigirma ming qolarmikin?
Karimulla bu savolga o‘ylanmay-netmay javob qaytardi:
-Yigirma ming chiqmas-ov, ammo o‘n mingcha qolar.
-Shunaqa degin, hisoblab qo‘yibsan-da, a?
-Endi odamlar aytib yurishibdi-ku…
Asadbek javonga yaqinlashib, eshigini ochdi. Karimulla taxlanib turgan

pullarni ko‘rib, entikib ketdi. “Xarajatni ko‘taradi shekilli”, deb quvondi.

-Qarindoshlaringni tinch qo‘y.-dedi Asadbek, pul sanay turib. –Mana senga o‘n

ming. – u shunday deb beli bukilmagan pullarni Karimulla tomon tashadi.

Karimullaning pulga uzatgan qo‘llari muallaq qolaverdi. –Sen harom

qadamlaringni Makkaga bosma. Makkaga pokiza odamlar borishi kerak. Yo‘qol endi,
ko‘zimga ko‘rinma[2:74].

Dialog jo‘shqin bo‘lishi, kishining ruhiy kechinmalarini ko‘rsatibgina qolmay,

xarakterini ham ochib berishi lozim.[3:176,177] Yuqorida keltirib o‘tgan
dialogimizning o‘zi ham Asadbekning va uning suhbatdoshi Karimullaning
xarakterini ochib bera oladi, ya’ni bu asarni o‘qimagan odam ham ushbu dialogni
o‘qisa ularning fe’l-atvorini bilib olishi mumkin. Karimulla o‘zi mulla odam bo‘lsa
ham naqadar iflosligi, hattoki haj safariga ham Ollohning uyini ziyorat qilish, insonlik
farzini bajarish uchun emas, savdo qilib foydalanish ilinjida bormoqchi. Uning
bunday pastkash insonligini esa Asadbek juda yaxshi biladi. Bilgani uchun ham mulla
bo‘lishiga qaramay uni umuman hurmat qilmaydi. Buni esa Asadbekning salomga
o‘tirgan joyida qo‘lining uchini tutganidan ham bilamiz. Asadbek esa juda aqilli,
hayot qiyinchiliklarini boshidan kechirgan, jiddiy, sovuqqon mafiya. Ko‘rishimiz
mumkinki, u yomon xulqli insonlarni kim bo‘lishidan, lavozimi, kasbi, obro‘sidan
qat’i nazar unga mulozamat qilib o‘tirmaydi. Buni yuqoridagi mullaga “harom
qadamlaringni Makkaga bosma” degan jumlalaridan anglay olamiz. ”Shaytanat”
romanidagi mafiyalar hayotidan so‘z yuritadi. Mafiyalarning mafiya bo‘lgunga qadar
kechgan hayotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bolaligi yaxshi kechgan, oddiy bolalar
kabi hayot kechirgan mafiyalarni eslash qiyin. Chunki mana shu mafiya bo‘lishiga
sabab ham ana shu og‘ir bolalikdir. Asadbek ham shu kabi og‘ir bolalikni boshidan
kechirgan. O‘g‘rilik, qimorning orqasida mafiyalar koshonasiga qadam qo‘ygan.
Uning gapiga hech kim qarshi chiqa olmaydi. Xohlagan joyiga qo‘li yetadi. Lekin


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

16

bunday qudratli insonning ajoyib bir do‘sti bilan munosabat, muloqotlarini ko‘rsak,
juda qiziq holatlarni kuzatishimiz mumkin. U do‘sti Jalildir. Asadbekdan hamma
qo‘rqadi, unga qarshi gapirish tugul ko‘ziga tik qarashga ham jazm qila olmaydi.
Lekin Jalil shunday insonki, u doim haqiqatni, ichidagi gapini tortinmay yuziga
aytadi:

-Qizimni o‘g‘irlashdi, -dedi. Shu gapni aytdiyu uyatdan aytdiyu uyatdan yonib

ketay deb ko‘zini olib qochdi. Aybiga iqror bo‘lgan gunihkorday boshini egdi.

