Авторы

  • Xaydarkulova Jasmina Sur’at qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109352

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish matn tafakkur tahlil savol-javob metodika. Keywords: reading comprehension text thinking analysis questions and answers methodology.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini hakllantirishning zarurati, bosqichlari va samarali metodlari tahlil qilinadi. Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning tafakkuri, tahlil qilish va mulohaza yuritish qobiliyati rivojlanishi ilmiy asosda yoritiladi.

Abstract: This article analyzes the need, stages, and effective methods for developing reading comprehension skills in students. The development of students' thinking, analysis, and reasoning skills through working on the text is scientifically highlighted.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

69

2181-3187

MAKTAB O‘QUVCHILARINING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI

RIVOJLANTIRISH

Xaydarkulova Jasmina Sur’at qizi

ToshDO‘TAUning 3-kurs talabasi

jasminaxaydarkulova@gmail.com

+998957727633

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini

hakllantirishning zarurati, bosqichlari va samarali metodlari tahlil qilinadi. Matn ustida

ishlash orqali o‘quvchilarning tafakkuri, tahlil qilish va mulohaza yuritish qobiliyati

rivojlanishi ilmiy asosda yoritiladi.

Abstract:

This article analyzes the need, stages, and effective methods for

developing reading comprehension skills in students. The development of students'

thinking, analysis, and reasoning skills through working on the text is scientifically

highlighted.

Kalit so‘zlar:

o‘qib tushunish, matn, tafakkur, tahlil, savol-javob, metodika.

Keywords:

reading comprehension, text, thinking, analysis, questions and

answers, methodology.

Kirish

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahlil qilish va

xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim metodik vazifalardan biri

hisoblanadi. Bu ko‘nikmalar esa, avvalo, matnni o‘qib tushunish orqali rivojlanadi.

O‘qib tushunish — bu nafaqat matnni texnik jihatdan o‘qish, balki uning mazmunini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

70

2181-3187

anglash, muallif niyatini tushunish, asosiy g‘oyani aniqlash, bevosita va bilvosita

ma’nolarni farqlay olish, mantiqiy xulosa chiqarish jarayonidir.

G.A.Asilova - ped. fan. doktori (DSc) ToshDO‘TAU professori o‘qib tushunish

haqida shunday deydi: “O‘qib tushunish - nutqiy faoliyatning turlaridan biri sifatida

murakkab psixofiziologik jarayon bo‘lib, faqat muayyan lingvistik poydevor, ya’ni

fonetik va leksik-grammatik bilimlar asosida amalga oshiriladi. O‘qish ko‘nikmalarini

rivojlantirishda ushbu jarayonning 2 tomoni, ya’ni yozma xabarni qabul qilishga

tayyorlaydigan o‘qish texnikasini hamda axborotni sodir bo‘lgan nutqiy faoliyat

mahsuli sifatida anglashni inobatga olish zarur. Buning muhim sharti esa tizimli va

maqsadga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarishdir. O‘qishni nazorat qilish obyekti

matnning til materiali emas, uning mazmunini tushunishdir. Nutqiy faoliyatning barcha

turlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liq ta’limning maqsadga muvofiqligi va samarasi haqidagi

metodik qoida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish boshqa nutqiy ko‘nikmalar,

avvalambor gapirish ko‘nikmalari bilan parallel tarzda rivojlantirilishini taqozo etadi

1

”.

Asosiy qism

O‘qib tushunish ko‘nikmasini maktab o‘quvchilarida rivojlantirish jarayoni

“O‘qib tushunish nima uchun kerak? Ma’lumot olishning boshqa yo‘llari ham borku,

masalan: podkastlar, ilmiy-ommabop videolar”, degan savol tug‘ilishi tabiiy holat.

