ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
277
2181-
3187
TEXNIKA OLIY TA'LIM YUNALISHLARIDA BOʻLAJAK
DASTURCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH
METODIKASI
Odilov Yorqin Jo’rayevich,
Xolmuodov Jamshid Baxriddinovich
Qarshi Davlat Texnika Universiteti dotsenti,
(HAI HHB va HN kafedrasi katta o’qituvchisi):
Annotasiya:
Mazkur maqolada texnika oliy oʻquv yurti “Dasturiy injiniring”
ta'lim yoʻnalishi talabalarini fizika fanini oʻqitish orqali fizikaviy hodisa va
jarayonlarni loyihalash va konstruksiyalash boʻyicha kompetensiyalarini
shakllantirish, ularni loyihaviy-konstruktorlik faoliyatiga tayyorlash haqida fikr
yuritilgan. Undan tashqari fizika oʻquv kursini oʻqitishni tashkil etishning loyihalash
bosqichlari va loyihaviy-konstruktorlik faoliyatining mazmuniy blok-sxemasi aniq
misollar orqali tushuntirib berilgan.
Kalit
soʻzlar:
motivasiya,
metodologiya,
dasturlash,
loyihalash,
konstruksiyalash, kompetensiya, fizik jarayon, didaktik, integrasiya, konseptual.
МЕТОДИКА ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ ПРОГРАММИСТОВ К
ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
В
ТЕХНИЧЕСКИХ
ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ
Одилов Ёркин Жураевич, Холмуодов Жамшид Бахриддинович
Доцент Каршинского государственного технического университета,
(Старшей преподователь кафедры Управление Воздушным Движением и
Воздушной Навигации Института Военное Авиации
Аннотация:
В данной статье рассматривается формирование компетенций
в проектировании и конструировании физических явлений и процессов
посредством обучения физике студентов образовательной программы
«Программная инженерия» технического вуза, а также их подготовка к
проектно-конструкторской деятельности. Кроме того, на конкретных примерах
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
278
2181-
3187
поясняются этапы проектирования организации преподавания курса физики и
содержательная структурная схема проектно-конструкторской деятельности.
Ключевые
слова:
мотивация,
методология,
программирование,
проектирование, конструирование, компетентность, физический процесс,
дидактика, интеграция, концептуальный.
METHODOLOGY OF PREPARING FUTURE PROGRAMMERS FOR
PROFESSIONAL WORK IN TECHNICAL HIGHER EDUCATIONAL
INSTITUTIONS
Odilov Yorkin Juraevich Kholmuodov Zhamshid Bakhriddinovich
Associate Professor of Karshi State Technical University, Head of the
Department of Air Traffic Management and Air Navigation at the Military Aviation
Institute.
Abstract:
This article examines the formation of competencies in the design and
construction of physical phenomena and processes through teaching physics to
students of the educational program "Software Engineering" of a technical university,
as well as their preparation for design and engineering activities. In addition, specific
examples explain the stages of designing the organization of teaching a physics course
and the substantive structural scheme of design and engineering activities.
Key words:
motivation, methodology, programming, design, construction,
competence, physical process, didactics, integration, conceptual.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli
«Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi, 2019 yil 29 apreldagi
RF-5712-sonli «O'zbekiston Resrublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgasha
rivojlantirish konsersiyasini tasdiqlash to'gʻrisida»gi, 2020 yil 2 martdagi PF-5953-
sonli «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida»gi Farmonlari, 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli «Pedagogik ta'lim
sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori, hamda mazkur
faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishga ushbu tadqiqotga muayyan darajada xizmat qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
279
2181-
3187
Fizika fanining asosiy maqsadi – fizika fani dasturi texnika yoʻnalishlarining
ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta'lim yoʻnalishiga ajratilgan soatlar doirasida fizika
fanining turli turdagi mashgʻulotlarida talabalarga fizikaviy jarayonlar va qonunlarni,
ularning ilmiy asoslarini, nazariy va amaliy muhandislik masalalarni echish uchun
zarur boʻlgan fizikaviy tushunchalar va qoidalarni oʻrganish va tanishtirishni;
bosqichma-bosqich bilimlarni mustahkamlab, chuqurlashtirib borish orqali ijodiy
izlanish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishni; ularning ilmiy-texnikaviy
dunyoqarashini shakllantirishni; zamonaviy texnika vositalari bilan tanishish va
ulardan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishni amalga oshirishga moʻljallangan.
