Авторы

  • NORQUVATOVA MA‘MURA BO‘RON QIZI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.109504

Аннотация

Mazkur maqolada Elastik kuchi, Guk qonunilarining umumta’lim maktablarida o‘qitish metodikasi yoritilgan. Muallif Guk qonunining mohiyatini o‘quvchilarga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazish usullarini ko‘rib chiqadi. Dars jarayonida interaktiv usulardan, laboratoriya ishlari va hayotiy misollardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mavzuni tushuntirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni ham asoslab berilgan. Ushbu maqola fizika o‘qituvchilari va metodistlar uchun amaliy ahamiyatga ega.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

324

2181-3187

“ELASTIKLIK KUCHI. GUK QONUNI‘‘ MAVZUSINI O‘QITISH

METODIKASI

NORQUVATOVA MA‘MURA BO‘RON QIZI

Termiz davlat universiteti Fizika 1-kurs talabasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada

Elastik kuchi, Guk qonunilarining umumta’lim maktablarida

o‘qitish metodikasi yoritilgan. Muallif Guk qonunining mohiyatini o‘quvchilarga

tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazish usullarini ko‘rib chiqadi. Dars jarayonida

interaktiv usulardan, laboratoriya ishlari va hayotiy misollardan foydalanishning

samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mavzuni tushuntirishda zamonaviy

pedagogik texnologiyalarning o‘rni ham asoslab berilgan. Ushbu maqola fizika

o‘qituvchilari va metodistlar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so’zlar:

elastiklik kuchi, Guk qonuni, dinamometr, og‘irliklar, tajriba

qurilmalari.

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish

jarayonida

“Elastiklik kuchi. Guk qonuni”

mavzusini samarali o‘rgatish metodikasi

yoritilgan. Mavzuning mazmun-mohiyati, uning fizika kursidagi o‘rni va

o‘quvchilarning tushunish darajasiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilgan. Maqolada

Guk qonunining nazariy asoslari, uning amaliy ahamiyati va o‘quvchilarda mavzuga

nisbatan qiziqishni

oshirish uchun

qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik

texnologiyalar, interaktiv usullar va tajribaviy mashg‘ulotlar tavsiflangan. Shuningdek,

dars samaradorligini oshirish uchun ilg‘or tajribalardan, innovatsion yondashuvlardan

foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqola fizika o‘qituvchilari, metodistlar va

pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali uslubiy manba bo‘lib

xizmat qiladi.

Darsni maqsad:

Ta’limiy maqsad:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

325

2181-3187

O‘quvchilarda elastiklik kuchi, guk qonuninining mohiyatini anglash

ko‘nikmasini shakllantirish. Har bir qonunni formulalar orqali ifodalashni va ularni

masalalarda qo‘llashni o‘rgatish.Deformatsiya, elastik deformatsiya, plastik

deformatsiya, jismning elastikligi, elastiklik kuchi, o‘zaro ta’sir tushunchalarini

izohlash va bog‘lash. Harakat qonunlari asosida oddiy fizik masalalarni yechishni

amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda mantiqiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish.

Fizikaviy bilimga asoslangan holatlarda xulosalar chiqara olish odatini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:

O‘quvchilarning kuzatish va tajriba ko‘nikmalarini

rivojlantirish. Nazariy bilimlarni hayotga tatbiq qila olish malakasini shakllantirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini ravon, ilmiy asosda bayon eta olish.

Guruhda ishlash, tajriba natijalarini muhokama qilish va jamoviy xulosaga kelish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Fizika darsliklarida yoki internet

resurslarida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va undan foydalanish. Olingan

ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish, tajriba natijalarini yozma va og‘zaki ifodalash.

O‘zini – o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

O‘quvchining o‘z ta’lim

jarayoniga ma’suliyat bilan yondashishi, bilimni mustaqil egallashga intilishi.

Elastiklik kuchi, Guk qonunlari bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni o‘rganish va

masalalar bilan ishlash. Vaqtdan oqilona foydalanish, uy vazifasini ma’suliyat bilan

bajarish orqali o‘z – o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi:

Yangi bilim beruvchi.

Dars metodlari:

Tushuntirish, suhbat, masalalar yechish va tajriba o‘tkazish.

Fanlararo aloqadorligi:

Matematika (hisob-kitoblar va algebraik formulalar),

biologiya (inson harakati va mushaklar reaksiyasi), geografiya (Yer tortish kuchi),

texnologiya (mexanizmlar harakati), informatika (vizual dasturlar va simulyatsiyalar)

fanlari bilan uzviy bog‘liq.

