ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
207
2181-3187
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “SAQLANISH
QONUNLARI”
GA DOIR NAZARIY DARSLARNI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Djabborxonova Dilshodaxon A’zamxon qizi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika
fanining “Saqlanish qonunlari” bo‘limiga oid nazariy darslarni samarali tashkil etish
va o‘tkazishning metodik asoslari yoritilgan. Dars mazmunini o‘quvchilarga tushunarli
yetkazish, mantiqiy izchillikda bayon qilish, muammoli savollar, interaktiv metodlar
va tajribalar orqali darsga qiziqishni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, dars
jarayonida ta’limiy maqsadlar bilan didaktik materiallar va zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilinadi. Mazkur yondashuvlar
saqlanish qonunlarini o‘quvchilarga chuqurroq o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
saqlanish qonunlari, nazariy dars, fizika ta’limi, o‘qitish
metodikasi, interaktiv metodlar, didaktik materiallar, axborot texnologiyalari
Abstract:
This article explores the methodological foundations of organizing
and conducting theoretical lessons on the topic of “Conservation Laws” in general
secondary school physics courses. It discusses strategies for clearly and logically
presenting lesson content, increasing student engagement through problem-based
questions, interactive methods, and experiments. The article also examines the benefits
of using didactic materials and modern information technologies to achieve educational
objectives. The
se approaches are shown to enhance students’ understanding of
conservation laws.
Keywords:
conservation laws, theoretical lesson, physics education, teaching
methodology, interactive methods, didactic materials, information technologies
Аннотация:
В статье рассматриваются методические основы организации
и проведения теоретических уроков по теме «Законы сохранения» в курсе
физики общеобразовательной школы. Описаны приемы логичного и доступного
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
208
2181-3187
объяснения учебного материала, использование проблемных вопросов,
интерактивных методов и экспериментов для повышения интереса учащихся.
Также анализируются преимущества применения дидактических материалов и
современных
информационных
технологий
в
учебном
процессе.
Представленные подходы способствуют более глубокому усвоению законов
сохранения учащимися.
Ключевые слова:
законы сохранения, теоретический урок, обучение
физике, методика преподавания, интерактивные методы, дидактические
материалы, информационные технологии
Saqlanish qonunlari fizikaning asosiy tamoyil
laridan biri bo‘lib, energiya va
impuls kabi fundamental fizik miqdorlarning yopiq tizimlarda saqlanishini ifodalaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mexanika bo‘limi doirasida ushbu qonunlarni
o‘qitish jarayoni nafaqat nazariy bilimlarni etkazish, balki
o‘quvchilarning ilmiy
tafakkurini shakllantirish, konseptual fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham
muhim hisoblanadi. Shu bois, saqlanish qonunlarini o‘rgatishda samarali metodik
yondashuvlar va peda
gogik texnologiyalarni qo‘llash zarurati dolzarbdir.
Nazariy darslarni tashkil etish jarayonida birinchi navbatda, mavzuning asosiy
tushunchalari va qonuniyatlarini tizimli tarzda tushuntirishga e’tibor qaratish lozim.
Bu o‘quvchilarga fizikaning muhim tamoyillarini tushunishda mustahkam poydevor
yaratadi. Energiya va impuls tushunchalarining kelib chiqishi, ularning fizik mazmuni
va kundalik hayotdagi o‘rni nazariy jihatdan batafsil o‘rgatilishi kerak. Bu jarayonda
mavzuning matematik ifodalari
–
formulalar va tenglamalar
–
o‘quvchilarga
bosqichma-bosqich, ularning fizik mazmuni asosida tushuntirilishi muhimdir.
Nazariy darslarning samarali tashkil etilishi uchun o‘quvchilarning bilim olish
jarayonidagi kognitiv faolligini ta’minlash muhimdir. Kognitiv yondashuv o‘quvchilarga
faqatgina faktlarni yodlashni emas, balki o‘rgangan bilimlarini tahlil qilish, sintez qil
ish
va amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi yangi ma’lumotlarni
o‘quvchilarning ilgari egallagan bilimlari bilan bog‘lab tushuntiradi, shuningdek,
bilimlararo aloqalarni o‘rgatadi. Masalan, energiya va impuls saqlanish qonunlarini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
209
2181-3187
o‘rgatishda, ularning harakat va kuch tushunchalari bilan bog‘liqligini ko‘rsatish orqali
mavzuning mantiqiy tizimini yaratadi.
Maktablarda fizika fanini
oʻqitishda
nazariy dars
boʻyicha
dars ishlanmasi
keltiramiz:
Dars mavzusi
:
“Impulsning saqlanish qonuni”.
Ajratilgan vaqt- 45 minut.
Darsda
qoʻyilgan
maqsadlar:
Ta
’
limiy maqsad
: Oʻquvchilarga mexanika boʻlimida
impulsning saqlanish
qonuniga oid nazariy
bilimlarni oʻrgatish zaruriy koʻnikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad
: Oʻquvchilarga koʻrgazmali ta’lim berish vositalardan
olingan bilimlaridan tegishli xulosalar
chiqarish, oʻz
-
oʻzini nazorat qilish, bilim va
koʻnikmalarni egallashga nisbatan mas’uliyatli yondashishga oʻrgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Oʻquvchilarda
mustaqil fikrlash, masalalarning
mohiyatini tez anglab olish, toʻgʻri xulosalash, olingan nazariy biliml
arni amaliy
dars
da turli masalalarni yechishga toʻgʻri koʻllash boʻyicha
qobiliyatlarini
shakllantirish va rivojlantirish.
