Авторы

  • Bekzod Rasulov
  • Omonova Sevinch Xolmo’min qizi
  • Muradullayeva Ruxshona Dilshodjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109335

Ключевые слова:

Keywords: ayollar mehnati mehnat huquqi gender tengligi yashirin diskriminatsiya norasmiy bandlik XMT konvensiyalari O‘zbekiston qonunchiligi mehnat inspeksiyasi moslashuvchan ish ayollar huquqlari huquqiy tartibga solish. Ключевые слова: женский труд трудовое право гендерное равенство скрытая дискриминация неформальная занятость конвенции МОТ законодательство Узбекистана трудовая инспекция гибкая занятость права женщин правовое регулирование. Keywords: women's labor labor law gender equality hidden discrimination informal employment ILO conventions Uzbekistan legislation labor inspection flexible work women's rights legal regulation.

Аннотация

Abstract. Ayollar mehnat huquqlari ijtimoiy adolat, gender tengligi va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning muhim tarkibiy qismidir. Milliy qonunchilik va xalqaro konvensiyalar ayollar mehnatini himoya qilish bo‘yicha huquqiy asos bo‘lib xizmat qilsa-da, ularning amaliy samaradorligi bo‘yicha empirik tadqiqotlar yetarli emas.

Аннотация. Трудовые права женщин являются важным компонентом обеспечения социальной справедливости, гендерного равенства и устойчивого экономического развития. Несмотря на то, что национальное законодательство и международные конвенции служат правовой основой для защиты труда женщин, эмпирических исследований, посвящённых их практической эффективности, недостаточно.

Abstract. Women's labor rights are a crucial component in ensuring social justice, gender equality, and sustainable economic development. Although national legislation and international conventions serve as a legal framework for the protection of women's labor, there is a lack of empirical research on their practical effectiveness.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

184

2181-3187

AYOLLAR MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Bekzod Rasulov,

Samarqand davlat arxitektura-qurilish

universiteti dotsent

i, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa

doktori,

Samarqand, O‘zbekiston

E-mail:

rasulov.bekzod@samdaqu.edu.uz

Omonova Sevinch Xolmo’min qizi

,

Samarqand davlat

arxitektura-

qurilish universiteti “Binesni boshqarish”

ta’lim yo’nalishi 3

-bosqich talabasi, Tel.: +998992021304

Muradullayeva Ruxshona Dilshodjonovna

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura

-

qurilish universiteti “Binesni boshqarish” ta’lim yo’nalishi

3-bosqich talabasi, Tel.: +998948760660,

E-mail:

ruxshonamuradullayeva85@gmail.com

Abstract.

Ayollar mehnat huquqlari ijtimoiy adolat, gender tengligi va barqaror

iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning muhim tarkibiy qismidir

. Milliy qonunchilik va

xalqaro konvensiyalar ayollar mehnatini himoya qilish bo‘yicha huquqiy asos bo‘lib

xizmat qilsa-

da, ularning amaliy samaradorligi bo‘yicha empirik tadqiqotlar yetarli

emas.

Ushbu maqola O‘zbekistonda ayollar mehnatini huquqiy tartibga solishning

holatini milliy qonunlar, xalqaro majburiyatlar va amaliy muammolar asosida tahlil

qilinib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords:

ayollar mehnati, mehnat huquqi, gender tengligi, yashirin

diskriminatsiya, norasmiy bandlik, XMT konvensiyalari, O‘zbekiston qonunchiligi,

mehnat inspeksiyasi, moslashuvchan ish, ayollar huquqlari, huquqiy tartibga solish.

ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ЖЕНСКОГО ТРУДА

Бекзод Расулов

, доцент Самаркандского

государственного архитектурно

-

строительного


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

185

2181-3187

университета, PhD по политическим наукам,

Самарканд, Узбекистан

E-mail:

rasulov.bekzod@samdaqu.edu.uz

Омонова Севинч Холмўмин кызы

, студентка 3

-

го

курса направления "Управление бизнесом"

Самаркандского государственного архитектурно

-

строительного университета.

