ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
339
2181-
3187
QASHQADARYO SHAHAR MANZILGOHLARI RIVOJLANISHIDA
TRANSPORT YO’LLARINING TA’SIRI
Abdishukurova M.A. –
Qarshi davlat universiteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati shahar manzilgohlari
rivojlanishida transport yo’llarining ahamiyati tahlil qilingan. Transport
kommunikatsiyalari shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishida muhim rol
o’ynash bilan bir vaqtda shaharlar taraqqiyotini boshqarishning asosiy dastaklaridan
biri ekanligi ham keltirib o’tilgan.
Kalit so‘zlar: Qashqadaryo viloyati, transport, urbanizatsiya, Shahrisabz,
infratuzilma, hududiy rivojlanish, mineral resurs, xom-ashyo.
The influence of transport routes on the development of urban settlements
in Kashkadarya
Abstract: This article analyzes the importance of transport routes in the
development of urban settlements in the Kashkadarya region. It is also noted that
transport communications play an important role in the emergence and development
of cities, as well as being one of the main levers for managing urban development.
Key words: Kashkadarya region, transport, urbanization, Shahrisabz,
infrastructure, regional development, mineral resources, raw materials.
Transport kommunikatsiyalari shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishida
muhim rol o’ynash bilan bir vaqtda shaharlar taraqqiyotini boshqarishning asosiy
dastaklaridan biri hisoblanadi. N.N.Baranskiy aytganidek, shaharlar va yo’llar har bir
hududning o’ziga xos ,,qovurg’asi” , iqtisodiy geografiyasining o’zagi va asosi
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda , Qashqadaryo ham urbanistik hudud
, yo’l va yo’laklar shakllangan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
340
2181-
3187
Qashqadaryo transport tizimining o’ziga xos tomoni yirik avtomobil va temir
yo’llarining bir-biriga parallel ravishda o’tkazilganligi bo’lib, viloyatning asosiy
shaharlari aynan shu yo’llar yoqasida shakllangan. Bugungi kunda mintaqa shaharlar
manzilgohlarining hududiy qiyofasini beshta avtomobil yo’llari belgilab beradi.
Shundan asosiy ahamiyatga ega bo’lgan, Toshkent- Termiz Katta O’zbek trakti va
Buxoro –Qarshi yo’nalishlari viloyatning asosiy transport tizimi hisoblanadi. Qadimda
Buyuk Ipak yo’li o’tganligi sababli ham, viloyatning Shahrisabz, Kitob, G’uzor singari
ko’xna shaharlari aynan mazkur yo’l bo’yida bunyod bo’lgan va asrlar davomida
rivojlanib kelgan.
Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan Buxoro – Qarshi avtomobil yo’llari
bo’ylab esa viloyat shaharlarining atigi 11,4 foizi , shahar aholisining esa 30 foizidan
ortig’i joylashgan . Albatta , bunda transport markazi bo’lgan Qarshi shahri aholisining
mazkur yo’nalishga qo’shib hisoblanganligi shahar aholisining keskin ortishiga sabab
bo’lgan. Bunda avvalo qo’riq yerlarda yangi avtomobil yo’llarini qurish va transport
infrastrukturasini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Shu maqsadda viloyat miqyosidagi
Tolimarjon – Qarshi va ko’plab mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo’llari qurildi.
Hozirgi vaqtda mintaqaning Beshkent, Yangi- Nishon va Tolimarjon shaharlari
mazkur hududda joylashgan.