Hozirgi kunda rivojlanayotgan dunyoga nazar tashlasak, insonning shaxsiy, orginal

fikri juda noyob hisoblanadi. Negaki, ko‘p insonlar qaysidir mashxur fikrni yoki

internet tarmoqlaridagi aqlli afarizmlarni qayta-qayta ishlatishga moyil bo‘lib

qolishgan. Bu esa ongli mavjudodda eng muhim qobiliyat ya’ni yaratuvchanlikning

yo‘qolishiga olib kelmoqda. O‘qish esa bu muammoni yechishga yordam berishi

mumkin. Ayniqsa falsafiy, tarixiy, ilmiy esselar bilan tanishish orqali muloqotdagi

1

G.A. Asilova. Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari. Uslubiy qo‘llanma.– T., 2020. – 128 b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

71

2181-3187

qiyinchiliklar, tushunish bilan bog‘liq murakkabliklarga barham berish mumkin. Shu

bilan birga, o‘quvchilardagi leksik sathni kengaytib ulardagi ichki hissiyotlarni va turli

o‘ylarni tartibga solish, ma’lum bir o‘rinli so ‘zlarni qo‘llagan holatda ifodalashga

imkon yaratadi. Amerikalik mashxur aktyor Vil Smiz soatlab vaqtini lug‘atlarni o‘qish,

ilarni o‘rganishga sarishlashini aytib o‘tadi. Bu orqali u aniqroq va ravon fikrlashga

qobiliyatini shakllantiradi. Umumiy o‘qish qobiliyatini rivojlantirish usullari:

1.

Ruchka yoki qalam bilan o‘qish: so‘zlar tagiga chizish yoki belgilash.

2.

Sekin va ifodali o‘qish: o‘qish tezligi pasaytirish va iloji bo‘lsa, ovoz chiqarib

mutolaa qilish.

3.

Muntazam o‘qish: har kuni hech bo‘lmaganda 10 daqiqa ajratish va muhimi qancha

bet o‘qilgani emas, balki davomiy ravishda o‘qish.

4.

O‘qilgan ma’lumotlarga asoslangan holda xulosa yoki qisqacha matn tuzish: qayta

kerakli o‘rinlarini ko‘rib chiqish va g‘oyalarni bir joyga to‘plash.

5.

Qayta o‘qish: yana o‘qish kitobning yangi ma’nolarini ochishga yordam beradi.

Maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishga yordam

beradigan muayyan mashqlar mavjud. Mana ulardan bir nechtasi:

Satrlarni, aksincha, harfma-harf o‘qish. Mashq so‘zma-so‘z tahlilni

rivojlantirishga yordam beradi. Ma’nosi oddiy – so‘zlar teskari tartibda, ya’ni o‘ngdan

chapga o‘qiladi.

So‘z orqali o‘qish. Gapdagi barcha so‘zlarni emas, balki bittadan sakrab o‘qish

kerak.

Punktirli yozilgan so‘zlarni o‘qish. Kartochkalarda so‘zlar yozilgan, lekin ularda

bir nechta harflar tushirib qoldirilgan (tushirib qoldirilgan o‘riniga punktir chiziqlar

chizilgan).

So‘zning faqat ikkinchi qismini o‘qish. So‘zning faqat ikkinchi qismini o‘qish

kerak, bunda birinchi qismi tushirib qo‘yiladi. Mashq so‘zning ikkinchi qismi birinchi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

72

2181-3187

qismdan kam emasligini tushunishga yordam beradi, shu bilan keyinchalik so‘zlarning

qo‘shimchalarini tushirib qo‘yishni (yoki noto‘g‘ri o‘qishni) oldini oladi.

Ustki qismi yopiq satrlarni o‘qish. Matn ustiga bir varaq qo‘qoz qo‘yilib,

satrning yuqori qismi yopiladi.

Tez va ko‘p marta takrorlash. Bola iloji boricha tezroq va ketma-ket bir necha

marta takrorlashi kerak.

Xulosa

O‘qib tushunish ko‘nikmasi — o‘quvchining tanqidiy va mustaqil fikrlash

qobiliyatining asosi hisoblanadi. Ushbu ko‘nikmani shakllantirishda o‘qituvchining

metodik yondashuvi, matn tanlovi va o‘quvchiga yo‘naltirilgan interaktiv faoliyat

muhim o‘rin tutadi. Shu bois, darslarda o‘qib tushunishga oid topshiriqlar, savol-

javoblar, tahliliy ishlanmalar orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyati oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Muxitdinova X.S. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (o‘zga tilli guruhlarda) /

Monografiya. T., 2021.

2. G.A. Asilova. Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari. Uslubiy qo‘llanma.– T., 2020. – 128

b.

3. Ismailov A. v.b,. Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini

baholash. – Toshkent, «Sharq», 2019, 92 b

2. Yo‘ldoshev R.A. Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish

metodikasi / Monografiya. T., 2015