Авторы

  • Navro’za Raximova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109316

Ключевые слова:

Kalit so’zlar:Xarakter hikoya obraz tip detal sujet xilvat kampir Amir Temur tuguncha assotsiativ konsentrik xronikal retrospektiv.

Аннотация

Annotatsiya: Asad Dilmurodning "Xilvat" hikoyasi, o'zbek adabiyotining zamonaviy namunalaridan biridir va unda insonning ichki dunyosi, o'zini anglash, odamlar o'rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy muammolar tasvirlanadi. Hikoya, asosan, odamning yolg'izlik va insoniy holatlarni o'rganadi, shuningdek, adolat va taqdir haqidagi savollarni o'rtaga tashlaydi.Tarixiy mazmunda yozilgan ushbu hikoya haqida ayrim fikrlarni ko’rib o’tamiz.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

319

2181-3187

ASAD DILMURODNING “XILVAT”HIKOYASI TAHLILI

Navro’za Raximova

FarDU Adabiyotshunoslik yo’nalishi 1

-bosqich magistranti

Annotatsiya: Asad Dilmurodning "Xilvat" hikoyasi, o'zbek adabiyotining

zamonaviy namunalaridan biridir va unda insonning ichki dunyosi, o'zini anglash,

odamlar o'rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy muammolar tasvirlanadi. Hikoya, asosan,

odamning yolg'izlik va insoniy holatlarni o'rganadi, shuningdek, adolat va taqdir

haqidagi savollarni o'rtaga tashlaydi.Tarixiy mazmunda yozilgan ushbu hikoya haqida

ayrim fikrlarni ko’rib o’tamiz.

Kalit

so’zlar:Xarakter,hikoya,obraz,tip,detal,sujet,xilvat,kampir,Amir

Temur,tuguncha,assotsiativ,konsentrik,xronikal,retrospektiv.

Hikoya

bu qisqa adabiy asar bo'lib, unda biror voqea yoki holat tasvirlanadi.

Hikoyalar odatda bir yoki bir nechta qahramonlar, ularning o'zaro munosabatlari va

voqealar rivoji orqali o'zining asosiy g'oyasini yoki xabarini yetkazadi. Hikoya odatda

qisqa hajmda bo'ladi va voqealar ketma-ketligi, xarakterlarning rivojlanishi va ularning

ichki dunyosi haqida o'ylashga undaydi. Hikoya janri, ko'pincha odamlarning kundalik

hayotidagi oddiy holatlar yoki jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni o'zgacha badiiy

uslubda aks ettiradi.

Hikoyaning o'ziga xosligi shundaki, unda voqea tez rivojlanib, qisqa vaqt ichida

o'z yakuniga yetadi, shuningdek, ular ko'pincha aniq bir xulosaga yoki tafakkurga olib

keladi.

Endi badiiy xarakterga qaytsak.Badiiy xarakter

adabiyotda yoki san'atda

yaratilingan, asar orqali ma'lum bir xususiyat, his-tuyg'u yoki maqsadga ega bo'lgan

obrazdir. Badiiy xarakter, odatda, muayyan vaziyatlar yoki ijtimoiy-madaniy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

320

2181-3187

sharoitlarda o'zini qanday tutishini, fikrlarini, qarashlarini va ichki dunyosini

ko'rsatadi. U asar davomida rivojlanishi mumkin, ya'ni boshlanishidagi xatti-

harakatlari va so'zlari asar davomida o'zgarib, murakkablashishi mumkin.Badiiy

xarakter asarning

asosiy mag’zi hisoblanadi.Chunki xarakterda obrazning

mohiyati,tirikligi,zaruriyligi,joni mujassamdir.Xarakter yaratish badiiy asarning asosiy

masalasi hisoblanadi.Aniqroq aytadigan bo’lsak,xarakter

-

bu aniq iroda yo’nalishiga

ega bo’lgan,O’z xatti

-harakatlari, intilishlari,

o’y

-hayollari, dunyoqarashi,

ma’naviyati,

f

e’l

-

atvori bilan boshqalardan ajralib turadigan to’laqonli shaxslar

obrazidir.Shu

sabab

badiiy

asardagi

hamma

qahramonlar

xarakter

sanalmaydi.Jumladan “O’g’ri” hikoyasidagi Qobil bobo xarakter sanalsa qolganlar

personaj bo’ladi.

Badiiy xarakterlarning turli turlari mavjud:

1. Markaziy xarakter

asarning asosiy qahramoni bo'lib, uning atrofidagi

voqealar va qarorlar asosida hikoya rivojlanadi.

2. Yordamchi xarakterlar

asosiy qahramonlar bilan aloqada bo'lgan, lekin

asarning markazida bo'lmagan obrazlar.