Тел.: +998992021304

Мурадуллаева Рухшона Дилшоджановна

,

студентка 3

-

го курса направления "Управление

бизнесом" Самаркандского государственного

архитектурно

-

строительного университета.

Тел.:

+998948760660,

E-mail:

ruxshonamuradullayeva85@gmail.com

Аннотация.

Трудовые права женщин являются важным компонентом

обеспечения социальной справедливости, гендерного равенства и устойчивого

экономического развития. Несмотря на то, что национальное законодательство и

международные конвенции служат правовой основой для защиты труда женщин,

эмпирических исследований, посвящённых их практической эффективности,

недостаточно.

Данная статья посвящена анализу состояния правового регулирования

женского труда в Узбекистане на основе национальных законов, международных

обязательств и практических проблем, а также разработке предложений и

рекомендаций.

Ключевые слова:

женский труд, трудовое право, гендерное равенство,

скрытая дискриминация, неформальная занятость, конвенции МОТ,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

186

2181-3187

законодательство Узбекистана, трудовая инспекция, гибкая занятость, права

женщин, правовое регулирование.

LEGAL REGULATION OF WOMEN'S LABOR

Bekzod Rasulov

, Associate Professor at Samarkand State

University of Architecture and Construction, PhD in Political

Science, Samarkand, Uzbekistan

E-mail:

rasulov.bekzod@samdaqu.edu.uz

Omonova Sevinch Kholmumin qizi, 3rd-year student of the

“Business Management” program at Samarkand State

University of Architecture and Construction. Tel.:

+998992021304

Muradullayeva Rukhshona Dilshodjonovna

3rd-year Bachelor's student, Business Management program

Samarkand State Architectural and Civil Engineering

University, Phone: +998 94 876 0660

Email: ruxshonamuradullayeva85@gmail.com

Abstract.

Women's labor rights are a crucial component in ensuring social

justice, gender equality, and sustainable economic development. Although national

legislation and international conventions serve as a legal framework for the protection

of women's labor, there is a lack of empirical research on their practical effectiveness.

This article analyzes the state of legal regulation of women's labor in Uzbekistan

based on national laws, international obligations, and practical challenges, and offers

concrete proposals and recommendations.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

187

2181-3187

Keywords:

women's labor, labor law, gender equality, hidden discrimination,

informal employment, ILO conventions, Uzbekistan legislation, labor inspection,

flexible work, women's rights, legal regulation.

Kirish

Ayollar mehnati

jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida hal

qiluvchi omillardan biridir. Mehnat bozorida ayollarning faol ishtiroki ularning

huquqiy himoyasi va gender tengligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq. Shuning

uchun ayollar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish masalasi nafaqat yuridik,

balki insonparvarlik nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy demokratik jamiyatda ayollar mehnatini huquqiy tartibga solish

masalasi nafaqat inson huquqlarini ta’minlash, balki iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy

tenglik va gender muvozanatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Butunjahon

mehnat bozorida ayollarning faolligi ortib borayotgan bir vaqtda, ularning mehnat

huquqlarini qonuniy himoya qilish dolzarb ilmiy va amaliy vazifa sifatida qaralmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda gender tengligi, ijtimoiy himoya va

mehnat munosabatlarini tart

ibga solish bo‘yicha muhim islohotlar amalga

oshirilmoqda, xususan yangi Mehnat kodeksi va Prezident qarorlari ushbu yo‘nalishda

muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur mavzu gender huquqlari, ijtimoiy adolat va mehnat iqtisodiyoti singari

asosiy nazariy tushunchalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shuningdek Xalqaro Mehnat

Tashkilotining (XMT) bir qator konvensiyalari orqali ham

qo‘llab

-quvvatlanadi. Shu

bilan birga, feminist yondashuvlar va iqtisodiy tenglik nazariyalari ham ayollar

mehnatini tahlil qilishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ilgari olib borilgan tadqiqotlar asosan gender diskriminatsiyasi, ayollar

ishtirokining cheklanganligi va mehnatdagi ijtimoiy to‘siqlarni yoritgan bo‘lsa

-da,

aynan O‘zbekiston kontekstida ayollar mehnatiga oid qonunlarning real ta’siri va

ularning bajarili

sh samaradorligi chuqur o‘rganilmagan.

