ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
46
2181-3187
FUQAROLIK PROTSESSIDA ASHYOVIY DALILLARNI JALB
QILISH VA BAHOLASH TARTIBI VA USULLARI
Kurbonov Sardor Ikrom o’g’li
Toshkent viloyati Chirchiq shahar adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxasissi
Ushbu maqolada ashyoviy dalillar ish bo‘yicha faktligini, unga to‘g‘ri baho
berish va jalb qilish ishni to‘g‘ri hal qilishdagi eng muhim element ekanligi,
ikkinchidan, dalillarning tasniflanishi garchi o‘rganilgan bo‘lsada, ashyoviy
dalillarni jalb qilishda nizolashayotgan taraf sudga dalil taqdim etadi va ko‘pincha
dalil ikkinchi tarafda jaylashganligi bois, dalillarni ta’minlashdagi muommo
Uchinchidan, hozirgi vaqtda dunyoning barcha qismida texnika-texnologiya
rivojlanib, barcha soha elektronlashtirilib bormoqda, shu boisdan elektron tarzda
taqdim etiladigan dalillar, xususan elektron tarzdagi ashyoviy dalillarni ishonchliligi,
aloqadarligi, maqbulligiga oid masalalari qonunchilikda yoritib berilmaganligi,
to‘rtinchidan, dalillarga oid sud ekspertizasiga oid masalalarning baholash
jarayonidagi mo‘himligi kabi holatlar dolzarb sanaladi va o`rganilib chiqiladi.
Kalit so`zlar: dalil, sud-huquq tizimi, tuzilma, strategiya, ijro, hujjat, isbot,
shaxsiy, ashyoviy, dastlabki, hosila, ta`minlash, obyekt va predmet.
Hozirgi vaqtda barcha sohalarda jadal islohotlar amalga oshirilib, shu asnoda
sud-huquq tizimida ham bir qancha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Muhtaram prezidentimizning 2016-yil 21-oktyabr kuni qabul qilingan “Sud-huquq
tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 21
fevral kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan
takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonlari buning yaqqol misolidir. 2022-yilning 28-yanvardagi 2022 — 2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
47
2181-3187
Prezident Farmoni qabul qilindi. U 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan iborat bo‘lib,
uning II yo‘nalishi
(Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini
taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish), shu maqsadlardan, 15-
maqsadda davlat organlari va mansabdor shaxslarning ustidan sudlar nazoratini
kuchaytirish haqida, 18-maqsadda sud organlari ijrosini ta’minlash haqida,
Bundan tashqari sudlarda yagona darcha tamoyili orqali ishlash kabi bir qancha
ijobiy o‘zgarishlar maqsad qilinib, amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari
fuqarolik prottsessiga fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida
o‘zgartirishlar kiritilib borilmoqda.
Dalillar sud ishlarida juda katta ahamiyat kasb etganligi bois 2020 yil 19
dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan
fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash
amaliyoti to‘g‘risida”gi 35-sonli qarori qabul qilingan. Dalillar nafaqat fuqarolik
prottsessining balki, iqtisodiy, ma’muriy sud ish yurituvining, jinoyat prottsessining
ham eng muhim qismi sanaladi. Sababi, dalil nizoni kimning foydasiga hal qilishni
belgilovchi asosiy omil sanaladi. Dalillar va isbotlashga oid masalaga ko‘pchilik
olimlar tomonidan qo‘l urilsada, ushbu mavzu sud ish yurituvida eng muhim
jihatlardan bo‘lganligi bois, uni takomillashtirish masalasi doimo dolzarb sanaladi.
Bundan tashqari texnika texnologiya rivojlangani sari elektron tarzda sudlarga
dalillarni taqdim qilish maslasi ham ko‘payib bormoqda. Shu boisdan, elektron tarzda
taqdim qilinadigan dalillarning huquqiy tabiatiga ham to‘xtalish dalilning bir qismini
tashkil qiladi.
Dalil bu- ish uchun juda muhim element bo‘lib, sud ishini mazmunan hal etish
uchun eng katta ahimiyatga ega bo‘lgan faktik ma’lumot sanaladi.
