ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
268
2181-3187
ISPAN TILIDA NOVERBAL ALOQA VOSITALARINING
SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI.
Dushayeva Umida Yusufovna,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ispan tili amaliy fanlar
kafedrasi f.f.f.d (PhD) dotsent.vb
Bo‘rixonova Dilshodaxon
Vali qizi
Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi FISP 2304-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ispan tilida noverbal aloqa vositalarining
sotsiolingvistik xususiyatlari hamda ularni til o‘rganish jarayonida qo‘llash
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Noverbal muloqot vositalari
—
imo-ishoralar, mimika,
tana tili, ko‘z bilan aloqa kabi el
ementlar
—
tilshunoslik va madaniyatshunoslikda
muhim o‘rin tutadi. Maqolada hududiy, jinsiy va ijtimoiy farqlarning muloqot
uslublariga ta’siri, shuningdek, bu bilimlarning ispan tilini o‘rganuvchilar uchun
ahamiyati ilmiy manbalar asosida y
oritiladi. Maqolada til o‘rganishda madaniyatlararo
kompetensiyani shakllantirishda noverbal belgilarni chuqur o‘rganish zarurligini
asoslaydi.
Kalit so’zlar:
noverbal aloqa, sotsiolingvistika, madaniyatlararo muloqot, jinsiy
tafovut, hududiy farqlar.
SOCIOLINGUISTIC CHARACTERISTICS OF NONVERBAL
COMMUNICATION IN SPANISH.
Abstract:
This article analyzes the sociolinguistic features of nonverbal
communication in Spanish and the possibilities of their use in the language learning
process. Nonverbal communication tools
—
such elements as gestures, facial
expressions, div language, eye contact
—
play an important role in linguistics and
cultural studies. The article discusses the impact of regional, gender, and social
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
269
2181-3187
differences on communication styles, as well as the importance of this knowledge for
Spanish language learners, based on scientific sources. The article justifies the need for
in-depth study of nonverbal signs in the formation of intercultural competence in
language learning.
Keywords
:
nonverbal
communication,
sociolinguistics,
intercultural
communication, gender difference, regional differences.
Kirish
.
Hozirgi globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rganishda faqat so‘z
boyligini egallash kifoya emas.
Har bir til o‘ziga xos madaniyat, muloqot odobi va
sotsiolingvistik xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Xususan, ispan tilida
noverbal aloqa vositalari
–
ya’ni imo
-
ishoralar, yuz ifodalari, tana harakati va ko‘z
bilan aloqa kabi vositalar muloqotda
muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada ispan
tilidagi noverbal aloqa vositalarining sotsiolingvistik xususiyatlari yoritiladi, ularning
ijtimoiy va madaniy kontekstdagi farqlari tahlil qilinadi hamda bu vositalarning
muloqotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til o‘rganish jarayoni so‘z va grammatik qurilishlarni
o‘zlashtirishdan tashqari, madaniy kontekstni, xususan noverbal (og‘zaki bo‘lmagan)
aloqa vositalarini tus
hunishni ham talab etadi. Ispan tili dunyo bo‘yicha turli
mintaqalarda so‘zlashiladi va bu mintaqalardagi madaniyatlar, ijtimoiy qatlamlar,
jinsiy tafovutlar va boshqa sotsiolingvistik omillar noverbal muloqot vositalarining
turlicha namoyon bo‘lishiga olib keladi. Til o‘rganuvchilar uchun bu farqlarni anglash
samarali va madaniyatga mos muloqotni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Asosiy qism. Sotsiolingvistika (lot societas
