Авторы

  • Muhammadiyev Farhod Shuhrat o‘g‘li,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109356

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: ijtimoiy tarmoqlar yozma muloqot tinish belgilari savodxonlik darajasi ishoralar muammolar nutq. Keywords: social networks written communication punctuation marks literacy level gestures problems speech. Ключевые слова: социальные сети письменное общение пунктуация уровень грамотности жесты проблемы речь.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarda yozma muloqot davomida tinish belgilarining e’tiborsiz qo‘llanilishi yoki umuman ishlatilmasligi muammosi tahlil qilinadi. Yozma nutq madaniyatining asosiy unsurlaridan biri sifatida tinish belgilarining kommunikativ va sintaktik ahamiyati yoritiladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining savodxonlik darajasi, tezkorlikka intilish, emotsional ifodaning grafik belgilar bilan almashtirilishi kabi holatlar bu muammoning asosiy sabablari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, tinish belgilarining beparvo ishlatilishi natijasida yuzaga kelayotgan nutqiy tushunmovchiliklar, yozma madaniyatdagi sustlashuv va bu boradagi xavf-xatarlar haqida xulosalar berilgan.

Abstract: This article analyzes the problem of careless use or complete absence of punctuation marks during written communication on social networks. The communicative and syntactic significance of punctuation marks as one of the main elements of the culture of written speech is highlighted. The literacy level of social network users, the desire for speed, and the replacement of emotional expression with graphic symbols are indicated as the main reasons for this problem. Also, conclusions are given about speech misunderstandings arising from the careless use of punctuation marks, the slowdown in written culture, and the dangers in this regard.

Аннотация:В статье анализируется проблема небрежного использования или полного отсутствия знаков препинания при письменном общении в социальных сетях. Подчеркивается коммуникативно-синтаксическая значимость знаков препинания как одного из основных элементов культуры письменной речи. Основными причинами этой проблемы называются уровень грамотности пользователей социальных сетей, стремление к скорости и замена эмоционального выражения графическими символами. Также делаются выводы о речевых недоразумениях, возникающих вследствие небрежного использования знаков препинания, о снижении письменной культуры и связанных с этим опасностях.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

40

2181-3187

IJTIMOIY TARMOQLARDA TINISH BELGILARINING O‘RNI:

YOZMA NUTQ MADANIYATINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Muhammadiyev Farhod Shuhrat o‘g‘li,

ToshDOʻTAU OTAT fakulteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarda yozma muloqot

davomida tinish belgilarining e’tiborsiz qo‘llanilishi yoki umuman ishlatilmasligi

muammosi tahlil qilinadi. Yozma nutq madaniyatining asosiy unsurlaridan biri

sifatida tinish belgilarining kommunikativ va sintaktik ahamiyati yoritiladi. Ijtimoiy

tarmoq foydalanuvchilarining savodxonlik darajasi, tezkorlikka intilish, emotsional

ifodaning grafik belgilar bilan almashtirilishi kabi holatlar bu muammoning asosiy

sabablari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, tinish belgilarining beparvo ishlatilishi

natijasida yuzaga kelayotgan nutqiy tushunmovchiliklar, yozma madaniyatdagi

sustlashuv va bu boradagi xavf-xatarlar haqida xulosalar berilgan.

Kalit soʻzlar:

ijtimoiy tarmoqlar, yozma muloqot, tinish belgilari, savodxonlik

darajasi, ishoralar, muammolar, nutq.

Abstract:

This article analyzes the problem of careless use or complete absence

of punctuation marks during written communication on social networks. The

communicative and syntactic significance of punctuation marks as one of the main

elements of the culture of written speech is highlighted. The literacy level of social

network users, the desire for speed, and the replacement of emotional expression

with graphic symbols are indicated as the main reasons for this problem. Also,

conclusions are given about speech misunderstandings arising from the careless use

of punctuation marks, the slowdown in written culture, and the dangers in this

regard.

Keywords:

social networks, written communication, punctuation marks,

literacy level, gestures, problems, speech.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

41

2181-3187

Аннотация:

В статье анализируется проблема небрежного использования

или полного отсутствия знаков препинания при письменном общении в

социальных

сетях.

