Авторы

  • Tashpulatova Feruza Sultanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121027

Ключевые слова:

Представленная статья посвящена сущности проблемного метода и значению образовательных технологий в обучении иностранным языкам. Основой дистанционных методов и технологий обучения являются современные информационные технологии а именно мультимедиа Web - технологии электронная виртуальная библиотека дистанционное обучение презентационные технологии системы искусственного интеллекта метод вебинаров

Аннотация

Taqdim etilayotgan maqola  xorijiy  tillarni  oʻrgatishda muammoli 
metodning mohiyati va  ta’lim texnologiyasining ahamiyati    
masofadan  oʻqitish 
texnika va texnologiyasining asosi  bu zamonaviy axborot texnologiyalaridir ya'ni 
multimedia,   Web - texnologiya  elektron virtual kutubxona masofadan turib ta'lim 
berish taqdim etish texnologiyasi  sun’iy tafakkur tizimlari, Vebinar metodi, Evriktik 
metodlar  Modul - oʻquv materiali yoki ta'lim mazmunini oʻzaro uygʻunlashtirilgan 
namunasi Muammoli oʻqitish-Oʻqitishning tabiiy-samarali usuli,  
muammoli 
vaziyatlar yaratish orqali ilmiy bilimlar mantiqini namoyish etadigan oʻqitish 
jarayonlari ifodalangan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

283

2181-

3187

XORIJIY TILLARNI OʻRGATISHDA “MUAMMOLI METOD”NING

MOHIYATI VA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI.

OʻzDJTU katta oʻqituvchisi

Tashpulatova Feruza Sultanovna

Annotasiya.

Taqdim etilayotgan maqola xorijiy tillarni oʻrgatishda muammoli

metodning mohiyati va ta’lim texnologiyasining ahamiyati masofadan oʻqitish

texnika va texnologiyasining asosi bu zamonaviy axborot texnologiyalaridir ya'ni

multimedia, Web - texnologiya elektron virtual kutubxona masofadan turib ta'lim

berish taqdim etish texnologiyasi sun’iy tafakkur tizimlari, Vebinar metodi, Evriktik

metodlar Modul - oʻquv materiali yoki ta'lim mazmunini oʻzaro uygʻunlashtirilgan

namunasi Muammoli oʻqitish-Oʻqitishning tabiiy-samarali usuli, muammoli

vaziyatlar yaratish orqali ilmiy bilimlar mantiqini namoyish etadigan oʻqitish

jarayonlari ifodalangan.

Аннотация:

Представленная статья посвящена сущности проблемного

метода и значению образовательных технологий в обучении иностранным

языкам. Основой дистанционных методов и технологий обучения являются

современные информационные технологии, а именно мультимедиа, Web -

технологии, электронная виртуальная библиотека, дистанционное обучение,

презентационные технологии, системы искусственного интеллекта, метод

вебинаров, эвритические методы. Модуль - модель учебного материала или

образовательного контента, которые взаимно интегрированы. Проблемное

обучение - естественный и эффективный метод обучения, который выражает

логику научного познания через создание проблемных ситуаций.

Abstract:

The

presented article is devoted to the essence of the problem method and the importance

of educational technologies in teaching foreign languages. The basis of distance

learning methods and technologies are modern information technologies, namely

multimedia, Web technologies, electronic virtual library, distance learning,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

284

2181-

3187

presentation technologies, artificial intelligence systems, webinar method, heuristic

methods. Module - a model of educational material or educational content that are

mutually integrated. Problem-based learning is a natural and effective teaching method

that expresses the logic of scientific knowledge through the creation of problem

situations.

Kalit soʻzlar:

Ta’lim, mutaxassis,texnologiya, metod, Web - texnologiya,

Evristik metodlar,pedagogik texnologiya

Ключевые слова

:обучение, специалист Б технология, метод, Wеб-

технологии, эвристические методы, педагогические технологии

Key words:

education, specialist , technology, method, Web- technology,

hueristic methods, pedagogical methods .

Hozirgi zamon talabiga toʻliq javob beradigan mutaxassisni tayyorlash bu - davr

talabidir. Hozirgi vaqtda respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash oʻqitish bilim

berish zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda yangi texnika

va texnologiyalar bilan ishlashni oʻrgatish maqsadida juda koʻp ijobiy ishlar amalga

oshirilib borilmoqda. Ulardan asosiysi Masofadan oʻqitish texnika va texnologiyasidir.