Dars jihozlari:

Fizika darsligi, dinamometr, og‘irliklar, tajriba qurilmalari,

masala to‘plamlari va laboratoriya yo‘riqnomalari.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

326

2181-3187

Tayanch so‘zlar: Deformatsiya, deformatsiya turlari, nisbiy deformatsiya,

absolyut deformatsiya, Guk qonunlari, elastiklik kuchi, mexanik kuchlanish,

bikrlik, Yung moduli, potensial energiya.

Dars rejasi: (Izoh: O‘qituvchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatidan kelib

chiqqan holda darsni tashkil qilish bosqichlariga va vaqtiga o‘zgartirish kiritish

mumkin)

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

5 minut

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 minut

3

Kirish suhbati

5 minut

4

Yangi mavzuni o‘rganish

20 minut

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 minut

6

Uyga vazifalar

5 minut

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Darsni boshlashdan avval o‘quvchilarning deformatsiya,

Guk qonuni, elastiklik kuchi, bikrlik, potensial energiya va ular bilan bog‘liq

hodisalar haqida fikr almashiniladi.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘tilgan dars materiallarini o‘quvchilar

tomonidan o‘zlashtirilganliklarini va bilimlarini tekshirish, hamda faollashtirish

maqsadida quyidagi blits savollar beriladi:

1. Inersiya deb nimaga aytiladi ?

2. Nyutonning ikkinchi qonuni qanday tarislanadi ?

3. Tezlanish va kuch o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday ?

4. Jismga ta’sir qilayotgan kuch 0 bo‘lsa u qanday harakatlanadi ?

5. Nyutonning uchinchi qonuni qanday ta’riflanadi ?

6. Nyuton kuch deganda nimani tushunasiz ?

Yangi mavzuning bayoni:

O‘quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishdan avval

“Agar biz turli xil materialdan (masalan: rezina, po‘lat, yog‘och) yasalgan bir xil shakl


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

327

2181-3187

va o‘lchamlardagi prujinalarni olib, ularga bir xil miqdorda kuch qo‘llasak, ularning

cho‘zilish darajasi qanday farq qiladi va bu farqning sabablari nimada? “ degan savol

bilan “Bahsli vaziyat” hosil qilinadi.

Mavzu: Elastik kuchi. Guk qonuni

Reja:

1.

Deformatsiya

2.

Elastiklik kuchi

3.

Guk qonuni

Deformatsiya

Tashqi kuch ta’sirida qattiq jismning shakli yoki hajmi o‘zgarishi

deformatsiya ( lotincha: deformation - buzilish ) deb ataladi. Deformatsiya

vujudga keltiradigan kuchning ta’siri yo‘qolgach, qattiq jism o‘zining avvalgi

shakli va hajmini tiklasa, elastik deformatsiya sodir bo‘ladi. Aks holda, ya’ni

tashqi kuchning ta’siri to‘xtatilganda ham jism o‘zining dastlabki shakli va

hajmini tiklay olmasa, plastik ( qoldiq ) deformatsiya amalga oshgan bo‘ladi.

Elastiklik kuchi

Elastiklik kuchi fizikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, ko‘plab

hodisalarni tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada biz elastiklik

kuchining mohiyatini, uning asosiy xususiyatlarini, asosiy qonunlarini va amaliy

qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz.

Elastiklik – jismga ta’sir etuvchi kuchlar olinganda uning avvalgi

geometrik o‘lchamlarini tiklash xususiyati.

Jismlarning elastiklikgi ularni tashkil

qiladigan atomlar (molekulalar) ning taʼsir kuchlari (ichki

kuchlar) mahsulidir.

Elastiklik kuchining ta’rifi va mohiyati

Elastiklik kuchi jismning deformatsiyalanishi va tashqi kuchlarning ta’siri

to‘xtatilgandan so’ng asl shakliga qaytganda paydo bo‘ladi. Materiallarning elastiklik

deb ataladigan bu xususiyati ularning mexanik kuchlarga ta’sirida namoyon bo’ladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

328

2181-3187

1-rasm. Elastiklik kuchi va uning yo’nalishi

Bu kuchlar deformatsiyaga sababchi ta’sir to‘xtatilgach, jismning

boshlang‘ich shakli va o‘lchamlarini tiklashni ta’minlaydi.

Guk qonuni

1.Elastiklik

kuchining

kattaligi

abdolyut

deformatsiyaga

to

g‘ri

proporsional;

2.Deformatsiyalar kichik (elastik tabiatiga ega) bo‘lgan holda mexanik

kuchlanish nisbiy deformatsiya qiymatiga to‘g‘ri proporsional.

