Авторы

  • Xalimjonova Mavluda O‘ktamjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121041

Ключевые слова:

differensial yondashuv kompetensiya professional-ta’limiy kompetensiyalar shaxsiy yondashuv talim texnologiyasi.

Аннотация

Ushbu maqolada differensial yondashuvning nazariy asoslari, uning professional
ta’limiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli va ahamiyati keng yoritilgan. 
Maqolada har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim 
berish orqali ularning kasbiy yo‘nalishga bo‘lgan tayyorgarligi qanday shakllanishi 
izohlangan. Differensial yondashuv asosiy fikrlash kasbiy qiziqish, ijodiy yondashuv 
va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari ochib berilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

39

2181-

3187

DIFFERENSIAL YONDASHUV VA PROFESSIONAL-TA’LIMIY

KOMPETENSIYALAR NAZARIYASI

Xalimjonova Mavluda O‘ktamjon qizi

Namangan davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

Email:

xalimjonov3202@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada differensial yondashuvning nazariy asoslari, uning professional-

ta’limiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli va ahamiyati keng yoritilgan.

Maqolada har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim

berish orqali ularning kasbiy yo‘nalishga bo‘lgan tayyorgarligi qanday shakllanishi

izohlangan. Differensial yondashuv asosiy fikrlash kasbiy qiziqish, ijodiy yondashuv

va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlari ochib berilgan.

Аннотация

В данной статье раскрыты теоретические основы дифференцированного

подхода и его важность в формировании профессионально-образовательных

компетенций. Показано, как обучение с учетом индивидуальных особенностей

учащихся способствует их подготовке к профессиональной ориентации. Также

рассмотрены механизмы развития у учащихся критического мышления,

профессиональных интересов, творческого подхода и коммуникативных

навыков.

Abstract

This article explores the theoretical foundations of the differential approach and

its significant role in the formation of professional-educational competencies. It

highlights how personalized education, considering each student’s individual

characteristics, can effectively prepare them for professional orientation. The article


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

40

2181-

3187

also describes mechanisms for developing students' critical thinking, professional

interest, creative attitude, and communication skills through differential instruction.

Kalit so‘zlar:

differensial yondashuv, kompetensiya, professional-ta’limiy

kompetensiyalar, shaxsiy yondashuv, talim texnologiyasi.

KIRISH

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim sohasida tub

o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yangi iqtisodiy, axborot-kommunikatsion sharoitlar

jamiyat hayotining barcha jabhalarida innovatsion yondashuvlarni talab qilmoqda.

Ayniqsa, ta’lim tizimi oldida yosh avlodni nafaqat nazariy bilimlar bilan qurollantirish,

balki ularni zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlash,moslashuvchan, ijodkor va

raqobatbardosh

shaxs

sifatida

shakllantirish

dolzarb

vazifalardan

biriga

aylanmoqda.Zamonaviy pedagogik qarashlar ichida kompetensiyaviy yondashuv

alohida o‘rin tutadi. Bu yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi egallagan bilim va ko‘nikmalarni

real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay oladigan, tahlil qila oladigan, tanqidiy va ijodiy

fikrlovchi, mustaqil qaror qabul qila oladigan, o‘z kasbiy yo‘nalishini ongli ravishda

tanlaydigan shaxs sifatida rivojlanishi kerak. Shunday sharoitda, ta’lim jarayonini har

bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari, individual ehtiyojlari va imkoniyatlarini

inobatga olgan holda tashkil etish — ya’ni differensial yondashuvga tayanish zarurati

tug‘iladi.Differensial yondashuv — bu o‘quvchilarning bilish darajasi, intellektual

salohiyati, psixologik va ijtimoiy holatlari, motivatsiyasi hamda shaxsiy qiziqishlariga

mos holda ta’lim berish tamoyiliga asoslangan yondashuvdir. Bu yondashuv orqali

o‘qituvchilar har bir o‘quvchining individualligini hurmat qilgan holda, unga mos

metodlar, topshiriqlar, dars shakllari va vositalarini tanlab, ta’lim sifatini oshirishga

erishadilar.

Ayniqsa,

o‘quvchilarda

professional-ta’limiy

(proff-edu)

kompetensiyalarni erta bosqichdan boshlab shakllantirishda differensial yondashuv

samarali natija beradi.Professional kompetensiyalar — bu o‘quvchining kelgusidagi

kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, tajriba

va shaxsiy sifatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kompetensiyalarni shakllantirish maktab


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

41

2181-

3187

ta’limining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy

yo‘nalishini ongli tanlashi, mehnat bozoridagi raqobatga tayyor bo‘lishi va o‘z

salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiladi[1-2].

