Авторы

  • Ilhomova Gulbahor Sherali qizi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109461

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: ona tili innovatsiya ta’lim texnologiyasi metodika raqamli pedagogika til kompetensiyasi interfaol metodlar. Keywords: native language innovation educational technology methodology digital pedagogy language competence interactive methods. Ключевые слова: родной язык инновации образовательные технологии методика цифровая педагогика языковая компетенция интерактивные методы.

Аннотация

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy pedagogika talablariga muvofiq ona tili darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuvning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritiladi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar til kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol metodlar, raqamli vositalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar samarali vosita sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, darsda turli o‘yin va og‘zaki so‘rovlardan foydalanish, rasmlarga qarab gap tuzish, qiziqarli test savollariga javob topish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, dars samaradorligini oshiribgina qolmay, balki mashg‘ulotning qiziqarli kechishiga sabab bo‘lishi misollar yordamida keng ochib berilgan.

Abstract: The article discusses the role and importance of an innovative approach in organizing native language lessons in accordance with the requirements of modern pedagogy from a scientific, theoretical and practical perspective. In particular, interactive methods, digital tools and modern pedagogical technologies are analyzed as effective tools for improving the quality of education and developing students' language competence. It is also widely shown with the help of examples that the use of various games and oral questions in the lesson, making sentences based on pictures, finding answers to interesting test questions, analyzing problem situations not only increases the effectiveness of the lesson, but also makes the lesson more interesting.

Аннотация: В статье рассматриваются роль и значение инновационного подхода в организации уроков родного языка в соответствии с требованиями современной педагогики как в научном, так и в практическом плане. В частности, анализируются интерактивные методы, цифровые инструменты и современные педагогические технологии как эффективные инструменты повышения качества образования и развития языковой компетенции учащихся. Также широко поясняется с помощью примеров, что использование на уроке различных игр и устных вопросов, построение предложений по картинкам, нахождение ответов на интересные тестовые вопросы, анализ проблемных ситуаций не только повышает эффективность урока, но и делает его более интересным.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

307

2181-3187

ONA TILI DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA

TASHKIL ETISH

Ilhomova Gulbahor Sherali qizi,

ToshDOʻTAU OTAT fakulteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya:

Maqolada zamonaviy pedagogika talablariga muvofiq ona tili

darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuvning o‘rni va ahamiyati ilmiy-

nazariy hamda amaliy jihatdan yoritiladi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish,

o‘quvchilar til kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol metodlar, raqamli

vositalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar samarali vosita sifatida tahlil

qilinadi. Shuningdek, darsda turli o‘yin va og‘zaki so‘rovlardan foydalanish,

rasmlarga qarab gap tuzish, qiziqarli test savollariga javob topish, muammoli

vaziyatlarni tahlil qilish, dars samaradorligini oshiribgina qolmay, balki

mashg‘ulotning qiziqarli kechishiga sabab bo‘lishi misollar yordamida keng ochib

berilgan.

Kalit soʻzlar:

ona tili, innovatsiya, ta’lim texnologiyasi, metodika, raqamli

pedagogika, til kompetensiyasi, interfaol metodlar.

Abstract:

The article discusses the role and importance of an innovative

approach in organizing native language lessons in accordance with the requirements

of modern pedagogy from a scientific, theoretical and practical perspective. In

particular, interactive methods, digital tools and modern pedagogical technologies

are analyzed as effective tools for improving the quality of education and developing

students' language competence. It is also widely shown with the help of examples

that the use of various games and oral questions in the lesson, making sentences

based on pictures, finding answers to interesting test questions, analyzing problem

situations not only increases the effectiveness of the lesson, but also makes the lesson

more interesting.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

308

2181-3187

Keywords:

native

language,

innovation,

educational

technology,

methodology, digital pedagogy, language competence, interactive methods.

Аннотация:

В статье рассматриваются роль и значение инновационного

подхода в организации уроков родного языка в соответствии с требованиями

современной педагогики как в научном, так и в практическом плане. В

частности, анализируются интерактивные методы, цифровые инструменты и

современные педагогические технологии как эффективные инструменты

повышения качества образования и развития языковой компетенции

учащихся. Также широко поясняется с помощью примеров, что использование

на уроке различных игр и устных вопросов, построение предложений по

картинкам, нахождение ответов на интересные тестовые вопросы, анализ

проблемных ситуаций не только повышает эффективность урока, но и делает

его более интересным.

Ключевые слова:

родной язык, инновации, образовательные

технологии, методика, цифровая педагогика, языковая компетенция,

интерактивные методы.

Globallashuv jarayonida har bir millat o‘z tili va madaniyatini saqlash,

rivojlantirish uchun ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbek tilining davlat

tili sifatida mustahkam o‘rin egallashi, uning ta’limda to‘laqonli o‘rganilishi va

o‘rgatilishi davr talabi bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ona tili

fanining o‘qitilish uslubini takomillashtirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida

tashkil etish dolzarb masalaga aylangan.

