ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
198
2181-3187
OSHQOZON SHILLIQ QAVATI ENDOKRIN HUJAYRALARINING
OCHLIK TAJRIBASIDAGI MORFOLOGIYASI
Mexrilla Baxridinovich Okbayev
Samarqand davlat tibbiyot univeristeti assistenti
okbaevmexrilla92@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada oshqozon shilliq qavatining endokrin hujayralarining
eksperimental ochlik holatidagi morfologik o'zgarishlari o'rganilgan. Eksperimental
ochlik holatida yaqin muddatida shilliq qavati endokrin hujayralarida yadro-
sitoplazmatik nisbati ortishi kuzatildi. Hujayrada sekret mahsulotining to'planishi —
ekstruziya bloklanishi bilan bog'liq bo'lib, uzoqroq eksperimental ochlik tajribasida
endokrin hujayralari soni, hujayra yadrosi kichrayadi hamda sitoplazmada degenerativ
o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ushbu tadqiqotda endokrin hujayralari bosqichma-bosqich
ta'sirini tekshirish va organizmning fiziologik holatini aniqlashda maqola muhim ilmiy
ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar:
Oshqozon, apudotsit, ochlik, endokrin hujayralar, morfometriya,
yadro-sitoplazmatik nisbat, fundal bez.
Dolzarbligi.
Oshqozon shilliq pardasining va bezlarning tarkibidagi epiteliy
hujayralarning orasida yakka-yakka joylashgan gormon ishlab chiqaruvchi
hujayralar bo‘lib, ular endokrinotsitlar (apudotsitlar), diffuz endokrin sistema
hujayralari deyiladi [4, 5, 6, 7]. Bu hujayralar biogen aminlar yoki peptid
gormonlar ishlab chiqarib, oshqozon faoliyatining mahalliy boshqarilishiga ta’sir
ko‘rsatadi [1, 2, 3, 8]. Oshqozon sekretsiyasiga va uni boshqaruvchi
endokrinotsitlarga ta’siri yetarli o‘rganilmagan. Shuni ko‘zda tutgan holda
quyonlar oshqozonining endokrinotsitlarining morfologiyasini eksperimental och
qoldirish sharoitida o‘rganish rejalashtirildi.
O‘rganish obyekti va materiallari:
O‘rganish ob’yekti quyidagicha
taqsimlandi.
Nazorat uchun – 5 ta quyon.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
199
2181-3187
Eksperimental ochlik holati.
Qisqa muddat (3 sutka – 72 soat) – 5 ta quyon.
Uzoq muddat (10 sutka - 240 soat) – 7 quyon.
Jami: 17 ta quyon.
Tadqiqot uchun material sifatida yetuk yoshdagi shinshilla zotli quyonlar
oshqozoni ishlatildi. Kaprofagiyaning oldini olish uchun qafasning tagiga maxsus to‘r
sim o‘rnatildi. Nazorat guruhi sifatida shu yoshdagi quyonlarning 5 nafari ishlatildi.
Hammasi bo‘lib 17 ta laboratoriya hayvonlarning materiali o‘rganildi.
Maqsadi:
Oshqozon shilliq qavati endokrin hujayrasining eksperimental ochlik
holatidagi morfologiyasini o‘rganish.
Eksperimental ochlik sharoitining har xil muddatlarida endokrin hujayralarining
morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari ma’lum darajada o‘zgarib boradi. Och
qoldirishning 3 - sutkalarida endokrin hujayralarning yadro-sitoplazmatik nisbati
o‘rganilgan hayvonlarda yadro tomonga og‘ishi kuzatildi. Barcha hujayralarning
yadrosi nisbatan kattaroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi va bu esa endokrin hujayralar
yadro-sitoplazmatik nisbatining o‘zgarishini ko‘rsatadi. Xususan, bu ko‘rsatkich
quyonlarda 0.29 gacha oshadi. Bu esa o‘z navbatida och qoldirishning dastlabki
muddatlarida endokrin hujayralarning ma’lum darajada faollashuvidan darak beradi.
Bunday o‘zgarishlar hujayralarda sekret to‘planishi (ekstruziya bloki) natijasida
ularning nisbiy o‘lchamlari ham o‘zgarishidan darak beradi.
Tajribaning yaqin muddatida oshqozon bezlari endokrin hujayralarning o‘zaro
nisbiy o‘lchamlari ham birmuncha oshadi. Bu muddatda endokrin hujayralarning
o‘lchami o‘rtacha 18.1 ± 0.37 ni, yadro o‘lchami esa 5.3 ± 0.26 ni tashkil qiladi. Bu
ko‘rsatkichlar eksperimental och qoldirishning dastlabki muddatlarida oshqozon
bezlari endokrin hujayralarining o‘lchamlari birmuncha oshishidan darak beradi.