Badiiy xarakterning shakllanishi va rivojlanishi asarning mavzusi, janri va

muallifning maqsadiga qarab farq qiladi.

“Xilvat” hikoyasi tahlili

Dastlab hikoya nomi nega aynan “Xilvat” deb nomlanganiga e’tibor qaratsak.

Hikoyaning asosiy mavzusi

insonning yolg'izlik va ichki kurashi. Xilvat, ya'ni

yolg'izlik, hayotning murakkabligi va odamlarning o'zaro munosabatlaridagi

muammolarni ko'rsatadi. Asad Dilmurod bu mavzuni insonni o'zining haqiqiy holatini

tushunishga chaqirgan tarzda rivojlantiradi.Asosiy qahramon, o'zining ichki his-

tuyg'ulari va tashqi dunyo bilan munosabatlarini hisobga olib, o'zini yolg'izlikda

topadi. Bu xilvat, uning o'zini anglash jarayonini boshdan kechirishga imkon

beradi.Hikoyadagi qahramonlarning psixologik holati, ularning ichki kurashlari, ruhiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

321

2181-3187

iztiroblari va hayotga bo'lgan qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xilvatda

qahramonlar o'zlarini aniqlash, biror narsaga erishish yoki biror holatni o'zgartirish

uchun kurashadilar.

Hikoyada voqealar rivoji tugundan boshlanadi.Demak hikoya konsentrik sujet

asosiga qurilgan.”Kuz quyoshi ostida mudrayotgan shahar ko’chalarida yupun

kiyingan,kalta sochlari qirovlagan ozg’in kampir tushiga changali dov qarchig’ay

kirganini ayta-

ayta so’ylanib yurar edi...” Endi o’quvchida savol tug’iladi “Kampir

kim?”, :Nega u hammaga tushini aytib aytib yuribdi?”, “Hikoyada kampirning ro’li

qanday?” va yana shu kabi ko’plab savollar.Bu savollar javobini o’quvchi hikoyani

o’qish davomida bilib boradi.

“Xilvat” hikoyasida ham voqealar rivoji juda tez amalga oshadi va

qahramonning nigohida o’zi bilmagan holda yechim kelib chiqadi.Hikoya bosh

qahramoni Turon zamin o’lkasi sohibqironi Amir Temur.Hikoyada Temurning “Kuch

adolatda”degan so’zlariga amal qilganini yana bir bor guvoh bo’lamiz.Shunga

qaramay har yerda bo’lgani kabi Temurning atrofida ham nokas,o’z foydasi uchun

begunohlar uvolidan qo’rqmaydigan insonlar yo’q emasdi.Aynan ularning kasriga

Temur bir umrlik vijdon azobiga qoladi.Bir mushtipar onani

ng eng so’nggi najotini

saqlab qola olmaydi(eng achinarlisi kampirning ikki o’g’li va turmush o’rtog’i ham

Temur qo’shinlarining safida vafot etadi).Bunday vaziyatda Temur faqatgina

xilvatdan o’ziga halovat topadi.Amir Temur haqidagi boshqa asralardan fa

rqli

o’laroq,bu hikoyada Temurning Sohibqironligi,dunyoni egallagani,necha

-necha

dushmanlarni yer tishlatgani emas ,balki, Temurning e’tiqodi, Ahmad Yassaviyga

murid bo;lgani,uning ham yolg’izlikda kechadigan kechinmalari haqidagi xarakteri

ochilgan.

Asardagi kampir obraziga qaytsak.Biz bu kampirni to’liq xarakter deb olishimiz

mumkin,chunki hikoyadagi kampir o’sha paytdagi aholining tipik vakili edi,atrofda

unga o’xshaganlar juda ko’p bo’lsa

-da,faqat kampirgina bu azob-uqubatlar haqida

qo’rqmay

gapi

ra

oladi,hattoki

hukmdorga

ham

undan

xavotir


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

322

2181-3187

olmasligini,tegirmon(xalq) holidan xabar olishi kerakligini kesatib o’tadi va aynan shu

muomalasi uchun shahar hokimi buyrug’iga ko’ra hibsga olinadi.

Hikoyada Erxon,Sarbug’o kabi obrazlar ham uchraydi.Sarbug’o obraziga ta’rif

bersak,hukmdor bergan amaldan foydalanib,xalqni tunagan,azoblagan,o’z ayblarini

yashirish maqsadida hukmdor ozod qilgan bir begunoh insonni,oilasining yolg’iz

boquvchisi bo’lgan Erxonni xunrezlarcha o’ldirgan va aybni o’zidan soqit qilgan

xarakter tasvirlanadi.