Подчеркивается

коммуникативно-синтаксическая

значимость знаков препинания как одного из основных элементов культуры

письменной речи. Основными причинами этой проблемы называются уровень

грамотности пользователей социальных сетей, стремление к скорости и замена

эмоционального выражения графическими символами. Также делаются

выводы о речевых недоразумениях, возникающих вследствие небрежного

использования знаков препинания, о снижении письменной культуры и

связанных с этим опасностях.

Ключевые слова:

социальные сети, письменное общение, пунктуация,

уровень грамотности, жесты, проблемы, речь.

Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon

qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlarining oʻzaro mantiqiy grammatik

munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish

belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi

belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari)

maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilarining yozuvda qoʻllanishi oʻziga

xos tizimga ega. Bu tizim - Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish

prinsiplari yigʻindisi -

punktuatsiya

ni vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa

vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (soʻzlar,

morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va

psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma

nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning

mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va

intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir. Hozirgi oʻzbek yozuvida tinish

belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

42

2181-3187

nuqta, nuqtali vergul, qoʻshtirnoq va ikki nuqta. Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra

2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi tinish belgilari - muayyan sintaktik tuzilmaning yoki

umuman gapning chegarasini bildirish, biror-bir gap boʻlagini intonatsion

mazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi

qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subyektiv munosabati

ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi qavs,

qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu

vazifadagi tire; b) ajratuvchi tinish belgilari - mustaqil gaplarni, ularning qismlari

(bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ

qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gaplarni,

gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi

nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta.

Baʼzi tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi.

Zamonaviy axborot makonida ijtimoiy tarmoqlar insonlararo muloqotning eng

faol platformasiga aylangan. Har kuni millionlab foydalanuvchilar matnli xabarlar

orqali fikr bildiradi, muhokama yuritadi, savol-javob qiladi. Biroq bunday

muloqotda til va uslub qoidalariga, ayniqsa tinish belgilariga befarqlik bilan

qaralayotgani jiddiy muammoga aylanmoqda. Tinish belgilarining noto‘g‘ri yoki

umuman ishlatilmasligi yozma nutqning ifodaviy kuchini pasaytiradi, fikrning

chalkash yoki noaniq yetkazilishiga sabab bo‘ladi. Tinish belgilarining asosiy

vazifasi — matndagi fikr tuzilmasini belgilash, gaplar o‘rtasidagi mantiqiy

bog‘liqlikni aniqlashtirish, o‘quvchiga to‘g‘ri ohangda o‘qish imkonini yaratishdir.

S. G‘aniyeva

bu borada shunday yozadi:

“Tinish belgilarisiz matn tuzilishi

buziladi, gaplar orasidagi mantiqiy bog‘liqlik yo‘qoladi”

.

Demak, bu belgilar grammatikaning tashqi belgisi bo‘lish bilan birga, mazmunni

to‘g‘ri anglash vositasi sifatida ham muhimdir. Tinish belgilarining yo‘qligiga sabablar

ko‘p. Eng avvalo, tez yozishga bo‘lgan intilish, mobil klaviaturada yozishning

qulayligi yoki tovushli diktatsiya (ovozli yozuv) funksiyasidan foydalanish bu


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

43

2181-3187

muammoni kuchaytiradi. Odamlar fikrni tezroq yetkazishga urinishadi, natijada imlo

va tinish belgilariga ahamiyat kamayadi. Yana bir sabab – savodxonlikka befarqlik.

Ko‘pchilik yozayotgan matnining grammatik to‘g‘riligiga ahamiyat bermaydi, chunki

“ijtimoiy tarmoq bu rasmiy makon emas”

, degan fikr ildiz otgan. Bundan tashqari,

emotsiyani yetkazishda smayliklar, giflar va stickerlar tinish belgilarining o‘rnini

egallab bo‘lgan. Fikrga ohang berish uchun nuqta yoki undov belgisi qo‘yish o‘rniga,

odamlar “yuz ifodasi” orqali ma’no yetkazishga harakat qilishmoqda. Ijtimoiy

tarmoqlarda tinish belgilarining noto‘g‘ri qo‘llanishi yoki umuman ishlatilmasligi bir

necha omillar bilan izohlanadi:

1. Tez yozish istagi -

internet foydalanuvchilari ko‘pincha fikrini tez yetkazishga

intiladi. Bu esa tinish belgilariga, hatto harf imlosiga ham e’tiborni kamaytiradi.

2.

