ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
199
2181-3187
IBORALARNI TARIXIY-
ETIMOLOGIK ASOSDA O‘QITISHNING
LINGVOMETODIK ASOSLARI
Farxodova Bibijon O‘tkirbek qizi
ToshDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishi 3
-bosqich talabasi
farxodovabibijon2577@gmail.com
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi iboralarning tarixiy
-etimologik
ildizlari va ularni o‘quvchilarga samarali o‘rgatishning lingvometodik asoslari
yoritiladi. Manbalarga tayangan holda iboralar semantik jihatdan tahlil qilinadi.
Maqolada iboralarni o‘qitishda tarixiy
-etimologik yondashuvning ahamiyati, usullari
va amaliy qo‘llanish shakllari bayon etiladi.
Kalit so‘zlar:
frazeolgik birlik, etimologiya, tarixiy kontekst, vizual metod,
lingvometodika
O‘zbek tili obrazli ifodalarga boy bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining namunalaridan
biri frazeologizmlardir. Har bir ibora
o‘zida xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari,
tarixiy xotirasi va tafakkurini mujassam etadi. Bugungi tilshunoslikda frazeologik
birliklarning semantik yuki, qo‘llanish imkoniyatlari va ularni samarali o‘rgatish
masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ularni tarixiy-
etimologik asosda o‘qitish
orqali o‘quvchilarda tilning ichki tizimini, taraqqiyoti va xalq tafakkuri bilan bog‘liq
jihatlarni chuqurroq anglash imkoniyati yuzaga keladi.
Ibora
—
bu ma’no jihatidan yaxlit bo‘lgan, odatda ko‘chma ma’no anglatadigan,
tarkibiy qismlari alohida o‘z ma’nosini yo‘qotgan, ammo barqaror shaklda tilga singib
ketgan so‘z birikmalaridir.
Iboralar quyidagi xususiyatlarga ega:
Barqarorlik: Tarkibi o‘zgarmaydi, so‘zlar almashsa ma’no buziladi.
Ko‘chma ma’no: Tashqi shaklidan farqli, obrazli ma’noni
anglatadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
200
2181-3187
Ekspressivlik: Emotsional va stilistik jihatdan boy.
Tarixiy-etimologik yondashuv
—
frazeologizmlarning kelib chiqishini, qadimiy
manbalardagi shaklini, ma’no o‘zgarishlarini aniqlab, ularni hozirgi ma’nolari bilan
solishtirishdir. Bu yondashuv orqali frazeologik birliklarning tildagi taraqqiyoti,
ijtimoiy-madaniy kontekstdagi ahamiyati aniqlanadi.
Lingvometodika
—
bu til
materiallarini o‘qitishning ilmiy asoslangan metodlari, vositalari va shakllarini
o‘rganadigan soha.
Ibora
larni o‘rganishda lingvometodik yondashuv quyidagilarga
asoslanadi:
✓
Til birliklarini bosqichma-bosqich tushuntirish.
✓
Dars mazmuniga mos uslub va usullarni tanlash.
✓
O‘quvchilar yoshiga, til darajasiga, qiziqishiga qarab metodik
moslashuvni ta’minlash
.
Iboralarni
o‘rgatishda samarali deb topilgan lingvometodik yondashuvlar
keltiriladi:
1. Tarixiy kontekst asosida o‘rgatish
Ibora
qadimiy manbada qanday ishlatilgani, tarixiy kontekstdagi ma’nosi
tushuntiriladi. Kultegin toshbitigidagi “to‘zsiz” so‘zi bugungi “tuzsiz odam”
iborasining ildizi sifatida talqin qilinadi.
2. Etimologik tahlil
Ibora
tarkibidagi so‘zlar lug‘aviy, morfologik, tarixiy nuqtai nazardan tahlil
qilinadi. Bu orqali o‘quvchi nafaqat ifodaning ma’nosini, balki u bilan bog‘liq
tafakkurni ham anglaydi.
