Авторы

  • Saydullayeva Iroda Olimjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.120981

Ключевые слова:

O‘zbekiston AQSh Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat iqtisodiy hamkorlik siyosiy munosabatlar EPCA Global Gateway GSP investitsiya strategik sheriklik diplomatik aloqalar.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonning AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan 
iqtisodiy va siyosiy aloqalari tarixiy jarayonlar va zamonaviy hamkorlik kontekstida 
tahlil qilinadi. AQSh bilan aloqalarning mustaqillikdan keyingi rivoji, strategik 
sheriklikka oid kelishuvlar, shuningdek Andijon voqealaridan keyingi inqiroz holatlari 
yoritiladi. Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar esa Sheriklik va hamkorlik bitimlari 
asosida kengaygani, EPCA bitimi va Global Gateway tashabbusi kabi dolzarb loyihalar 
orqali chuqurlashayotgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, ikki tomonlama iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar, xorijiy investitsiyalar, GSP+ tizimi orqali eksport imkoniyatlari, 
mavjud muammolar va istiqbollar chuqur tahlil etilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

284

2181-

3187

O‘ZBEKISTONNING AQSH VA YEVROPA DAVLATLARI BILAN

IQTISODIY – SIYOSIY ALOQALARI.

Saydullayeva Iroda Olimjon qizi

Toshkent Amaliy fanlar unversiteti

Tarix va filalogiya fakulteti

Tarix yo‘nalishi 3-talabasi.

Аnnonatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonning AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan

iqtisodiy va siyosiy aloqalari tarixiy jarayonlar va zamonaviy hamkorlik kontekstida

tahlil qilinadi. AQSh bilan aloqalarning mustaqillikdan keyingi rivoji, strategik

sheriklikka oid kelishuvlar, shuningdek Andijon voqealaridan keyingi inqiroz holatlari

yoritiladi. Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar esa Sheriklik va hamkorlik bitimlari

asosida kengaygani, EPCA bitimi va Global Gateway tashabbusi kabi dolzarb loyihalar

orqali chuqurlashayotgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, ikki tomonlama iqtisodiy

ko‘rsatkichlar, xorijiy investitsiyalar, GSP+ tizimi orqali eksport imkoniyatlari,

mavjud muammolar va istiqbollar chuqur tahlil etilgan.

Ka’lit so’zlari:

O‘zbekiston, AQSh, Yevropa Ittifoqi, tashqi siyosat,

iqtisodiy hamkorlik, siyosiy munosabatlar, EPCA, Global Gateway, GSP+,

investitsiya, strategik sheriklik, diplomatik aloqalar.

Abstract.

This article analyzes Uzbekistan's economic and political relations with

the United States and the European Union in the context of historical processes and

modern cooperation. The development of relations with the United States after

independence, strategic partnership agreements, as well as the crisis situations after the

Andijan events are covered. It is shown that relations with the European Union have

expanded on the basis of Partnership and Cooperation Agreements and are deepening

through current projects such as the EPCA agreement and the Global Gateway

initiative. Also, bilateral economic indicators, foreign investments, export

opportunities through the GSP+ system, existing problems and prospects are analyzed

in depth.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

285

2181-

3187

Keywords:

Uzbekistan, United States, European Union, foreign policy, economic

cooperation, political relations, EPCA, Global Gateway, GSP+, investment, strategic

partnership, diplomatic relations.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, tashqi siyosatini ko‘p vektorli,

pragmatik va muvozanatli asosda yuritishga intila boshladi. Shu jarayonda AQSh va

Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish, xalqaro maydonda o‘z

manfaatlarini ilgari surish va global iqtisodiy tizimga integratsiyalashish asosiy

maqsadlarga aylandi. O‘zbekistonning yangi tashqi siyosiy kursi – “ochiq eshiklar”

siyosati – bu borada muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada

O‘zbekiston va AQSh hamda Yevropa davlatlari o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy

hamkorlik aniq faktlar va dolzarb manbalar asosida tahlil qilinadi.O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV - O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy

mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar

(qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini

yanada

takomillashtirish

bo‘yicha

chora-tadbirlar

to‘g‘risidagi

qaroriga

ko’ra:”O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish,

xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlar va

xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, xorijiy mamlakatlardan turistik oqimni jalb

qilish, respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida

davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining

idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlik tizimini samarali tashkil etish, shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik

bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning

(keyingi o‘rinlarda — hukumatlararo komissiyalar) O‘zbekistonga oid qismlari

faoliyati samaradorligini oshirish maqsadi qilib qo’yildi”.O‘zbekiston Respublikasi

mustaqillikka erishgach, xalqaro siyosiy sahnada o‘zining mustaqil va muvozanatli

tashqi siyosatini shakllantirishni boshladi. Bu siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

