ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
325
2181-3187
HUVAYDO G‘AZALLARIDA BADIIY SAN’ATLARNING OʻRNI
Xomidova Zeboxon G‘ayratjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti 1
-kurs magistranti
Annotatsiya
Xojanazar Huvaydo Qo'qon adabiy muhitining yetuk namoyandasi va
sohibdevon shoirdir. Uning lirik merosi devon holida nashr qilingan. Bu maqolada
shoirning "Kuyub ishq o‘tida, ey do‘stlar, bag‘ri kabob o‘ttum" deb boshlanuvchi
g'azali tahlilga tortilgan. Unda ijodkorning g'oyaviy yo'nalishi, badiiy mahorati, ilohiy
ishq tasvirining o'ziga xosligi tahlil qilingan. G'azal tahlilida tashbeh, tajnis, mubolag'a,
nido, tazod san'atlarining mohirona qo'llanganligi asoslab berilgan.
Kalit so’zlar:
adabiy muhit, devon, Huvaydo, g’azal, tashbeh, tajnis, mubolag’a,
nido, tazod, mustazod, musaddas, muxammas, tasavvuf.
Аннотация
Ходжаназар Хувайдо –
зрелый представитель коканской
литературной
среды и мастер
-
поэт. Его лирическое наследие было опубликовано как деван. В
данной статье анализируется газель поэта, которая начинается словами «Куюб
ишк отда, эй друзья, багри кабаб оттум». В ней анализируются идейное
направление творца, художественное мастерство, уникальность образа
божественной любви. При анализе газелей умело используется искусство ташбе,
таджниса, преувеличения, восклицания, тазада.
Ключевые слова:
литературная среда, деван, Хувайдо, газель, аллюзия,
таджнис, преувеличение, восклицание, тазад, мустазад, мусадды, мухаммас,
мистика.
Abstract
Khojanazar Huvaido is a mature representative of the Kokan literary
environment and a master poet. His lyrical legacy was published as a devan. In this
article, the poet's ghazal, which begins with the words "Kuyub ishq otda, ey friends,
bagri kabab ottum" is analyzed. In it, the creator's ideological direction, artistic skills,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
326
2181-3187
and the uniqueness of the image of divine love are analyzed. In the analysis of ghazals,
the art of tashbeh, tajnis, exaggeration, exclamation, tazad is used skillfully.
Key words:
literary environment, devan, Huwaydo, ghazal, allusion, tajnis,
exaggeration, exclamation, tazad, mustazad, musaddas, mukhammas, mysticism.
Millatimiz ta'rixiga nazar tashlar ekanmiz, ming yillar davomida xalqimiz qon
qoniga singib ketgan Islom dinining qadriyatlari, ahkomlari o'z o'zidan adabiyotimizga
ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Qarib ming yillar davomida xalqimiz muqaddas kitobimiz
bo'lmish Qur'oni karim va hadisi sharifga tayangan holda yashab kelganlar. E'tiborli
jihati shundaki, ko'p xollarda yetuk din ulamolari bir vaqtning o'zida shoir, faylasuf,
mutafakkir, hatto, ba'zi xollarda qomusiy olim kishilar bo'lishgan, yetuk shoirlar esa
dinni puxta bilgan, yoshligidan Quroni karimni yod olgan murattab qori bo'lgan, shariat
ahkomlarini o'zlashtirgan kishilar bo'lishgan. Bunday ulug siymolarga Abu Nasr
Farobiy, Al- Xorazmiy Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug' mutafakkirlarni
misol qilib keltirishimiz mumkin. Asrlar davomida din va adabiyot birlashib, dinning
yetuk falsafasi bilan adabiyotning nodir so'z sanati vujudga keldi. Natijada islom
diyorida ko'plab mutasavvuf shoirlar yetishib chiqdilar. Xo’janazar G’oyibnazar o’g’li
Huvaydo ham anashunday shoirlardan biri bo'lgan.
Huvaydo she’rlarida axloq
-
odob, ma’naviyat, ma’rifat va tarbiya masalalari
alohida o‘rin tutadi: shoir halollik, poklik, rostgo‘ylik, taqvodorlik, birovning haqiga
xiyonat qilmaslik, yetim-
yesir, kambag‘al
-
miskinlarga shafqatli bo‘lish, xayru
saxovatli bo‘
lish kabi eng oli- janob insoniy fazilatlarni targib qildi va tarannum etdi.
