ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
335
2181-3187
PSIXOLOGIYADA INSON XARAKTERINING OʻZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Tojiboyev Baxodir Toxirjonovich
Fargʻona viloyati Marg‘ilon shahar 26-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTASIYA
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik
xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga
qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan
ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday
shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib
turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan
insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib
bo‘lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning
o‘tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir
Kalit soʻzlar: xarakter,tamgʻa, fiziologiya,shaxs,faoliyat,xususiyatlar
KIRISH
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy
belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining
tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi,
mujassamlanuvchi
uning
barqaror
xususiyatlari
majmuasi xarakter deyiladi.
Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.Xarakter
deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon
bo‘ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual
psixologik xususiyatlari yig‘indisi tushuniladi.
Xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lishi har bir tipik vaziyat, hissiy
kechinmalarning individual o‘ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog‘liq.
Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
336
2181-3187
deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida,
atrofdagi olamga o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual
xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko‘p xususiyatlari odamning ish
harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda
xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo‘ladi. Odam xarakter
xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko‘pincha ob’ektiv sharoitlarga
zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo‘llaydi.
Xarakter xislatlari ma’lum ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga
undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo‘ladilar va bu
xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vazifasidir.
Shaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari
intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda
shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini iqqi xilini
aniqlash imkoniyatiga ega.Shaxs xarakterining xususiyati ro‘yobga chiqadigan har
qanday vaziyat hissiy kechinmalarning o‘ziga xos xislati uning munosabatlariga
bog‘liq.
Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual
usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir. Shaxs harakatlarining sifati va
ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki
psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Xarakterning psixologik
va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi
temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik
asosi asab tizimining tipidan iborat.
Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan,
Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar.
Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz
yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini
topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri
bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
337
2181-3187
buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash
teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni,
echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va
yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi.
Lafaterning fikriga ko’ra, Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning,
"burni dalolat beradiki, u Gyote pozisiyasining "mahsuldorligini, mazmuni va
muhabbatini - qayd etadi".Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan
yangi xarakteriologik ta'limot frenologiya degan nom oldi. Frenologiya nemis vrachi
Frans Gallning nomi bilan boqlangandir. Gallv ta'limotining asosida xarakterning
barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o’zlarining qat'iy ixtisoslashgan
markazlarga ega degan tasdiq yotadi. Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning
tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra,
bosh suyaklari miyaning qavariq va chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun
ham, uning ruhiy belgilarini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar
tashlash yoki shunchaki boshning "Bo’rtik joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli
bo’lsa kerak.
Bu ta'limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs xususiyatlariga
bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi nihoyat darajada
noto’g’ridir.Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo
bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik
qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar).
Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-
biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan
bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan
belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech
bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib
tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri
bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
338
2181-3187
taraqqiy qilib, o’zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki
va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, uning asosiy
belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining
tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi,
mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning
jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi. Xarakter
deganda
mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan,
shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik
xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo’lishi har
bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o’ziga xos xususiyati shaxs
munosabatlariga bog’liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini
ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta'sirida tarkib topgan va
uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida
namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p
xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik
hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi
namoyon bo’ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli
ko’pincha ob'ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat
usullarini qo’llaydi.Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning
irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual
xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan tirishqoqlik,
puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa
omillarga: diqqatning to’planishiga; harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga;
irodaviy zo’r berishga; usullar mahsuldorligiga; aqlning ishtirokiga bog’liq
xisoblanadi. Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy
fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu
sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–6_ июня –2025
339
2181-3187
XULOSA
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat
emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter
xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis qilish
imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo’lsa, uning
dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, mo’min,
yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi ko’nglimizga keladi. Har bir
kishi ma'lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun o’zi javobgardir
o’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko’zda tutmog’i lozim.
O’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini yo’qotishga boshlaydi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М;
«Просвещение» 1986г
2.
Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
3.
Джемс В. Психология.- М., 1991
4.
Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища
школа, 1989. 6. G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y
5.
Internet materiallari