3. Vizual yondashuv
Frazeologik birlikni ifodalovchi rasm, diagramma, davriy jadval yordamida
darsda tushuntirish. Bu metod eslab qolish qobiliyatini oshiradi.
4. Taqqoslash usuli
Tarixiy va zamonaviy ma’nolarini solishtirish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
201
2181-3187
5. Interaktiv metodlar
Qiziqarli o
‘yinlar, munozara orqali frazeologik birliklarni mustahkamlash.
Masalan, frazeologik ifoda asosida kichik sahna ko‘rinishlarini tashkil etish.
Yuqorida ta’kidlangan yondashuvlar orqali iboralarni o‘qitish o‘quvchilarda
nafaqat til boyligini kengaytiradi, balki ularning tanqidiy tafakkuri, ongini, tarixiy
xotirasini va milliy qadriyatlarga nisbatan hurmatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tarixiy-etimologik tahlil orqali frazeologizmlar
leksik ma’nosi bo‘yicha yuzaki
tushuniladigan ibora sifatida emas, balki xalq tafakkurining qatlamli ifodasi sifatida
talqin etiladi. Bu esa til o‘rganishni yodlash emas, anglash jarayoniga aylantiradi.
Mazkur fikrlarni quyidagi tarixiy va amaliy misollar orqali yanada aniqlashtirish
mumkin:
“
T
uzsiz odam”, “gapining tuzi yo‘q” deganda “tar
tibsiz, asossiz, tuturiqsiz
odam”, “gapining asosi, tartibi, tuturig‘i yo‘q, to‘g‘ri emas” kabi ma’nolar tushuniladi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘z ovqatga solinadigan osh tuziga bog‘lab
tushuntiriladi.
Lekin bu ibora yaqinda
paydo bo‘lgan so‘z emas, hattoki u eng qadimgi
turkiy obidalarda ham uchraydi. Xususan, VIII asr yodgorligi Kultegin toshbitigida
shunday jumla bor: “Bägläri, buduni to‘zsiz o‘cho‘n, tabg‘ach budun tabligin ko‘rlig
o‘cho‘n…”, –
ma’nosi: “beg
lari, xalqi
tuzsiz (bo‘lgani) uchun, tabg‘ach elining
yolg‘onlariga uchgani uchun…”
To‘g‘ri, tuz ma’dani azaldan turkiyda –
tuz, lekin unga shakldosh, ammo ma’nosi
farqli bo‘lgan boshqa “tuz” o‘zakli so‘zlar ham borki, Mahmud Koshg‘ariy “Devonu
lug‘otit
-
turk”da shunday so‘zlardan beshtasini keltiradi: 1. To‘z –
qayish yoki kamarga
taqilad
igan va bog‘lanadigan halqa; 2. To‘z: ӭl to‘z nӭtäk? –
mamlakat, el qanday? (bu
yerda “mamlakat”, “yurt” ma’nosida); 3. To‘z –
asl, tag, asos. Misol: äniң
to‘bi, to‘zi
kim?
–
uning tagi, zoti, asli kim? Kimga borib taqaladi? 4. To‘z: to‘z jӭ
r
–
to‘g‘ri, te
kis
yer. 5. To‘z –
tuz
1
Abduvohid Hayit., Tuzsiz odam. Jadid.
–
Toshkent: Sharq, 2024.
–№32
.
2
Abduvohid Hayit., Tuzsiz odam. Jadid.
–
Toshkent: Sharq, 2024.
–№32
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
202
2181-3187
“Devon”da alohida ma’nolari ko‘rsatilgan bu so‘zlarning aksa
riyati, aslida, kelib
chiqishi jiha
tidan “tekis”, “to‘g‘ri”, “tartibli” kabi ma’nolarga ega bir o‘zakka bo
rib
taqaladi. Shuning
dek, bu o‘zakdan “tuzmoq”, “tuzatmoq”, “tuzuk”, “tuzum” kabi
so‘
zlar ham yasalgan.