Nopoklik, maishiy buzuqlik, kazzoblik, firibgarlik, o‘g‘rilik, birovning haqiga xiyonat
qilishi, tilyoglamalik, riyokorlik, laganbardorlik, ayniqsa, kibru havo, mutakab- birlik,
zinokorlik singari jirkanch illatlarni qattiq qoraladi. Huvaydo inson hayotidagi ijobiy
va salbiy xu-
susiyatlar haqida yozar ekan, ularning oqibatini ko‘rsa
-
tish uchun Qur’on
va hadislardan dalillar keltiradi.
1
Xolmurodov.I. OTASHNAFAS SHOIR HUVAYDO HAYOT YO'LIGA BIR NAZAR maqolasi. "Экономика и социум"
№12(91)
-1 2021
2
Qodirqul Ruzmatzoda. Huvaydo Devoniga so’z boshidan.Toshkent.
-2007.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
327
2181-3187
Huvaydo mumtoz she'riyat ustasi sifatida namoyon bo'ldi. Huvaydo g'azaliyoti,
asosan, oshiqona, orifona g'azallardan tashkil topgan. Oshiqona g'azallarda ishqi komil
yo'lida insoniy kamolat sari sabot bilan intiluvchi oshiq kechinmalari va qiyofasi
ta'sirchan tasvirlangan. Orifona g'azallarda esa Huvaydo donishmand faylasuf siymo
sifatida gavdalanadi. Uning didaktik qarashlari asrlar osha o'lmas mavzularga aylanib
qolmoqda. Huvaydoning ijodiy faoliyati g'oyaviy-badiiy jihatdan nihoyatda keng
qamrovli va umumbashariyligi bilan ham ajralib turadi: uning asarlaridan osiy va
gumroh ham, orif va oshiqlar ham, fozil va komil insonlar ham, turli maqom va
saviyadagi shoh-u gadolar ham bahra olishi va o'zlarini qiynagan muammolarga javob
olishlari, o'z ichki olamini kuzatishlari mumkin edi. Uning ijodida hayot va o'lim
masalalari, insoniy hayotning ma'nosi, o'zlikni anglash masalalari yetakchi o'rin
egallaydi. Bu esa shoirning o'ziga xos yo'li, uslubi borligini, teran va falsafiy fikrlash
doirasining kengligini ko'rsatadi.
Bu maqolada Huvaydoning "Kuyub ishq o‘tida, ey do‘stlar, bag‘ri kabob
o‘ttum" deb boshlanuvchi g'azalini tahlilini ko'rib o'tamiz. G’azalni tahlil qilishdan
avval ba’zi so’zlarning ma’nosi bilan tanishib o’tsak. Giribon
-
yoqa, darig‘o
- attang,
shitob - shoshilmoq, barq - yashin, chaqmoq, turob
–
tuproq.
tanishamiz:
Kuyub ishq o‘tida, ey do‘stlar, bag‘ri kabob o‘ttum,
Ko‘zum qoni bilo guldek giribonim bo‘yab o‘ttum.
Bu baytda shoir do’stlariga murojaat qilib, ishq sababli bag’ri kabob bo’lganini
takidlaydi. Bu yerda bag’rni kabobga o’xshatish orqali qanchali azob, iztirob
chekayotganini ifodalaydi. Lekin, bilamizki kabob qancha yaxshi pishirilsa u yanada
mazali bo’ladi, ishq ham shunday, oshiq qancha azob cheksa yoriga bo’lgan muhabbati
yanada kuchli bo’ladi. Baytda nido, tajnis she’riy san’atidan foydalangan. Nido boshqa
sheʼriy sanʼatlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli
3
Zaripova. D. HUVAYDO IJODIDA ADABIY TA'SIR maqolasi. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY
2023/11 (105)
4
Huvaydo.Devon.Yangi asr avlodi.Toshkent.2007
5
Huvaydo.Devon.Yangi asr avlodi.Toshkent.2007
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
328
2181-3187
tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuygʻulari poʻrtana
misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga,
tabiatdagi istalgan narsaga, oʻzining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin.
Shoir ham anashu tuyg’ularini “ey do’stlar” orqali ifodalagan. Bag’ir, ko’z, giribon
so’zlari esa tajnis san’atini vujudga keltirgan.
