Авторы

  • Мutalov Аbduazim

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109460

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Raqobatbardosh ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari taqdimot usullari ko’chma va ZUM da darslar.

Аннотация

Аnnоtаtsiya: Iqtisodiyotning globallashuvi va jamiyat hayotining barcha jabhalarida ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi xozirgi davrida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirishda

xozirgi zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga mamlakatimiz raxbariyati birinchidarajali muxim masala sifatida katta ahamiyat berib kelmoqda. Ushbu maqolada shu vazifalarni bajarishning ayrim masalalari ko’rib chiqilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

315

2181-3187

RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASH -DAVR TALABI

Мutalov Аbduazim -

«ISFT» Instituti professori

Аnnоtаtsiya:

Iqtisodiyotning globallashuvi va jamiyat hayotining barcha

jabhalarida ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi xozirgi davrida iqtisodiy o‘sish

sur’atlarini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirishda

xozirgi zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga mamlakatimiz

raxbariyati birinchidarajali muxim masala sifatida katta ahamiyat berib kelmoqda.

Ushbu maqolada shu vazifalarni bajarishning ayrim masalalari ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

Raqobatbardosh, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari,

taqdimot usullari, ko’chma va ZUM da darslar.

KIRISH

Iqtisodiyotning globallashuvi, siyosiy voqealarning tez o'zgarishining iqtisodiy

oqibatlari, yangi texnika va texnologik siyosatga o'tish, keskinlashib borayotgan

raqobat, davlatning tartibga solish rolining kuchayishi, fors-major holatlar va bir qator

boshqa muammolar kadrlardan shu sharoit talablariga tez moslashib samarali ishlab

ketaoladigan kadrlarni talab qiladi.

Maqola mavzusining dolzarbligini Sh.M. Mirziyayevning O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti bo’lib saylangan birinchi kunlaridan boshlab masalaga katta

e’tiboridan bilsa bo’ladi “Biz ko’plab dasturlarni qabul qimoqdamiz, lekin ularni

amalga oshiradigan tashabbuskor va vatanparvar, yuqori malakali kadrlar yetarlimi?

Oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotgan mutaxassislar oldimizga qo’yilgan bunday

ulkan vazifalarni bajarishga qodirmi?’’

1

- deb aytgan gaplari masalaning nixoyatda

dolzarbligidan ham ko’rinib turipti. Ilmiy-texnika taraqqiyotining jaxonda

revolyutsion portlash xarakteriga ega bo’lgan eng ilg’or va samarali yo’nalishi bo’lgan

iqtisodiyot subyektlari faoliyatini raqamlashtirish zudlik bilan yangicha fikrlaydigan

1

Prezident Sh.M. Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma

majlisidagi nutqidan. 2016 y.20 Oktabr


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

316

2181-3187

chuqur ma’lumotli o’z ishining ustasi bo’lgan kadrlarga bo’lgan talablarni keskin

oshirib yubordi.

Qo’llanilgan tadqiqot usullari

Ushbu maqolada tadqiqot qilishning guruxlash, taqqoslash va umumlashtirish kabi

statistik usullaridan foydalanilgan.

Taxlil

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan dolzarb masalani bajarish uchun o'quv jarayonlarini

tisimli ravishda ta'komillashtirish maqsadida yangidan-yangi innovatsion pedagogik

va ahborot texnologiyalarini ishlab chiqish, shu sohada ilgor xorijiy mamlakatlarda

mavjud bo’lgan ilg’or texnologiyalar va g’oyalarni O’zbekiston iqtisodiyotining va

o’zbek xalqi mentalitetining o’ziga xos hususiyatlarini e’tiborga olib joriy etish talab

qilinadi.

Hozirgi paytda oliy o’quv yurtlarining eng asosiy vazifalaridan biri -

iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun oliy ma'lumotli o’z mutahassisligini

sevuvchi, chuqur zamonaviy ilmiy va puhta amaliy (ayniqsa raqamlashtirish soxasida)

bilimlarga ega bo’lgan raqobatbardosh mutahassislar tayyorlashdan iboratdir.