Grammatik savodxonlikning pastligi

- yozma nutq madaniyati bo‘yicha

yetarlicha bilimga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar tinish belgilarini qo‘llash zaruratini

his etmaydi.

3.

Grafik ifoda vositalarining ustunligi

- smaylik, emoji, gif kabi vositalar

nutqning emotsional yukini o‘z zimmasiga olayotgani sababli, tinish belgilariga

bo‘lgan ehtiyoj kamaymoqda.

A. Mamatov

bu holatni quyidagicha izohlaydi

: “ Yozma nutqdagi tinish belgilari

o‘z o‘rnini emotsional piktogrammalarga bo‘shatmoqda, bu esa sintaktik uyg‘unlikni

buzadi ”.

Tinish belgilariga befarqlik nafaqat alohida foydalanuvchining nutqiy saviyasini

pasaytiradi, balki keng miqyosda yozma madaniyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi:

- Matnlar tushunarsiz yoki noto‘g‘ri talqin qilinadi;

- Rasmiy yozishmalarda xatoliklar ko‘payadi;

- O‘quvchilarda yozma muloqotga nisbatan bepisand munosabat shakllanadi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

44

2181-3187

- Tilning estetik va intellektual funksiyasi zaiflashadi.

Bunday e’tiborsizlik oqibatida yozma nutq madaniyati pasaymoqda. Yoshlar

orasida grammatik qoidalar unutilmoqda, natijada rasmiy hujjatlar yozishda ham

xatoliklar ko‘paymoqda. Tinish belgilarisiz matnni tushunish qiyinlashadi, o‘quvchi

“nafas olib” o‘qiy olmaydi, bu esa muloqot sifati va madaniyatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Uslubiy ifoda va emotsional ohangni berishda tinish belgilarining roli katta

ekanini unutmasligimiz kerak. Tinish belgilari – bu nafaqat yozuvning bezagi, balki

fikrning mazmunli ifodasi uchun zarur vosita. Ijtimoiy tarmoqlar jamoatchilik oldida

so‘z aytish maydoni ekan, bu makonda yozilgan har bir jumla mas’uliyat talab qiladi.

Shunday ekan, har birimiz tinish belgilariga, umuman savodli yozishga e’tiborli

bo‘lishimiz lozim. Ayniqsa, o‘qituvchilar, jurnalistlar, blogerlar va yozuvchi yoshlar

bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Tilingga hurmat – o‘zligingga hurmat.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlar yozma muloqot

madaniyatining eng faol maydoniga aylangan hozirgi zamonda tinish belgilariga

befarqlik bilan qarash – til madaniyatiga, ayniqsa yosh avlodning savodxonligiga

jiddiy zarar yetkazadi. Har bir foydalanuvchi, ayniqsa bloger, o‘qituvchi, talabalar va

ijodkorlar tarmoqlarda ham yozma madaniyatga amal qilib, boshqalarga ibrat

ko‘rsatishlari zarur. Zero, til — bu nafaqat aloqa vositasi, balki madaniyatning

ko‘zgusi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G‘aniyeva S. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2006. 109 bet.

2. Mamatov A. Internet muloqotida til me’yorlari buzilishi va ularning oqibatlari.

- Toshkent: Til va adabiyot ta’limi, 2013. 2-son.

3. Yo‘ldoshev A. O‘zbek tilining tinish belgilar tizimi. - Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2019. 7-son.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–7_ июня –2025

45

2181-3187

4. Normurodova M. Virtual makonda o‘zbek tilining yozma madaniyati.

Zamonaviy tilshunoslik muammolari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 53–58 bet.

5. Abduvahob Madvaliyev., Neʼmat Mahkamov. Tinish belgilari va qo‘llanish

o‘rni. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000-2005. 104 bet.

Referens:

1. G‘aniyeva S. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2006. 109 bet.

2. Mamatov A. Internet muloqotida til me’yorlari buzilishi va ularning oqibatlari.

- Toshkent: Til va adabiyot ta’limi, 2013. 2-son.

3. Yo‘ldoshev A. O‘zbek tilining tinish belgilar tizimi. - Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2019. 7-son.

4. Normurodova M. Virtual makonda o‘zbek tilining yozma madaniyati.

Zamonaviy tilshunoslik muammolari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 53–58 bet.

5. Abduvahob Madvaliyev., Neʼmat Mahkamov. Tinish belgilari va qo‘llanish

o‘rni. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000-2005. 104 bet.