286

2181-

3187

– AQSh va Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni

rivojlantirishdir. 1992-yilda AQSh va YI bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan

buyon bu munosabatlar turli bosqichlarni bosib o‘tdi.

2001-yildagi global xavfsizlik muammolari, Afg‘oniston inqirozi va mintaqaviy

xavfsizlik masalalari O‘zbekiston–AQSh aloqalariga yangi tus berdi. Shu paytda

Termizdagi K2 harbiy bazasining AQSh kuchlariga topshirilishi real strategik

hamkorlik misolidir. YI bilan esa 1996-yilda imzolangan Sheriklik va hamkorlik bitimi

(PCA), 2022-yilda imzolangan Keng qamrovli sheriklik va hamkorlik bitimi (EPCA)

institutsional asoslarni mustahkamladi.

2002-Ushbu maqolada O‘zbekiston va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi siyosiy va

iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, hozirgi holati va istiqbollari ilmiy manbalar

asosida tahlil qilinadi.

Asosiy Qism

O‘zbekiston bilan Amerika Qo'shma Shtatlari o ‘rtasida davlatlararo aloqalar

mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo'lga qo'yildi. 1992— yil 15-16-fevral kunlari

AQSH davlat kotibi Jeyms Beyker O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi vaikki davlat

o'rtasidadiplomatik aloqalar o'rnatildi.1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo'lib

AQSHning elchixonasi ochildi. 1993— yil 14-sentabrda AQSH davlat

departamentining maxsus topshiriqlar bo'yicha elchisi Strob Talbot O'zbekistonda

bo'ldi va O'zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi.

O'zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1996— yil 23-28-iyun kunlarida AQSHda

bo'lishi O'zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog'onaga ko'tardi.

O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni yo'lga qo'yish va tobora

chuqurlashtirish orqali alohida o'rin tutadi. 1996— yil 21-iyunda Florensiya shahrida

imzolangan

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik

to'g'risidagi bitim», lining 1999-yil 1-iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro munosabatlarining huquqiy negiziga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

287

2181-

3187

aylandi.O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida aloqalarning yo'lga qo'yilishi

mamlakatimizning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga ko'tardi.

Siyosiy hamkorlik: tarixiy bosqichlar va bugungi kun.

AQSh bilan siyosiy munosabatlar.

1992-yil 25-fevralda O‘zbekiston va AQSh

o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Keyingi yillarda munosabatlar turli

bosqichlarni bosib o‘tdi. 2018-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga

rasmiy tashrifi chog‘ida “Strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarildi. Bu tashrif doirasida

4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq savdo-investitsiya bitimlari imzolangan.

Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy munosabatlar

.YI bilan diplomatik aloqalar

1996-yildagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim orqali boshlangan. 2019-yildan

boshlab YI bilan yangi hujjat – Keng qamrovli sheriklik va hamkorlik bitimi ustida

muzokaralar boshlangan va 2022-yilga kelib bu jarayon yakunlanmoqda.

Iqtisodiy hamkorlik: raqamlar, loyihalar va tarmoqlar

AQSh bilan iqtisodiy hamkorlik.

2023-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston–AQSh

o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 682 million dollarni tashkil etdi. AQSh

kompaniyalari – John Deere, GM Powertrain, Honeywell va boshqalar –

O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda. USAID orqali 100 million dollarlik dasturlar

amalga oshirilmoqda.

AQSh kompaniyalari, xususan:John Deere – qishloq xo‘jaligi texnikasi

bo‘yicha,General Motors Powertrain Uzbekistan – avtomobil dvigatellari ishlab

chiqarishda,Silverleaf Capital va Honeywell – infratuzilma loyihalarida faol ishtirok

etmoqda.