Shunday qilib, Kultegin tosh
bitigida: “beglari va xalqi tuzsiz bo‘lgani uchun”
deyilganda “tuzsiz” sifati –
“osh tuzi” emas, balki boshqa ma’nodagi “to‘z” o‘zagidan
yasalgan bo‘lib, jumlada: “beglari va xalqi to‘g‘ri, tartibli, asosli, xoqo
niga sodiq
bo‘
lmagani uchun, aksin
cha tabg‘ach xalqining yoqimli nar
sa
lariga aldangani uchun”
degan fikr aytilyapti
Hozirgi kunda
do‘ppisi yarimta
iborasi kam qo‘llangani bois ma’nosiga tushunish
qiyin.
Izohli lugʻatga koʻra, doʻppisi yarimta iborasi ishi joyida, gʻam
-
tashvishi yoʻq,
parvoyi falak, begʻam kabi maʼnolarni anglatadi. Bunda doʻppisini qiyshaytirib yoki
buklab kiyib yuradigan, shu orqali kayfiyati zoʻrligi, dunyoni suv bossa toʻpigʻiga
chiqma
sligini koʻrsatadigan odam ifodalangan. Lekin doʻppisi yarimtalik har doim
ham fazilat emas, u oʻzidan bexabarlikka, turli mashaqqat va qiyinchiliklarga ham
sabab boʻlis
hi mumkin:
...odamlar oyogʻidan qarzga ilinadi. Hech nima boʻlmaganday, doʻppisi yarimta!
Halqumigacha qarzga botganini oʻzi sezmay qoladi. (Oybek, “Qutlugʻ qon”)
.
Iboraning doʻppi yarimta, doʻppini yarimta qilib, doʻppisini yarimta qilib kabi
shakllari ham bor:
“Sessiya
-
sessiya deb qoʻrqitishadi, sessiyasi hech gap emas ekan
-
ku”, deb
doʻppini yarimta qilib yurishuvdi. (P. Qodirov, “Uch ildiz”)
.
Sichqonning ini ming tanga
iborasi kishi qochishga joy topa olmay qolgan paytni
ifodalaydi. Yashirinishga joy-imkon topolmayotgan odam noilojlikdan hatto
sichqonning inini ming tangaga olishga tayyor. Sichqonning ini odam uchun oʻta
kichik, unga sigʻish, kirib yashirinib olish mutlaqo imkonsiz. Aqli joyida kishiga buni
uqtirish oʻzi aqlsizlik. Lekin yuragi taka
-
puka boʻlib turgan kishining qoʻrquvi shu
darajadaki, sichqonning inidan ham umid qiladi:
3
Abduvohid Hayit., Tuzsiz odam. Jadid.
–
Toshkent: Sharq, 2024.
–№32
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
203
2181-3187
Shu vaqt deng otam birdan hayhaylab kelib qoldilar-ku, Rahimvoyga sichqonning
ini ming tanga boʻldi. (H. Nazir, “Soʻnmas chaqmoqlar”.)
Bu iboraning sichqon ini ming tanga boʻldi, sichqon ini ming tanga boʻlib ketdi,
sichqonning inini ming tanga qilib yubormoq kabi variantlari bor.
Ibora maqol tarkibida ham uchraydi:
Qoʻrqoqqa sichqonning ini –
ming tanga.
Qadam ranjida qilmoq
iborasida kuzatish mumkin. Ranjida degani uringan,
qiynalgan maʼnosiga ega. Ibora oyogʻini ogʻritib kelish, ovora boʻlib kelishni
anglatadi. Ikkinchi yo uchinchi shaxs haqida shunday mulozamat bilan gapirish
mumkin: qadam ranjida qiling, qadam ranjida qildilar.
Iborani birinchi shaxs tilidan ishlatish xatodir:
Bugun ajoyib bir ilm dargohiga qadam ranjida qildim
Bugun ajoyib bir ilm dargohiga qadam ranjida qildik
Ilm dargohiga ovora boʻlib keldim, vaqtimni oldilaring degani bu. Aqli bor odam
bunaqa mazmunda gapirmaydi. Malollansa, kelmay qoʻya qoladi. Shunda oyogʻini
ham, boshqalarning koʻnglini ham ogʻritmaydi.
