Авторы

  • Qo‘yliyeva Gulshoda

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109472

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: yo‘riqnoma matni o‘qib tushunish nutq ko‘nikmalari o‘quvchi faoliyati topshiriqlar 9-sinf ta’lim metodikasi Keywords: instructional text reading comprehension speech skills student activity tasks 9th grade teaching methodology.

Аннотация

          Ushbu maqola 9-sinf o‘quvchilari uchun yo‘riqnoma matni asosida nutq va matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda yo‘riqnoma matnining ta’riflari, ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarga samarali o‘qitish uchun tayyorlangan interaktiv va kreativ topshiriqlar tizimi keltiriladi. Topshiriqlar orqali o‘quvchilarning tahlil, mantiqiy fikrlash, yozma nutq va amaliy bilimlarni shakllantirishga erishiladi.

          This article is devoted to the study of methods for developing speech and reading comprehension skills for 9th grade students based on the instructional text. It provides definitions and significance of the instructional text, as well as a system of interactive and creative tasks prepared for effective teaching of students. Through tasks, students are able to develop analytical, logical thinking, written speech and practical knowledge.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

232

2181-3187

YO‘RIQNOMA MATNI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING NUTQ VA

TUSHUNISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Qo‘yliyeva Gulshoda

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU

3- kurs talabasi

gulshodaqoyliyeva9@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola 9-sinf o‘quvchilari uchun yo‘riqnoma matni asosida nutq va

matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganishga

bag‘ishlangan. Unda yo‘riqnoma matnining ta’riflari, ahamiyati, shuningdek,

o‘quvchilarga samarali o‘qitish uchun tayyorlangan interaktiv va kreativ topshiriqlar

tizimi keltiriladi. Topshiriqlar orqali o‘quvchilarning tahlil, mantiqiy fikrlash, yozma

nutq va amaliy bilimlarni shakllantirishga erishiladi.

Kalit so‘zlar:

yo‘riqnoma matni, o‘qib tushunish, nutq ko‘nikmalari, o‘quvchi

faoliyati, topshiriqlar, 9-sinf, ta’lim metodikasi

Annotatsion

This article is devoted to the study of methods for developing speech and

reading comprehension skills for 9th grade students based on the instructional text. It

provides definitions and significance of the instructional text, as well as a system of

interactive and creative tasks prepared for effective teaching of students. Through

tasks, students are able to develop analytical, logical thinking, written speech and

practical knowledge.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

233

2181-3187

Keywords:

instructional text, reading comprehension, speech skills, student

activity, tasks, 9th grade, teaching methodology.

O‘qib tushunish — bu til va matnni o‘rganish jarayonida eng muhim

ko‘nikmalardan biri bo‘lib, u o‘quvchining yozma ma’lumotlarni anglab, mazmunini

to‘liq idrok etishi, shuningdek, undan foydali ma’lumotlarni ajratib olish qobiliyatidir.

O‘qib tushunish nafaqat ta’lim jarayonida, balki kundalik hayotda, kasb-hunar

tanlashda, ilmiy va texnik bilimlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois,

o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish har qanday ta’lim tizimining ustuvor

vazifalaridan biridir. O‘qib tushunish jarayoni murakkab bo‘lib, unda bir necha

bosqichlar mavjud: matnni e’tibor bilan o‘qish, so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri anglash,

matnning asosiy mazmuni va maqsadini tushunish, mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash,

xulosalar chiqarish va olingan ma’lumotlarni amaliy hayotda qo‘llash.

O‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasi yuqori bo‘lsa, ular har qanday matndan

samarali foydalanishi, murakkab tushunchalarni o‘zlashtirishi va o‘z fikrini aniq ifoda

eta olishi mumkin.

O‘qib tushunishni rivojlantirishda turli matn turlari muhim o‘rin tutadi.

