ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
266
2181-3187
SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDA SHAYX SA‘NON OBRAZINING
GENEZISI VA TADRIJIY TAKOMILI
Karimova Muxlisaxon Olimjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti
Adabiyotshunoslik:o’zbek adabiyoti mutaxassisligi
1-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Shayx Sa‘non obrazining Kunchiqar
xalqlari adabiy tafakkuridan o‘rin olib borish bosqichlari, xalq og‘zaki ijodining ilk
namunalaridan tortib Faririddin Attor asarlarigacha bo‘lgan ruhiy, ma‘naviy
taraqqiyoti tahlil etiladi. Obrazning diniy asarlardagi ramziy va majoziy ma‘nosi komil
insonni tarbiyalash g‘oyasiga xizmat qilishi yoritiladi.
KALIT SO‘ZLAR:
genesis, tadrij, arxitepik qahramon, agiografik xarakterdagi
asar, dinamik obraz, Majnun .
Adabiyotshunoslikda genezis va tadrij tushunchalari g‘oyaning ilk kurtaklari
paydo bo‘lishi va uning rivojlanib, shakllanib, takomillashib borishini ifodalaydi.
Genezis so‘zi grek tilida “yaratilish”,”tug‘ilish”,”muqaddima” kabi ma‘nolarga ega.
Asar yoki o
brazning ilk marta yaralish jarayoni, boshlang‘ich shakli uning genezisidir.
Tadrij so‘zi o‘zagi esa “daraja” ya‘ni asta sekinlik bilan qadam
-baqadam rivojlanish
hisoblanadi. Vaqt oqimi davomida ma‘lum omillar ta‘sirida obraz yoki g‘oyaning
o‘zgarib, bosq
ichma-
bosqich murakkablashib borishi tadrijdir. Xalq og‘zaki ijodiga
oid yoki agiografik harakterga ega bo‘lgan janrlarda bu ikki masala nisbatan chuqurroq
o‘rganiladi, sababi, bu asarlar din, tarix, va ma‘naviyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
qadriyatlarni mujassam etadi.
Mumtoz adabiyotda Shayx Sa‘non obrazining shakllanishi qator diniy, madaniy,
tarixiy asoslarga ega bo‘lgani sababli
uning genezisini tadqiq qilish ushbu obrazning
adabiy-
estetik va ilmiy ildizlarini kashf qilishga yordam beradi. Shayx Sa‘non
obrazining kelib chiqishi ,dastlab, tasavvufga oid rivoyat va afsonalar, diniy tafakkur
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
267
2181-3187
va folklordagi arxetipik qahramonlarga borib taqaladi.Bu obraz yozma mumtoz
adabiyotda Faririddin Attor tomonidan badiiy obraz sifatida gavdalantirgan bo‘lsa
-da,
uning asl mazmuniy markazi umumxalq adabiyotining tarixida chuqur ildiz otgan
sanaladi.Og‘zaki adabiyot bashariyat tafakkurining eng qadimgi badiiy ko‘rinishi
hisoblanib, u orqali agiografik tushunchalar, tarbiyaviy tamoyillar va orttirilgan
tajribalar ramziy tarzda ifodalangan.
Shayx Sa‘non timsoli ham aynan shu ramziy
tushunchalar zamirida paydo
bo‘lgan tasavvufiy qahramondir.Filologiya fanlari
nomzodi F.Isomiddinov o‘zining dissertatsiyasida shunday yozadi
:
“Shayx Sa‘non hayoti bilan bog‘liq badiiy
-ilmiy manba
larni o’rganish
jarayonida ko‘pgina qarama
-
qarshi ma‘lumotlarga duch kelamiz.Ularning birida
Shayx Sa‘non afsonaviy siymo deyilgan bo‘lsa, ikkinchisida, tarixiy shaxs sifatida
bayon etilgan.Shuningdek, uning nomi ham turli manbalarda Shayx Sa‘non, Shayx
Sa
m‘on, Ibni Saqqo, Abdulrazzoq shaklida berilgan”
Attor bu obrazini dastlab ruhiyatidagi inqirozni, o‘zligini unutib, hayotiy
maslagidan voz kechib,amallarini inkor etgan gunohkor qiyofasiga olib keladi. Oxir-
oqibatda esa majoziy ishq yo‘lidan ilohiy haqiqiatga ro‘baro qiladi. Natijada ,Shayx
gunohlari ortidan hidoyat topadi va ruhiy kamolotga erishadi.
Shayx Sa‘non obrazi statik emas dinamik obraz. U xalq og‘zaki ijodidan boshlab
sufiylik ta‘limotigacha bo‘lgan uzluksiz ruhiy va adabiy evolutsiyani o‘zida namoyon
etadi. Obraz zamiriga singdirilgan ma‘naviy kamolot falsafasining tadrijiy takomili
Sharq
tafakkurining o‘zgarib, asrlar osha yangilanib borishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Tasavvuf adabiyoti tarixida ham Shayx Sa‘non obraziga maslak jihatidan yaqin
turadigan ayrim qahramonlar mavjud.Xususan, Majnun (Qays) mashuqasiga bo‘lgan
muhabbati tufayli bor-
u yo‘g‘idan kechgan, majoziy ishq yordamida ilohiy haqiqatga
1
Isomiddinov .F. Shayx Sa’non haqidagi qissalarning qiyosiy tahlili.
