ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
21
2181-3187
URUG‘LARNING INUVCHANLIGINI OSHIRISH VA NIHOLLARNI
SOG‘LOM O‘SISHINI BOSHQARISHDA BIOSTIMULYATORNING
AHAMIYATI (DAG-1 MISOLIDA)
Urganch Davlat Universiteti "Tabiiy va
qishloq
xo'jaligi
fanlari"
fakulteti
"Biotexnologiya" kafedrasi o'qituvchisi
Shixnazarov
Raximboy
Rashidbek
o'g'li
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda glitserizin va salitsil kislotalari asosida yaratilgan DAG-1
biostimulyatorining gʻoʻza urugʻlarining unuvchanligi va nihollarining o‘sishiga ta’siri
o‘rganildi. 10⁻⁷ konsentratsiyadagi DAG-1 preparati bilan ishlov berilgan urug‘larning
1 haftalik nihollarining quruq massasi nazorat guruhiga nisbatan 14%ga yuqori bo‘ldi.
Tadqiqot natijalari biostimulyatorlardan foydalanish gʻoʻzaning dastlabki o‘sish
bosqichlarini faollashtirishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Kalit so’zlari
: g’o’za, urug’, preparat, nihol
Kirish
Gʻoʻza O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan texnik ekinlardan biridir.
Urug‘larning unuvchanligi va nihollarining sog‘lom o‘sishi agrotexnik jarayonlarda
muhim omillardan sanaladi. So‘nggi yillarda biostimulyatorlardan foydalanish orqali
o‘simliklarning dastlabki rivojlanishini rag‘batlantirish imkoniyati kengaymoqda.
Ushbu maqolada DAG-1 preparatining gʻoʻza nihollarining o‘sishiga ta’siri baholandi.
Materiallar va uslublar
Tajriba sharoitida gʻoʻza urug‘lari 10⁻⁷ konsentratsiyadagi DAG-1 biostimulyatori
eritmasi
bilan
ishlov
berildi.
Tajriba
2
ta
guruhda
o‘tkazildi:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
22
2181-3187
-
1-guruh
(tajriba):
DAG-1
bilan
ishlangan
urug‘lar
-
2-guruh
(nazorat):
oddiy
suvda
ishlangan
urug‘lar
Urug‘lar bir xil sharoitda unib chiqarildi. 1 haftalik nihollar olinib, ularning quruq
massasi aniqlandi.
Natijalar va muhokama
Tajriba natijalariga ko‘ra, DAG-1 preparati bilan ishlov berilgan nihollarning
quruq massasi nazorat guruhiga nisbatan 14%ga ko‘proq bo‘ldi. Bu esa DAG-1
o‘simlikning dastlabki metabolik faolligini rag‘batlantirishi, oziq moddalar
almashinuvini yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatadi. Biostimulyatorlarning bunday
ta’siri gʻoʻza ekinining agrotexnik samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Xulosa
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, DAG-1 biostimulyatoridan foydalanish
gʻoʻza urug‘larining unuvchanligini va nihollarining dastlabki o‘sishini ijobiy ta’sirga
ega. Keyingi tadqiqotlar DAG-1 ning boshqa konsentratsiyalari va tuproq
sharoitlaridagi samaradorligini o‘rganishga yo‘naltirilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Axmedov, B. (2021). Biostimulyatorlarning o‘simlik fiziologiyasiga ta’siri.
Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
2. Karimov, A.A., & Jalolov, S.X. (2020). Gʻoʻza agrotexnologiyasi asoslari. –
Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti.
3. Raskin, I., & Turnbull, D. (1991). Salicylic acid: a new plant hormone. Plant
Physiology, 99(3), 799–803.
4. Hayat, Q., et al. (2010). Effect of exogenous salicylic acid under changing
environment: A review. Environmental and Experimental Botany, 68(1), 14–25.
5. GOST 12038-84. (1985). Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining unuvchanligini
aniqlash usullari. Moskva: Standart.
6. Wang, L.J., et al. (2007). Role of salicylic acid in plant abiotic stress. Zhejiang
University Science B, 8(6), 438–446.
7. Gulomov, D. (2023). Biologik faol moddalarning o‘simlik rivojiga ta’siri. –
Samarqand: Ipak yo‘li nashriyoti