—
jamiyat va lingvistika)
—
tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya
fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari,
tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan
bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi.[1]
U shaxsning jinsi, yoshi, ijtimoiy mavqei, yashash joyi, madaniyati va boshqa
omi
llarning til ishlatishga, jumladan noverbal vositalarga ta’sirini o‘rganadi. Noverbal
aloqa vositalari
–
imo-
ishoralar, tana harakatlari, mimika, ko‘z bilan aloqa, tana holati
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
270
2181-3187
va ovoz ohangi kabi elementlar orqali ma’no uzatish imkonini beradi. Bu vositalar har
doim ham bir xil tarzda qabul qilinmaydi; ularning talqini jamiyatdagi madaniyatga
bog‘liq. “Sotsiolingvistika” terminini fanga birinchi bo'lib 1952
-yilda
amerikaliksotsiolog olim G.Karri kiritdi. Sotsiolingvistikaning shakllanishida
I.A.Boduen de Kurtenening ham tadqiqotlari muhim o'rin tutgani haqida keltirilgan
manbalar uchraydi. I.A Boduen de Kurtene: “Til faqat kishilar jamiyatida mavjud ekan,
u holda uning ruhiy tomonidan tashqari, ijtimoiy tomoniga ham har doim e'tibor
qaratishimiz kerak. Nafaqat, individual psixologiya,balki sotsiologiya ham
tilshunoslikning asosi bo'lib xizmat qilishi lozim”,
- deb yozgan.[2]
Jumladan, aynan jamiyatning ilmiy asoslangan siyosatiga ehtiyoj borligi va
tilning tashqi tuzilishidan ko'ra ichki tuzilishini o'rganishga bo'lgan qiziqishlar ko'pligi
sabab XXasrning 30- yillarida strukturalizm (lotincha.structure - tuzilish, joylashish,
tartib) tilni asosan bir tomonlama o'rganishni ya'ni shakl va ma'no birligi jihatidan
emas, balki, faqat shakl jihatidan o'rganishga e'tibor berildi. Biroq bu natija bermadi,
ya'ni bu oqim inqirozga uchradi. So'ngra tilning rivojlanib, boyib borishi, uzoq
vaqtgacha yashab qolishi jamiyat bilan uzviy aloqada ekanligi aniqlandi. Haqiqatan
ham, agar jamiyat bo'lmasa,ya'ni insonlar birgalikda o'zaro muloqot jarayonida bir
tildan foydalanmas ekan, til o'z-o'zidan yo'qolib ketadi. Shu bilan bir qatorda insonlar
o'zaro aloqa-aralashuvga kirishmas, hech biri nutq so'zlamas,ehtiyoji bo'lib turib
muloqot qilmas ekan bunday jamoani jamiyat deb bo'lmaydi. Jamiyat
rivojlanishi,o'zgarishlar olib borishi uchun insonlar o'zaro fikr almashishi, talab va
takliflar bildirishi, o'ylagan g'oyalarini insonlarga tushuntira olishi kerak. Til tizimida
“sotsiolingvistik tahlil” degan tushuncha bo'lib, unda asosan tilning jamiyatda qanday
faoliyat ko'rsatishi va qanday vositalarni bajarishda ishtirok etadi. Bu tahlil tillarning
bir-
biriga o'xshamasligi, tubdan farq qilishini namoyon qilib beradi. “Sotsiolingvistika
ma'lum bir sharoitda ma'lum bir axborotni nutq birliklari vositasida tinglovchiga
yetkazish, bu nutq parchasida so'zlovchi belgi-xususiyatlarining in'ikosi, uning
tin
glovchiga ta'siri masalalarini o'rganadi va o'rgatadi”.[3] “Sotsiolingvistika empirik
fandir, chunki u kundalik hayotda ko'rish mumkin bo'lgan faktlarga asoslanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
271
2181-3187
Alomatlarni to'plash va shakllantirishda bu nazariy fan deb ham aytiladi.
Sotsiolingvistika insonning turli vaziyatlarda til qoidalaridan to'g'ri foydalanish
qobiliyatini tushuntirishga harakat qiladi.” [4]. Rus manbalaridan birida
“sotsiolingvistika inson
suhbatlashayotgan vaqtda tilning vazifalarini aniqlash bilan
shug’ullanadi” deb aytib o’tishgan.