Mustaqillik yillarida Toshg’uzor –Boysun- Qumqo’rg’on temir yo’lining
qurilishi va ushbu yo’l negizida ko’plab yangi transport infratuzilmasi tarmoqlarining
tarkib topayotganligi , Dehqonobod va shunga o’xshash shaharchalarning har
tomonlama rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga bu yo’l
o’tmishda foydalanilmay kelayotgan Hisor tog’ining mineral-xom ashyo resurslarini
o’zlashtirish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etilishida muhim o’rin
tutadi. Transport yo’llari o’zaro tutashib, yangi shaharchalarning vujudga kelishiga ,
shuningdek , ijtimoiy infratuzilma sifatida shaharlarning kengayishiga zamin
hozirlaydi. Binobarin , shaharlar rivojlanishini tartibga solishda transport
kommunikatsiyalaridan keng foydalanish talab etiladi. Qashqadaryo viloyatida hozirgi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
341
2181-
3187
transport tizimida avtomobil yo’llari yetarli darajada shakllangan bo’lib, galdagi vazifa
mavjud yo’llarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va yo’lbo’yi ijtimoiy
infratuzilma shaxobchalarini yanada rivojlantirish hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, viloyatning asosiy shaharlari temir yo’l
tarmoqlari bilan yaxshi ta’minlangan. Temir yo’llar hudud tabiiy resurs salohiyatidan
samarali foydalanishda , yirik sanoat obyektlarining qurilishida, aholining yangi ish
o’rinlari bilan ta’minlashda, pirovardida shaharlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida
, yangi o’sish qutb va markazlarining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Shu sababli
kelajakda viloyat temir yo’llarini elektrlashtirish va yangi temir yo’l transport
vositalarini amaliyotga tadbiq qilib borish , yo’l bo’yi iqtisodiyoti va infratuzilmani
rivojlantirish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga Qashqadaryo doirasida ayrim ichki
ahamiyatga ega temir yo’llarni qurish ham viloyat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Qashqadaryo viloyati miqyosida Ayritom- Chiroqchi – Yakkabog’ temir yo’l
liniyasi qurilishini taklif qilish mumkin.Yani bunda birinchi navbatda Chiroqchi va
unga yaqin yangi shaharchalar temir yo’l infratuzilmasi bilan ta’minlanadi, Chiroqchi
dashtining neft-gaz va boshqa tabiiy mineral resurslaridan yanada intensiv foydalanish
imkoniyatlari oshadi. Shuningdek, mintaqaning Kitob, Shahrisabz, Yakkabog’,
Qamashi shaharlarini respublikaning shimoli-sharqiy viloyatlari bilan bog’lovchi
hozirgi yo’lga nisbatan masofa 120-150 km.ga qisqaradi va tashilayotgan mahsulotlar
tannarxining pasayishiga sezilarli ta’sir etadi. Bu holat ayniqsa Kitob- Shahrisabz
botig’i tumanlarining kelajakda asosan tashish noqulay bo’lgan transportable yuklar-
qurilishi, meva – konserva , yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashib borishi bilan yanada ahamiyati ortadi.
Shuningdek, Kogon shahridan Koson shahrigacha bo’lgan hududda olib
borilayotgan geologik qidiruv ishlari natijasida ko’plab yangi neft va gaz konlari
aniqlangan. Kelajakda ana shu konlar bazasida yangi resurs shaharchalarning
shakllanishi va mavjud shahar joylar tizimi natijasida Buxoro-Qumqo’rg’on urbanistik
koridorining mazkur qismida ham shaharlar to’ri rivojlanib boradi. Qashqadaryo
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
342
2181-
3187
viloyatida hozirgi transport yetarli darajada shakllangan bo’lib, galdagi vazifa mavjud
yo’llarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va yo’lbo’yi ijtimoiy
infratuzilma shaxobchalarini yanada rivojlantirish hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O’zbekiston, 1998.- 686 b.
2.
Abdullayev O. Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. – T.: Yangi asr avlodi,
2009. – 282 b.
3.
Qurbonov P.R. Janubiy O’zbekistonda urbnizatsiya jarayonlari. Monografiya.-
T.: “Mumtoz so’z”, 2019.
4.
Abdiholiqova G.A. Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya jarayonlari
rivojlanishining iqtisodiy geografik jihatlari. Magistrlik dissertatsiya. 2022.
5.
6.