Erxon obrazi esa o’ylamay qadam bosib,oldingi qilgan ayblari kasriga hibsga

olingan,xazinadan pul olmagan bo’lsada yovuz shaxslar hiylasiga duchor

bo’lgan,oqibatda o’limiga ham yolg’on aralashgan obrazdir.erxonning onasi bu

qilg’iliklarning bariga uning otasiz o’sganligini,ota qahrini ham mehrini ham

ko’rmagan farzandi ko’zi och bo’lib ulg’ayganini aytib o’tadi.

Hikoyada badiiy detal ham alohida ro’l o’ynaydi.Detal bu badiiy asarda yechim

uchun xizmat qiladigan muhim unsurdir.deyarli har bir asarda kamida bir dona detal

bo’ladi.detal xoh asarning boshida ,xoh o’rtasida keladi,lekin qay holda

bo’lmasin,albatta,o’z

vazifasini bajaradi.Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytsa asarda

miltiq bormi,demak u aniq o’tiladi.Ushbu hikoyamizdagi detal esa kampir qo’lidagi

tugancha edi.Keling,uning asarda qanday uchraganiga to’xtalib o’tamiz:

“Barini avvalidan

-

oxirigacha esladi: omad butunlay yuz o‘girgan o‘sha mudhish

kunda, barcha sherigidan adashib qolib, mo‘g‘ullar pistirmasiga duch kelgan va

yelkasiga kamon o‘qi sanchilgan edi. Uzoq muddat tuz totmay, ko‘p qon yo‘qotgani

sababli, tinkai madori qurib, oxiri bir qishloq yaqinida yuztuban quladi. Es-hushini

yig‘saki, mol tezagi va pichan hidiga to‘la nim qorong‘i og‘ilda, pichan g‘arami ichra

aftodahol yotibdi. Kimdir malham surib, yarasini bog‘labdi. Keyin bilsa, xaloskori

xokisor va nozikkin

a xushro‘y ayol ekan…


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

323

2181-3187

Tez orada kuch-

quvvatga engach, ayolni siylamoq niyatida, cho‘ntagini kovladi

-

yu, sariq chaqa ham topolmadi. Oxiri, xijolatini yashirolmay, quruq rahmat aytish bilan

kifoyalandi.

Qor ko‘rpasi ostida mudrayotgan Kesh sari yuzlanarkan, bo‘z yigit bo‘lib bo‘y

ko‘rsatganda, padari Tarag‘ay bahodir ezgu niyat bilan beliga bog‘lab qo‘ygan kamarni

o‘sha yerda unutib qoldirganini bildi. Oh, shunaqa afsus chekdiki, nedir og‘riqdan qatto

yuragi tars yorilayozdi. Axir, u shunchaki oddiy buyum emas, bahosi ham, takrori ham

yo‘q yodgorlik: yetti pushtini ko‘rgan va yetti bobokaloni jismu joniga mador bo‘lgan.

Uzoqni ko‘ra oladigan buzrukvori esa, vaqti

-

soati yetganda, o‘zi uni eng jo‘mard va

oqi

l farzandiga topshirishi lozimligini necha marta qulog‘iga quygandi.

Sohibqiron g‘amu anduhga botdi, vaqtni boy bermay, besh

-

o‘n ishonchli navkar

bilan haligi qishloqqa oshiqib keldi. Ammo kuniga yaragan ayol daragini topolmadi,

hovli-

joyini mo‘g‘ullar yoqib yuborgan ekan…

Sohibqiron, kamarni yodidan chiqarmagan esa-da, allaqachon undan umidini

uzgandi. Axir, bunaqa narxi baland kamyob molni kim ham o‘ziniki qilib olishni

istamaydi.

–Onaxon, faqir shu damgacha hech kimga, hatto qudrati zo‘r podshohlarga ham

bo‘y egmay yashadim. Ammo sizga ta’zim qilsam yarashur. Bugundan sizga o‘g‘il

bo‘ldim!..”

Hikoyadagi kampir nafaqat olomon ichidan otilib chiqqan, ba’zilarning ta’biriga

ko’ra “ayollardan chiqqan birinchi qalandar” bo’libgina qolmay,dinida mahkam

turgan,bir yigit omonatini ko’z qorachig’iday saqlay olgan ojiza edi u.

Xulosa qilib aytganda Asad Dilmurodning ushbu hikoyasi hukmdorlar adolati

ezilgan xalq uchun qanchalar zarur ekanligini yana bir bor isbot qildi.Mushtipar ona

obrazida esa haqiqiy Allohdan qo’rqadigan,qay holatda bo’lmasin diniga,omonatiga

xiyonat qilmaydigan ayolni kashf etdik.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

324

2181-3187

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Asad Dilmurod “Xilvat” hikoyasi

2.H.Umurov.Adabiyotshunoslik nazariyasi;Xalq merosi,2004

3.Internet ma’lumotlari.