ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
154
2181-3187
ASAD DILMURODNING “PAHLAVON MAHMUD” ASARI TAHLILI
FarDU magistratura bo’limi adabiyotshunoslik yo’nalishi 1
-kurs magistri
Navroʻza Raximova
Annotatsiya:Asad Dilmurodning ushbu romani tarixiy romanlar sirasiga
kiradi.Asarda nafaqat polvonlikda,balki,adabiyotda ham o’z o;rniga ega bo’lgan tarixiy
shaxs Pahlavon Mahmud haqida ko’plab ma’lumotlar olishimiz mumkin.Uning
zamonasining mashhur insonlari mutafakkir Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro
bilan bo’lgan do’stliklari ham bayon qilingan.Romanda uning yoshligi,hayoti,ilk
sevgisi
,yaqinlaridan ko’rgan xiyonatlari va vafoti tafsilorlari yoritilgan.
Kalit
so’zlar:Pahlavon
Mahmud,Alisher
Navoiy,Husayn
Boyqaro,sujet,konsentrik,assotsiativ,retrospektiv,xronikal,sevgi,muhabbat, Zulfizar.
Asad Dilmurodning "Pahlavon Muhammad" asari o'quvchiga tushunarli tilda
yozilgan. Romanni o'qish davomida o'quvchida turli qiyinchiliklar, chalkashliklar
bo'lmaydi. Roman bizga kuchda, nafaqat kuchda, balki, qalam tebratishda ham beqiyos
bo'lgan Pahlavon Muhammad haqida hikoya qiladi. Asarni o'qir ekanmiz, Pahlavoni
olam haqida bilmagan natsalarimiz ko'pligiga guvoh bo'lamiz. Husayn Boyqaro va
Alisher Navoiy kabi buyuk shaxslar bilan zamondoshgina bo'lib qolmay, ular bilan bir-
biriga jondosh og'a-ini, Ustoz-shogird edi Pahlavon Muhammad. Romanda uning
boshidan kechirganlari,qanday tarbiya topgani, otasi bilan bo'lgan sarguzashtlar, ilk
sevgisini topgani va uning vasliga yetmasdan judo bo'lgani,
o'z farzandidek ko'rgan shogirdining xiyonati kabi voqealarning guvohi
bo'lamiz.Romanda Pahlavon Muhammad haqida hech qayerda uchramagan voqealar
mavjud, bundan tashqari biz bilgan, eshitgan voqealar kengaytirilgan holda berilgan,.
Roman sujetiga keladigan bo'lsak, asarda xronikal va konsentrik sujet qoriqshiq
holda berilgan. Bundan tashqari romanda retrospektiv sujet unsurlarini ham
uchratishimiz mumkin. Romanda voqealar sujeti Pahlavoni olamning dorul baqoga
rixlat qilgani haqidagi sovuq xabar bilan boshlanadi. Bu xabardan biz bilgan so'z
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
155
2181-3187
mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro shunday g'amga botadiki,
o'quvchi beixtiyor Pahlavon kimligiga qiziqib qoladi va qanday qilib asarni o'qishga
kirishganini bilmay qoladi. Pahlavon Mahmudning butun dunyoga dong'i ketgan
polvon, qo'shtigir bo'lib yetishishida, bevosita, otasining xizmati katta bo'ladi. Otasi
uni haqiqiy erkak qilib tarbiyalaydi, asarda keltirilishicha Pahlavon uch yoki to'rt
yoshga to'lgach otasi uni onasidan ajratib toqqa olib chiqib ketadi. O'sha yerda uni
chiniqtiradi, yo'lbars qonida kiyik go'shtini pishirib beradi. Xususan, Asad
Dilmurodning romanida muallifning uslubiy izlanishlari ancha teranroqdir. Yozuvchi
jahon romanlari tajribasini ijodiy o‘zlashtirish bilan birga, ularni Sharq mumtoz
adabiyoti, xususan, Navoi
yning “Lison ut
-
tayr”, Rumiyning “Ichindagi ichindadur”
asarlari bilan uyg‘unlashtirishga, ifodalashda timsollardan foydalanishga, nutq
so‘zlashga harakat qilgan majoziy tilda. Darhaqiqat, muallif romanida inson
ruhiyatining ikki dunyo o‘rtasidagi kurashla
rini, adashgan, aldangan, shaxsiga
qaytishga uringan Saidbek Umarning iztiroblarini tasvirlab, xudbinlik, xiyonat,
aybdorlik, qo‘rqoqlikni keskin qoralaydi. Asad Dilmurod iymon
-
e’tiqod butunligi,
iroda mustahkamligi, tarixiy nasl-
nasablar bilan bog‘liqligi, qalb yo‘liga sadoqat,
bolalik musaffoligini asrab-
avaylash, shuningdek, Yaratganni ma’naviy nigohlar orqali
bilish mumkinligi haqidagi umuminsoniy g‘oyani yuksak baholadi.