Dars turi: Nazariy,
oʻquvchilar
ga yangi mavzuning bayonini batafsil tushuntirish
va o‘rgatishdan iborat.
Darsni
oʻtkazish
joyi: Fizika fani
boʻyicha
oʻquv
xonasi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar va axborot texnologiyalari vositalari:
Kompyuterlar, videoproyektor, mavzu materiallari asosida tayyorlangan masalalardan
topshiriqlar, tarqatma materiallar va slaydlar hamda doska.
Nazariy darsni tashkil etish ketma ketligi:
Tashkiliy qism (Nazariy darsga tayyorgarlik)
Quyidagi tashkiliy tadbirlar oʻtkaziladi.
Nazariy darsni tashkil qilish, dars
oʻtish
joyini ya’ni, oʻquv
xonasi
ni holatini aniqlash, oʻquv
xonasining nazariy dars
oʻtkazish
uchun tayyorgarligini oʻrganish, oʻquv jihozlarining holatini tekshirib koʻrish,
mavzuga oid masalalar, tarqatma materiallar, slaydlar tayyorlash va nazariy dars vaqti
va davom etishini belgilash.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
210
2181-3187
Darsga kirish:
5 daqiqa.
Guruhdagi oʻquvchilarning davomatini aniqlash. Oʻquvchilarni
nazariy
dars
ning maqsadi, rejasi, Oʻquvchilarni
dars
ni oʻtish natijasida erishiladigan oʻquv
natijalari bilan tanishtirish.
Asosiy qism
- 30 daqiqa.
Nazariy dars rejasi:
Oʻquvchilarni mexanikada impulsning saqlanish qonuni mohiyati bilan
tanishtirish.
Impuls va impulsning saqlanish qonuni mavzusi boʻyicha nazariy materiallarni
batafsil tushuntirish.
Oʻquvchilarga impuls va impulsning saqlanish qonuniga oid har
xil
murakkablikdagi masalalarni yechishni oʻrgatish.
Darsning boshlanishida oʻqituvchi
suhbat shaklida oʻquvchilarning saqlanish
qonunlari, har xil mexanik sistemalar
uchun saqlanish qonunlarini ta’riflash boʻyicha
bilimlarini faollashtiradi. Bilimlarni faollashtirish jarayonida masala shaklida
qoʻyilayotgan
oʻquv
muammosini hal etish
boʻyicha oʻquvchilarning ijodiy
-
izlanuvchanlik yoʻnalishida faol qatnashishi uchun zarur boʻlgan va oʻquvchilar
tomonidan shu dars
gacha oʻzlashtirilgan dastlabki bilimlarning qanchalik darajada
yetarli ekanligini yoʻnaltiruvchi
savollar berish orqali aniqlaydi.
Mavzuni mustahkamlash- 5 daqiqa:
Dars oxirida o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini
mustahkamlash
maqsadida quyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi:
• O‘qituvchi tomonidan impuls va uning saqlanish qonuniga oid bir nechta qisqa
test savollari yoki og‘zaki savollar beriladi.
• O‘quvchilarga real hayotdagi holatlar asosida impulsning saqlanish qonunini
tushuntirib berish so‘raladi (masalan, ikki mashinaning to‘qnashuvi, snaryad otish va
hokazo).
• 1–2 ta oddiy va o‘rta darajadagi masalalarni doskada birgalikda yechish orqali
mavzu bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
211
2181-3187
Uyga vazifa- 5 daqiqa:
• Impulsning saqlanish qonuniga doir o‘rganilgan nazariy ma’lumotlarni qayta
o‘qish.
• “Nima uchun impuls saqlanish qonuni yopiq sistemalar uchun amal qiladi?”
savoliga yozma javob tayyorlash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Bozorov H.N. Uzluksiz tа‘lim tizimidа о‘quvchilаrning kompetensiyаlаrini
rivojlаntirsh shаroitlаri vа tаshxislаsh jаrаyoni uslublаri. // Fizikа, mаtemаtikа vа
informаtikа. –
Toshkent, 2022.-
№2. B. 138
-
144. (13.00.00 №2).
2.
Абдуpаҳмонов Қ.П., Хамидов В.С., Ахмедова Н.А. Физика. Даpслик. –
Т
.
: Алоқачи
. 2018.
–
652 б.
3.
Усаров Ж.Э., Бозоров Ҳ.Н. Таълимга компетенциявий ёндашув
педагогик таълимнинг инновацион кластерининг функционал блоки сифатида //
Аniq vа tаbiiy fаnlаrni о‘qitishning zаmonаviy metodologiyаsi: muаmmo vа
yechimlаri mаvzusidа respublikа ilmiy
-
аmаliy аnjumаni –
2022 yil 20 аprel, B. 20
-
23.
4.
Ahmedov U., To‘xtayeva M., Xayitboev B., Abdurahmonov A. Fizika: 10
-
sinf uchun darslik.
–
Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. –
224 b.