Авторы

  • Qahorova Sarvinoz Fazliddin qizi
  • Abjalilov Ozodjon Shomurat o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109495

Аннотация

Spring Security bu Spring frameworkning asosiy modullaridan biri bo‘lib, u loyihalarni himoyalashning bir nechta usullarini hamda ko‘rinishlarini taqdim etadi. Spring Security framework autentifikatsiya (foydalanuvchini tekshirish) va avtorizatsiya (foydalanuvchining tizimda qanday huquqlari borligini tekshirish) jarayonlarini osonlashtiradi. Spring Securityda murojat qilayotgan foydalanuvchini tekshirish va shu foydalanuvchining murojat qilinayotgan API ruxsati bor yoki yo‘qligini yozish kerak bo‘ladi. Shu yozilgan konfiguratsiyalardan kelib chiqib, Spring Security qaysi API-ni qaysi foydalanuvchilar ishlata olishi mumkin ekanligini biladi. Spring Security asosan veb-ilovalarni himoya qilish uchun keng qo‘llaniladi. Spring Securityning yengilligi shundaki, uni talabdan kelib chiqib dasturchi tamondan xohlagancha o‘zgartirish mumkun. Spring Security frameworki dasturchilarga xavfsizlikni ta’minlashda katta yordam beradi, chunki u kengaytiriladigan va moslashuvchan framework hisoblanadi. U oddiy autentifikatsiyadan tortib, murakkab xavfsizlik talablariga qadar keng qamrovli yechimlarni taqdim etadi [1-2].


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

380

2181-3187

VEB ILOVALARDA SPRING SECURITY ORQALI

AUTENTIFIKATSIYA VA AVTORIZATSIYA JARAYONINI AMALGA

OSHIRISH

Qahorova Sarvinoz Fazliddin qizi

NavDKTU 15-23 MSM guruh

talabasi

Abjalilov Ozodjon Shomurat o’g’li

NavDKTU MSS kafedrasi assistenti

Spring Security bu Spring frameworkning asosiy modullaridan biri bo‘lib, u

loyihalarni himoyalashning bir nechta usullarini hamda ko‘rinishlarini taqdim etadi.

Spring Security framework autentifikatsiya (foydalanuvchini tekshirish) va

avtorizatsiya (foydalanuvchining tizimda qanday huquqlari borligini tekshirish)

jarayonlarini osonlashtiradi. Spring Securityda murojat qilayotgan foydalanuvchini

tekshirish va shu foydalanuvchining murojat qilinayotgan API ruxsati bor yoki

yo‘qligini yozish kerak bo‘ladi. Shu yozilgan konfiguratsiyalardan kelib chiqib, Spring

Security qaysi API-ni qaysi foydalanuvchilar ishlata olishi mumkin ekanligini biladi.

Spring Security asosan veb-ilovalarni himoya qilish uchun keng qo‘llaniladi. Spring

Securityning yengilligi shundaki, uni talabdan kelib chiqib dasturchi tamondan

xohlagancha o‘zgartirish mumkun. Spring Security frameworki dasturchilarga

xavfsizlikni ta’minlashda katta yordam beradi, chunki u kengaytiriladigan va

moslashuvchan framework hisoblanadi. U oddiy autentifikatsiyadan tortib, murakkab

xavfsizlik talablariga qadar keng qamrovli yechimlarni taqdim etadi [1-2].

Autentifikatsiya (Authentication).

Foydalanuvchining identifikatsiya qilish.

Ya’ni murojat qilinayotgan foydlanuvchining login va paroli to‘g‘ri yoki xato

ekanligini tekshirish, uning bloklanmaganligini tekshirish vazifasini bajaradi.

Avtorizatsiya.

Foydalanuvchining tizimdagi huquqlarini tekshirish, Ya’ni

foydalanuvchi murojat qilayotgan API larni ishlatishga ruxsati bor yoki yo‘qligini

tekshirish hisoblanadi. Rollarga asoslangan xavfsizlik (RBAC - Role-Based Access


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

381

2181-3187

Control) va ruxsatlarga asoslangan xavfsizlik (PBAC - Permission-Based Access

Control) [3-4].