Bu yo’lda daslabki qadam bo’lib, oliy o'quv yurtlari talabalarining o'z bo’lajak

mutahassisliklarini to’g’ri tanlashlari va mohiyatini to’liq tushunishlari, oliy o'quv

yurtini bitirgach, bo’lajak ish joylarida har qanday qiyinchiliklarga duch kelishi

mumkinligini, qanday karyeraviy va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’lishi

mumkinligini bilishlari hizmat qiladi.

Bu soxada raqamlashtirilgan korxona va firmalar uchun xodimlar tayyorlash

ayniqsa katta axamiyat kasb etadi.

Raqobatbardosh mutahassislarni tayyorlash uchun yuksak malakali o’z ishining

mohir ustasi bo’lgan pedagoglarning roli beqiyosdir, ammo bu sohada hozirgi paytda

ayrim kamchiliklar mavjud, yani, muhtaram Prezidentimiz ta’birlari bilan ayitganda

“Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi. Ularga ta’lim berayotgan o'qituvchi va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

317

2181-3187

professorlarning bilim va malakasi davr talabiga javob beradimi? Ming afsuski, bu

savollarga javob berish oson emas

2

.

Xozirgi paytda biz uchun yangi va dolzarb bo’lgan raqamlashtirish orqali

iqtisodiyot

subyektlari faoliyatini transformatsiyalash masalalarini yetarli ilmiy-amaliy darajada

o’qitaoladigan professor-o’qituvchilarning yetismasligi aniq muammoga aylangan.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etishda professor-o'qituvchilarning o'z fanini

hamda xozir juda katta odimlar bilan rivojlanayotgan raqamlashtirish loyihalarini

ishlab chiqish va ularni joriy qilish bo’yicha hamda o’z mutaxassislgi bo’yicha chuqur

maxsus bilimlarga tga bo’lishi ayniqsa katta axamiyat kasb etmoqda, o'qitishning yangi

ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshira olish

qobiliyatini, hamda talabalarning o'rganayotgan fanlarini zamonaviy talablarga javob

beraoladigan darajada chuqur o'zlashtirayotganligini va kelajakda o'z faoliyatlarida

qanchalik darajada qo'llay olishlarini aniqlashga imkon beradigan yangi nazorat

usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi paytda amalda qo’llaniladigan quyidagi samarali o’quv usullarni keltirish

mumkin:

1. Oʻquv ishlarini yuksak professional darajada tashkil qilish imkonini beradigan

oʻquv - uslubiy majmualar;

2. Oraliq nazorat turi sifatida taqdimot usulini qo’llash.

Bu usulning mohiati quyidagilardan iborat:

- har bir o'quv guruhi alohida kichik guruhchalarga bo’lib chiqiladi va har bir kichik

guruhga 2 - 3ta talabalar kiritiladi;

- taqdimot uchun tegishli fan bo’yicha ishchi dasturiga kiritilgan mavzulardan

birini va mavzuviy-taqvim rejani hisobga olib, kichik guruhga topshiriladi;

2

Prezident Sh.M. Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma

majlisidagi nutqidan. 2016 y.20 Oktabr


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

318

2181-3187

- guruhga kiritilgan talabalar o'zaro kelishib, guruhga biriktirilgan mavzuning har

bir savolini alohida talabaga topshiradilar. Bu holda asosiy e’tiborni taqdimotni bir hil

siyosatga bo’ysunib, o'zaro kelishgan holda tayerlanishiga qaratiladi, lozim bo’lganda

ma’ruzachi yoki amaliyot o'qituvchisi taqdimot mavzulari va alohida savollari

bo’yicha maslaxatlar berishlari mumkin. Shuningdek, o'qituvchilar taqdimotning o'z

vaqtida tayyorlanishi va komissiya oldida taqdimotni o'tkazilishi ustidan nazorat qiladi.

Shu bilan birga, taqdimotning sifatiga va o'z vaqtida o'tkazilishiga talabalar

birgalikda javobgar xisoblanadilar.

