ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
3
2181-3187
XX ASR 20-30-YILLARIDA SOVET HUKUMATI TOMONIDAN
XOTIN-QIZLARNI ISHLAB CHIQARISHGA JALB ETILISHI VA UNING
NATIJALARI
Raxmatova Dilnoza Obidovna Buxoro Davlat Universiteti,
Jahon tarixi kafedrasi tadqiqotchisi.
dilnozaraxmatova8825@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada sovet hukumati tomonidan o‘zbek xotin-
qizlarini ishlab chiqarish, ijtimoiy mehnatga keng jalb etish siyosati va uning natijalari
haqida so‘z yuritiladi. Ayollarning qishloq xo‘jaligi, fabrikalar va sanoatning turli
sohalaridagi faoliyati va o‘rni raqamlar va dalillar bilan izohlangan. Shuningdek ushbu
masalaning ijobiy va salbiy natijalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar.
Sovet hukumati, erkaklar va ayollar tengligi g‘oyasi, ishchi kuchi,
sanoatlashtirish, artellar, qishloq xo‘jaligi, jenotdel, ishlab chiqarish, xotin-qizlar
mehnati, an’anaviy munosabatlar.
Аннотация.
В данной статье говорится о политике советского
правительства
по
широкому
привлечению
узбекских
женщин
к
производственной и социальной работе и ее результатах. Деятельность и место
женщин в различных областях сельского хозяйства, фабрик и промышленности
поясняются цифрами и доказательствами. Также были тщательно рассмотрены
положительные и отрицательные результаты данного вопроса.
Ключевые слова.
Советская власть, идея равенства мужчин и женщин,
труд, индустриализация, артели, сельское хозяйство, женотдель, производство,
женский труд, традиционные отношения.
Abstract.
This article talks about the policy of the Soviet government to widely
involve Uzbek women in production and social work and its results. The activities and
place of women in various fields of agriculture, factories and industry are explained
with figures and evidence. Also, the positive and negative results of this issue were
carefully considered.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
4
2181-3187
Keywords.
Soviet government, the idea of equality between men and women,
labor, industrialization, artels, agriculture, jenotdel, production, women's work,
traditional relations.
Kirish.
Sovet hukumati va Kommunistik partiya XX asr boshlarida ayollar
masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Mamlakatni sanoatlashtirish ta'siri ostida ishchi
kuchi taqchilligi, ayollar mehnatidan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish va shu
tariqa O'zbekiston tabiiy resurslaridan samarali foydalanish yuzaga keldi. Birinchi
Jahon urushi, fuqarolar urushi erkaklar sonining kamayishiga olib keldi. “Tenglik
g'oyasi” ta'siri ostida erkaklar ishlagan ish joylarida ayollar mehnati kengaydi.
Metodlar.
Ushbu mavzuni tadqiq etishda tarixiylik, obyektivlik, xronologik
ketma ketlik va tarixiy izchillik tamoyillaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili.
O'zbekiston Kompartiyasi (B) ning
Buxoroda bo'lib o'tgan 1-qurultoyida (8 fevral 1925 yil) qabul qilingan “Ayollar
o'rtasida ishlash to'g'risida” gi qaroridan keyin o'rganilayotgan davr ittifoqning
respublikada ayollarga nisbatan sanoat siyosatining keskin burilishi bilan
boshlanganini ko'rishimiz mumkin[1]. 20-yillar oxiriga kelib erkaklar bilan ayollarni
tenglashtirishga e’tibor berildi.
Ayollarni ijtimoiylashtirilgan ishlab chiqarishga jalb qilish uchun ular ularga
bepul va yuqori darajadagi ta'lim, an'anaviy ravishda erkaklar hukmron bo'lgan
sohalarda ishlash (masalan, muhandislik) va ko'plab ijtimoiy nafaqalar, masalan,
tug'ruq va davlat tomonidan homiylik ostidagi bola parvarishi imkoniyatini berdilar.