Eksperimental och qoldirishning endokrinotsitlarning barcha ko‘rsatkichlari kamayadi,
hatto nazorat guruhi ko‘rsatkichlaridan ham kam bo‘ladi. Tajribaning uzoq (10 sutka)
muddatida xususiy bezlar – 7 ta pilorik bezlarda - 6 ta, endokrin hujayralarning
o‘lchami 16 ± 0.44 mkm, yadro o‘lchami 4.2 ± 0.22 mkm, yadro – sitoplazmatik nisbati
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
200
2181-3187
esa 0.26 ga teng bo‘ladi. Bunday holatni sekretsiya jarayonining tormozlanish va
organizm endogen oziqlanishga o‘tganligi bilan bog‘liq deb tahmin qilish mumkin.
Tajribaning yaqin muddatida endokrin hujayralarning joylashish zichligi
o‘rtacha xususiy bezlarda: 30.6±0.78 ga teng bo‘lib EC hujayralar esa, 18.4±0.56 ga
teng ya’ni 60.1 % ni tashkil qilsa, pilorik bezlarda esa, 30.4±0.84 ga, EC hujayralar
17.9±0.46 ya’ni 58.9 % tashkil qiladi.
Tajribaning uzoq muddatida esa quyonlar oshqozoni xususiy bezlari endokrin
hujayralarining joylashish zichligi 24.2±0.77 ga teng bo‘lib, EC hujayralar 14.5±0.48
ga, ya’ni 59.9 % ni tashkil qiladi. Pilorik bezlarda esa, bu ko‘rsatkich 22.8±0.66 , EC
hujayralar 13.6±0.88 ga ya’ni 59.6 % ni tashkil etadi. 3 sutka davomida och qoldirilgan
quyonlar oshqozoni endokrin (APUD) sistemasi hujayralarining (apudotsitlarning)
dastlabki reaksiyasi ularda sekret ajratishning tormozlanishi hisoblanadi. Buning
natijasida barcha hujayralarning sitoplazmasi sekretor mahsulot bilan to‘lib qoladi va
ularning barchasi impregnatsiyalanadi, ya’ni oddiy holatlarda ma’lum miqdordagi
hujayralar degranulatsiyadan keyingi holatda bo‘ladi va ular preparatda
ko‘rinmasliklari mumkin. Sekret ajratish to‘xtagan hollarda esa, barcha hujayralarning
sitoplazmasi sekretor mahsulot bilan to‘lib qoladi va ularning barchasi ko‘rinadi.
Ularning absolyut miqdori oshmasada, bu hujayralarning soni oshib ketganday bo‘lib
ko‘rinadi. Hujayralarning sitoplazmasi bir tekis qop-qora rangga bo‘yaladi, faqatgina
yadro sohasi rangsiz bo‘lib ko‘rinadi. Hujayra kesmasi yadrodan o‘tmagan bo‘lsa,
uning sitoplazmasi bir xil qora rangda ko‘rinadi. Apudotsitlar, ayniqsa bezlarning
tubida juda ko‘p ko‘rinadi. Hujayra sitoplazmasiga sekretor mahsulotning to‘planib
qolganligini ochiq tipdagi hujayralarda aniq ko‘rish mumkin.
Apudotsitlardagi ekstruziya blokini, tarkibida flyuorogen moddalar tutuvchi
ochiq tipdagi (EC) apudotsitlarda ham kuzatish mumkin. Sitoplazmasida flyuorogen
amin tutuvchi, sekretor mahsulotning ko‘payib ketishi natijasida yorqin shu’lalanuvchi
hujayralar ham ko‘plab ko‘rinadi. Eksperimental och qoldirishning 3-sutkalarida
quyonlar oshqozoni fundal bezlarining apudotsitlari blok ekstruziyasi yuz berganligi
tufayli ularning soni ko‘payib ketgandek bo‘lib ko‘rinadi. Och qoldirish sharoitining
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
201
2181-3187
3-sutkalarida oshqozon bezlarining endokrinotsitlarida blok ekstruziyasi yuz berishi
natijasida ularning impregnatsiyalanish darajasi keskin ortadi va bu hujayralarning
barcha populatsiyasi ko‘rinadi. Shu sababli ularning miqdori ko‘payib ketgandek
ko‘rinadi. Aslida esa normal sharoitda bu hujayralarning bir qismi degranulatsiyadan
keyingi holatda turadi va ko‘rinmaydi. Blok ekstruziyasi vaqtida esa ularning barchasi
ko‘rina boshlaydi.
Eksperiental ta’sirning 10-sutkalarida apudotsitlarida yuz beradigan morfologik
o‘zgarishlar ancha chuqurlashadi. Apudotsitlarning ma’lum darajada kichrayishlari
(piknoz) kuzatiladi. Ochiq tipdagi hujayralar ingichkalashib qoladi, sitoplazmasi
gomogen to‘q rangga bo‘yaladi. Ularda polimorfizm hodisasi paydo bo‘ladi. Bu davrda
yopiq tipdagi apudotsitlarning bir-birlariga yopishib, umumiy konglomerat hosil qilishi
ham kuzatiladi. Bu hujayralar har xil kattalikdagi shaklda bo‘lishiga qaramasdan bir-
biri bilan qo‘shilib ketgan. Hatto, mikroskopni kuchli kattalashtirganda ham ular
orasidagi chegarani aniqlash qiyin. Bu konglomeratning yaqinida har xil shaklda va
kattalikdagi argirofil hujayralar ko‘rinadi. Bu hodisani ochlik ta’sirida apudotsitlar
metabolizmi buzilishining oqibati deb qarash mumkin.