Talabalar fizika fani boʻyicha quyidagi tasavvurlarga ega boʻlishi kerak:
- koinot, elektromagnit toʻlqinlar tarqaladigan muhit haqida;
- fizika qonunlarining fundamental birligi, tabiatshunoslikni oʻrganishi
tugallanmaganligi va uni yanada rivojlantirish imkonyatga egaligi haqida;
- tabiatdagi fizik jarayonlarning diskret va uzluksiz oʻtishi munkinligi haqida;
- tabiatdagi tartib va betartib birikmalarning nisbati, ob'ektlar tuzilishining
tartibliligi, betartib va aksincha holatlarga oʻtishi haqida;
- fizikaning fundamental doimiylari va ularni ahamiyati haqida;
- fizika fani sohasidagi yangi kashfiyotlar haqida;
- fizikadagi dinamika va statistika qonuniyatlar mavjudligi haqida;
- ehtimollik va nisbiylik fizik jarayonlar va xodisalarning ob'ktiv xarakteristikasi
ekanligi haqida;
- texnikaning rivojlanishida fizika faning ahammiyati haqida.
Talabalar quydagilarni bilishi va ulardan foydalana olishi boʻyicha tegishli
koʻnikmalar hosil qilish zarur:
- fizika faning nazariy va eksperimental tadqiqodlar usullarini:
- fizikaviy modellar boʻyicha xulosalar va tahlillarni;
- fizika faning barcha boʻlimilariga tegishli (ayniqsa kasbga yoʻnaltirilganlariga)
asosiy tushinchalar, qonunlar va medollarni:
- turli fizik jarayonlar uchun xarakterli boʻlgan fizik kattaliklarni oʻlchash va son
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
280
2181-
3187
qiymatlarini baholashni.
Tahlil jarayonida texnika oliy ta'lim muassasalarida fizika oʻqitishda quyidagi
muammolar aniqlandi: 1) amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida fizik jaryonlarni
vizuallashtirishda dasturlash tillaridan qisman foydalanilayotgan boʻlsada, ular kasbga
yoʻnaltirilmagan; 2) fizik jarayonlarni vizuallashtirishda matematik apparatdan yuqori
saviyada foydalanilgan, ammo algoritmlash, modellashtirish, vizuallashtirish
imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmagan; 3) talablarda fizik hodisa va jarayonlarni
vizuallashtirishda dasturlash tillaridan foydalanish koʻnikmasi shakllantirilmagan, shu
bilan birga uning mutaxassisligiga, ya'ni kasbiy faoliyat turlariga ahamiyat deyarli
berilmagan.
Natijada boʻlajak dasturchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga moʻljallangan
fizika kursining mazmuni kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun fizik bilimlarning
ahamiyatini anglab etishga imkon bermasligini ta'kidlash mumkin.
Fizik hodisa va jarayonlarni vizuallashtirish murakkab faoliyat boʻlib, koʻpgina
amallarni bajarishdan iborat. Jumladan, u oʻz ichiga quyidagilarni oladi: berilgan
muammoli masalaning algoritmini tuzish, algoritmga asoslangan blok sxemani ishlab
chiqish, blok sxema asosida model ishlab chiqish, ishlab chiqilgan model asosida
formallashtirish,
matematik
modellashtirish,
avtomatlashtirish,
dasturlash,
kompilyasiyani amalga oshirish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va boshqalar. Koʻrib
turganingizdek, ba'zi harakatlar fizika kursini hamda dasturlash muhitida ishlashni
bilmasdan amalga oshirilishi mumkin emas.
Talabalar fizikadan egallagan bilimlardan kurs ishlarini (individual loyiha ishlari)
va bitiruv malakaviy ishlarini (BMI) bajarishda ham foydalanadilar. Masalan,
"Dasturlash1 va Dasturlash2" fani boʻyicha individual loyiha ishlarini bajarishda
ma'lum bir fizik jarayonni (masalan, optika, elektr, atom fizikasi va boshqalar)
dasturlash kerak. Bunday dasturlashni bajarish fizika kursida bilimiga asoslangan
boʻlib, masalan "Molekulyar fizika va termodinamika asoslari" boʻlimi bosim,
entropiya, entalpiya, temperatura, idel gaz, read gaz, izojarayonlar, issiqlik sigʻimi,
adiabata koʻrsatkichi, hajm kabi tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Bitiruv malakaviy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
281
2181-
3187
ishini bajarish jarayonida talaba mutaxassislik kafedralar professor-oʻqituvchisi
rahbarligida eng sodda muxandislik muammolarini dasturlash asosida hal qiladi.