Yuqoridagi jumlani mana bunday tahrirlash mumkin:
Bugun ajoyib bir ilm dargohiga bordim
Bugun ajoyib bir ilm dargohiga bordik
Bu xuddi tashrif buyurmoq iborasiga oʻxshaydi. Siz tashrif buyurmaysiz. Sizga
tashrif buyuring deyishadi yoki ulugʻ, hurmatli kishilar haqida tashrif buyurdi deb
gapirishadi.
Lutfan taklif qilmoq
iborasida ham shunaqa xatoliklar uchraydi. Birovni toʻyga
yo ziyofatga taklif qilgan odam lutf qilmaydi, shu taklifga labbay deb javob bergan,
boshqa ishini qoʻyib, vaqt ajratib kelgan odam lutf qilgan boʻladi. Kishidan lutfan,
yaʼni lutf qilib mehmon boʻlishini soʻrash mumkin.
Men qadam ranjida qildim, biz qadam ranjida qildik kabi iboralarda ham shunday
mantiqiy xato bor.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
204
2181-3187
To‘nini teskari kiyadi
iborasi ham ma’nosiz emas. To‘nni kim teskari kiygan?
G‘azab otiga minib, mushtlashaman degan kambag‘al teskari kiygan. Qon tegsa, loy
tegsa astarga tegsin, yirtilsa astar yirtilsin, yamoq tushsa astarga tushsin deb
to‘nni
teskari kiygan.
Kambag‘alning to‘ni ikki bo‘lmagan. Yirtilsa boshqasini kiyolmagan.
Shuning uchun xalq orasida shunday maqol bor: “Kambag‘alni urma, so‘kma, to‘nini
yirt”. Hozirgi kunda to‘nni teskari kiyishga zarurat yo‘q. Lekin bu ibora xalq orasida
unut bo‘lmagan
Yuqorida ta’kidlangan
ibora
larni ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun vizual
yondashuvdan foydalaniladi. Ibora
larni o‘qitishda o‘quvchilarning faolligini oshirish,
mantiqiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirish maqsadida muallif tomonidan ishlab
chiqilgan
“Sizdan ugina, bizdan bugina”
nomli interaktiv-assotsiativ metod taklif
etiladi. Bu metod o‘z mohiyatiga ko‘ra rebus va analitik tafakkur elementlariga
asoslanadi va o‘quvchilarning vizual
xotira,
fonetik tahlil, semantik bog‘lanish
ko‘nikmalarini shaklla
ntiradi.
Metodning umumiy g‘oyasi —
berilgan rasmli, harfli,
belgi asosidagi shifrlangan ma’lumotdan kelib chiqib, frazeologik iborani topish va uni
tahlil qilishdir.
Ushbu metod quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1-qadam.
Rasmda nima ifodalangani aniqlanadi. Har bir rasm alohida so‘zga
ishora qiladi (sichqon, Chingiz, un, ming, tanga).
4
Эркин
Воҳидов
.
Сўз
латофати
.
–
T
ошкент
: O
‘
zbekiston, 2014.
–
57
б
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
205
2181-3187
2-qadam.
Rasm tagida harf almashtirish belgilari (masalan, “
CH=N
”)
asosida
rasmga bog‘liq so‘zdagi harf o‘zgartiriladi.
3-qadam. 3-
rasmda “un” hosil bo‘ladi,
rasm tagida [U=I] bo‘lgani bois “u” harfi
“I”ga o‘zgarib, natijada [
i
n] so‘zi hosil bo‘ladi. Rasmdan keyin “I” harfi qo‘yilgani
uchun
“in”ga qo‘shilib, “ini” hosil bo‘ladi.
4-qadam. 2-
rasm o‘ng tarafida ikkita [ ’ ] belgisi qo‘yilgani bois
“Chingiz” so‘zi
oxiridagi ikkita harf tushib qoladi. Agar ushbu belgi rasmning chap tarafida kelsa, so‘z
oldidan harf tushib qoladi. “CH”ni “ N” harfiga o‘zgartiriladi, natijada “ning” hosil
bo‘ladi.
