Авторы

  • YAXSHIBOYEV BAXTIYOR

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121009

Ключевые слова:

Nefrit buyrak yetishmovchiligi nefrolitiaz piyelonefrit.

Аннотация

Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning 
to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi. Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik 
xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

124

2181-

3187

XIRURGIYADA BUYRAK TOSH KASALLIKLARINI DAVOLASH

ALFRAGANUS UNIVERSITETI

KLINIK FANLAR KAFEDRASI ASSISTENTI

YAXSHIBOYEV BAXTIYOR

Annotatsiya:

Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning

to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi. Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik

xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Kalit so‘z:

Nefrit,buyrak yetishmovchiligi,nefrolitiaz,piyelonefrit.

Kirish:

Buyraktosh kasalligi, nefrolitiaz — buyrak va siydik yoʻllarida tosh hosil

boʻlishi bilan kechadigan kasallik. Bir yoki ikki tomonlama boʻladi. Bolalariga

nisbatan kattalar orasida koʻproq uchraydi. Organizmda vitaminlar yetishmasligi,

kamqonlik, oqsillar tanqisligi, meʼdaichak kasalliklari,qalqonsimon bez yonidagi

bezchalar faoliyatining kuchayishi, piyelonefrit, buyrakdan siydik oqimi qiyinlik bilan

oʻtadigan boshqa kasalliklar oqibatida moddalar almashinuvining buzilishi sabab

boʻladi. Irsiy omillarning ham ahamiyati bor. Kasallik asosida oqsil oʻlaksasi atrofiga

siydikda qiyin eriydigan tuz kristallari yopishib, mikrolitlar hosil qilishi yotadi; ular

astasekin kattalashib, toshlarga aylanadi (mas, urat kislota tuzlaridan uratlar,kalsiy

oksalatdan esa oksalat toshlari va hokazo). Tosh oʻlchamlari kattalasha borib, buyrak

kosachasi yoki jomiga tiqilib, siydik dimlanishi roʻy berganda, oʻziga xos klinik

manzara kuzatiladi. Belning oʻng yoki chap tarafida qattiq sanchiq paydo boʻlib

(qarang Buyrak sanchigi), u jinsiy aʼzolarga, sonning old yuzasiga tarqaladi. Sanchiq

bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. Baʼzan ogʻriq suyet boʻlib,

jismoniy ish qilganda, sakraganda, transport silkitganida, tosh joyidan siljib, siydik

nayiga yoki qovuqqa oʻtganida ogʻriq kuchayishi va bunda mikrogematuriya

makrogematuriyaga aylanishi mumkin.

Asosiy qism:

Buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi siydikdagi tuzlarning

to‘planishi tufayli sodir bo‘ladi. Kasallikning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

125

2181-

3187

Bolalar serharxasha boʻlib, bezovtalanadi, qorni yoki kindik atrofini koʻrsatib,

chinqirib yigʻlaydi, siydikda leykotsit va eritrotsitlar boʻladi. Ultratovush (UTT) yoki

rentgen tekshiruvlariga asoslanib tashxis qoʻyiladi. Toshning oʻlchami siydik nayidan

chiqa olish darajasida boʻlsa, uni erituvchi dorilar, giyoxdar va parhez yordamida

davolanadi. Litotriptor yordamida toshni maydalab, siydik yoʻllaridan chiqarib

yuborish tobora koʻp qoʻllanilmoqsa. Zaruriy hollarda jarrohlik usulida tosh buyrakdan

olib tashlanadi.Buyrak tosh kasalligi siydik nisbiy zichligining o‘zgarishiga

vagipostenuriyani ham keltirib chiqaradi.

Buyrak konsentratsiyalash qobiliyati

buzilishining bitta belgisi hisoblanadi. Ulardan faqat giperstenuriya – siydik nisbiy

zichligining koʻtarilishi buyrak kasalliklari bilan bevosita bogʻliq boʻlmasdan, qandli

diabet, giperparatireoz, ogʻir metalll tuzlari bilan surunkali zaharlanish oqibatida

boʻladi.