-Toshkent, 2001.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
268
2181-3187
yetgan oshiq.Shayx Sa‘non kabi unga ham yor visoli ikki dunyosidan
-da ustun
turadi.Va shu ishq sababli Haqqa qovushadi.Shoir Atoyi yozganidek:
“Menga ul dunyoda jannat ne hojat
Eshiging tuprog‘i basdur kafanda”
Ya‘ni suyuklisining eshigi ostidagi tuproq, boqiy dunyo jannatidan ham
azizroqdir unga.Sababi u behishtda aysh surish uchun emas, Haq jamolidan bahra olish
uchungina topinadi.
Yoki Mashrabning:
“Urayinmu boshima sakkiz behisht
-
u do‘zaxin,
Bo‘lmasa vasli menga ikki jahonni na qilay?
-deya xitob qilishi ham aynan shundaydir. Mahbubasining vasli oldida na jannatni, na
do‘zaxni pisand qilmaydi. Yor visoli nasib etmasa ikki jahonni boshiga urad
imi?!Bu
baytlarni tasavvuf adabiyotini tushunmagan odam o‘qisa Mashrabni xudosizlikda,
Islomni oyoqosti qilishda ayblashi tabiiy. Tasavvufda aynan shu tipdagi insonlar
o‘zlarining g‘ayrioddiy ruhiy holati bilan boshqalardan ajralib turishadi. Ular
jamiyatdagi mavqeyi va odatiy maqomidan voz kechib,
gunoh yo‘li orqali
poklikka,
ilohiy ishqqa yetishadilar.
”Yoki yana bir misol sifatida Ibrohim Adhamni ko‘rsatish
mumkin. Ibrohim Adham Balx hukmdorining o‘g‘li,
so‘fiylar orasida taqvosi va
tarkidunyo qilgani bilan mashhur. U haqida Alisher Navoiy o‘zining
“Nasoyim ul
muhabbat” asarida “Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoq va oti va nasabi
Ibrohim Adham binni Sulaymon, binni Mansur al-Balxiy. Mulukdin erkani xud
mashhurdur. yigitlikda tavba tavfiqi topti.Bir kun ovg‘a boradur erdi. Hotife nido
qildiki, ey Ibrohim, sani bu ish uchun yaratmaydurlar. Bu
so‘zdin anga ogohlig‘
yuzlandi va mulk tarkin qilib, bu toifa tariqin ixtiyor qildi va Makkaga bordi va anda
Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz va Abu Yusuf G‘asuliy suhbatig‘a yetishti,”
2
Alisher
Navoiy. Nasoyim ul muhabbat.-Ziyo net kutubxonasi, Toshkent,2020.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
269
2181-3187
yozadi. Demak, Ibrohim Adham ham birgina ilohiy mujda sababli butun mol-mulki
,taxti va shohlik maqomidan kechib tarki dunyo qiladi. Shu sababli uni yuqorida tilga
olingan shaxslar tipiga kiritish mumkin.
Farg‘ona davlat universiteti falsafa kafedrasi
katta o‘qituvchisi
S.Evatov tasavvuf haqidagi maqolalarining birida shunday fikr
beradi:
”Aql narsalar tarkibidan to‘plangan natijalar vositasida bilish ufqlarini
benihoyat darajada kengaytiradi. Ammo payg‘ambarlar va maxsus malakaga ega
bo‘lgan avliyolar nabiylikning muqaddas ruhi, deb atalgan fazilatga ega bo‘lib, uning
vositasida “g‘aybdagi lavhlar, oxiratdagi h
ukmlar, osmonlar va zamindagi
malakutlarning bir qismidan, hatto qisman rabboniy maʼrifatdan ham” ogoh bo‘ladilar.
Kimki, bunday malakaga ega kishilar borligiga shubha bildirsa, uni sheʼr yoki
musiqani eshitishdan bebahra odamga o‘xshatish mumkin bo‘ladi.
Negaki, bunday
kishilar sanʼatning ushbu qoliplarini idrok etishga qodir bo‘lmagan bo‘ladilar.
Bundaylar loaqal shunday imkoniyat borligiga ishonishlari lozim.
Xulosa qilish mumkinki, Shayx Sa‘non obrazi Sharq adabiyotidagi obrazlar
dinamikasi, badiiy-falsafiy tafakkur taraqqiyoti,timsollar orqali ilohiy maqsadga yetish
an‘anasining yorqin namunasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. A.Navoiy . Lison ut-tayr.-Toshkent:Yoshlar matbuoti, 2023.
2.
A.Navoiy. Nasoyim ul muhabbat.-Ziyo net kutubxonasi, Toshkent, 2020.
3.Isomiddinov .F. Shayx Sa’non haqidagi qissalarning qiyosiy tahlili.
-
Toshkent, 2001.
4.
Evatov.S.Tasavvuf ta‘limotida insonning idrok etish xususiyatlari tahlili:Ilm
-fan va
innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi.-Toshkent,2024.
5.Sharafiddinov.O.Tasavvuf va adabiyot.Toshkent:Fan, 1996.
6.Attor Faririddin.Mantiq ut-tayr.Toshkent:Fan,1981.
3
Evatov.S.
Tasavvuf ta‘limotida insonning idrok etish xususiyatlari tahlili:Ilm
-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy
konferensiyasi.-Toshkent,2024.