Авторы

  • Azimov Doniyor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121012

Ключевые слова:

ushlanib qolinadigan istaklar uyqu katta hojat kichik hojat jismoniy zehniy vokal zulmlar nazariy idrok aktiv holat badaniy quvvat tug’ma savdo xiltlar g’alayoni.

Аннотация

Hiltlarning kiprik follikulalariga kirib, ularni o'tkir, qirrali va 
dag'allashtiruvchi-qo'pol qilib ichkariga aylantiradi. Buning natijasida sodir bo'lgan 
ishqalanish juda og'riqli kechadi. Videha Hakim aytishicha: "Bu illatning paydo 
bo'lishi ko'z qovoqlarining chegaralariga g'ayritabiiy hiltlarning o'rnashishini 
tajribasida ko'rganini" aytadi. Inverted kirpiklar, sovuq qotish, sovuq oyoqlari hissi, 
tez-tez, rangsiz va ko'p miqdorda siyish, och va nam til, chuqur-zaif puls.  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

118

2181-

3187

INTEGRATIV TIBBIYOTNING ILMI RUHIY TIB (PSIXIATRIYA)

FANIDA "KISHI QANDAY QILIB O'ZIGA O'ZI ZULM QILAYOTGANINI

KASHF QILISHI" HAQIDA

Alfraganus university Klinik

fanlar kafedrasi, Assistenti

Azimov Doniyor

Annototsiya:

Hiltlarning kiprik follikulalariga kirib, ularni o'tkir, qirrali va

dag'allashtiruvchi-qo'pol qilib ichkariga aylantiradi. Buning natijasida sodir bo'lgan

ishqalanish juda og'riqli kechadi. Videha Hakim aytishicha: "Bu illatning paydo

bo'lishi ko'z qovoqlarining chegaralariga g'ayritabiiy hiltlarning o'rnashishini

tajribasida ko'rganini" aytadi. Inverted kirpiklar, sovuq qotish, sovuq oyoqlari hissi,

tez-tez, rangsiz va ko'p miqdorda siyish, och va nam til, chuqur-zaif puls.

Kalit so’zlar:

ushlanib qolinadigan istaklar, uyqu, katta hojat, kichik hojat,

jismoniy, zehniy, vokal zulmlar, nazariy idrok, aktiv holat, badaniy quvvat, tug’ma

savdo, xiltlar g’alayoni.

Ayurvedaga ko'ra ushlanib qolinadigan va ushlanib qolinmaydigan istaklar

mavjud. Ushlanib qolinmaydiganlarga, uyqu, katta hojat, kichik hojatlar kirsa, ushlanib

qolinadiganlarga Zulm va ruhiy (psixologik) nuqsonlardan parhezlar kiradi.

Hakim Laghu Vagbhataga ko’ra "o'ziga o'zi zulm qilishlikni" ushlanib

qolinadiganlar deb atalib, ularni ushlab qolish manfaati dunyo va o'limdan keyingi

hayotda saodatga erishishdir deydi. Va u 10 xil zulmlarni sanaydi ruhshunoslikda.

Dalillarga asoslangan Ayurvedik Psixiatriyada esa bular 3 ga bo'linadi

1. Jismoniy zulmlar: Zino, O'g'rilik kabilar

2. Zehniy zulmlar: Hirs, qayg'u, g'azab, behayolik, dunyoparastlik

3. Vokal zulmlar: shiddatli gapirishlar, g'iybat, yolg'on kabilar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

119

2181-

3187

Abu Bakr ar-Roziy o'zining Psixologiyaga oid asari "Kitab al Tibb al Ruhani"

(Духовная медицина) asarining"Kishi qanday qilib o'ziga o'zi zulm qilayotganini

kashf qilishi***" bobida shunday deydi:

"Shuning uchun u bu masalada davomiy sherik va muntazam hamroh bo'lgan oqil

kimsaga suyanmog'ligi darkor. U [kishi]dan o'ziga zulmlari xususindagi bilgan

narsalarini aytib berishini rijo etishi (yalinib yolvorishi), isror etmog'i (nazokat ila turib

olish), talab qilishi lozim hamda shu yo'l bilan u o'zini eng rag'batlantiruvchi

orzuyigidek narsani qilishini va unga nima ulkan manfaatli ta'sirligini anglab yetajak."