Kommunistik partiya tarkibida ayollar seksiyalarini (jenotdel) tashkil etish va
parlamentlar va boshqaruv organlaridagi oʻrinlarning 30 foizini ayollar uchun kvota
kiritish orqali Sovetlar jamiyat hayotining barcha jabhalarida ayollar boʻlishini
taʼminladi[2. 19].
1926-yili O‘zbekistonda 16 ta yirik ayollar artellari bulib, ularda 814 nafar
maxalliy xotin-qizlar mehnat qilardi. Ayollar qilgan mehnatlari evaziga maosh olish
imkoniyatiga ega bo‘lishdi [6. 232].
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
5
2181-3187
1927—1928-yillarda O‘zbekistonda 30 ta qishloq xo‘jalik, dalachilik va boshqa
xotin-qizlar artellari tashkil etildi (keyinchalik xotin-qizlar va erkaklar dalachilik
artellarini qo‘shib yuborish maqsadga muvofiq deb topildi). 1927—1928-yillarda
respublika pillachiligida xotin-qizlar 60 protsentini tashkil etdi [8. 488-489].
1928 yildan boshlangan jadal sanoatlashtirishning besh yillik rejasi ham
ayollarning holatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ayollarga an'anaviy urf-odatlardan xalos
bo'lishga yordam beradigan ijtimoiy xizmatlar va sanoatlar qisqartirildi. Jenotdel,
ayollarning ularga qattiq ta'sir qilgan sanoatlashtirish jarayoniga qarshi noroziligini
oldini olish uchun hal qilindi. Birinchi besh yillik rejada ayollarning haq toʻlanadigan
mehnatda ishtirok etishini taʼminlash orqali ularni ozod qilish vaʼda qilingan boʻlsa-
da, 1929 va 1930 yillarda ayollar ishsizligi ortdi. Bu “rejaning investitsiya
ustuvorligining bevosita natijasi boʻlib, ogʻir sanoatni taʼkidlab, eng koʻp ayollar
ishchilarini ishlatadigan yengil sanoatda ishdan boʻshatishga olib keldi” [3. 191]. 1929-
yilning 8-mayida O‘zbekiston SSR Sovetlarining III qurultoyida xotin-qizlarni
«sotsialistik jamiyat kurish ishiga yanada ko‘proq jalb etish masalasi» muhokama
kilindi. Bu esa, xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilishini yanada
jadallashtirdi [9. 500].
1930-yilda respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining 50dan ortiq
artellarida 5000 nafardan ko‘proq mahalliy ayollar ishlardi. Ularning ko‘pchiligi
tikuvchilik korxonalarida mehnat qilganlar. Xotin-qizlar yirik sanoat korxonalariga
ham jalb qilina boshlandi [6. 232].
Sobiq sovet davrida milliy xususiyatlarni va gender xususiyatlarni hisobga
olmasdan amalda teng qilishga harakat qilindi. Oilani moddiy ta’minlash erkak bilan
bir qatorda ayolning zimmasiga ham tushdi. Shu bilan bir vaqtda aѐllarning an’anaviy
yumushlari (bola tarbiyasi, uy ishlarini bajarish va b.) ular qo‘lida qolib ketaverdi.
Aslida gender munosabatlar qaror toptiradigan adolat tamoyillari buzildi. Masalan,
qurilish sohasida mehnat qiluvchilar (beton qorish, asfalt ѐtqizish va sh.k.)., kam haq
to‘lanadigan ishlar (ayniqsa, qishloq xo‘jaligida), mexanizatorlik kabi erkaklarga xos
xizmatlar ham ayollarga yuklatila boshlandi. Ammo bu ishtiroklari ayol va erkak
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
6
2181-3187
mavqelariga putur yetkazmas, ular o‘rtasida an’anaviy munosabatlar saqlanib qolar edi
[4. 342]. Avvalgidek oilada erkakning ustunligi davom etar, ayollar endi ishlash bilan
bir qatorda uy-ro‘zg‘orning asosiy yumushlarini bajarishar edi. Farzandlar tarbiyasi
ham asosan ayollar zimmasida edi. Sovet hokimiyati tomonidan masalaning bu jihatiga
deyarli e’tibor berilmas edi. Aksincha ayollarning sanoat ishlab chiqarishdagi salmog‘i
erkaklarnikidan oshib borar edi.