Ta’limda innovatsion yondashuv haqida fikr yuritar ekanmiz, akademik

A.

Abduqodirov

quyidagicha ta’kidlaydi:

“Innovatsiya — bu ta’lim jarayoniga yangicha qarash, zamonaviy usullarni

joriy qilish, o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir”.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

309

2181-3187

Innovatsion yondashuv — bu ta’lim mazmuni va shaklini tubdan yangilash,

o‘quvchilarning shaxsiy faoliyatini rag‘batlantirish, ularni mustaqil va tanqidiy

fikrlashga yo‘naltirish demakdir. Pedagogika fanida bu yondashuv o‘qituvchi va

o‘quvchi o‘rtasidagi an’anaviy “bilim beruvchi – bilim oluvchi” munosabatini

“faoliyatdagi hamkorlik” shakliga o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Ona tili fanining

xususiyati shundaki, u orqali o‘quvchilarda til bilimi bilan birga nutq madaniyati,

mantiqiy fikrlash, bayon etish ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bois, quyidagi

innovatsion metodlar aynan ona tili darslarida yuqori samara beradi:

-Klaster usuli

— mavzuga oid tushunchalarni guruhlash va bog‘lash orqali

tafakkurni rivojlantiradi;

-Insert texnologiyasi

— o‘quvchi o‘qigan ma’lumotni qay darajada

tushunganini aniqlashga imkon beradi;

-Kamolot texnologiyasi

— mustaqil fikr, estetik did va baholash

ko‘nikmalarini shakllantiradi;

-“Aqliy hujum”

,

“Debat”

,

“Case-study”

kabi interfaol metodlar esa

o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va dalillash madaniyatini oshiradi.

Aqliy hujum

interfaol metodidan foydalanganimizda o‘quvchilarga mashq

shartidan kelib-chiqib o‘quvchilar aqliga hujum qilinadi, o‘quvchilarda fikr va

g‘oyalar tug‘iladi. Bu fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, yagona, to‘g‘ri xulosa

chiqariladi.

Professor

Sh. Turdiyev

ta’kidlaganidek: “Bugungi dars o‘quvchining shaxsiy

faoliyatiga tayanishi, uni subyekt sifatida shakllantirishni ko‘zda tutishi bilan

qadrlidir”.

Innovatsion darslar ta’limni raqamlashtirish bilan chambarchas bog‘liq.

Masalan:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

310

2181-3187

- Quizlet, Kahoot, Wordwall kabi ilovalar orqali til qoidalarini mustahkamlash,

mini testlar o‘tkazish mumkin;

- Padlet, Mentimeter, Jamboard platformalari esa guruhiy ishlarda interfaollikni

oshiradi;

- Google Classroom, Moodle tizimlari esa masofaviy ta’limda samarali vosita

bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalarida olib borilgan eksperiment

asosida, innovatsion metodlar qo‘llangan guruhda o‘zlashtirish darajasi 18 foizga

yuqori bo‘lgani aniqlangan. Talabalar o‘z fikrini erkin ifoda eta olish, mantiqiy tahlil

qilish, matn bilan ishlash ko‘nikmalarini ancha mukammallashtirgan.

Darslarni innovasion texnologiyalardan foydalanish asosida tashkil etish ijobiy

natija beradi, chunki o‘qituvchi innovasion faoliyat yuritgandagina ta’lim mazmuni

o‘zgaradi. O‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda ona tili darslariga

interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil

fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan bir

qatorda ularni fanga bo‘lgan qiziqishlarini ham orttiradi. Quyida biz ana shunday

metodlardan ayrimlari haqida fikr yuritib, ulardan namunalar keltiramiz:

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi muammo o‘zi nima degan savol asosida

mavzuga kirib boriladi. Muammo bilish va bilmaslikning o‘rtasi bo‘lib, bunda

muammoning dolzarbligi va o‘ziga xosligi nazarda tutiladi. Bir mavzuga oid qator

muammolar olinib, undan eng dolzarblari ajratiladi. Mashg‘ulotda o‘qituvchi

ishtirokchilarni guruhlarga ajratib, darsni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablarini

tushuntiradi. Chunki, ushbu texnologiyani amalga oshirish jarayoni bosqichli ketma-

ketlik asosida olib boriladi. Muommli ta‘lim interfaol usulidan foydalanib,

o‘quvchilarga o‘tilgan mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni vujudga keltirib,

ularning ushbu muammoli vaziyatni bartaraf etishlarini so‘radik. Masalan, quyidagi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

311

2181-3187

muammoli vaziyat yuzaga keldi. Gaplarda tushib qolgan kim? va nima? so‘roqlariga

javob bo‘lgan so‘zlarni topib, nuqtalar o‘rniga qo‘ying, gaplarni ko‘chiring.

1. O‘quvchilar ……..ni sevib o‘qishadi.

2. …….g‘o‘zaga suv quymoqda .

3. Oshpaz qozonga gurunchni solib, ..ni damladi.

4. ……mashinani tez haydab ketdi.