Amerikalik olim Uilyam Labov sotsiolingvistikaning asoschilaridan biri
hisoblanadi. U til o‘zgarishini ijtimoiy guruhlar va sinflar o‘rtasidagi farqlarga
bog‘laydi. Labovning fikricha, til oddiygina til qoidalari majmui emas, balki
jamiyatdagi ijtimoiy tab
aqalanishlarni ifodalovchi vositadir. U o‘z tadqiqotlarida
ayniqsa shahar dialektlaridagi farqlarni tahlil qilgan va tilning ijtimoiy sinf, yosh, jins
kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatgan. [5]
Dell Hymes esa tilni muloqot vositasi sifatida emas, balki ijtimoiy kontekstda
ishlatiladigan kommunikativ kompetensiya sifatida ko‘radi. U tilni faqat grammatik
jihatdan o‘rganish yetarli emasligini, balki til qanday vaziyatda, kim bilan, qanday
maqsadda
ishlatilishini tushunish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Hymes tilni
o‘rganish va tahlil qilishda SPEAKING modelini taklif qilgan bo‘lib, unda tilning
ijtimoiy vazifalari va konteksti batafsil o‘rganiladi.[6]
Buyuk Britaniyalik olim Piter Tradgill esa dialektologiya va sotsiolingvistikaning
ahamiyatini birlashtirib, til
o‘zgarishlarini va dialektlarning ijtimoiy xususiyatlarini
o‘rganadi. Uning fikricha, til ijtimoiy guruhlarni belgilovchi muhim belgi bo‘lib, har
bir dialekt orqasida ijtimoiy xulq va guruh a’zoligini anglash yotadi. [7]
Suzanne Romaine esa tarixiy sotsiolingvistika va ikki tillilik sohasida yetakchi
mutaxassislardan biridir. U ijtimoiy o‘zgarishlar til o‘zgarishiga sababchi bo‘lishini
ta’kidlab, til tarixini va uning jamiyat bilan bog‘liqligini chuqur tahlil qiladi.[8]
Noverbal aloqa vositalari
–
bu so‘zlardan foydalanmasdan amalga
oshiriladigan muloqot vositalaridir. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Imo-ishoralar (gestos):
qo‘l harakatlari orqali ifoda berish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
272
2181-3187
Yuz ifodalari (expresiones faciales):
his-
tuyg‘ularni ko‘rsatish uchun yuz
mushaklarining harakati.
Ko‘z bilan aloqa (contacto visual):
diqqatni jamlash yoki hurmat ifodasi sifatida
ko‘zga qarash.
Tana tili (lenguaje corporal):
gavda, holat, harakatlar orqali muloqot qilish.
Bu vositalar muloqot mazmunini to‘ldiradi, ba’zida esa so‘zlardan ko‘ra ko‘proq
axborot yetkazadi. Noverbal aloqa vositalari insonlar o‘rtasidagi muloqotni so‘zsiz
amalga oshirish imkonini beruvchi belgilar tizimidir. Ular orqali insonlar his-
tuyg‘ularini, niyatlarini, ijtimoiy munosabatlarini ifod
alaydi. A. Mehrabian (1972)
ta’kidlashicha noverbal aloqa xabarning 93 foizigacha qismini tashkil etishini
aniqlagan: 55% tana tili, 38% ovoz ohangi va faqat 7% og‘zaki so‘zlar orqali uzatiladi.
Bu esa noverbal belgilarni sotsiolingvistik tahlil qilish zar
uratini ko‘rsatadi.[9]
Og’zaki bo’lmagan muloqat tili ispan tilida o‘ziga xos jihatga ega. Ispan tilida
muloqot qiluvchilar, ayniqsa lotinamerikaliklar va ispanlar, noverbal aloqa
vositalaridan faol foydalanadilar. Misol uchun ekspressivlik: ispan tilida so‘zlashuvchi
insonlar
ko‘pincha hissiyotlarini ochiq va kuchli ifoda etadilar. Ularning yuz ifodalari,
ovoz ohangi va tana harakati boshqa madaniyatlarga nisbatan ancha faol bo‘ladi. Yana
bir turi jismoniy yaqinlik: muloqot paytida suhbatdoshlar orasidagi masofa qisqa
bo‘lishi
odatiy hol sanaladi. Bu yaqinlik madaniy yaqinlik va iliqlik belgisi sifatida
qaraladi va albatta imo-
ishoralar tizimi: ba’zi imo
-
ishoralar ispan madaniyatida o‘ziga
xos ma’noga ega. Masalan, “pulgar hacia arriba” (bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarish)
ijobiy
ma’no bildiradi, biroq boshqa kontekstda mazax sifatida ham qabul qilinishi
mumkin.
Noverbal muloqot vositalarining ishlatilishi shaxsning ijtimoiy holati, yoshi,
jinsi, millati, mintaqasi, madaniyati va hatto ta’lim darajasi bilan chambarchas bog‘liq.
William Labov sotsiolingvistik o‘zgaruvchanlikni ijtimoiy tabaqalar bilan bog‘lagan.