Bu esa ilmiy adabiyotlarda

sezilarli bilim bo‘shlig‘i mavjudligini ko‘rsatadi. Shu sababli, ushbu tadqiqot hujjatlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

188

2181-3187

tahlili, qiyosiy-huquqiy tahlil hamda grafik va statistik yondashuvlarga asoslanadi.

Ushbu metodologik yondashuv yordamida mavzuni har tomonlama ochib berish

maqsad qilinadi.

Tadqiqot davomida ayollar duch kelayotgan muammolar

yashirin

diskriminatsiya, norasmiy bandlik, psixologik bosim, moslashuvchan ish soatlarining

yetishmasligi

aniqlanib, ularning qonunchilikdagi aks etish holati baholanadi. Grafik

tahlil orqali ushbu muammolarning tarqalganlik darajasi foizlarda ifodalangan va real

ish sharoitlariga bevosita bog‘liq ekani aniqlangan. Shuningdek, xalqaro amaliyot bilan

taqqoslash asosida O‘zbekiston mehnat siyosatida qanday yondashuvlar

yetishmayotgani aniqlanadi.

Tadqiqotdan kutilayotgan natijalar

mavjud qonunchilikni takomillashtirish

bo‘yicha aniq tavsiyalar, XMT konvensiyalarini ratifikatsiya qilish zarurati, ayollar

uchun moslashuvchan mehnat siyosatini shakllantirish va nazorat mexanizmlarini

kuchaytirishga oid takliflarni ilgari surishdir. Uzoq muddatli istiqbolda esa ushbu

izlanish gender tengligi, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shuvchi

samarali huquqiy platformaning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotning asosiy manbalari sifatida O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi, yangilangan Mehnat kodeksi va ayollarning mehnat huquqlarini

mustahkamlashga qaratilgan bir qator qonunlar, Prezident qarorlari va Vazirlar

Mahkamasining qarorlari

o‘rganildi. Shuningdek, ushbu huquqiy asoslar BMTning

CEDAW konvensiyasi va Xalqaro Mehnat Tashkilotining 100 hamda 190-sonli

konvensiyalari kabi xalqaro hujjatlar bilan solishtirildi. Tadqiqot davomida ayollar

mehnatini himoya qilishga oid milliy kafolatlar mazmunan tahlil qilinib, amaliyotdagi

kamchiliklar aniqlash uchun hukumat axborot byulletenlari va mehnatga oid statistik

ma’lumotlar o‘rganildi.

Metod

Ayollar mehnatini huquqiy tartibga solish

mavzusidagi maqolaning

metodologiyasi sifat tavsiflovchi yondashuvga asoslangan bo‘lib, hujjatlar tahlili va

qiyosiy-huquqiy tahlil usullaridan foydalanildi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

189

2181-3187

Natija va muhokamalar

O‘zbekiston Respublikasida xotin

-qizlar mehnatini huquqiy tartibga solish, ularga

mehnat bozorida erkaklar bilan teng raqobatlashish muhitini yaratish borasida huquqiy

mexanizm yaratilgan. Ushbu mexanizm bir qator qonun hujjatlari asosida belgilab

berilgan

. So‘nggi yillarda ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan

quyidagi huquqiy hujjatlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim: O‘zbekiston

Respublikasining “Xotin

-

qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish

to‘g‘risida”gi

Qonuni, Yangi tahr

irdagi Mehnat Kodeksi, O‘zbekiston

Respublikasining “Xotin

-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar

kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7

martdagi “Xotin

-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab

-quvvatlashga oid chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ

-

4235-

son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30

martdagi “Normativ

-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy

ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 192

-son qarori,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin

-qizlarni tazyiq va

zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”g

i

2020 yil 4 yanvardagi 4-

son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 20 noyabrdagi “Xotin

-

qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida

tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”g

i 919-

son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018

yil 12 apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin

-qizlarga, nogironligi

bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy

-joy

sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-

joylar berish tartibi to‘g‘risidagi

nizomni tasdiqlash haqida”gi 285

-son qarori va boshqa yana bir qator hujjatlar mavjud.

