ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
299
2181-3187
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI VA VAKOLATLARI
IIV Surxondaryo akademik litseyi
Huquqshunoslik fani o’qituvchi
Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining vakolatlari, uning ijro etuvchi hokimiyat tizimidagi o‘rni va
funksiyalari tahlil qilinadi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari, faoliyatining
asosiy yo‘nalishlari va davlat boshqaruvidagi roli yoritiladi. Maqola O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga asoslanib yozilgan
bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining davlat boshqaruvidagi muhim o‘rni va vakolatlarini
tushunishga yordam beradi.
K
alit so’zlar:
Ijro hokimiyati,qonun manbalari,qaror,farmoyish,vakolat,xalqaro
shartnoma,investitsiya,ijtimoiy himoya.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi —
mamlakatning ijro etuvchi
hokimiyatining oliy organi bo‘lib, davlat siyosatini amalga oshirishda, iqtisodiyot va
ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Vazirlar Mahkamasining
vakolatlari Konsti
tutsiya va boshqa qonun hujjatlarida aniq belgilangan bo‘lib, uning
faoliyati davlat boshqaruvining samarali va qonuniy amalga oshirilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XX bobi
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
ga bag’ishlanadi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi
hokimiyatning oliy organi hisoblanadi va uning vakolatlari Konstitutsiya hamda
boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining faoliyati
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga
solinadi. Ushbu qonun Vazirlar Mahkamasining tarkibi, vakolatlari, faoliyatini tashkil
etish va boshqarish tartibini belgilaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
300
2181-3187
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
114-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga
oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hukumatining b
oshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari
doirasida amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari
115-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va budjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan,
madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning
boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda
bajaril
ishi uchun javobgar bo‘ladi;
2) barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash,
kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq
-
ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni
kompleks va ba
rqaror rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
3) aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish
tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni
saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda
ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini
ta’mi
nlaydi;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
301
2181-3187
5) yoshlarga oid davlat
siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi, oilani
qo‘llab
-
quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni
saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab
-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga
oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab
chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;
7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora
-tadbirlarni amalga oshiradi;
8) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari
ijrosini ta’minlaydi;
9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi,
ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni,
qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga
qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish
imkoniyatini ken
gaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat
ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni
taqdim etadi;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka
muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
majburiy bo‘lgan qar
orlar va farmoyishlar chiqaradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
302
2181-3187
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar
Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qaroriga muvofi
q o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
117-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning
samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini
imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
nomidan ish ko‘radi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni
bajaradi.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
118-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan
so‘ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh
vazir, Vazirlar
Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy
ichida Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan
maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan
so‘ng taqdim etiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
303
2181-3187
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib
chiqadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar
Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini
taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz
berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi.
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning nomzodlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan
ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga
tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a’zosini iste’foga chiqarishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining o‘z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan
hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi a’zosining hisobotini eshitish
yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasi uni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi taklifni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritishga haqli.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
304
2181-3187
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari parlament so‘rovlariga va
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovlariga qonunda belgilangan
tartibda javob berishi shart.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun
bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
119-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki
qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul
qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh
vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Vazirlar Mahkamasining javobgarligi
Vazirlar Mahkamasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va
Prezidentiga nisbatan javobgarlikni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlari ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish,
nazorat qilish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish kabi vazifalarni bajarishda muhim
ahamiyatga ega.
Xulosa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
305
2181-3187
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakatning ijro etuvchi
hokimiyatining oliy organi sifatida davlat boshqaruvida muhim rol o‘ynaydi. Uning
vakolatlari Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlarida aniq belgilangan bo‘lib,
iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar, tashqi siyosat, ekologiya kabi keng doiradagi sohalarni
qamrab oladi. Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari davlat organlari va
fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, davlat siyosatini amalga oshirishda asosiy vosita
hisoblanadi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining faoliyati davlat boshqaruvining
samarali va qonuniy amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Toshkent 2023.
2.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun
25.10.2025.
3. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq.
–
Toshkent, “Yuridik adabiyotlar
publish”, 2022, 147
-bet.
4. Sh.Mirziyoyev Yangi
O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi .Тoshkent,
Oʻzbekiston, 2022, 49
-
бет.
5.
https: // lex. uzto