Shu nuqtai nazardan yosh avlodni masofadan oʻqitish tizimiga tayyorlash bosqichlarini

quyidagi koʻrinishda amalga oshirishmumkin. Hozirgi axborot texnologiyalar jadal

rivojlanib

borayotgan davrda masofaviy oʻqitish katta ahamiyat kasb

etmoqda.(Azizxodjaeva,N.N., 2005)

Chunki ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud boʻlgan ta’lim turlaridan

oʻzining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. Masofadan oʻqitish texnika va

texnologiyasining kunduzgi va boshqa ta'lim turlaridan farqli jihati shundaki mazkur

ta’lim turiga juda keng aholi ommasini jalb qilish mumkin. Masofadan oʻqitish texnika

va texnologiyasi oʻzida kunduzgi va sirtqi ta'lim turlarining ijobiy xususiyatlarini

mujassam etadi. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi” maqsad va vazifalari bosqichma – bosqich roʻyobga

chiqarilishida zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarning roli muhim ahamiyat

kasb etishi hammaga ayondir. Yangi pedagogik texnologiya uchun avtomatlashtirilgan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

285

2181-

3187

oʻqitish kurslarini yaratish murakkab jarayon hisoblanadi. Buning uchun chet tillari

boʻyicha mukammal bilimga ega boʻlishi bilan birga ta’lim jarayonida kompyuter va

axborot texnologiyalarining psixologik va uslubiy ta’minoti ham talab etiladi. Axborot

texnologiyalari asosida yangi pedagogik texnologiya an’anaviy oʻqitish tizimi bilan

uygʻunlashgan holda amalga oshiriladi.(Ochilov,M.,2000) Buning uchun yangi

pedagogik texnologiyada interaktiv internet texnologiyalar: muammoli munozaralar,

telekonferensiyalar, oʻqituvchi va talabalarni muloqot qilish uchun e’lonlar oynasi,

talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, turli xil trenajyorlar qoʻllaniladi. Yangi

pedagogik texnologiyada talabalar mustaqil bilim olishlari uchun tarmoqqa

joylashtirish elektron darsliklar, gipermatnli qoʻllanmalar, multimedia texnologiya

CDROM disklar va boshqalardan foydalaniladi. Chet tillari ta’limi jarayonining

samaradorligi axborotlarni talabalarga qanday tarzda, qanday texnologiyalar asosida

berilishiga va ularni qanday qabul qilishga bogʻliq.(Mirolyubov,A.A.,1967)

Zamonaviy axborot texnologiyalariga: multimedia bir tildan ikkinchi tilga tarjima

qilish bir alifbodan ikkinchi bir alifboga oʻtkazish kompyuterli test nazorati skaner

texnologiyasi internet elektron pochta Web - texnologiya elektron virtual kutubxona

masofadan turib ta’lim berish taqdim etish texnologiyasi sun’iy tafakkur tizimlari va

boshqalar kiradi.(Tashpulatova,F.S. 2024)

Vebinar metodi Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet orqali

bir vaqtda hozir boʻlgan tinglovchilar bilan audio video va avvalgi postlarda sanab

oʻtilgan koʻplab interaktiv imkoniyatlar bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi

foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin boʻlsada butun oʻquv yoki kurs

jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida oʻzaro uzviy bogʻlanmaydi, ya'ni

alohida-alohida bir martalik darslar boʻladi deyish mumkin. Bundan tashqari Chet

tilini oʻqitish jarayonida Power Point dasturida slaydlar orqali taqdimotlar tayorlash,

elektron oʻquv qullanmalardan dars jarayonida tatbiq etish orqali dars jarayonini

boyitish shuningdek, kompyuter texnologiyalari orqali yangi interaktiv metodlardan

foydalanish xam mumkun. Bunday texnologiyalar ta’lim tizimida oʻz aksini topishi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

286

2181-

3187

uchun, asta-sekin, bosqichma-bosqich oʻquvchilarga ta’lim berish jarayonida qoʻllash

va ulardan oqilona foydalanishga xarakat kelish kerak.(YoʻldoshevJ.Gʻ.,2004)

Shu jumladan muammoli metodning mohiyati. Muammoli metodning mohiyati

mashgʻulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va echishdan iborat boʻlib

uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Muammoli ta'lim konsepsiyasining asosiy

tushunchalari “muammoli vaziyat” “muammo”, “muammoni topish” kabilar

hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki muammoli vaziyat bu metodning dastlabki

koʻrinishi hisoblanib oʻzida sub'ektning aniq yoki qisman tushunib etilgan muammoni

ifodalaydi uni bartaraf etish yangi bilimlar usullar va harakat koʻnikmalarini

oʻzlashtirishni taqozo etadi. Agar oʻquvchida qiyinchiliklarni yoʻqotish yoʻllarini izlab

topish uchun boshlangʻich ma'lumotlar boʻlmasa shubhasiz muammoli vaziyat

echimini u qabul qilmaydi ya’ni muammoning echimi uning ongida aks etmaydi.

Fikrlash muamo mohiyatini tushunib etilishi ifodalanishi mavjud bilim va koʻnikmalar

majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq

boshlanadi.

Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli

vaziyatni oʻzida namoyon etadi biroq barcha muammoli vaziyat muammoga

aylanavermaydi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yoʻli shu bilan birga

oʻquv yoʻli hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:

Muammoli oʻqitish metodining tuzilmasi mazkur metoddan foydalanish jarayonida

muammo echimini topishga yordam beruvchi yoʻnalishlar koʻrsatilmaydi va

chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda echimning

qandaydir parametrlari koʻrsatilsa u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday

muammoli topshiriq ma'lum muammoni demak muammoli vaziyatni ham qamrab

oladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek barcha muammoli vaziyat muammo boʻla

olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo

paydo boʻlsa uni muammoli masalaga aylantiradi, ya'ni uning echimi uchun oʻzidagi

bilimlar

tizimiga

tayanadi

va

ma’lum

koʻrsatishlarni belgilab oladi.

Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, u boshqa koʻrsatkichlarni qidiradi va shu


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

287

2181-

3187

muammo boʻyicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi. Ta’lim jarayonida

muammoli metodni qoʻllashda oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan quyidagi

harakatlar amalga oshiriladi ya'ni ta'lim oluvchining qanday oʻqiyotganligi va

rivojlanayotganligini toʻliq tushunib, his qila oladigan, ya’ni uning hayotini oʻz

shaxsiy hayoti singari his qilib, oʻquvchining ichki, axloqiy-ma'naviy, umummadaniy

oʻsib rivojlanishiga, bolalar hamda kattalar hamjamiyatining mustahkamlanishiga

koʻmaklasha oladigan oʻqituvchi zamonaviy pedagog faoliyati metodi deb

izohlanadi. Bu faoliyatning asosiy oʻzagi quyidagi metodlardan iborat.

Evristik

metodlar-oʻquvchilarni

asta-sekin muammolarni hal etishga

yaqinlashtirish uchun, tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishga oʻrgatish, koʻnikma

hosil qilish metodi. Innovasion texnologik metod-pedagogik taraqqiyotni ta'minlashga

qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni. Innovasion ta’lim-ta’lim sohasiga kiritilgan va

kiritilayotgan yangiliklar, yangilangan, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan

ta’lim jarayonidir. Modul - oʻquv materiali yoki ta’lim mazmunini oʻzaro

uygʻunlashtirilgan namunasi, oʻquv axborotining mantiqiy boʻlakka boʻlingan qismi,

ushbu qism mantiqan yaxlit va tugallangan boʻlib, uning oʻzlashtirilishini nazorat

qilish mumkin boʻladi hamda fanning fundamental tushunchasini taqdim etuvchi

muayyan jarayon yoki qonun boʻlimi, muayyan mavzu doirasida oʻzaro bogʻliq

tushunchalar guruhidan iboratdir. Modulli ta’lim-modullashtirilgan oʻquv dasturi

asosida tashkillashtiriladigan oʻqitish jarayoni.

Yuqorida izohlab oʻtilgan barcha metodlar va ta’lim texnologiyalarini pedagogik

olimlar va amaliyotchilar ilmiy asoslangan ta’lim texnologiyalarni oʻz faoliyatlarida

keng qoʻllashga intilmoqdalar pedagogoik texnologiyalarning samaradorligi

shundan iboratki unda turli fan oʻqituvchilarining ta’lim va tarbiya jarayonida bir

xil yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega boʻlishi ahamiyatlidir.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, chet tillarni oʻzlashtirishda zamonaviy

pedagogik texnologiyalarni qoʻllash talaba yoshlarni fanga ya’ni, til oʻrganishga

qiziqishlarini, mustaqil fikirlashga, ijodkorligini oshirishga, oʻz ustida ishlashga,

sayqallashib, yangi bilimlarni egallashga, dunyoqarashi va tafakkurini rivojlanishiga,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

288

2181-

3187

xozirgi zamon standartlari va talablariga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassis

boʻlib etishishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. -T.: Choʻlpon,

2005.

2.Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

3.Mirolyubov.A.A.”Obshaya metodika obucheniya inostrannim yaizkam v sredney

shkole”1967.

4

.Tashpulatova, F. S. Ispan tili leksikasini zamonaviy texnologiyalar asosida

oʻrgatishning maqsad va vazifalari.

образование наука и инновационные идеи в

мире

,

43

(3), 108-112. (2024).

5.Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilgʻor pedagogik texnologiyalar.- T.: Oʻqituvchi,

2004.

Библиографические ссылки

Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. -T.: Choʻlpon,

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

Mirolyubov.A.A.”Obshaya metodika obucheniya inostrannim yaizkam v sredney

shkole”1967.

Tashpulatova, F. S. Ispan tili leksikasini zamonaviy texnologiyalar asosida

oʻrgatishning maqsad va vazifalari. образование наука и инновационные идеи в

мире, 43(3), 108-112. (2024).

Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilgʻor pedagogik texnologiyalar.- T.: Oʻqituvchi,