5-qadam.
So‘zlar ketma
-ketlikda birlashsa,
“sichqonning ini ming tanga”
frazeologik iborasi hosil
bo‘ladi
.
“Sizdan ugina, bizdan bugina” topshirig‘ini boshqa mavzularda ham qo‘llasa
bo‘ladi, topshiriqni tuzishda o‘quvchilarning yoshini inobatga olgan holda tuziladi.
Ushbu topshiriq o‘quvchilar orasida sinovdan o‘tkazilmagan, lekin Zakovat
intellektual o‘yinlari
da bundan foydalaniladi. Bu topshiriq
orqali o‘quvchi nafaqat
iborani topadi, balki uni qanday tahlil qilganini tushuntiradi. Rasmlar asosida tashkil
etilgan “Sizdan ugina, bizdan bugina” metodi frazeologik birliklarni mustaqil topish,
tahlil qilish va tarixiy-etimologik jihatdan anglash imkonini yaratadi. Ushbu metod
o‘quvchilarni faollikka undaydi, ularda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv va
frazeologizmlarni ongli o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Iboralarni tarixiy-
etimologik asosda o‘qitish —
bu nafaqat til birliklarining yuzaki
ma’nosini, balki ularning chuqur tarixiy ildizlari, semantik qatlamlari va xalq
tafakkuridagi o‘rnini tushuntirish. Ushbu maqolada ko‘rib chiqilgan lingvometodik
yondashuvlar, xususan, vizual metod, etimologik tahlil, tarixiy kontekst va muallif
tomonidan ishlab chiqilgan “Sizdan ugina, bizdan bugina” metodi frazeologik
birliklarni o‘rgatishda innovatsion yondashuv sifatida taklif etildi. Bu usullar
o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil izlanishga undash va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
7_
июня
–
2025
206
2181-3187
milliy madaniyatni anglashga xizmat qiladi. Frazeologizmlarni tarixiy asosda o‘rgatish
orqali o‘quvchilar nutq boyligini oshiradi, tanqidiy fikrlash va mantiqiy tafakkurga ega
bo‘ladi, xalq ijodiga nisbatan hurmat tuyg‘usi shakllanadi. Shu bois, ushbu meto
dlar
amaliy ta’lim jarayoniga joriy etilishi zarur va dolzarb hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Abduvohid Hayit. Tuzsiz odam. Jadid.
–
Toshkent: Sharq, 2024.
–№32
2.
Эркин
Воҳидов
.
Сўз
латофати
.
–
T
ошкент
: O
‘
zbekiston, 2014.
–
57
б
.
3.
Маҳмуд Кошғарий
.
Туркий
c
ўзлар девони (Девону луғотит турк)
:
I
Том
.
–
T
ошкент
:
Ўзбекистон СССР Фанлар Академияси Нашриёти
, 1963.
4.
Маҳмуд Кошғарий
.
Туркий
c
ўзлар девони (Девону луғотит турк)
:
II
Том
.
–
T
ошкент
:
Ўзбекистон СССР Фанлар Академияси Нашриёти
, 1963.
5.
Маҳмуд Кошғарий
.
Туркий
c
ўзлар девони (Девону луғотит турк)
:
III
Том
.
–
T
ошкент
:
Ўзбекистон СССР Фанлар Академияси Нашриёти
, 1963.
6.
Таҳрир ҳайъати, Э. Бегматов, А. Мадвалиев ва бошқалар
.
Ўзбек
тилининг изоҳли луғати: 5 жилдли, 80 000 дан ортиқ сўз.
T
ошкент
:
–
“Ўзбекистон
миллий энциклопедияси”
Давлат илмий нашриёти
, 2006.
7.
O‘zbek tili frazeologik lug‘ati [Matn] : lug‘at / Sh.Rahmatullayev,
N.Mahmudov, Z.
Хоlmanova, I.O‘razova, K.Rixsiyeva. –
T.: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2022.
–
636 bet.