Romanda bitta katta sujet liniyasi bor. U ham bo'lsa Pahlavon Mahmudning
ko'rgan-kechirganlari, boshidan o'tkazganlari. Bundan tashqari romanda kichik-kichik
sujet liniyalari mavjud. Bunga misol qilib, Pahlavon ning yakka-yuz yolg'iz singlisi
Gulsadafning o'g'li Darvesh Muhammadni keltirishimiz mumkin. Kun bo'yi madrasa
ostonasida o'tiradigan, qo'lidan kitob tushmaydigan Darvesh Muhammad tog'asining
tutingan o'g'li Ahmad Piriy bilan jangga chiqishga oshiqadilar, bunga sabab tog'asi
yemay-yedirgan, kiymay-kiydirgan o'g'li nobakorlik qilib Pahlovonni maydonga
chorlaydi. Atrofdagi hamma polvon larni yiqqan Ahmad Piriyning ko'zi qonga to'lgan
edi. Darvesh Muhammad tog'asining butun umr yiqqan obro'si yer bilan bitta bo'lishiga
qarab turolmaydi. Uning maydonga chiqishiga boshida tog'asi rozi bo'lmaydi, keyin
atrofdagilarning qistovi bilan qanday qilib flotiga berganini o'zi bilmay qoladi. " -
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №
-70
Часть–
8_
июня
–
2025
156
2181-3187
Xovliqish befoyda, Jiyan, - ikkilandi Pahlavon. Sharmanda bo'lishingden qo'rqaman.
Muhammad Ali dek yonimda pishgan usta ahvolini ko'ring.
- Mulla, bilmaysizmi, buni maydon derlar, - nihoyat, Sodiq polvon suqildi oraga.
Maydonda jiddu-jahd ko'rgazmak madrasada kayf surib saboq tinglamak emas.
Mabodo mayib bo'lsangiz javobini beradigan kishi topilmasa.
Navroʻza Hayotjonovna, [04.06.2025 12:17]
Holingizga maymunlar yig'lagay! Bu kabi kesatiqlarga e'tibor bermay,
Davesh.Muhammad so'zida qat'iy turadi, garchi maydonga tushgandan so'nggina
qanday katta tavakkaliga qo'l urganini his qiladi. Lekin unda kech bo'ladi. Shunday
bo'lishiga qaramay Uni Alloh yorlaqaydi va Ahmad Piriy ustidan g'alaba qozonadi.
Darvesh Muhammadda Pahlavonning xislatlaridan bor edi, misol uchun u o'zi pulga
muhtoj bo'lsa-da, kurashda tutgan 15 lagan tillani uyi yonib ketgan qariyalarda tortiq
qiladi. Sevgi bobida ham Davesh Muhammad og'asi his qilgan hislarni tuyadi, tom
ma'noda Pahlavon Muhammad va Zulfizarning sevgisi Darvesh Muhammad va
Mohida davom etadi.
Asar voqealari juda qizg’in ravishda davom etadi.Romanni o’qish davomida
o’quvchi hech zerikish his qilmaydi,bir bo’limni o’qigandan so’ng beixtiyor keyingi
bo’limga his
-
hayajon bilan o’tadi.Romanni o’qigan o’quvchi asar qahramonlatri bilan
birgalikda
harakatlanadi,asar
ichida
yashaydi,sevimli
qahramoni
kulsa
kulib,yig’laganda iztirob chekadi.
Xulosa qilib aytganda,ushbu asar Asd Dilmurod ijodining eng yuqori
darajalarini belgilab beradi.Asar tili sodda bo’lishi
bilan birga,takrorlanmas tasviriy
ifodalarga boy.Bu esa Asad Dilmurodning yozuvchilik mahorati qanchalik yuksak
ekanini ko’rsatib beradi.