Ularning ichida yo‘riqnoma matnlari — amaliy, funksional matn turi sifatida alohida

ahamiyatga ega. Yo‘riqnoma matni kundalik hayotda keng qo‘llaniladi, masalan,

maishiy texnika, elektron qurilmalar, kompyuter dasturlari, avtomobillar va boshqa

texnik vositalarning to‘g‘ri va xavfsiz ishlatilishini ta’minlashda yordam beradi.

Yo‘riqnoma matni o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni, ketma-ketlikni anglashni va aniq

ifodani shakllantirishga xizmat qiladi. Chunki bunday matnlar qat’iy tartibda

bajarilishi lozim bo‘lgan amallarni bosqichma-bosqich tushuntiradi. Shu bilan birga,

yo‘riqnoma matni o‘quvchilarda matnni tahlil qilish, qisqartirish va oddiy so‘zlar bilan

qayta ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini yaratadi. Ta’lim jarayonida

yo‘riqnoma matni asosida topshiriqlar tuzish nafaqat o‘quvchilarning o‘qib tushunish

darajasini oshiradi, balki ularni amaliy bilimlarga yo‘naltiradi, ijodiy va tanqidiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

234

2181-3187

fikrlashni rag‘batlantiradi. Shu nuqtai nazardan, nazariy bilimlarni amaliy

mashg‘ulotlarga bog‘lash orqali o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va

kengaytirish samaradorligi oshadi.

Quyida keltiriladigan topshiriqlar yo‘riqnoma matni asosida ishlab chiqilgan

bo‘lib, ular nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashga xizmat

qiladi. Har bir topshiriq o‘quvchining o‘qib tushunish, matndan muhim ma’lumotlarni

ajratib olish, tartib va izchillikni aniqlash, hamda fikrni aniq bayon etish ko‘nikmalarini

rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Yo‘riqnoma matni

Electonics kafolati quyida ko‘rsatilgan muddat va shartlar asosida mahsulotni

bepul ta’mirlash yoki uning qismini almashtirishni koʻzda tutadi. LG Electronics

kafolati xaridorning qonuniy huquqlarini cheklamaydi. Ushbu Katolat mahsulotni

xarid qilgan ilk shaxsga nisbatan hamda u sotib olingan mamlakatda amal qiladi.

Agar LG Electronics kafolatidan foydalanish zarurati tug‘ilsa, LG Electronics

mijozlarni qo‘llab- quvvatlash markaziga yoki sotuvchiga murojaat qiling (barcha

qo‘ng‘iroqlar bepul)

Kafolat muddati va shartlari

LG Electronics kafolati ashyodagi va ishlab chiqarishdagi nuqsonlarga nisbatan

qo‘llaniladi. Shu tufayli, boshqa har qanday nuqson hamda mahsulotdan noto‘g‘ri

foydalanish, uni noto‘g‘ri sozlash, noto‘g‘ri muvozanatlash va o‘rnatish,

foydalanuvchi yoki o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanmaga amal qilmaslik natijasida yuzaga

kelgan zararlar, shuningdek, begona moddalar, hashoratlar mahsulot ichiga kirish

holatlari, tashqi omillar ta'sirida yuzaga kelgan shikastlar, kosmetik shikastlar va

normal foydalanish oqibatida paydo bo‘lgan shikastlarga nisbatan ushbu kafolat

qo‘llanilmaydi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

235

2181-3187

• LG Electronics kafolati muddati mahsulot xarid qilingan sanadan boshlanib, u faqat

LG Electronics kafolati muddati davrida ogohlantirilgan ashyolardagi va ishlab

chigarishdagi nuqsonlarga nisbatan amal qiladi.

• LG Electronics kafolati faqat xarid haqidagi hujatning asl (qo‘lda yozilmagan)

nusxasi ko‘rsatilgandagina haqiqiy hisoblanadi.

.

LG Electronics kafolati mahsulot tarkibini o‘zgartirish yoki LG Electronics

vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ta’mirlash, mahsulotning seriya raqamini

soxtalashtirish yoki o‘chirish, maishiy texnikani modernizatsiya qilish yoki undan

professional maqsadda foydalanish ishlari amalga oshirilganidan so‘ng o‘z kuchini

yo‘qotadi.