***Jolinus (Galen)ning ayni nomdagi asari "De propriorum animi cuiuslibet

affectuum dignotione et curatione/ De animi cuiuslibet peccatorum dignotione et

curatione" dan parchalar keltirilgan.

Ibn Sino "Kitab al nafs"ida Roziydan bir qadam yuqoriga ko'tarilib, "o'ziga o'zi

zulm qilayotgan kimsalar"ni shunday ilmiy izohlaydi:

Axloqni badaniy quvvatlarga o'ziga xoslab ham kiritish mumkin. Ammo agar

keyingisi (nazariy idrok**) ustunlik qilsa ular aktiv (faol) holatdadir, unda amaliy idrok

esa passiv holatda [bo'lgan bo'ladi]. Shunday qilib, o'xshash narsalarning ikkalasida

ham axloqni yaratadi. Biroq garchi amaliy idrok ustunlik qilsa-yu, u aktiv (faol)

holatda, badaniy quvvatlari esa passiv holatda bo'ladi va bu esa qat'iy ma'noda axloqdir.

Ibn Sinoga ko'ra

** nazariy idrok - umumiy qabul qilingan fikrlardir, masalan yolg'on va zulm

qilishlik yovuzlikdir deb nazariy tushungani kabi. U yomon axloqni passiv

dispozitsiyadan qanday namayon bo'lishini ko'rsatib berib, na'munali axloqni esa

quvvatlarini itoatkorlik va passivlikdan uzoqlashishi bilan tanaga hokim bo'lishdadir

deydi.

Abu Zayd al-Balxi "Masolih al abdan va al anfus fit tib"ida bunday holatlarni

vasvasaga bog'lab, xiltlardan savdo g'alabasidan deb 2 ga tasmiya qiladi:

1. Tug'ma savdoning boshqa xiltlardan ziyodaligidan

2. Xiltlarni g'alayonidan (disproportsiyasidan) deydi

Xitoy Xalq tabobatiga ko'ra bunday holatni "Zehn obstruksiyasi" deb atalib,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

120

2181-

3187

Etiologiyasi:

- Qi (Tsi) turg'unligi

-Qon va balg'am turg'unligidan bo'ladi

Zehn obstruksiyasida aqliy chalkashlikni keltirib chiqaradi, chunki bu obstruksiya

ongning fikrlash, xotira, tushunish, kontseptsiyalash, amaliy tadbiq etish va tushunish

faoliyatini buzadi.

Emotsional darajada, zehn obstruksiyasi qilganda, ma'lum bir tushuncha

yo'qoladi, odam ruhiy chalkashliklarni his qiladi va o'zini qandaydir mantiqsiz tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Abu Bakr ar-Roziy "Kitab al Tibb al Ruhani" (Духовная медицина). Toshkent.

1980

2. Ibn Sino "Kitab al nafs". Kembridj nashriyoti 1985 yil

3. Vagbhataning “Ashtanga Hridayam” 3-jild. Chaukhambha nashriyoti. 2010.

4. Galeni "De propriorum animi cuiuslibet affectuum dignotione et curatione.

Nederlandiya. Brill Nashriyoti, 1970 yil

5. Abu Zayd al-Balxi "Masolih al abdan va al anfus fit tib" Turkiya Yozma asarlar

Idorasi. 2022

Библиографические ссылки

Abu Bakr ar-Roziy "Kitab al Tibb al Ruhani" (Духовная медицина). Toshkent.

Ibn Sino "Kitab al nafs". Kembridj nashriyoti 1985 yil

Vagbhataning “Ashtanga Hridayam” 3-jild. Chaukhambha nashriyoti. 2010.

Galeni "De propriorum animi cuiuslibet affectuum dignotione et curatione.

Nederlandiya. Brill Nashriyoti, 1970 yil

Abu Zayd al-Balxi "Masolih al abdan va al anfus fit tib" Turkiya Yozma asarlar

Idorasi. 2022