Qalandar bo‘ldumu kezdim bu dunyo mulkini yaksar,
Bu dardimni davosini yurub eldin so‘rob o‘ttum.[1.162]
Inson qachon qalandar holiga tushishi mumkin? Lirik qahramon edi
qalandarlikka o’tti, bu dunyoni mulkini yolg’iz aylanib o’tmoqda va shu holida uning
qalbiga azob berayotgan dard, ishq dardiga, atrofidagi barchadan davo so’rab
boraverdi. Bu baytda “dard” va “davo” so’zlari orqali tazod she’riy san’atini vujudga
kelgan.
Hama ayturki, ey nodon, bu dardingni davosi yo‘q,
Ilojim topmadim, yig‘lab, yuzumni tirmalob o‘ttum. [1.62]
Oshiq qalandar holida el aro kezib o’tarkan, ko’rgan insonlaridan dardiga davo
istab turgan bir paytda, el ahli uning dardiga davo yo’qligini aytishadi, bundan hasratga
tushgan oshiq, endi dardan yig’lab, yuzlarini timdalashga o’tti. Lekin bu timdalash
qalbidagi timdalanishlar oldida hech narsa emas edi.
Darig‘o, sad darig‘o, ko‘rmadim osoyishi umrim,
Samandi g‘amga mindim, barqdek aylab shitob o‘ttum. [1.162]
Endi lirik qahramonning holati azob chekishdan isyon qilshga o’tadi. 1
-misrada
“darig‘o”( attang) so’zini ikki marta qaytarish orqali, afsusni yuqoriligini
ko’rsatmoqda, bunda nafaqat ishq dardi umri ham osoyishta tinch o’tmaganidan isyon
qilmoqda lirik qahramon. Saman oti uchar otligi bilan barchamizga ayon, lekin bu
uchar otga g’am ila minsa, insonni g’ami balki unutilar, yoki unutishga harakat qiladi.
Buni misra so’ngidagi yashindek o’tib ketishni takidlash orqali ham anglashimiz
mumkin.
San, ey miskin Huvaydo, ushbu umrungni g‘animat bil,
Yumub ko‘z ochqucha qolmay, bo‘lib oxir turob o‘ttum.[1.162]
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
329
2181-3187
G’azali so’ngida lirik qahramon isyon qilishdan to’xtab, itoat qilishni boshlaydi
va o’ziga murojaat qiladi, o’zini miskindek tasvirlab, umrini behuda sarflamaslikni, uni
qadriga yetishni, ko’z ochib yumguncha bu umr tugashini, borari oddiy tuproq
bo’lishi
ni takidlaydi.
Hulosa qilib aytganda Huvaydo turli janrlarda qalam tebratar ekan, har bir janrda
o'zining badiiy mahoratini namoyon eta olgan. She'riy shakllarning yangi
imkoniyatlarini kashf qilishga intilgan.
Uning g'azallari, mustazodlari, musaddas-u muxammaslari o'quvchida zavq-
shavq uyg'otadi, oliy insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Shu bois
olima Suyuma G'aniyeva: "Shoir ishqi majoziy hayotda ham, ishqi haqiqiy hayotda
ham ajib ehtiros bilan, najib dardmandlik bilan qalam tebratadi. Shoir she'riyatida
didaktik ohanglar ham yetakchi o'rin tutadi. Lekin ular quruq shunchaki pand-u
nasihatlar emas, ularning asosida g'amdan, nochorlikdan yaralgan donolikni uqamiz.
Shoirning qator g'azallarida isyonkorona ruh shu qadar yolqinliki, beixtiyor otash
haroratini his etamiz. Tasavvufiy g'azallarda esa e'tiqodda ustuvorlik, iymonda poklik
tarannum qilinadi, ruhiyatni Haq sari izchil yo'naltirishga da'vat etiladi"
- deb yozgan
edi.
Foydalanilga adabiyotlar
1. Huvaydo.Devon.Yangi asr avlodi.Toshkent.2007
2. Xolmurodov.I. OTASHNAFAS SHOIR HUVAYDO HAYOT YO'LIGA BIR
NAZAR maqolasi. "Экономика и социум" №12(91)
-1 2021
3.
Хувайдо,. Кўнгил дарди. Тошкент: MERIYUS
. 2009.
4. Qodirqul Ruzmatzoda. Xojamnazar Huvaydoning tasavvufiy qarashlari.Zilol
buloq.Toshkent. 2019
5.Zaripova.D. HUVAYDO IJODIDA ADABIY TA’SIR maqolasi.
SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY 2023/11(105)
6
Хувайдо,Кўнгил дарди. Тошкент: MERIYUS.
2009.