1930-yili O‘zbekiston va Turkmanistonning paxtakor tumanlarida yashovchi
ayollar jamoa va davlat xo‘jaliklaridagi ishchi kuchining 80%ini tashkil qilardi [5. 42].
1939-yilga kelib, ayollar erkaklar bajaradigan ishning 50 foizini egallashdi [7. 346].
Yuqoridagi misollarni ko‘plab keltirish mumkin bo‘lsa-da, ayollarni ijtimoiy
hayotga jalb qilish ulardan asosan ishchi kuchi sifatida foydalanish bilan bir qatorda
ular orasidan hokimiyatda, ilm-fan va madaniyat sohasida ham yetakchilik qiladigan
ko‘plab kadrlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
Xulosa.
Sovet hokimiyati o‘zining dastlabki yillarida ayollarning erkaklar bilan
tengligi g‘oyasini ilgari surish ortida xotin-qizlarni erkaklar bilan barobar mehnat
qilishi, ishchi kuchini oshirish maqsad qilindi. Chunki ayollar aholining yarmidan
ko‘pini tashkil etgan. Sotsialistik tuzumni qurish, sanoatlashtirish, jamoalashtirish
jarayonida ayollar ishtirokini ta’minlash ko‘p bor ta’kidlandi. Dastlab kichik
hunarmandchilikdan boshlangan ayollar mehnati keyinchalik erkaklar ishlaydigan
og‘ir sanoatda ayollarning salmog‘ining oshib ketishigacha yetib keldi. Bu bilan
ayollarning oiladagi o‘rni asosan o‘zgarishsiz qoldi. Ayninqsa, qishloq xo‘jaligida
ishlaydigan ayollar uchun ahvol ancha og‘ir ekanligini ko‘rish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Dilafruz A. Iymanova. (2022). SOCIO-ECONOMIC SITUATION OF
WORKING WOMEN IN UZBEKISTAN IN THE SOVIET PERIOD (1925-1941).
Look to the Past, 5(11), 4. https://doi.org/10.5281/zenodo.7310211
2.
Encyclopedia of Women & Islamic Cultures. Volume II. Family, Law and
Politics. Leiden – Boston-2005.-837 p.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–7_ июня –2025
7
2181-3187
3.
Özge ÖZ DÖM, Muslim Women in Soviet Central Asia, Tarih
İncelemeleri Dergisi XXXIII / 1, 2018.-P.191
4.
А.Бобоев,
Г.Каримова.
Гендер
толерантликнинг
миллий
хусусиятлари./ ―”Хотин-қизлар ижтимоий-сиѐсий фаоллигини ошириш –
мамлакатимизда амалга оширилаѐтган ислоҳотларнинг муҳим омили”
мавзусидаги республика илмий-амалий анжумани мақолалар тўплами (2019 йил
26 февраль). – Т.: ТДИУ, 2019. – 491 бет.
5.
Ирзаев Б. «Катта қирғин»нинг келиб чиқиши арафасидаги сиёсий-
ижтимоий ва иқтисодий шароит. – Тошкент: Фан, 2014. –56 б.
6.
Қ.Ражабов. Ўзбекистоннинг XX асрдаги тарихи. (2-кнтоб) –
Тошкент: “Фан” нашриёти давлат корхонаси, 2023. –250 бет.
7.
Муаллифлар гуруҳи. Ўзбекистан тарихи. -Т.: Akademiya, 2010. –472
б.
8.
Ўзбекистон ССР тарихи. (4 томлик.) III том. Бош муҳаррир И. М.
Мўминов. Т.: «Фан», 1971. — 712 б.
9.
Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Биринчи китоб. – Т.:
“O‘zbekiston” НМИУ, 2019. - 560 б.