Siydik nisbiy zichligining pasayishi (1002–1010 atrofida oʻzgarib turadi)

kanalchalarning kalavalar filtratini konsentratsiyalash qobiliyati buzilishi oqibatida

kelib chiqib, bu buyrak yetishmovchiligi vaqtida kuzatiladi.Buyrak toshi va

yetishmovchiligi kuchayib borganda izogipostenuriya holati roʻy beradi, bunda bemor

har xil vaqt oraligʻida nisbiy zichligi past boʻlgan bir xil siydik porsiyasini chiqaradi.

Buyraklardan toshlarni olib tashlash quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi

mumkin:

-Ochiq bo‘shliq operatsiyasi.

-Endoskopik va laparoskopik operatsiyalar.

-Bel sohasidagi teshik orqali toshlarni maydalash.

-Toshlarning ultratovushli maydalanishi.

Dori preparatlaridan quyidagilar buyuriladi:

-Analgetiklar.

-Spazmolitiklar.

-Diuretiklar.

Buyrak toshlarini o‘z vaqtida davolashni boshlamaslik quyidagi xavfli

kasalliklarga olib kelishi mumkin:

-Buyrak sanchig‘i.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

126

2181-

3187

-Piyelonefrit.

-Buyrak yetishmovchiligi.

Xulosa

:

Buyrakda tosh hosil bo’lishining oldini olish uchun bir nechta chora-

tadbirlarni ko’rish mumkin:

1. Ko’p suyuqlik ichish: Suv ichish buyraklar uchun juda muhim. Kuniga kamida

2-3 litr suv ichish, buyraklardagi tuzlar va boshqa moddalar to’planib tosh hosil

qilishining oldini oladi.

2. Sog’lom ovqatlanish: Tuz, shakar, qizdirilgan yog’lar va yuqori qand miqdori

bo’lgan oziq-ovqatlardan cheklanish kerak. Shuningdek, oksalat (masalan, ismaloq,

qizil uzum va no’xat kabi) tarkibiga boy ovqatlarni cheklash ham foydali bo’lishi

mumkin.

3. Kalsiy miqdorini nazorat qilish: Kalsiy toshlarining oldini olish uchun o’rtacha

miqdorda kalsiy olish tavsiya etiladi. Kalsiyni tabiiy manbalardan (masalan, sut va sut

mahsulotlari) olish yaxshiroq.

4. Sog’lom tana vaznini saqlash: Semizlik, buyakda toshlarning hosil bo’lishiga

olib kelishi mumkin. Sog’lom tana vaznini saqlash va muntazam jismoniy mashqlar

bilan shug’ullanish muhim.

5. Dori-darmonlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish: Ba’zi dorilar, ayniqsa

diuretikka o’xshash vositalar, toshlarning hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun, dori-darmonlarni faqat shifokor ko’rsatmasi bilan olish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.I.R. AGABABYAN, SH.X.ZIYADULLAYEV, J.A. ISMAILOV, N.M.

DJABBAROVA

SURUNKALI BUYRAK KASALLIKLARI

2.F.A.AKILOV, U.E.BEGALIYEV SH.T.MUXTAROV, J.X.MIRHAMIDOV

UROLOGIYA

3.S.A.APLAZOV, X.S.APLAZOV BOSGLANG‘ICH UROLOGIYA

4.

S.A.APLAZOV UMUMIY UROLOGIYA

Библиографические ссылки

I.R. AGABABYAN, SH.X.ZIYADULLAYEV, J.A. ISMAILOV, N.M.

DJABBAROVA

SURUNKALI BUYRAK KASALLIKLARI

F.A.AKILOV, U.E.BEGALIYEV SH.T.MUXTAROV, J.X.MIRHAMIDOV

UROLOGIYA

S.A.APLAZOV, X.S.APLAZOV BOSGLANG‘ICH UROLOGIYA

S.A.APLAZOV UMUMIY UROLOGIYA

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)