Jumladan, Mehnat sohasida kamsitishni taqiqlovchi normalar eng avvalo, O‘zbekiston

Respublikasi Kons

titutsiyada belgilangan bo‘lib, Asosiy Qonunning 42

-moddasi 3-


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

190

2181-3187

xatboshida

1

homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad

etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi konstitutsiyaviy

tarzda qat’iy belgilangan. Shuningdek, Mehnat kodeksida tamoyil sifatida

mustahkamlangan.

Mehnat kodeksining 4-moddasida

2

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida

xodimlarning huquqlarini mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki

yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (oilaviy vazifalarni bajarish

bilan band bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar,

homilador ayollar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq holda

asoslangan tarzda farqlash, istisno etish, ularga afzallik berish, shuningdek ularni

cheklash kamsitish deb hisoblanmasligi huquqiy mustahkamlangan. Bunda mehnat

sohasida kamsitish tushunchasi va kamsitish hisoblanmaydigan holatlar aniq

ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘zini kamsitilgan deb hisoblangan shaxs huquqlarini tiklash uchun

murojaat qilish huquqi belgilangan. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan

1992-yil 13-

iyulda ratifakatsiya qilingan “Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish

to‘g‘risida”gi XMT ning 111

-sonli konvensiyaning 5-moddasidagi

3

“1.Xalqaro

mehnat konferentsiyasi tomonidan qabul qilingan boshqa konventsiyalar yoki

tavsiyalarda nazarda tutilgan himoya yoki yordamning maxsus choralari kamsitish deb

hisoblanmaydi. 2.Har qanday a'zo ish beruvchilar va ishchilar vakillik tashkilotlari

bilan maslahatlashgandan so'ng, agar ular mavjud bo'lsa, jinsi, yoshi, nogironligi,

oilaviy majburiyatlari yoki ijtimoiy yoki madaniy holati kabi sabablarga ko'ra alohida

himoya yoki yordamga muhtoj deb e'tirof etilgan shaxslarning alohida talablarini

qondirish uchun mo'ljallangan boshqa maxsus choralar kamsitish deb

hisoblanmasligini aniqlashi mumkin” degan normalarga mos ravishda belgilangan.

1

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi. 30.04.2023. https://lex.uz/docs/-6445145 (Constitution of the Republic of

Uzbekistan)

2

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

.

30.04.2023.

https://www.lex.uz/docs/6257288?ONDATE=

21.09.2024%2000#edi7113972

3

XMT ning “Mеhnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish to‘g‘risida”gi 111

-

sonli Konvеnsiya // [Elektron resurs].

-URL:

https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=NORMLEXPUB:12100:0::NO::P12100_Ilo_Code:C111.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

191

2181-3187

O‘zbekiston Respublikasining Xotin

-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar

kafolatlari

to‘g‘risidagi

Qonunning

21

-moddasida

mehnat

munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar

kafolatlari belgilab berilgan bo‘

lib, unga muvofiq, ish beruvchi mehnat

munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni

ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagilarni ta’minlaydi: ishga yollashda xotin

-qizlar

va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni; teng mehnat uchun xotin-qizlar va erkaklarga

teng ish haqini (mukofotni) hamda xotin-qizlar va erkaklar ishining sifatini baholashga

doir teng yondashuvni; xizmatda ko‘tarilish, qayta tayyorlash va malaka oshirishda

teng imkoniyatlarni; texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi

o‘zgarishlar, ish hajmlarining qisqarishi oqibatida xodimlarning soni (shtati) yoki

ishning xususiyati o‘zgarishi yoxud korxona, muassasa va tashkilot tugatilishi

munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda qonunda belgilangan afzalli

huquqlarni bergan holda xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari tengligini; oilani

ijtimoiy himoya qilish hamda qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha farzandlari bor ayollar va