Dalil so‘zining lug‘aviy ma’nosi belgi, iz, isbot va ularni tasdiqlovchi, ular
haqida ma’lumot beruvchi narsa va fakt
deb o‘zbek tilining imlo qoidalarida ta’rif
berilgan. Bundan ham ko‘rinib turibdiki dalil ishdagi holat bo‘yicha asosiy isbot
1
https://n.ziyouz.com/books/uzbek_tilining_izohli_lugati/O‘zbek
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
48
2181-3187
vositasi ekanligini anglash mumkin. Dalilga oid normalar va isbotlash vositalari asosan
qadimgi Rimda ancha yaxshi shakllangan. Bu haqida Z.Sh.Shomuhammedova Rim
yuristlarining eng oliy ixtirolari va avlodlarga qoldirgan bebaho qadriyatlaridan biri
dalillarni erkin muhokama qilish, aql va vijdon ko‘rsatmasi bilan qozonilgan e’tiqod,
ya’ni ichki ishonchdir. Bu ishonch formal sharoitlarga emas, ishning barcha
tomonlarini oqilona va xolisona tekshirishga asoslangan. Bu holat fuqarolik ishi va
jinoiy ishlarni ko‘rishda teng miqyosda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan
bayon qilgan. Haqiqatdan ham hozirgi sudlarda ham sudyaning ichki ishonchi
dalillarga baho berishda aks etgan. Keyinchalik dalillarga oid normalar takomillashib
bordi va bugungi kunda ham dali lishni sudda ko‘rishdagi asosiy omil sanaladi. Shu
vaqtlarda ham bugungi kundagi sudyaning ichki ishonchi orqali ishni mazmunan hal
etish haqida qarashning shakllangani ham taqsinga sazovor. Yuridik jihatdan
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda FPK)
ning 71-moddasida quyidagicha ta’rif beriladi: Ishda ishtirok etadigan taraflarning
talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud
emasligini aniqlashda sud tomonidan qonunga muvofiq belgilangan tartibda
aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qonundagi boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha
dalillardir deyilgan. Demak, dalilning bir qancha turlari bo‘lib, faqatgina ko‘rilayotgan
ish doirasida ishdagi talab va e’tirozlarning mavjudligini aniqlashda isbot bo‘luvchi
faktik ma’lumot ekanligi bois dalillarning sudga oidligi ham sud uchun muhim
sanaladi.
Dalillarni tasniflanishiga keldaigan bo‘lsak, protsessual huquq fanida
asosan dalillarning ikkita shaklda e’tirof etilgan tasnifi mavjud:
birinchidan,
dastlabki va hosila;
2
Z.Sh.Shorahmedova Rim xususiy huquqi:. Darslik.- T.: (nashriyot nomi),2002.-148-b
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
49
2181-3187
ikkinchidan,
to‘g‘ri va egri.
Har birining xususiyatini qisqa va tushunarli bayon etadigan bo‘lsak, vujudga
kelish manbaasiga qarab
shaxsiy
va
ashyoviy
dalillarga ajratiladi.
Shaxsiy dalil deganda insonga tegishli bo‘ladigan dalillar tushuniladi masalan,
guvohlarning ko‘rsatuvlari, mutaxassisning maslahatlari, ekspertning xklosasi va
taraflarning va ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari kiradi. Ashyoviy dalilga
esa shaxsiy xusuiyatga ega bo‘lmagan narsa va buyum va ashyolar kiradi. Masalan,
ashyoviy dalil, yozma dalillar kiradi. Yozma dalil ham ushbu doiraga kiradi sabai
shaxsiy xususiyat emas ashyoviy xususiyat mavjud. Shakliga qarab dalillar
og‘zaki
va
yozma
ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda dalilning sudga taqdim etilish shakli inobatga
olinganligi bois shakliga qarab yozma, og‘zaki,
elektron
tarzda deb tasniflagan
ma’qul. Xususan O.Sh.Pirmatov “iqtisodiy protsessual va fuqarolik protsessual
huquqida elektron dalillarning protsessual jihatlari” mavzusidagi dessertasiyasida
elektron dalillarni alohida dalil sifatida e’tirof etadi. Tuzilishiga qarab olimlar
dastlabki
va
hosila
dalillarga bo‘lishadi. Dastlabki dalilga M.M.Mamasiddiqov
shunday ta’rif beradi:
dalil
bevosita birinchi manbadan olingan dalil bo‘ladi. Dastlabki
dalil o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohning ko‘rsatmasi bo‘ladi
. Dastlabki guvohlar orqali
ma’lumot olganlar yoki ma’lumotlar hosila dalil sanaladi. Bir qarashda hosila dalil
ikkinchi navbatga o‘tadi, ya’ni biror bir holat yuzasidan guvohdan eshitgan bo‘ladi. Bu
o‘rinda hosila dalil ko‘p holatlarda guvohning ko‘rsatuvlari va taraflarning
tushuntirishlarida yuzaga keladi. Faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish
jarayoniga ko‘ra dalillar quyidagi turlarga bo‘linadi dastlabki va hosila
. Shuningdek,
3
Власов А.А. Гражданское процессуальное право. Верховный суд Российской Федерации, Высший
Арбитражный Суд Российской Федерации, Российская Академия правосудия. Учебник. –М.: 2003. -93
с.; Гражданское процессуальное право: Учебник / С.А.Алехина, В.В.Блажеев и др.; Под ред.