-Qachon? Topilmadimi?
-Kecha o‘zlari tashlab ketishibdi.
-Kimligini bildingmi?
-Aniq bilmayman. Gumonim bor.
Jalil o‘yga toldi. Bir necha nafasdan so‘ng xo‘sindi:
-Xudodan qaytibdi
Asadbek boshini shartta ko‘tardi;
-Bu nima deganing?!
-Sen maishat qilgan qizlarning ham ota-onalari bore di, ular ham ezilgandir,

Xudoga nolalar qilgandir, Xudo kar emas, bu ohlarni eshitgandir...

Asadbek esa uning bu gaplarini o‘ziga to‘g‘ri qabul qiladi. Asadbek mafiya

bo‘lishiga qaramay Jalil bilan oddiy do‘stlardek suhbatlashadi.

Ushbu dialogda Jalilning Asadbek uchun qanday maqomda turishini bila

olamiz. Jalil oddiy inson, hech qanday mafiya yoki boyvachcha ham emas. Shunga
qaramay Asadbekday odam uning gapiga kiradi, uni hurmat qiladi. Demak bu o‘rinda
Asadbekning ham Jalilning ham ijtimoiy maqomi ahamiyatsiz. Mafiyalar, asosan,
ko‘cha tilida gaplashishadi. Ularning nutqida argo, jargon, varvarizm, vulgarizmlar
juda ko‘p uchraydi. “Shaytanat” qahramonlari ham ulardan nutqlarida ko‘p
foydalandi:

-Nimaga unday qilding? – dedi Asadbek, mashinaga o‘tirishgach.
-

Haromi

dan o‘chimni oldim, -dedi Kesakpolvon sigaret tutatib…[2:104]

.…O‘g‘il bolalik shunchalar bo‘ladi-da! O‘zingni bosib ol, he

itdan tarqagan

,

- Jamshid shunday deb uning oyog‘ini ham bog‘ladi-da, chiqib ketdi.[2:106]

Bu kabi leksik birliklar badiiy asardagi muloqotlarning tabiiy chiqishiga

yordam beradi. Tabiiylik esa badiiy asar uchun qo‘yiladigan talablarning asosiysidir.
Tohir Malik hayotidan oz bo‘lsada xabardor kitobxon asarni o‘qir ekan Tohir Malik
ko‘cha odamlarining, mafiyalarning suhbatlari qanday kechishi haqida qayerdan bildi
ekan, degan savol paydo bo‘ladi. Bu yozuvchining har tomonlama yetuk bilim egasi
ekanligidan, yaratayotgan asarini ko‘r ko‘rona yozavermasdan, nima yozishni
oldindan puxta o‘ylaganligidan darak beradi.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, Tohir Malikning “Shaytanat”

romanining sotsiolingvistik jihatdan mukammal darajadaligi badiiy asarning
qiymatini oshirgan va bu asarning barcha davrlarda sevilib o‘qilishi uchun asos bo‘la
oladi.

Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:

1. Усмонова Ш. Социолингвистика. Ўқув қўлланма. Toшкент -Университет.
2014. 84-б.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2024].

17

2. Toҳир Малик "Шайтанат" романи. I т. Тошкент. Hilol-nashr. 2017. 221-б.
3. Boboyev Т. "Adabiyotshunoslik asoslari" darslik. Toshkent. - O‘zbekiston
nashriyoti. - 2002. 560- б.
4.

Z. İBRAGİMOVA, S. MASHARİPOVA, B. ABDULAMİTOV

(2018)

O‘zbek

tilida ismlarning erkalash va kichraytish shakllari

.

Uluslararası Türk Lehçe

Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD) 2 (1), 182-186

Библиографические ссылки

Усмонова Ш. Социолингвистика. Ўқув қўлланма. Toшкент -Университет. 2014. 84-б.

Toҳир Малик "Шайтанат" романи. I т. Тошкент. Hilol-nashr. 2017. 221-б.

Boboyev Т. "Adabiyotshunoslik asoslari" darslik. Toshkent. - O‘zbekiston nashriyoti. - 2002. 560- б.

Z. İBRAGİMOVA, S. MASHARİPOVA, B. ABDULAMİTOV (2018) O‘zbek tilida ismlarning erkalash va kichraytish shakllari. Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD) 2 (1), 182-186