erkaklar foydalana oladigan amaliyotni joriy etish va rivojlantirishni, homilador hamda

emizikli ayollar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishni; xotin-qizlar va

erkakl

arning hayot faoliyatini hamda sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlaydigan, shu

jumladan reproduktiv funksiyalarni saqlaydigan xavfsiz mehnat sharoitlarini; mehnat

munosabatlarida shaxslarning qadr-qimmatini poymol qilishga olib keluvchi nomaqbul

muomalaga yoki k

amsituvchi mehnat sharoitlarini yaratishga yo‘l qo‘yilmasligini;

xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat faoliyatini, jamiyat hayotida ishtirok etishni

oilaviy majburiyatlar bilan birga olib borish uchun teng sharoitlar yaratishni, shu

jumladan mehnat qilish

imkoniyatini beradigan, bolalarni parvarishlash bo‘yicha

muassasalar tarmog‘ini tashkil etish va kengaytirish orqali sharoitlar yaratishni.

4

Mamlakatimizda yaratilgan qonunchilik bazasini umumiy tahlil qilganimizda

xotin-

qizlar bandligini ta’minlash, barcha sohalarda gender tengligiga erishish, mehnat

4

O‘zbekiston Respublikasining

Xotin-

qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida

gi

Qonuni. 02.09.2019 yildagi

O‘RQ

-562-son. https://lex.uz/docs/4494849


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

192

2181-3187

bozorida kamsitishlarga barham berish va ish haqi tengligini ta’minlash butun dunyoda

dolzarb muammolardan biri ekanligini ko‘ramiz. Shu maqsadda olib borilgan huquqiy

islohotlar natijasida quyidagi huquqiy amaliyotlar joriy etilganligi bu boradagi

vazifalarni bajarishda muhim sanaladi:

ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor

qilindi;

tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan

soha yoki kasblar ro‘yxati tasdiqlandi;

bola parvarishlash ta’tilining kamida 3 oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda,

ota yoki onadan biriga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 405

-moddasi

tartibida qo‘shimcha bir oy nafaqa to‘lanadigan bola parvarishlash ta’tili beriladi;

2 yoshga to‘lmagan farzandini tarbiyalovchi ota

-onalarning biriga ularning ish

paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar

hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus

vaqtini belgilash huquqi beriladi;

ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga

doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan

nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli

mehnat shartn

omasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra

bekor qilish taqiqlandi;

erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda

ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat

uchun haq ularning xohishiga ko‘ra davlat hisobidan qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasida ayollar mehnatini huquqiy tartibga solish bo‘yicha

qator normativ-

huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lishiga qaramay, ushbu tadqiqotda ayollar

duch kelayotgan asosiy muammolar amaliyotda hali ham o‘z dolzarbligini

yo‘qotmaganini ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ayollar mehnat

huquqlarini amalga oshirishida mavjud bo‘lgan quyidagi muammolarni ta’kidlash

o‘rinli deb hisoblaymiz:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

193

2181-3187

xususiy tashkilotlarda homilador yoki bolali ayollar ishga qabul qilinmaslik

holatlari;

ko‘p hollarda ayollar ayni vazifada ishlayotgan erkaklarga qaraganda

kamroq maosh olishi;

ayrim holatlarda ish joylarida ayollarga nisbatan ruhiy yoki jismoniy bosim

mavjudligi;

ayollar uzoq muddatli ta’tillarga chiqqanida ish o‘rnini yo‘qotish holatlari

yoki majburiy boshqa ishlarga o‘tkazilishi;

ayollar o‘z mehnat huquqlari, ayniqsa, imtiyoz va kafolatlar haqida to‘liq

ma’lumotga ega emasligi.

Nazariy jihatdan, bu muammolar gender stereotiplari, patriarxal mehnat

madaniyati va huquqiy savodxonlik pastligi bilan bog‘liq. Amaliy tomondan esa bu

ayollarning mehnat faoliyatiga to‘laqonli kirishiga, iqtisodiy mustaqillik va oila

barqarorligiga to‘siq

bo‘lmoqda.