Kinematika qonunlari asosida “Harakatni grafik koʻrinishda tasvirlash elektron
dasturini ishlab chiqish”, “Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakatini
vizuallashtirish”, optika qonunlari asosida “Linzaning fokus masofasini aniqlash
elektron dasturini ishlab chiqish” kabi mavzularda bitiruv malakaviy ishlarini
bajarishlari mumkin. Boʻlimlarning har biri fizik qonunlar orqali kelib chiqqn
matematik formulalarni hisoblashni oʻz ichiga oladi. Masalan, kinematikaga doir
masalalarni echimini topish va vizuallashtirishda harakat tenglamalarini dasturlash
tilida yozish, kompilyasiya natijalarini tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf
etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun fizik obektlarning mexanik, termik
va optik xarakteristikalarini hisoblay olish dasturlashni yakunlashga asos boʻlib xizmat
qiladi.
Fizika kursini oʻrganishda boʻlajak dasturchilarni loyihalash va konstruksiyalash
kompetentligini shakllantirish uchun zarur boʻlgan kasbiy faoliyat-quyidagi
komponentlarni oʻz ichiga oladi: dasturiy ta'minot yaratish, avtomatlashtirilgan
tizimlar vositalari, dasturiy mahsulotlarni sinash va ekspluatasiya qilish loyihasini
ishlab chiqish; bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi boʻyicha
matematik, imitasion modellarni ishlab chiqish va tatqiqot qilish; loyihaviy va dasturiy
hujjatlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega boʻlish; amaliyotda axborot
texnologiyalarining xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va
metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga
mos ravishda qoʻllash [80].
Shu munosabat bilan boʻlajak dasturchilarga nafaqat fizika sohasi boʻyicha
mustahkam bilim berish, balki ularni muhandislik kasbiy faoliyati ob'ektlarini
loyihalash, konstruksiyalash, ishlab chiqarish va sozlash, boshqaruv, tadqiqotchilikda
fizika qonunlaridan foydalanishga oʻrgatish zarur. Shuning uchun fizika nazariy
(empirik, gnesiologik, didaktik) asos boʻlib “Dasturiy injiniring” yoʻnalishi talabalarini
kasbiy faoliyatning asosiy turlariga, ya'ni loyihalash, konstruksiyalash, ishlab chiqarish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
282
2181-
3187
va sozlash, boshqaruv va tadqiqotchilik kabi kasbiy faoliyat turlariga tayyorlash
mumkin.
Xulosa qilib aytadigan texnika oliy ta'lim yunalishlarida boʻlsak, dasturchi-
muhandislarni tayyorlashda fizikaviy hodisa va jarayonlarni loyihalash va
konstruksiyalash uchun fizika oʻquv kursining bilimlaridan foydalanish, ta'lim
jarayonini tashkil etishda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan bosqichlardan foydalanib amalga
oshirish muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Odilov Yo.J. //
Informatsionno-kommunikatsionniye texnologii (ikt) v
obrazovanii. Ikt kompetentnost v professionalnom razvitii kadrov
.// Scienceweb
academic papers collection, 2181-1784 b.
2.
Odilov Yo.J. //
Methods of preparing students for professional activity on
// O ‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari 1 (11). 2022
3.
Одилов Ё.Ж. //
Чизиқли вa визуaл дacтурлaш acocидa физикa ўқитиш
метoдикacини тaкoмиллaштириш”// диccертaция.
Чирчиқ-2022.
4.
Одилов
Ё.Ж.
лойиҳавийконструкторлик фаолиятига тайёрлаш
.//
Ўзбекистон миллий
университети хабарлари 1 (11). 2022 й.
5.
Одилов Ё.Ж. //
Физика фанини ўқитиш асосида талабаларнинг
лойиҳавий-конструкторлик фаолиятини ривожлантириш
.// Муғәллим ҳәм
үзликсиз билимлендириў. Илмий-методикалық журнал.–Нөкис, 103-106 б. 2021
6.
Одилов Ё.Ж. //
Физика фанини ўқитишда замонавий педагогик
.//...Наманган давлат университети илмий
ахбороти №11, 22-24 б. 2021.
7.
Одилов Ё.Ж. Физикадан таълим бериш асосида талабаларни касбий
фаолиятга тайёрлаш методикаси // Таълим ва инновацион тадқиқотлар. –
Тошкент, 2021. – № 5. ISSN 2181-1709. 238-244. – Б.