• Mahsulotni ta’mirlash yoki uning qismini almashtirish haqidagi qaror faqat LG

Electronics tomonidan qabul qilinadi. Almashtirilgan qismlar va ashyolar LG

Electronics mulkiga aylanadi.

• Ta’mirlash yoki almashtirishdan boshga xarajatlar LG Electronics kafolati tomonidan

ko‘zda tutilmagan.

• LG Electronics dasturiy ta’minot yoki ma’lumot tashuvchi qurilmalarga yetgan har

qanday zarar yoki yo‘qotish uchun javobgar emas.

*Bepul ehtiyot qismlar almashtirilishi va bepul xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi.

Bepul xizmat ko‘rsatish muddati sotib olingan kundan boshlanadi.

*Faqat mahsulot qismlari. Nuqsonli qismlarni almashtirish uchun sarflangan har

qanday mehnat yoki uyda bajarilgan xizmat uchun mijozning o‘zi mas’ul bo‘ladi.

Diqqat!

Ushbu kafolat taloni haqiqiy hisoblanishi uchun ham muqovada, ham

kuponlarda sotuvchining muhri va imzosi bo‘lishi lozim. Haqiqiy sotib olingan kunini

isbotlash maqsadida, sotuvchi tomondan berilgan tovar chekini saqlab qo‘ying.

1-topshiriq. Matnni tushunish bo‘yicha tuzilgan quyidagi test savollarining to‘g‘ri

javobini toping.

1. Quyidagi holatlardan qaysi biri kafolat shartlari doirasiga kiradi?

A. Qurilmaga hasharotlar kirib ketganligi sababli nosozlik yuzaga kelgan bo‘lsa


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

236

2181-3187

B. Mahsulotni noto‘g‘ri sozlash natijasida shikastlangan bo‘lsa

D. Ishlab chiqarishdagi konstruktiv xato sababli nuqson chiqqan bo‘lsa

E. Qurilma foydalanuvchi tomonidan modernizatsiya qilingan bo‘lsa

2. Kafolatning amal qilish muddati qanday aniqlanadi?

A. Qurilmaning birinchi nosozligi paytida boshlanadi

B. Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab hisoblanadi

D. Mahsulotni xarid qilgan kundan boshlab kuchga kiradi

E. Kafolat varaqasi to‘ldirilgan kundan boshlab hisoblanadi

3. Quyidagilardan qaysi biri LG Electronics’ning kafolat shartlaridan biri

hisoblanadi?

A. Foydalanuvchi mahsulotni ta’mirlashga ruxsat berganidan so‘ng kafolat kuchga

kiradi

B. Faqat LG tomonidan belgilanmagan nosozliklar uchun xizmat ko‘rsatiladi

D. Foydalanuvchi qo‘llanmasiga amal qilmaslikdan kelib chiqqan zararlar kafolat

doirasiga kiradi

E. Ishlab chiqarishdagi texnik nuqsonlar kafolat bilan qoplanadi.

2-topshiriq. “Bosqichlarni tartib bilan joylashtiring”

Sizga kir yuvish mashinasini o‘rnatish jarayoniga oid rasmlar taqdim etilgan. Har

bir rasm o‘rnatishning muayyan bosqichiga tegishli. Ammo rasmlar tartibsiz berilgan.

Vazifa:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

237

2181-3187

1. Har bir rasmni diqqat bilan kuzating.

2. Jarayonni tushungan holda rasmlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring.

3. Har bir rasm ostiga bosqich raqamini yozing (1, 2, 3, 4, 5).

4. Sababini qisqacha izohlang: nima uchun bu bosqich shu tartibda bo‘lishi kerak deb

o‘ylaysiz?

3-topshiriq. Rasmdagi ko‘rsatmalarga asoslanib, kir yuvish mashinasining tozalash

va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini ketma-ket gaplar bilan izohlang. Har bir

bosqichda nimalar bajarilishini sodda, tushunarli jumlalar bilan bayon qiling.