Mazkur muammolar O‘rta Osiyoning barcha mamlakatlarida uchraydigan

muammolardan biri sanaladi. Xususiy korxonalarda ayollarning homiladorligi yoki 3

yoshga to‘lmagan bola tarbiyalayotganligi sababli ish o‘rinlari uchun tanlovlarda

ishtirok etish imkoniyatini pasaytirayotganligi bir jihatdan mehnat sharoitlariga ham

bog‘liq muammo sanaladi. Ko‘p holatlarda ko‘chib yurib ishlash, noqo‘lay sharoitlarda

ishlash yoki og‘ir ishlar xususiy sektorda eng ko‘p ish o‘rinlarini tashkil etishi sababli

ham xususiy korxonalarda ayollar mehnati cheklanib qolishiga olib kelgan.

Erkak xodimlarning ayni bir xil vazifani bajarganda ayollarga nisbatan ko‘p ish

haqi olishi holatlarining uchrashi

bu ko‘pincha ish beruvchilar ayni bir xil vazifani

bajarsa-

da, erkak xodimlarga boshqa qo‘shimcha vazifalar yuklashi bilan bog‘liq

bo‘lishi

ham mumkin.

Ayollarning homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda 3 yoshgacha bola parvarishlash

ta’tiliga chiqishi ayrim holatlarda ularning ish o‘rni yo‘qolib ketishiga, boshqacha qilib

aytganda, uzoq vaqt davomida uning o‘rniga boshqa xodimning ishlashi natijasida ish

beruvchi o‘rniga olingan xodimning mehnat samaradorligi yaxshiligi sababli uni


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

194

2181-3187

yo‘qotmaslikka urinishi, ayrim holatlarda ish o‘rinlarining qisqarib ketishi kabi

holatlar ayollar mehnat huquqlarining buzilishiga olib keladi. Uzoq vaqt ishlamasligi

xodimlarning mehnat vazifalari bo‘yicha ko‘nikmalarining pasayishiga, bu o‘z

navbatida m

ehnat unumdorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Yoki, ishlab chiqarish

va texnologiyadagi muhim o‘zgarishlarni o‘zlashtirmaganligi ham muhim

muammolardan biri hisoblanadi. Mehnat qonunchiligimizda mazkur holatlarda ayol

xodimlarni ishdan bo‘shatish emas,

balki, ularni kasbga tayyorlash ishlarini tashkil

etish vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatilgan.

Xulosa va takliflar.

Olib borilgan tahlillar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar asosida ayollarning

mehnat sohasidagi huquqlarini yanada mustahkam himoyalash mumkin deb,

hisoblaymiz:

Ishga qabulda diskriminatsiyani aniqlovchi va jazolovchi mexanizmlarni

kuchaytirish.

Bu borada bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar faoliyatini

takomillashtirish zarur bo‘ladi. Ushbu markazlarning hozirgi vaqtda raqamlashtirilgan

holda faoliyatini qayta tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

Har bir ish beruvchi tomonidan gender tenglik bo‘yicha ichki nizomlarni joriy

etish. Korxonalarning jamoa shartnomalariga gender tenglik bo‘yicha yangi normalar

kiritilishi hamda ichki nizomlar ishlab chiqilishi orqali muayyan natijalarga erishish

mumkin.

Boshqaruv, davlat va yirik xususiy korxonalarda yillik

gender hisobot

talabini joriy etish. Bunday hisobotlarning joriy etilishi orqali boshqaruv organlari,

davlatga qarashli va xususiy korxonalarning gender tengligi bo‘yicha mas’uliyati

oshiriladi.

Ayollarning mehnat sharoitlari, maoshi

, lavozim o‘sishi va boshqa mezonlar

asosida monitoring olib borish. Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar inspektorlari

tomonidan yoki NNTlar tomonidan monitoring olib borilib, har yili hisobot e’lon

qilinib, keying yil uchun aniq maqsadlar belgilab olinishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

195

2181-3187

Ayollar uchun maxsus huquqiy seminarlar, o‘quv kurslari va onlayn darsliklar

tashkil etish. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamda Adliya vazirligi

hamkorlikd

a huquqiy seminarlar va o‘quv kurslarini tashkil etishi orqali ayollarda

mehnatga oid huquqiy madaniyatning rivojlanishiga erishish mumkin.