М.С.Шакарян. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект. 2004. –192 с.
4
M.M.Mamasiddiqov. Fuqarolik protsessi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalikka zahiraga olingan
nomzodlar uchun qo‘llanma. Toshkent. Baktria press. 2014. 137- 138-b
5
Курс доказательственного права: Гражданский процесс. Арбитражный процесс// под ред. М.А.
Фокиной—М.:Статут, 2014 [Электронный ресурс]// СПС КонсультантПлюс
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
50
2181-3187
dalil bilan isbotlanuvchi fakt o‘rtasidagi o‘zviy bog‘liqlikka qarab to‘g‘ri va egri
dalilga bo‘lishadi. To‘g‘ri dalil deganda bevosita o‘sha dalilning o‘zi isbotlash uchun
asos bo‘ladi masalan, qarz oldi-berdisi yuzasidan da’vogarning sudga javobgar
olganligi haqidagi tilxatni taqdim etishi to‘g‘ri dalil sanaladi va boshqa dalillar bilan
isbotlash talab etilmaydi.
Yurtimizda sud-huquq tizimiga e’tibor demokratik
davlat qurish uchun eng muhim bosqichlardan biri ekanligiga shubha yo‘q. Buning
natijasi o‘laroq mamlakatimizda so‘ngi yillarda bir qator qonunchilikni
takomillashtirishga doir ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022-yilning 28-
yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida ham sud tizimini mustahkamlashga
doir ishlar amalga oshirish maqsad sifatida bir qator vazifalar qo‘yilgan. Ushbu
o‘zgarishlardan ko‘zlangan maqsad sudlar tomonidan ish to‘g‘ri va qonunga muvofiq
amalga oshirilishi maqsad qilingan. Biroq tan olish kerakki, sudlarda dalillar juda
muhim o‘rin tutsada, doim ham unga yetarli darajada to‘g‘ri baho berilmaslik holatlari
mavjud. Bu borada bir qancha Oliy Sud Plenum qarori qabul qilingan. Shunday
bo‘lsada, dalillar ishni hal qilishdagi eng muhim element ekanligi bois, uni urgnish
hamisha dolzarb mavzu bo‘lib kelgan.
Shuningdek, tadqiqot davomida, guvohning ko‘rsatuv berish qismida,
yaqinlariga qarshi ko‘rsatuv berishdan bosh tortish huquqi fuqarolik prottsessida
ko‘rsatilmagan. Shu boisdan, guvoh sifatida ishga jalb qilingan shaxsdan, yaqin
qarindoshlariga qarshi ko‘rsatuv berishdan bosh tortish huquqi mavjudligini va u rozi
bo‘lsa ko‘rsatuv berishi mumkinligi haqida qoida kiritish lozim.
Guvohning ko‘rsatuv berishida uning yaqin kishilariga qarshi ko‘rsatuv berishda
ularning roziligini olish tavsiya etiladi. Agarda rozi bo‘lsa, guvoh yolg`on ko‘rsatuv
bilan ogohlantirilishi kerak.