Taqdimot natijalarini baxolash bo’yicha shu fan ma’ruzachisi va kafedra

a’zolaridan

iborat 3 kishilik komissiya tashkil qilinadi va komissiya taqdimotda qatnashayotgan

har bir talabaning taqdimotda qatnashuvini alohida baholaydi va barcha taqdimot

o'tkazib bo’lingandan keyin kichik guruhning barcha a’zolariga qo’yilgan baholarning

o’rtacha raqamini hisoblab chiqib umumiy baho qyadi, shu baho shu guruhning barcha

a’zolariga bir hil qo'yiladi.

3. Raqobatbardosh mutahassislar tayorlashning akademizm va professionalism

usullarini uyg’unlashtirib olib borish.

Bu sohada mutahassislar tayyorlash ikki yonalishda amalga oshiriladi:

a). tadbirkorlik o'yinlarini o'ynash usuli;

b). amaliy darslarni joilardagi iqtisodiyot subyektlarida ko’chma darslar o'tkazish

usuli;

c). zamonaviy o'quv rejalari va dasturlari raqobatbardosh mutahassislar

tayyorlashda academizm bilan birga professionalizm ko’nikmalarini ham singdirib

borishni taqozo etadi.

Yuqoridagi usullarni amalga oshirish oliy o'quv yurtini bitirib kelgan

mutahassisning hojalik yurituvchi sub’yektning ish faoliyatiga tezda katta

qiyinchiliklarsiz integratsiyalashib ketishini ta'minlashi mumkin. Buning uchun turli

hil tadbirkorlik o'yinlari stsenariylarini ishlab chiqilishi zarur va ular ho’jalik

yurituvchi subyektlar faoliyatida uchrashi mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlarni,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

319

2181-3187

subyektning shu davrdagi konkret sharoitlardan kelib chiqib muvaffaqiyatqiyatli

yechish imkonini beruvchi chora-tadbirlarni qo'llashni chuqur moliyaviy-iqtisodiy

tahlil qilish yo’li bilan konkret choralar va yechimlarni qidirib topish, ylarning eng

samarali yo'llarini tanlab ho’jalik yurituvchi subyektning amaliy faoliyatga joriy

qilishni o'rgatishi lozim.

d). Amaliy darslarni joylardagi iqtisodiyot subyektlarida o'tkazish usulida talabalar

navbat bilan subyektning har bir bo’limida shu bo'limning alohida hodimiga dublyor

sifatida biriktiriladi va hodim bilan birga konkret vazifani bajarishda qatnashadi va shu

bajargan ishining moxiyatini chuqur o’zlashtirib olishi lozim.

Semestr ohirida subyekt xodilari va amaliyot o'qituvchisi bilan birgalikda talabalar

bilan yalpi suhbat o'tkazadi, talabalarda paydo bo’lgan savollarga javob beradilar va

bo’lajak ish joylarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlarini tilab qiladilar va lozim

bo'lsa shu inspektsiyaning o'ziga ishga taklif qilishlari mumkin.

Xulosa:

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan raqobatbardosh mutahassislar tayyorlash

bo’yicha samarali o'quv usullarini amalda qo'llash haqiqatda o'z mutahassisligini

sevuvchi, jonkuyari va bilimdoni bo’lgan, zamonaviy fanlarni chuqur o'zlashtirgan

yuqori malakali oliy ma'lumotli professionallar yetishtirishga erishamiz, bu esa

iqtisodoyotimiz yuksalishiga va aholi farovonligini oshishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O’zbekiston Respublikasi Коnstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning O’zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi

nutqi.- 2016 y.20 Oktabr

3. Mutalov A., Mtalova D. / Kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish. T.:

Iqtisodiyot, 2013.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

320

2181-3187

Axborot manbalari:

6. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

7. www.mf.uz – O’zbekiston Moliya vazirligi rasmiy sayti.

8. www.soliq.uz– O’zbekiston Davlat Soliq qo’mitasi rasmiy sayti

9. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika agentligining rasmiy

sayti.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)