Mass-media va ijtimoiy tarmoqlarda

Ayollarning mehnat huquqi

mavzusida

axborot kampaniyalarin

i o‘tkazish. Matbuotda va ijtimoiy tarmoqlarda turli loyihalarni

tashkil etish orqali ham ayollarning huquqiy savodxonligini muayyan darajada oshirish

imkoni paydo bo‘ladi.

Masofadan ishlash, moslashuvchan ish vaqti (flex-time), yarim stavkali ish

joylarini kengaytirish. Ayollarning oilaviy vazifalarini inobatga olib, ular uchun

moslashuvchan ish o‘rinlarini yaratish, masofadan ishlovchi yoki moslashuvchan ish

vaqti belgilab ishlaydigan ish o‘rinlarini ko‘paytirish, yarim stavkali ish o‘rinlarini

yaratish orqali oilaviy va

zifalar va mehnat faoliyatini to‘siqlarsiz olib borishiga

erishish mumkin. Ayrim xodimlarga beriladigan ish kuni davomidagi qo‘shimcha

tanaffuslar ayrim hola

tlarda xodimlarga kerakli qo‘lay vaziyatni yaratish imkonini

bermaydi.

Davlat tomonidan ijtimoiy himoyani kuchaytirish, bolalar bog‘chalarini

ko‘paytirish orqali yordam berish.

Hozirgi vaqtda davlat tomonidan bir qancha ijtimoiy

himoya vositalaridan foydalanilayotgan bo‘lsa

-

da, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini

yetarli darajada emas. Bolalar bog‘chalari ishlovchi ayollar farzandlarini to‘liq qamrab

olmaydi. Xususiy bolalar bog

‘chalarida narxlar yuqori. Davlat maktabgacha ta’lim

muassasalarida bolalarni uyidan olib ketish va ota-

onasiga topshirish tizimi yo‘lga

qo‘yilishi loz

im.

Ayollar rahbarlik lavozimlariga tayinlanishiga yo‘l ochish.

Har bir jamiyatda

teng raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifasi uchun muayyan imtiyozlar belgilab

beriladi. Mamlakatimizda ham ayollar erkaklar kabi mehnat bozorida raqobatlasha

olmayotganligi sababli ularning rahbar lavozimlarda ishlashi, lavozimining o‘

sishi

uchun davlat tomonidan muayyan islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Umumiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

196

2181-3187

mehnat bozorida ayol rahbarlar ulushi ortib bormoqda. Shunga qaramay, ayol

xodimlarning mansab lavozimlarda o‘sishini rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni yanada

takomillashtirish lozim.

Norasmiy band ayollarni rasmiylashtirishni rag‘batlantirish (soliq imtiyozlari

orqali). Nodavlat sektorda ishlovchi ayollar ishlashi mehnat qonunchiligida

ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan holatlar uchraydi. Ish beruvchilarga mazkur

toifadagi xodimlar mehnatini rasmiylashtirganlik uchun muayyan imtiyozlar belgilab

berilsa, mehnatga oid huquqiy kafolatlar mustahkamlanardi.

Mehnat inspeksiyalarini tez-

tez o‘tkazib, qonun buzilishlariga qarshi chora

ko‘rishni yanada kuchaytirish. Ish beruvchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik

choralarini kuchaytirish orqali ularda ayol xodimlarning mehnat huquqlarini

buzmaslik, aksincha, ular

ni huquqiy himoya qilish mas’uliyatining oshishiga erishish

mumkin.