5. Bog‘dan gullar uzib , …….yasadim.

O‘quvchilardan ushbu muammoni hal qilib berishni so‘raganimizda, ular

nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, biz o‘rtaga tashlagan

muammoni bartaraf eta oldilar. Ushbu interfaol metod o‘quvchilarni fikrlashga,

muammoni qanday yechim, bartaraf etish choralarini o‘ylashga, fikr va xulosalar

chiqarishga, o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon eta olishga katta yordam berdi.

Innovatsion texnologiyalarni ta’lim arayoniga tadbiq etishdan ko‘zlanadigan asosiy

maqsadlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

birinchidan,

ta’lim tizimini jadallashtirish;

ikkinchidan,

jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi jamiyatda har

qanday axborotlarni o‘quvchilarga yetkazishda vaqtdan unumli foydalanish;

uchinchidan,

bilim berishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish va o‘quvchilarni

ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish;

to‘rtinchidan,

mustaqillik, erkin fikr, o‘zaro hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga

qo‘yish.

Innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tkazilgan har bir dars

o‘quvchilarni erkin fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini bayon qilishga imkon yaratadi.

Jamiyatimiz rivoji, barqarorligini ta’minlashda, eng avvalo, olingan axborotlarni

mustaqil tahlil eta oladigan, erkin fikrlaydigan yoshlar zarur. Shuning uchun ham


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

312

2181-3187

o‘quv-tarbiya jarayonida innovatsion usullar, texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati

beqiyos. Pedagogik texnologiyalarni ta’limda qo‘llash o‘quvchilarning bilimli va

yetuk malakali bo‘lishlarini ta’minlaydi. “Innovatsiya” inglizcha so‘z bo‘lib,

“yangilik kiritish”, “yangilik” degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsion

texnologiyalar orqali ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik

va o‘zgartirish kiritiladi va bu jarayon interfaol usullardan foydalanish orqali amalga

oshiriladi. Innovatsion pedagogik muammolar yechimini izlash ta’lim sohasida

innovatsion jarayonning xususiyati, mazmuni, tarkibini tasniflash va tekshirish

natijalarini tahlil qilish bilan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonini boshqarish

o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi o‘z

faoliyati va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish yo‘llarini, o‘quvchilar bilimini

nazorat etish eng samarali usullarini ishlab chiqadi. Bu jarayonda interfaol

usullardan foydalanishning, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun zamin

bo‘ladi. Interfaol usullar zamirida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi yotadi. Bunday

pedagogik hamkorlik jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchining

dars jarayoniga loqaydligi, nofaolligining oldi olinadi va mustaqil fikrlash, ijod

qilish, izlanishga jalb qilinadi, o‘quv jarayoniga, fanga bo‘lgan qiziqishlarining

doimiyligi ta’minlanadi. Pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qituvchi va

o‘quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta’minlashdir.

O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishi mumkin.

O‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib,

o‘zlari xulosa qila olsa, ko‘zlangan maqsad amalga oshadi. O‘qituvchi

o‘quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi, o‘qitish

jarayonining asosi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda,

ona tili darslarining innovatsion asosda tashkil etilishi

ta’lim sifatini oshirish, tilga hurmatni mustahkamlash, o‘quvchilarda ijodiy fikrlash

va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning eng samarali yo‘lidir. Har bir

pedagog o‘z darslarini yangilashga intilsa, bu o‘z navbatida tilimiz ravnaqi va

o‘quvchining shaxsiy yuksalishiga xizmat qiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

313

2181-3187

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduqodirov A. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.

120 b.

2. Turdiev Sh. Ta’limda innovatsion yondashuv. – Toshkent: TDPU nashriyoti,

2020. 184 b.

3. Karimova G. Zamonaviy dars va pedagogik texnologiyalar. – Toshkent:

Yangi asr avlodi, 2021. 96 b.

4. Til o‘qitish metodikasi (Ona tili). Darslik. - Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2022.

5. Turaboev O. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2023. 146 b.

6. Maxmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.

Sintaksis. - Toshkent: 1995. 105 b.

7. UNESCO Report on Digital Literacy in Education, 2022.

8. www.quizlet.com, www.kahoot.com, www.wordwall.net – Raqamli ta’lim

resurslari.

Referens:

1. Abduqodirov A. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.

120 b.

2. Turdiev Sh. Ta’limda innovatsion yondashuv. – Toshkent: TDPU nashriyoti,

2020. 184 b.

3. Karimova G. Zamonaviy dars va pedagogik texnologiyalar. – Toshkent:

Yangi asr avlodi, 2021. 96 b.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

314

2181-3187

4. Til o‘qitish metodikasi (Ona tili). Darslik. - Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2022.

5. Turaboev O. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2023. 146 b.

6. Maxmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.

Sintaksis. - Toshkent: 1995. 105 b.

7. UNESCO Report on Digital Literacy in Education, 2022.

8. www.quizlet.com, www.kahoot.com, www.wordwall.net – Raqamli ta’lim

resurslari.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)