Авторы

  • Ko’chkinova Adolat

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109265

Ключевые слова:

Kalit so’z : Huquq huquqiy ong huquqiy madaniyat huquqiy negilizm qonun ”yo’l xartiyasi” qonun ustuvorligi huquqiy savodxonlik demokratizm.

Аннотация

    Annotatsiya: Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakillantirish, rivojlantirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

278

2181-3187

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING YOSHLAR

MA’NAVIYATIDA TUTGAN O’RNI

IIV Surxondaryo viloyati akademik litseyi huquq

fani o’qituvchi

Ko’chkinova Adolat.

Annotatsiya:

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakillantirish,

rivojlantirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.

Tayanch so’zlar:Huquq, qonun, qonun ustuvorligi, huquqiy ong ,huquqiy madaniyat.

Kalit so’z

: Huquq, huquqiy ong, huquqiy madaniyat,

huquqiy negilizm,qonun,”yo’

l

xartiyasi” , qonun ustuvorligi,

huquqiy savodxonlik,demokratizm

.

Hozirgi davrda Oʻzbekiston Respublikasining strategik maqsadi etib belgilangan

har tomonlama rivojlangan, erkin va farovon, qonun ustuvor

boʻlgan, zamonaviy

demokratik davlatlar qatoriga qoʻshilish uchun mamlakatimizda barcha sohalarda

islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu oʻrinda milliy huquq tizimida soʻnggi yillarda

koʻlami va mohiyati nuqtai

-nazaridan islohotlarning yangi davri boshlandi. Inson

huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini amalda taʼminlashga nisbatan

munosabatni tubdan oʻzgartirish tizim islohotlar

i

ning bosh gʻoyasiga aylandi

.

Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi

bilangina emas, balki ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham

belgilanadi

1

.

Davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilovchi bir qator omillar mavjud:

birinchidan, rivojlangan jamiyat aʼzolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy

-siyosiy

faolligi yuksak boʻlishi kerak; ikkinchidan, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy

1

Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq.

Toshkent, “Yuridik adabiyotlar publish”,

2022, 147-bet.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

279

2181-3187

savodxonlik darajasi baland boʻlishi lozim; uchinchidan, ularning oʻsha jamiyatdagi

islohotlarga nisbatan daxldorlik tuygʻusi mavjudligi talab etiladi.

Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik haqida gap ketganda,

koʻpchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan boxabarlik darajasi tushuniladi.

Lekin bu juda keng tushuncha boʻlib, yuqorida sanab oʻtganimiz davlat va jamiyatning

rivojlangan

ligini belgilaydigan uchta muhim omilni ham oʻz ichiga oladi. Ijtimoiy

-

siyosiy faol fuqaro jamiyatda roʻy berayotgan voqea

-hodisalarga ongli munosabatda

boʻlib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik

masʼuliyatini his qilib

yashaydi. Eng muhimi, u mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa

qoʻshishga harakat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 9-

yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini

tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”

gi PF-5618-son Farmoni keng jamoatchilikning

huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi yuksalishida amaliy

ahamiyat kasb etadi. Ushbu Farmonda aholining huquqiy ongi va huquqiy

madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini

oshirishga toʻsqinlik qiluvchi quyidagi muammo va kamchiliklar saqlanib

qolinayotganligi sanab oʻtildi:

huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi

ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni

muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib,

bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha

taʼminlanmagan;

yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan

huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq

qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan

murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi;

aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda

belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

280

2181-3187

emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz

olib borilayotganligini koʻrsatadi;

huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda

jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga

singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga

oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda

2

.

“Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash

gʻoyalarini aholi ongiga singdirish” juda muhimdir. Davlatimiz rahbari oʻzining

koʻplab maʼruza va chiqishlarida davlat va jamiyatni taraqqiy ettirish

umumjamiyat

ishiga aylanishi kerakligini, buning uchun har bir fuqaro oʻzining bu borada qatʼiy

fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi, fuqaroning shaxsiy manfaati hech qachon

jamiyat manfaatidan ustun boʻlmasligi lozimligini taʼkidlab oʻtdilar. Farmonga koʻra

quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy

vazifalari etib belgilangan:

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul

qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil

yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat

ruhini

qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan

hayotiy gʻoyani mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda eng avvalo, taʼlim

-

tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish,

maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va

huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari

oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini

keng targʻib qilish;

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-

axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga

bolaligidan boshlab oʻrgatish;

2

https: // lex. uz


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

281

2181-3187

aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy

-

maʼrifiy

tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda

tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini

shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish,

huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb

-

texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish;

yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta

tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;-jamiyatda huquqiy

ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish

3

.