Bundan tashqari, AQShning USAID agentligi orqali 2021–2025 yillarga

mo‘ljallangan 100 million dollarlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga oid loyihalar

amalga oshirilmoqda.

Yevropa Ittifoqi va davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik. YI O‘zbekistonning

2023-yildagi eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, o‘zaro savdo hajmi 3,6 milliard

yevrodan oshdi. Shu yili O‘zbekiston 2021-yildan beri GSP+ (Generalized System of


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

288

2181-

3187

Preferences Plus) tizimi doirasida YI bozoriga 6,200 dan ortiq tovar turini boj

imtiyozlari bilan eksport qilish huquqini oldi.

Yevropa investitsiyaviy loyihalari orasida quyidagilar alohida ahamiyatga

ega:Germaniya: Siemens Energy kompaniyasi bilan 2023-yilda 1,2 milliard yevrolik

shamol elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi.Fransiya:

TotalEnergies kompaniyasi Surxondaryo viloyatida quyosh energetikasi loyihasini

yo‘lga qo‘ymoqda.Italiya: O‘zbekiston charm sanoati uchun texnologik uskunalar

yetkazib beradi.

`

Muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar

Garchi iqtisodiy-siyosiy aloqalar sezilarli darajada rivojlanayotgan bo‘lsa-da,

quyidagi muammolar mavjud:

Transport va logistika – Yevropa bozorlariga chiqishda O‘zbekiston dengiz

yo‘liga ega emasligi, tranzit davlatlarga qaramlikni kuchaytiradi.

Moliyaviy muvofiqlashtirish – Xalqaro moliya institutlari (IMF, EBRD) bilan

to‘liq integratsiyalashuv hali ham to‘liq amalga oshmagan.

Siyosiy shaffoflik va huquqiy kafolatlar – Investitsion muhit barqarorligiga doir

xavotirlar Yevropa investorlarini ehtiyotkorlikka undaydi.

Biroq, 2023–2026 yillar uchun mo‘ljallangan Tashqi siyosat konsepsiyasida

aynan YI va AQSh bilan aloqalarni chuqurlashtirish, xalqaro investitsiyalar hajmini

1,5 barobarga oshirish, “yashil iqtisodiyot” sohasidagi hamkorlikni kengaytirish

belgilangan.

Yevropa Ittifoqi va davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik.

2023-yilda

O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi savdo hajmi 3,6 milliard yevrodan oshdi. O‘zbekiston

YIning GSP+ tizimi doirasida 6200 dan ortiq tovarlarni imtiyozli eksport qilish

imkoniyatiga ega. Germaniya, Fransiya va Italiya bilan energetika, infratuzilma va

qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Bosh Assambleyasining oliy minbarida ilgari surgan global va mintaqaviy

tashabbuslari dunyo hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinganligi va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

289

2181-

3187

qo‘llabquvvatlangani fikrimizning isbotidir. Xalqaro ekspertlar ta’biri bilan aytganda,

O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar doirasida mazmunli

muzokaralar o‘tkazish uchun doimiy maydoncha va platformalar taqdim etishi orqali

xalqaro diplomatiyalar markaziga aylanmoqda.

Bu borada Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishelning mamlakatimizning

tashqi aloqalardagi roli haqida quyidagi fikrlari Yevropa Ittifoqining ham O‘zbekiston

bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilayotganidan dalolat beradi. “Biz

O‘zbekistonning

Markaziy Osiyoda barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini yuqori

baholaymiz. O‘zaro bog‘liqlikni muhim deb hisoblaymiz va kelgusida muntazam

ravishda uchrashib, “yashil” iqtisodiyot va barqarorlik masalalarini birgalikda

muhokama qilishni rejalashtirganmiz”. Shuningdek, BMT ilmiy tadqiqot instituti va

Yevropa universitetining xalqaro munosabatlarni rivojlantirish dasturi direktori Xorxe

Mestre: “Bugun O‘zbekiston amalga oshirayotgan islohotlar tufayli izchil o‘zgarib

borayotganini ko‘rib turibmiz.

