ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
336
2181-3187
O‘ZGA TILLI MAKTABLARDA O‘ZBEK TILINING O‘QITILISHI
Samadova Safiya Ahad qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi yo‘nalishi
3-kurs talabasi
Safiyasamadova650@gmail.com +998885862025
Annotatsiya
Maqolada o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilining o‘tilishining ahamiyati, o‘zbek
tilini o‘rgatishning metodikasi, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish
yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, o‘zbek tilining milliy madaniyat va
ta’limdagi roli, maktablarda til o‘qitishning zamonaviy usullari hamda bu jarayonda
davlat siyosatining o‘rni ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: ona tili ta’limi, chet tili ta’limi, til muhiti, tilni ikkinchi til sifatida
o‘qitish, davlat tili ta’limi, texnologik o‘yinlar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zbek tili
milliy til sifatida ta’lim tizimida mustahkam o‘rin oldi. Ammo mamlakatdagi o‘zga
tilli maktablarda (rus, qozoq, qoraqalpoq va boshqa tillarda o‘qitiladigan maktablar)
o‘zbek tilini samarali o‘rgatish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
O‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilini o‘rgatishning asosiy maqsadi –
o‘quvchilarda ona tili madaniyati va milliy o‘zlikni shakllantirish, shu bilan birga, ular
uchun o‘zbek tilida so‘zlashish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Hozirgi
kunda o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilini o‘rgatishda interaktiv metodlar,
kommunikativ yondashuvlar, multimedia vositalari keng qo‘llanilmoqda. Biroq,
o‘quvchilar sonining kamligi, darslik va metodik materiallarning yetishmasligi,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
337
2181-3187
shuningdek, o‘quvchilarning ona tillariga ko‘proq e’tibor berishlari kabi kabi
muammolar mavjud.
Davlat tomonidan olib borilayotgan til siyosati, o‘zbek tilini davlat tili
sifatida rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va loyihalar esa bu muammolarni
bosqichma-
bosqich hal etishda muhum rol o‘ynaydi. Masalan, o‘zbek tili fanini
o‘qitishda o‘quv
chilar malakasini oshirish kurslari, yangi darsliklarning ishlab
chiqilishi va maktablarda til muhiti yaratishga qaratilgan tadbirlar shular
jumlasidandir.
O‘zbekistonda yashovchi barcha fuqarolar respublikamizning davlat tilida
erkin muloqot yurita olishlari, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma bayon qila olishlari
respublikamiz aholisining bahamjihatlik va do‘stlikda yashashlari, birgalikda mehnat
qilib vatanimiz iqtisodini yanada yuksaltirishlarining muhim omillaridan biridir.
Hozirgi kunda respublikamizda yashovchi turli millatlarga mansub fuqarolar o‘zbek
tilini faqat so‘zlashuv og‘zaki muloqot vositasi sifatidagina bilishning kifoya
qilmasligini, davla
t tilida to‘g‘ri gapirish va to‘g‘ri yoza olishlari, turli mavzularda va
ayniqsa o‘z mutaxassisligi doirasida o‘z fikrini erkin bayon eta olishlari hamda davlat
tilida yozma rasmiy ish yuritish malakalariga ega bo'lishlari zarurligini e’tirof
etmoqdalar. O
‘zbek xalqining madaniyati va urf
-odatlarini bilish, milliy-
ma’naviy
qadriyatlarimizni e’zozlash mamlakatimizda yashovchi boshqa millatlaming m
a’naviy burchi va hayotiy ehtiyojiga aylanmoqda. Ma’lumki, respublikamizda
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq,
qirg‘iz, tojik, turkman tillarida olib boriladi. O‘zbek tilining respublikamizdagi ta’lim
boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarida va uzluksiz ta’lim
tizimining keyingi bosqichlarida esa ta’lim ru
s va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan
guruhlarda davlat tili sifatida o‘qitilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad
mamlakatimizda yashovchi turli millatlar farzandlarining o‘zbek tilini kundalik
turmushda va ijtimoiy faoliyati jarayonida turli insonlar o‘rtasidagi og‘zaki va yozma
muloqot yuritish ko‘nikmalarini tarkib topdirishdan iborat.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
338
2181-3187
Tilni chet tili yoki ikkinchi til sifatida o‘qitishda asosiy e’tibor tilning nutqqa
bog‘liq tomonlariga qaratilgani uchun muammoli masalalar anchagina bo‘lib, bu bilan
metodistlar ham, psixolog olimlar ham shug‘ullanib keladilar. Psixologlarning
ta’kidlashidia, o‘quvchilarda ikkilamchi til malakasining hosil bo‘lish yo‘li birlamchi
-
ona tili malakasi va ko‘nikmasi orqali yuz beradi.
Demak, ikkinchi bir tilda so‘zlash malakasining hosil bo‘lishi, avvalo, ushbu
tilda fikr ifodalashga yordam beruvchi til vositalarini qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirish va nutqiy muloqot jarayonida ulardan erkin va mujassam holda
foydalanish qobi
liyatiga bog‘liq bo‘lib, bunday qobiliyat esa insonda ona tili
malakalari asosiga qurilgan nutqiy ko‘nikmalar asosida shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Davlat tilini
rivojlantirish dasturi” —
Toshkent, 2020.
2. Tursunova, M. “O’zga tilli maktablarda o’zbek tilini o’qitish metodikasi”. —
Toshkent, 2018.
3. Karimov, S. “Til siyosati va milliy madaniyat”. —
Toshkent, 2019.
4. Abdullayeva, D. “O’zbek tili o’qitishning yangi yondashuvlari”. —
Toshkent,
2021.
5. Mamatqulov, R. “Maktablarda o’zbek tilini ikkinchi til sifatida o’rgatish”. —
Toshkent, 2017.
Eslatma: Maqolada keltirilgan barcha ma’lumot va kuzatishlar O‘zbekiston
tilshunoslari va ta’lim mutaxassislarining ilmiy ishlari hamda dala kuzatishlariga
tayangan holda tahlil qilingan.