Izlanishlar davomida ashyoviy dalil keng ma’noli tushuncha ekanligi unga turli
xil narsa va predmetlar kirishi mumkinligi jamiyatdagi turli-xil buyum va narsa
shaklida ashyoviy dalil ishga jalb qilinishi mumkin. Ashyoviy dalillarning turi ko‘pligi
uchun ashyoviy dalillarni ta’minlashga oid quyidagi taklif keltirildi: Dalillarni, shu
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
51
2181-3187
jumladan, ashyoviy dalillarni ta’minlash haqidagi ariza bo‘yicha sud qancha muddatda
uni ta’minlash haqida ajrim chiqarishiga oid norma aniq keltirilmagan. Shu boisdan,
ishning xolatidan kelib chiqib, tez buziladigan ashyoviy dalillarni ta’minlash darhol
amalga oshirilishi va boshqa hollarda aniq muddat masalan, 5 kunlik muddat qo‘yish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fuqarolik protsessual koleksining 78-moddasida
dalillarni ta’minlash tartibi keltirilgan. Ushbu modda uch qismdan iborat bo‘lib,
birinchi qismdan so‘ng alohida yangi qoida kiritish lozim bo‘ladi. Unga ko‘ra:
dalillarni ta’minlashga doir arizalar sud tomonidan besh
kunlik ko‘rib chiqiladi. Qonunuda nazarda tutilgan hollarda va tez buziladigan
ashyoviy dalillarni ta’minlash darhol amalga oshiriladi.
Fuqarolik protsessual kodeksining 92-moddasida dalillarni taqdim qilish
majburiyati haqida bo‘lib, protsesda taqdim qilishi kerak bo‘lgan dalilni sud belgilagan
muddatda taqdim qilmasa, jarima qo‘llashi va taqdim qilish majburiyati qolishi haqida
qoida bor, lekin agarda jarima qo‘llangandan keyin ham ashyoviy dalil taqdim
qilinmasa qanday chora ko‘rish ochiq qolgan. Shu boisdan, taqdim qilinmagach, yana
jarima qo‘llash ko‘p vaqt yo‘qotishga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olib,
majburiy tarzda ashyoviy dalilni talab qilish masalasini kiritish laozim. Bunda nafaqat
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, balki, ishda ishtirok etmaydigan shaxslar va tashkilot
bo‘lishi mumkinligini ham inobatga olish lozim. Ashyoviy
daltillar
yuqorida
ta’kidlaganimizdek, turli-tuman obyektlar bo‘lishi mumkin. Shu boisdan ularning
alohida xususiyati va boshqacha holatlari, ishga a’loqador qismi bo‘yicha taraflarda
fakt bo‘lishi mumkin. Shuning bilan birga sud dalillarga oid har xil turdagi
ekspertizalarni tayinlaydi ish holatidan kelib chiqib. Bunda sudya ishga a’loqador holat
bo‘yicha ekspert oldiga savollar qo‘yishi shartligi qonunda ham aks etgan. Shu
jarayonda, taraflar ashyoviy dalil haqida ko‘protq ma’lumotga ega bo‘lishini inobatga
olib, taraflar ham ekspert oldiga savollar qo‘yishini shakllantirish kerak. Ortiqcha
savollarning oldini olish uchun savollarning asoslilari sud tomonidan tanlanishi va
keyin qo‘yilishi kerak. Bu qoidaning kiritilishi, ishni baholashga yordam beradi. Shu
boisdan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumining “fuqarolik ishlari
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
52
2181-3187
bo‘yicha ekspertizani tayinlash, o‘tkazish, shuningdek ekspert xulosasiga baho
berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorida ajrimda
ko‘rsatilishi shart bo‘lgan holatlar qatoriga sud va taraflar tomonidan ekspert oldiga
qo‘yiladigan savollar deb o‘zgartirish lozim.
Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
https://n.ziyouz.com/books/uzbek_tilining_izohli_lugati/O‘zbek
2.
Z.Sh.Shorahmedova Rim xususiy huquqi:. Darslik.- T.: (nashriyot nomi),2002.-
148-b
3.
Власов А.А. Гражданское процессуальное право. Верховный суд Российской
Федерации, Высший Арбитражный Суд Российской Федерации, Российская
Академия правосудия. Учебник. –М.: 2003. -93 с.; Гражданское
процессуальное право: Учебник / С.А.Алехина, В.В.Блажеев и др.; Под ред.
М.С.Шакарян. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект. 2004. –192 с.
4.
M.M.Mamasiddiqov. Fuqarolik protsessi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalikka
zahiraga olingan nomzodlar uchun qo‘llanma. Toshkent. Baktria press. 2014. 137-
138-b.
5.
Курс доказательственного права: Гражданский процесс. Арбитражный
процесс// под ред. М.А. Фокиной—М.:Статут, 2014 [Электронный ресурс]//
СПС КонсультантПлюс.