U qo‘shnilar o‘rtasidagi ko‘priklarni tikladi, Markaziy Osiyodagi yetakchilik

mavqeini mustahkamladi, mintaqaning barcha davlatlarini siyosiy va savdo-iqtisodiy

jihatdan yaqinlashtirish tashabbusini ilgari surmoqda”,- deya ta’kidlaydi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro

munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar

amalga oshirildi. O'zbekiston o'zining tinchliksevar, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro

foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon

hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, uning mavqeyi yildan- yilga

mustahkamlanib bormoqda.

O‘zbekistonning AQSh va Yevropa davlatlari bilan hamkorligi bugungi kunda

nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy barqarorlik va xalqaro imijni shakllantirishda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

290

2181-

3187

muhim vositaga aylanmoqda. Aniq statistik ko‘rsatkichlar va yirik investitsion

loyihalar bu hamkorlikning chuqurlashib borayotganini tasdiqlaydi. Kelgusida

O‘zbekistonning transport, raqamli iqtisodiyot, ekologiya va huquqiy muhitni

mustahkamlash borasidagi islohotlari bu aloqalarni yanada barqaror va strategik

darajaga olib chiqishi mumkin.

А. Аsqarovga koʼra, yurtimizda xalq diplomatiyasining taraqqiyot bosqichlari

azaldan mavjud boʼlgan va ushbu faoliyat хalqlar o’rtasida aloqalarni rivojlantirishda

muhim siyosiy,ijtimoiy va iqtisodiy manfaat keltirib kelgan.

O‘zbekistonning AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari strategik darajaga

chiqib bormoqda. Bugungi kunda bu hamkorlik siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, ta'lim va

madaniyat sohalarini qamrab olgan. Yevropa Ittifoqi bilan imzolangan EPCA bitimi,

Global Gateway strategiyasi doirasidagi loyihalar, shuningdek AQSh bilan bo‘lgan

strategik muloqot va investitsion forumlar bu yo‘nalishdagi amaliy natijalar sifatida

ko‘riladi.

O‘zbekiston hukumati YI va AQSh bilan energetika, yashil iqtisodiyot, raqamli

texnologiyalar va inson kapitali rivoji yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirishga

intilmoqda. Kelgusida demokratik institutlarni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi

kurash, hamda iqtisodiy islohotlarni davom ettirish orqali G‘arb davlatlari bilan

barqaror va chuqur hamkorlik uchun yangi zamin yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4331-son qaroriga 1-ILOVA.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti – www.mfa.uz.

3.

EEAS – European External Action Service, EU–Uzbekistan Partnership Report,

2023.

4.

U.S. Department of State, Bilateral Relations Fact Sheet: Uzbekistan, 2023.

5.

Uzbekistan State Committee on Statistics, Foreign Trade Data 2023.

6.

OECD Uzbekistan Country Report 2024.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

291

2181-

3187

7.

USAID Central Asia Programs Overview 2022–2025.

8.

Siemens Energy press release, Berlin, 2023.

9.

UNCTAD World Investment Report 2023.

10.

Akbarzadeh, Shahram. (2023). Uzbekistan and the Great Powers: From

Geopolitics to Engagement. Routledge.

11.

Асқаров А. Халқ дипломатияси: тарих, бугун ва келажак. ―Янги

ўзбекистон‖ газетаси. 2020 йил 14 октябрь, 196-сон.

12.

Q. Usmonov, M. Sodiqov, S.Burxonova.O‘zbekist0n tarixi .TOSHKENT.

«Iqtisod-Moliya» 2006.

13.

Khadicha Saidullayeva.Жамият ва инновациялар – Общество и инновации –

Society and innovations Issue – 4 № 2 (2023) / ISSN 2181-1415.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4331-son qaroriga 1-ILOVA.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti – www.mfa.uz.

EEAS – European External Action Service, EU–Uzbekistan Partnership Report,

U.S. Department of State, Bilateral Relations Fact Sheet: Uzbekistan, 2023.

Uzbekistan State Committee on Statistics, Foreign Trade Data 2023.

OECD Uzbekistan Country Report 2024.