Bu apudotsitlar joylashgan bezlar sekretor qismining diametri boshqa normal
apudotsitli bezlarnikidan kichikligi aniq ko‘zga tashlanadi. Tajribaning 10-kunlarida
ochiq tipdagi endokrin hujayralarda yuz beradigan o‘zgarishlar ham yuqorida
keltirilgan fikrlarni tasdiqlaydi. Flyuoressensiyalanuvchi apudotsitlarning shakli
o‘zgaradi, ba’zilarining sitoplazmasida bo‘shliqlar bo‘ladi, sitolemmasida
o‘simtasimon bo‘rtmalar hosil qiladi. Ba’zi apudotsitlar esa bujmayib qoladi.
Ba’zi hollarda shu’lalanuvchi hujayra bilan uning yonida joylashgan varikoz
o‘zgargan va notekis shu’lalanuvchi adrenergik tolalar birgalikda ko‘rinadi.
Hujayraning chetlari qirrali, yadrosi yaxshi ko‘rinmaydi, u fragmentlarga ajralganday
bo‘lib ko‘rinadi. Shunday qilib, quyonlarni har xil muddatlarda och qoldirish ular
oshqozoni pilorik bezlari va qoplovchi epiteliysi tarkibidagi diffuz endokrin (APUD-
sitemasi) hujayralariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta'sirning ifodalanish darajasi och
qoldirish muddatining ortishiga proporsional ravishda orta boradi. Yaqin muddatda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
202
2181-3187
apudotsitlarning sekretor mahsulotini ajratishi tormozlanishi natijasida (ekstruziya
bloki) ularning barchasi ko‘rinadi, 10 kunlik davrda apudotsitlarning o‘zgarishi
chuqurlashadi va ularda degenerativ o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Xulosa.
Ochlik tajribasining yaqin muddatlarida 3 sutka endokrin hujayralarda
ekstruziya bloki (sekret mahsulotlarining to‘planib qolishi) natijasida hujayralarning
morfometrik ko‘rsatkichlari ortadi, ya’ni barcha hujaayralar yaxshi impregnatsiya
bo‘ladi va ko‘rinadi. Tajribaning uzoq 10 sutka muddatida esa hujayra ekstruziya
blokidan chiqib degranulatsiya va distrofik o‘zgarishlarga uchraydi. Natijada ularning
aniqlanish darajasi pasayadi va morfometrik ko‘ratkichlari ham kamayadi. Bu esa
endokrin hujayralarning ochlik ta’siriga javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Бойкузиев Х., Орипова А., Ибрагимов Д. Морфология эндокринныx
клеток дна желудка у кроликов при экспериментальном голодании // Журнал
проблемы биологии и медицины. – 2016. – №. 2 (87). – С. 165-166.
2.
Бойқузиев Ф. Х. и др. Озуқа тури, сифати ва ҳаёт тарзи турли хил бўлган
сут эмизувчи ҳайвонлар ошқозони туби нерв ва эндокрин тизимининг ўзаро
муносабатлари //Биология ва тиббиёт муаммолари. – 2020. – Т. 5. – №. 122. –
С. 188-191.
3.
Дехканов Т. Д. и др. Морфология эндокринных клеток в стенке органов
среднего отдела пищеварительного тракта //Вопросы морфологии XXI века.
СПб. – 2008. – №. 1. – С. 119.
4.
Дехканов Т.Д., Хусанов Э.У. Гастроэнтеропанкреатик соха эндокрин
ҳужайраларининг функционал морфологияси ҳақида айрим маълумотлар.//
Проблема биологии и медицины. № 1 (27) 2003 С. 84-85.
5.
Хотамова Г. Б. и др. Ҳаёт тарзи ва озуқа тури ҳар хил бўлган сут
эмизувчи ҳайволар ошқозони туби тарқоқ эндокрин тизимининг
морфологияси //Биология ва тиббиёт муаммолари. – 2020. – Т. 5. – №. 122. –
С. 192-195.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
203
2181-3187
6.
Яглов В. В. Актуальные проблемы биологии диффузной эндокринной
системы //Архив анатомии, гистологии и эмбриологии. – 1989. – Т. 96. – №. 1. –
С. 14-29.
7.
Adams M. S., Bronner-Fraser M. The role of neural crest cells in the endocrine
system //Endocrine pathology. – 2009. – Т. 20. – С. 92-100.
8.
Gómez‐Santos L. et al. Different glycoconjugate content in mucus secreting cells
of the rat fundic gastric glands //The Anatomical Record. – 2018. – Т. 301. – №. 12. –
С. 2128-2144.