Uning metodologiyasini noverbal aloqa vositalariga tatbiq etgan tadqiqotchilar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
273
2181-3187
(masalan, Deborah Tannen, 1990) erkak va ayollar muloqotida noverbal vositalarning
turlicha ishlatilishini ta’kidlaydi: [10] ayollar ko‘proq ko‘z bilan aloqa va yuz
ifodalariga suyanadi, erkaklar esa kengroq tana harakati va harakatsiz holatni afzal
ko‘rad
i. Hududiy farqlar ham muhim omil hisoblanadi. Masalan, M. Argyle (1988)
Lotin Amerikasi va Ispaniya janubida ko‘proq imo
-ishora va jismoniy yaqinlik
kuzatilishini aniqlagan [11]. Madaniyatlararo tadqiqotlar (masalan, Geert Hofstede,
1980) esa individualiz
m va kollektivizm darajasi noverbal muloqot uslubiga ta’sir
qilishini ko‘rsatadi [12].
Ispan tilida so‘zlashuvchi hududlar o‘rtasida noverbal aloqa vositalarining
qo‘llanilishi sezilarli darajada farqlanadi. Ispaniyaning shimoli (masalan, Galisiya,
Basklar mintaqasi) va janubi (Andalusiya) o‘rtasida muloqotda ishlatiladigan tana tili,
ko‘z b
ilan aloqa va mimika ancha farqlidir. Shimolda odamlar ehtiyotkor va rasmiy
bo‘lishga moyil bo‘lsa, janubda ifoda erkinroq va hissiyotliroqdir. Lotin Amerikasi
davlatlarida ham bu farqlar aniq ko‘rinadi. Meksikaliklar muloqotda muloyim,
nazokatli harakatlarga tayanadilar, argentinaliklar esa ancha ehtirosli va jismoniy
yaqinlikni tanlaydilar. F. Poyatos (1994) ushbu hududiy tafovutlar madaniy qadriyatlar
va tarixiy rivojlanish bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi [13].
Shaxsning ijtimoiy mavqei ham uning muloqotdagi noverbal ifodalarini
belgilaydi. Yuqori tabaqaga mansub kishilar rasmiy, nazorat qilingan imo-ishoralardan
foydalanadi. Ular tana harakatlarida ehtiyotkorlikni, pauzalar va cheklangan mimikani
afzal ko‘radilar. Masalan, diplomatlar, olimlar yoki yuqori lavozimdagi shaxslar
noverbal belgilarni aniq va muvozanatli ishlatishga harakat qiladilar. Quyi ijtimoiy
qatlamga mansub kishilar esa odatda ko‘proq tabiiy, ochiq va hissiy ifodani namoyon
etadilar. Bu holat Pierre Bourdieu tomonidan ishlab chiqilgan "habitus" tushunchasi
orqali izohlanadi, ya’ni shaxslar o‘z ijtimoiy guruhiga xos kommunikativ uslublarni
o‘zlashtiradilar. [14]
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi noverbal aloqa vositalarida ham farqlar mavjud.
Ayollar ko‘proq ko‘z bilan aloqa, yumshoq mimika, tasdiqlovchi bosh harakatlari va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
274
2181-3187
jilmayish kabi belgilar orqali suhbatni yuritadilar. Ular odatda suhbatdoshni
tushunishga va emotsional yondashishga intiladilar. Erkaklar esa odatda tananing
barqaror holati, ba’zan keng harakatlar yoki sust mimikadan foydalanib, kuch va
ishonchni aks ettiruvchi tarzda muloqot yuritadilar. Deborah Tannen (1990) bu
tafovutlarni madaniy va ijtimoiy stereotiplar orqali izohlaydi.