Himoya mexanizmlari.

CSS (Cross-Site Scripting), CSRF (Cross-Site Request

Forgery), va boshqa hujumlarga qarshi himoya uchun ishlatiladi. Ya’ni CSS, CSRF va

shu kabi hujumlardan himoyalanish usullari mavjud. HTTPS orqali ulanishni ishlatish

mumkun. Shuningdek SSL sertifikatlarini qo‘llab-quvvatlash [5].

1-rasm. Foydalanuvchining identifikatsiya qilish dasturi

2-rasm. Foydalanuvchining tizimdagi huquqlarini tekshirish dasturi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

382

2181-3187

Integratsiya.

Spring Boot bilan oson integratsiya qilinadi. LDAP, JDBC, va

boshqa ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlari mavjud.

Spring Security ishlash tartibi.

Spring Security loyihaga xavfsizlik filtrlari

zanjiri ko‘rinishida qo‘shiladi. Ushbu filtrlardan har biri ma’lum bir xavfsizlik

funksiyasini bajaradi. Masalan, autentifikatsiya, avtorizatsiya, sessiya boshqaruvi va

boshqalar kiradi. Foydalanuvchi murojat qilganda, uning murojatini ushbu filtrlardan

o‘tkaziladi va har bir filtr o‘zining vazifasini bajaradi [6]. Agar qaysidir filtr zanjiridan

o‘tmasa uning murojati ortga qaytarilib yuboriladi. Barchasidan muvaffaqiyatli o‘tsa,

murojat qilayotgan APIni ishlatish mumkin.

Xulosa.

Spring Security foydalanuvchini aniqlash, ruxsatlarni tekshirish,

sessiyalarni boshqarish, parolni shifrlash, CSRF, CORS, va boshqalarni qo‘llab-

quvvatlaydi.

Spring Boot bilan mukammal integratsiyalashgan bo‘lib, spring-boot-

starter-security orqali tez va oson sozlash mumkin.

Spring Securityni o‘zehtiyojlarga

qarab moslashtirish juda oson.

Spring Security orqali foydalanuvchilarga rollar

(ROLE_ADMIN, ROLE_USER va hokazo) berish va shunga asoslangan resurslarga

kirishni boshqarish oson.

Spring Security JWT (JSON Web Token) bilan xavfsiz REST

API yaratishda keng qo‘llaniladi. OAuth2 va OpenID Connect orqali tashqi tizimlar

(Google, Facebook login) bilan autentifikatsiyani amalga oshirish mumkin.

Spring

Security keng qo‘llaniladi, katta jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va rasmiy

hujjatlari boy sanaladi. Bu esa o‘rganishni va muammolarni yechishni osonlashtiradi.

Spring Security muntazam ravishda yangilanadi va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga

moslab takomillashtiriladi. Bular esa uning asosiy afzalliklaridan sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Madden N. “Api Securtiy in Action” o‘quv qo‘llanma 2020. -576 bet.

2.

Walls C. “

Spring in Action, Sixth Edition” o‘quv qo‘llanma 2020. -520 bet.

3.Spilca L. “Spring Start Here” o‘quv qo‘llanma 2021.-416 bet.

4. Carnell J. “Spring Microservices in Action, Second Edition” o‘quv qo‘llanma

2021.-448 bet.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

383

2181-3187

5. Юсупбеков Н. Р. и др. Ноаниқ мантиқ асосида интеллектуал бошқариш

тизимларини ишлаб чиқиш //Journal of Advances in Engineering Technology. –

2020. – №. 2. – С. 20-25.

6. Махмудов Г. Б., Саидова А. Х., Мохилова Н. Т. Моделирование нечеткой

логики для управления процессом бактериального окисления концентратов в

реакторах с мешалкой //Современные инновации, системы и технологии. – 2022.

– Т. 2. – №. 2. – С. 0201-0214.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)