Guk qonuni – qattiq jismning elastik deformatsiyasi bilan shu jismga

qo‘yilgan mexanik kuchlanish orasidagi chiziqli munosabatni ifodalaydigan

qonun. Robert Guk kashf qilgan (1660). Kuchlanish ta’sirida jism cho‘zilishi yoki

siqilishi mumkin.

Guk qonunining formulalari:

𝐹

𝑒𝑙

= −𝑘∆𝑥

𝐹

𝑒𝑙

= −𝑘∆𝑙

∆𝑙 =

𝐹

𝑒𝑙

∙𝑙

𝑜

𝐸𝑆

Bu yerda:

𝐹

𝑒𝑙

Elastiklik kuchi

𝑘

– Bikrlik

∆𝑥

– Sterjenning boshlang‘ich va oxirgi nuqtasi (

∆𝑥 = ∆𝑙

)

𝑆

– Sterjenning ko‘ndalang kesim yuzasi

𝐸

– Sterjen materiali va temperaturaga bog‘liq bo‘lgan kattalik (Yung

moduli)

𝑙

𝑜

– Sterjenning boshlang‘ich uzunligi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

329

2181-3187

Nisbiy deformatsiya birga teng bo‘lgandagi mexanik kuchlanishga miqdor

jihatdan teng bo‘lgan kattalikka Yung moduli yoki elastiklik moduli deyiladi. U

lotin

E

harfi bilan belgilanadi va birligi Paskal E=

[1Pa]

Bikrlik – prujina yoki sterjenning elastik xususiyatini xarakterlovchi

skalyar kattalik bo‘lib, prujina yoki sterjenni uzunlik birligiga siqish yoki

cho‘zish uchun kerak bo‘ladigan kuchga son jihatdan teng va birligi k=

[1

N

m

] =

[1

kg

s

2

]

Shu o‘rinda mavzuga oid biror tajriba qilib korsatish mumkin.

Yangi mavzuni mustahkamlash: O‘quvchilar bilan quyidagi savollar

asosida savol-javob o‘tkzaziladi:

1.

Elastiklik kuchi nima ?

2.

Deformatsiya deb nimaga aytiladi ?

3.

Deformatsiyaning turlari haqida ma’lumot bering ?

4.

Guk qonuniga ta’rif bering ?

5.

Yung moduli haqida ma’lumot bering ?

6.

Bikrlik deb nimaga teng ?

“ Elastiklik kuchi, Guk qonuni” mavzusini o‘qitishda “Muammoli vaziyat”

metodini qo‘llash

Yangi o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida o‘quvchilarga

muammoli topshiriqlar asosida sahna namoyishlari o‘tkazishlari topshiriladi.

(Muammoli topshiriqlar beriladi. Guruhlar taqdim qilingan topshiriqlarni

tanlaydilar. Tanlangan topshiriqlarga namoyish o‘tkazadilar, hamda javoblarni

izohlaydilar)

Guruhlarning yondashuvlari umumlashtirib yakuniy xulosa chiqariladi.

O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilarning darsga qatnashishlariga va

topshiriqlarni bajarishlariga qarab baholanadilar.

Uy vazifalari.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–6_ июня –2025

330

2181-3187

1.

Uy sharoitida elastiklik kuchida kichik tajriba ishini bajarish

2.

Mavzu oxirida keltirilgan savol va topshiriqlarga javob berish

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ma’lumotlarni qabul qilishida, elastiklik kuchi

va Guk qonuni mexanikada jismlarning deformatsiyaga javob reaksiyasini tushunishda

muhim ahamiyatga ega. Guk qonunidan shuni ko’ramizki jismlar kichik

deformatsiyalarda tashqi ta’siriga nisbatan chiziqli tarzda javob beradi. Guk qonuni

yordamida turli mexanik jismlarni tuzish, ularga yuklama tushganda vujudga keladigan

kuchlarni hisoblash imkoniyati yaratiladi. Umumiy holatda, bu qonun tabiiy

jarayonlarni modellashtirishda va amaliy muommolarga yechim topishda keng

foydalaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Kiryushkin M.I., Rodionova N.A. "Umumiy fizika kursi: Mexanika"

.

– Toshkent:

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2005.

2. Ismoilov S.A., Usmonov S.A. "Fizika. Akademik litsey va kollejlar uchun darslik".

– Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti, 2014.

3. Raximov F.A., Jumaniyozov H.K.

"Mexanika bo‘yicha laboratoriya

mashg‘ulotlari". – Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.

4. Halikulov T.U., Toshboyev M.X. "O‘rta maktab fizikasini o‘qitish metodikasi". –

Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti, 2011.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)