Bundan tashqari mazkur hujjatda

“Yuksak huquqiy madaniyat

- mamlakat

taraqqiyoti kafolati”

degan konseptual gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari

huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari

hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng

qamrovli huquqiy targʻibot ta

dbirlarini tashkil qilish davlat organlari va

tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs –

oila

mahalla

taʼlim muassasasi –

tashkilot

jamiyat” tamoyili boʻyicha tizimli va uzviy

tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini

kuchaytirish, mahallalarda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda

koʻtarilayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli

va predmetli h

uquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va

mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish, mahallalarda aholi orasidagi turli

muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish,

kommunal masalalar, i

mtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar

boʻyicha huquqiy axborotni buklet va plakatlar shaklida aholiga yetkazish,

jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolik nizolarini keskin

3

https: // lex. uz


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

282

2181-3187

kamaytirish hamda aholida, ayniqsa, tarbiyasi ogʻir boʻlgan fuqarolarda qonunga

hurmat hissini uygʻotish maqsadida sudlar tomonidan mahallalarda aholi bilan ochiq

muloqotlarni tizimli ravishda tashkil qilish va sayyor sud majlislari oʻtkazish koʻlamini

kengaytirish

4

nazarda tutilgan.

Jamiyatimizning har bir aʼzosi oʻz huquq va burchlarini hamda masʼuliyatini

puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamogʻi lozim. Fuqarolarimizning

dunyoqarashi, tafakkuri mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda oʻzgarib

borishi huquqiy m

adaniyat tushunchasi bilan chambarchas bogʻliqdir.

“Yuksak huquqiy madaniyat –

mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual

gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak

darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda

qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil

qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Darhaqiqat, huquq asoslarini, Konstitutsiya va qonunlar mazmun-mohiyatini,

yangi qonuniy hujjatlar, huquqiy meʼyorlarni kishilarning, birinchi navbatda,

yoshlarning ongi, qalbiga singdirishda hech bir narsa oʻz ahamiyatiga koʻra huquqiy

taʼlim

-tarbiyaga tenglasha olmaydi. Jumladan, biz jamiyatda huquqiy madaniyatni

shakllantirish va rivojlantirish, mamlakatimizda huquqiy taʼlim va bilimlar targʻibotini

tubdan yaxshilash, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish,

aholini qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan keng

xabardor etib borishga yoʻnaltirilgan maqsadli

chora-tadbirlarni olib borishimiz zarur.

Zero, faqat erkin, oʻz huquq va majburiyatlarini biladigan, qonun va amaldagi

tartib-

qoidalarni hurmat qiladigan fuqaro oʻz huquqlaridan toʻlaligicha foydalana

oladi. Xulosa qilib aytganda: “Yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash,

ularning oʻqishi,

mehnat qilishi, bilim olishi va qobiliyatini namoyon etishi uchun

barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz. Chunki butun xalqimiz qatori yoshlar ham Yangi

4

https: // lex. uz


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

8_

июня

2025

283

2181-3187

Oʻzbekiston bunyodkorlaridir

5

. Shu bois ular oʻz huquqlarini yaxshi biladigan,

huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi yuqori boʻlishi darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq.

Toshkent, “Yuridik adabiyotlar publish”,

2022, 147-bet.

2. Sh.Mirziyoyev Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi .Тoshkent, Oʻzbekiston,

2022, 49-

бет.

3.

’’

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltish tizimini tubdan

takomillashtirish to’g’risida ,,gi PF

-5618

4.

https: // lex. uzto

5

Sh.Mirziyoyev Yangi O’

zbekiston taraqqiyot strategiyasi .

Тoshkent, Oʻzbekiston,

2022, 49-

бет.