Yuqoridagi masalalarning ayrim jihatlari Xalqaro Mehnat tashkilotining 190-

son konvensiyasida ham mustahkamlangan. Jumladan, Konvensiyaning 8-moddasida

“a) norasmiy iqtisodiyot xodimlariga nisbatan davlat organlarining muhim rolini e’tirof

etish; (b) manfaatdor ish beruvchilar va ishchilar tashkilotlari bilan maslahatlashgan

holda va boshqa vositalar orqali ishchilar va boshqa manfaatdor shaxslar zo‘ravonlik

va ta’qiblarga ko‘proq duchor bo‘ladigan sohalar yoki kasblar va ish tartibini aniqlash;

(c) bunday

shaxslarni samarali himoya qilish choralarini ko‘rish.”

5

vazifalari belgilab

berilgan. Mazkur Konvensiyani O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilish lozim,

deb hisoblaymiz. So‘nggi yillar

da mamlakatimizning Xalqaro mehnat tashkiloti bilan

hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hukumatimiz tomonidan tashkilotning bir qator

talablari va mezonlari milliy qonunchiligimizga singdirildi. Mamlakatimizda majburiy

mehnat tugatildi. Xalqaro Mehnat tashkilotining 190-

son konvensiyasiga qo‘shilish

orqali ayollarning mehnatga oid huquqlari yanada mukammal himoya qilinishi

bo‘yicha talablarni kuchaytirish imkonini beradi.

5

C190 - Violence and Harassment Convention, International Labour Organization (ILO). 2019 (No. 190).

https://normlex.ilo.org/dyn/nrmlx_en/f?p=NORMLEXPUB:12100:0::NO:12100:P12100_INSTRUMENT_ID:3999810:NO


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

197

2181-3187

Ayollar mehnati sharqona islom madaniyati hukm suradigan davlatlarda yaqin

o‘tmishda rivojlana boshlagan masala hisoblanadi. Ayollarning jamiyatda teng ishtirok

etish huquqi o‘tgan asrda demokratik qarashlar keng miqyosda e’lon qilina boshlagan

davrda tar

g‘ib qilina boshlagan bo‘lsa

-

da, mustaqillikdan so‘ng milliy

mentalitetimizga mos ravishda yangi taraqqiyot bosqichni boshladi. Ayollarning

mehnat huquqlari milliy urf-

odat va an’analar sababli turli taz’yiqlarga uchradi.

Qonunchilik tizimi demokratik tamoyillar asosida qayta ishlab chiqildi va davlat

tomonidan olib borilgan gender siyosatining natijasida bugungi taraqqiyot bosqichiga

erishildi.

Mamlakatimizda G‘arb davlatlarida bo‘lgani kabi oilaviy vazifalarni teng

taqsimlash imkoni nazariy jihatdan mavjud emas. Shu sababli ayollarning mehnat

huquqlarini oilaviy vazifalarning mohiyatidan kelib chiqib belgilash maqsadga

muvofiq. Buning uchun mos

lashuvchan ish o‘rinlarini yaratish, masofadan ishlovchi

yoki moslashuvchan ish vaqti belgilab ishlaydigan ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ayollar

uchun yarim stavkali ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha keng qamrovli huquqiy

islohotlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaymiz. Bu borada faqat qonunchilikni

takomillashtirish yetarli emas, buning uchun davlat va nodavlat nazorat organlari

faoliyatini ham takomillashtirib borish lozim.

ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023. https://lex.uz/docs/

-

6445145 (Constitution of the Republic of Uzbekistan)

2.

O‘zbekiston

Respublikasining

Mehnat

kodeksi

.

30.04.2023.

https://www.lex.uz/docs/6257288?ONDATE=

21.09.2024%2000#edi7113972

3.

XMT ning “Mеhnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish to‘g‘risida”gi 111

-

sonli

Konvеnsiya

//

[Elektron

resurs].

-

URL:https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=NORMLEXPUB:12100:0::NO::

P12100_Ilo_Code:C111.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №

-70

Часть–

7_

июня

2025

198

2181-3187

4.

O‘zbekiston Respublikasining Xotin

-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi Qonuni. 02.09.2019 yildagi O‘RQ

-562-

son. https://lex.uz/docs/4494849

5.

C190 - Violence and Harassment Convention, International Labour

Organization

(ILO).

2019

(No.

190).

https://normlex.ilo.org/dyn/nrmlx_en/f?p=NORMLEXPUB:12100:0