Masalan:

1. Avvalo, mashina suvga ulanadigan filtr yechib olinadi.

2. So‘ng, filtr ichidagi iflosliklar tozalanadi... va hokazo.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

238

2181-3187

Xulosa qilib aytganda, mazkur topshiriqlar majmuasi o‘quvchilarning amaliy

savodxonligini, mantiqiy fikrlashini va funksional bilimlarini rivojlantirishga xizmat

qiladi. Kafolat muddati va shartlariga doir test topshirig‘i orqali o‘quvchi texnik va

huquqiy axborotni tahlil qilishni o‘rganadi. Rasm ketma-ketligini to‘g‘ri joylashtirish

topshirig‘i esa vizual axborotni mantiqiy tahlil qilish, tizimli fikrlash va texnologik

jarayonlarni anglash ko‘nikmalarini shakllantiradi. So‘nggi topshiriqda rasm asosida

izohli gaplar tuzish orqali o‘quvchi og‘zaki va yozma nutqda bosqichma-bosqich fikr

bildirish, real hayotiy vaziyatni ifodalashga o‘rganadi. Bu kabi topshiriqlar

o‘quvchilarning hayotga yaqin, amaliy nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda

muhim vosita hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hamroyev A.R., Po‘latova Y.A. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2021. 244-bet.

2. Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: 2020. 198-bet.

3. Saidvaqqosova U.T. O‘quvchilar nutqini o‘stirish metodikasi // CENTRAL ASIAN

RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES 8 (CARJIS) ilmiy

jurnali bilan hamkorlikda.

4. Юсупова Т. А. To develop students’ knowledge, skills and competencies in the

organizational and technical aspects of essay // ACADEMICIA A n I n t e r n a t i o n

a l M u l t i d i s c i p l i n a r y R e s e a r c h J o u r n a l (Double Blind Refereed &

Peer Reviewed Journal) ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021 Impact

Factor: SJIF 2021 = 7.492

5. Xusenova N.O Ona tili metodikasi mashg‘ulotlarida nutqiy ko‘nikmalarni

rivojlantirishda sinov-test topshiriqlaridan foydalanish // Acadeic Reserch in

Educational Scinces // ISSN 2181-1385 DOI: 10.24412/1385-2022-2-105-117 Volume

3/ISSUE 2/2022 Cite-factor: 0,89 / SIS: 1,12 SJIF 5.7 / UIF:6,1


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

239

2181-3187

6.

Jurayeva M.M.

Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida yozma nutq kompetensiyasini

rivojlantirish

//

CENTRAL

ASIAN

RESEARCH

JOURNAL

FOR

INTERDISCIPLINARY STUDIES 8 (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

References:

1. Hamroyev A.R., Po‘latova Y.A. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2021. 244-bet.

2. Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: 2020. 198-bet.

3. Saidvaqqosova U.T. O‘quvchilar nutqini o‘stirish metodikasi // CENTRAL ASIAN

RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES 8 (CARJIS) ilmiy

jurnali bilan hamkorlikda.

4. Юсупова Т. А. To develop students’ knowledge, skills and competencies in the

organizational and technical aspects of essay // ACADEMICIA A n I n t e r n a t i o n

a l M u l t i d i s c i p l i n a r y R e s e a r c h J o u r n a l (Double Blind Refereed &

Peer Reviewed Journal) ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021 Impact

Factor: SJIF 2021 = 7.492

5. Xusenova N.O Ona tili metodikasi mashg‘ulotlarida nutqiy ko‘nikmalarni

rivojlantirishda sinov-test topshiriqlaridan foydalanish // Acadeic Reserch in

Educational Scinces // ISSN 2181-1385 DOI: 10.24412/1385-2022-2-105-117 Volume

3/ISSUE 2/2022 Cite-factor: 0,89 / SIS: 1,12 SJIF 5.7 / UIF:6,1

6.

Jurayeva M.M.

Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida yozma nutq kompetensiyasini

rivojlantirish

//

CENTRAL

ASIAN

RESEARCH

JOURNAL

FOR

INTERDISCIPLINARY STUDIES 8 (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.