Xulosa
o’rnida shuni aytish lozimki, ispan tilida noverbal aloqa
vositalarining sotsiolingvistik xususiyatlarini o‘rganish zamonaviy til o‘rganish
jarayonining ajralmas va muhim jihatidir. Til bu nafaqat fonetik, grammatik va leksik
tizim, balki madaniyat va jam
iyat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab
kommunikativ hodisadir. Ayniqsa, ispan tilida so‘zlashuvchi jamiyatlarda noverbal
aloqa
–
imo-
ishoralar, yuz ifodalari, ko‘z bilan aloqa, tana tili va jismoniy yaqinlik –
suhbat mazmunini to‘ldirish, kuchaytirish va ba’zan hatto o‘rnini bosish vositasi
sifatida muhim o‘rin tutadi. Sotsiolingvistik yondashuv orqali biz noverbal aloqa
vositalarining jamiyatdagi yosh, jins, ijtimoiy mavqe, madaniyat va mintaqaviy
tafovutlarga bog‘liq tarzda qanday o‘zgarishini ku
zatamiz. Misol uchun, Ispaniyaning
shimoliy hududlari va janubiy hududlari orasida tana harakatlari va hissiy ifoda
darajasi keskin farqlanadi. Xuddi shunday, Meksika bilan Argentina o‘rtasida ham
muloqotdagi jismoniy yaqinlik va ekspressivlik darajasi tur
licha bo‘lishi mumkin. Bu
farqlar F. Poyatos, Pierre Bourdieu, Deborah Tannen kabi olimlar tomonidan chuqur
o‘rganilgan bo‘lib, ular madaniyat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni yoritishda
muhim nazariy asoslar yaratganlar. Shuningdek, jinsiy tafovutlar ham noverbal aloqa
vositalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ayollar odatda ko‘proq mimika va ko‘z bilan aloqa
vositalaridan foydalanadilar, bu ularning suhbatdoshga bo‘lgan e’tiborini va
emotsional yondashuvini namoyon etadi. Erkaklar esa tana tili orqali kuch, ishonch
yoki rasmiylik kabi ijtimoiy xususiyatlarni ifodalashga intiladilar. Ushbu tafovutlarni
tushunish, til o‘rganuvchiga o‘zini kontekstga mos tutishda va madaniy xatolardan
saqlanishda katta yordam beradi. Til o‘rganishda noverbal belgilarni to‘g‘ri t
alqin
qilish va kontekstga mos holda ishlatish, suhbatdosh bilan samarali va madaniy
jihatdan sezgir muloqot qurish imkonini beradi. Bu esa til o‘rganuvchining til
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
275
2181-3187
kompetensiyasini chuqurlashtiribgina qolmay, balki uning madaniyatlararo
kommunikativ salohiyatini ham rivojlantiradi. Zero, til bu
–
muloqot vositasi bo‘lishi
bilan birga, jamiyat a’zolari o‘rtasida madaniy tafakkur va qadriyatlar almashinuvi
vositasidir.
Umuman olganda, ispan tilini o‘rganayotgan shaxs uchun noverbal aloqa
vositalarini sotsiolingvistik kontekstda o‘rganish, til o‘zlashtirishda chuqurroq
tushuncha hosil qilish, kommunikativ mahoratni oshirish va ijtimoiy jihatdan
moslashuvchan muloqot qurish imkonini beradi. Shunday ekan, ushbu vositalarni
o‘rgatish va o‘zlashtirish til ta’limi jarayonida alohida o‘rin egallashi zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000
-2005 ).
2.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sotsiolingvistika
3.
3.
https://zenodo.org/records/10035789
4.
.
https://www.semanticscholar.org/paper/Macro-
Sociolinguistics%3A-InsightLanguage-
Sangia/0d0f7f475d2047c71780a0d2940b74a33b635e41
5.
Labov, William. The Social Stratification of English in New York
City. Washington, D.C.: Center for Applied Linguistics, 1966.
6.
Hymes, Dell. Foundations in Sociolinguistics: An Ethnographic
Approach. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1974
7.
Trudgill, Peter. Sociolinguistics: An Introduction to Language and
Society. London: Penguin Books, 1974.
8.
Romaine, Suzanne. Language in Society: An Introduction to
Sociolinguistics. Oxford: Oxford University Press, 2000.
9.
Mehrabian A. Silent Messages: Implicit Communication of
Emotions and Attitudes.
—
Belmont (CA): Wadsworth, 1971.
10.
Tannen, Deborah. You Just Don’t Understand: Women and Men in
Conversation. Ballantine Books, 1990.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
276
2181-3187
11.
Argyle M. Bodily Communication.
–
London: Methuen, 1975.
12.
Hofstede G. Culture’s Consequences: Comparing Values,
Behaviors, Institutions, and Organizations Across Nations.
–
Thousand Oaks
(CA): Sage Publications, 2001.
13.
Poyatos
F.
Cross-Cultural
Perspectives
in
Nonverbal
Communication.
—
Göttingen: Hogrefe & Huber Publishers, 1994.
14.
Bourdieu P. Language and Symbolic Power.
—
Cambridge: Polity
Press, 1991.