O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning

kasbiy orientatsiyasini kuchaytirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, ularni

zamon talablari asosida tayyorlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Yangi O‘zbekiston maktabi” konsepsiyasi doirasida ta’lim mazmuni va

uslublari tubdan yangilanmoqda. Shu bois, professional-ta’limiy kompetensiyalarni

rivojlantirishda differensial yondashuvning o‘rni va metodologik asoslarini chuqur

tadqiq qilish, amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish hozirgi davrning dolzarb

talablaridan biri hisoblanadi.

Ushbu ilmiy ish aynan shunday dolzarb masalani o‘rganishga, ya’ni differensial

yondashuv asosida umumta’lim maktablari o‘quvchilarida professional-ta’limiy

kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, bu

orqali zamonaviy o‘quvchining har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllanishiga

ilmiy-amaliy asoslar taqdim etiladi.

ASOSIY QISM

1.Differensial yondashuv tushunchasi va mohiyati

Zamonaviy ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini

hisobga olish muhim tamoyillardan biriga aylangan. Bu borada differensial yondashuv

ta’limni shaxsga yo‘naltirish, uning ehtiyojlari, qiziqishlari, imkoniyatlari va

rivojlanish sur’atlarini inobatga olgan holda tashkil etishning samarali shakli sifatida

e’tirof etiladi. Differensial yondashuv — bu o‘quvchilarning individual xususiyatlari,

tayyorgarlik darajalari, qobiliyatlari ojlarini tahlil qilgan holda ta’lim mazmuni,

metodlari va shakllarini moslashtirishga asoslangan pedagogik yondashuvdir.

Ushbu yondashuv quyidagi asosiy omillarni inobatga oladi:

- o‘quvchining bilish va anglash qobiliyatlari;

- o‘zlashtirish va eslab qolish tezligi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

42

2181-

3187

- psixologik-emotsional holati va hissiy barqarorligi;

- shaxsiy intilishlari, ijtimoiy tajribasi hamda o‘zini anglash darajasi;

- kasbiy qiziqish va moyilliklari, faoliyat turlariga bo‘lgan motivatsiyasi.

Differensial yondashuv orqali o‘quvchilar individual ehtiyojlarga mos tarzda

rivojlantiriladi. Bu yondashuv o‘qituvchidan yuqori darajada kasbiy mahorat,

o‘quvchini chuqur tahlil qilish, unga mos yondashuvni tanlay olish, mos metodik

vositalar va topshiriqlarni qo‘llashni talab etadi. O‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va

malakalarni moslashtirilgan shaklda taqdim etish orqali ularning o‘zlashtirish darajasi

ortadi, mustaqil fikrlash rivojlanadi, kasbiy orientatsiyaga yo‘naltirilgan ichki

motivatsiya shakllanadi[3].Differensial yondashuvning pedagogik mohiyatini

quyidagicha izohlash mumkin:bu yondashuv har bir o‘quvchining o‘rganish

imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga asoslanadi;o‘quvchilar orasidagi individual

tafovutlarni inkor etmasdan, ularni rivojlantirish vositasi sifatida qaraydi;o‘quv

jarayonini bir xil shakl va uslublar asosida emas, balki har bir shaxsga mos ravishda

tashkil etishni nazarda tutadi;o‘qituvchi o‘quvchini “tayyor iste’molchi” emas, balki

o‘z bilimini faol ravishda egallovchi, fikrlovchi va rivojlanayotgan shaxs sifatida

ko‘radi.Shuningdek, differensial yondashuv o‘quvchilarda quyidagi ijobiy pedagogik

natijalarni ta’minlaydi:shaxsiy yondashuv asosida o‘zini namoyon qilish imkoniyatini

oshiradi;o‘quvchining qiziqishi va moyilligiga asoslangan ta’lim mazmuni orqali

ta’limga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi; bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligi

ortadi;kasbiy yo‘nalishni anglash va tanlashda o‘z kuchi va salohiyatiga ishonch hosil

qiladi.Ta’limda differensial yondashuv qo‘llanilishi o‘quvchilarning faolligini

oshiradi, ular o‘zlarini erkin his qilgan holda ta’lim jarayonida ishtirok etadilar, ijodiy

fikrlashga intiladilar. Ayniqsa, bugungi kunda kasb tanlash muhim ijtimoiy va

pedagogik muammoga aylangan bir davrda, ushbu yondashuv orqali o‘quvchilar

kasbiy orientatsiyaga yo‘naltiriladi, ularda professional kompetensiyalarni

shakllantirish uchun zarur psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.Xulosa qilib

aytganda, differensial yondashuv o‘quvchini rivojlantirishga qaratilgan, individual

rivojlanish trayektoriyalarini shakllantiruvchi, zamonaviy ta’lim tamoyillariga mos


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

43

2181-

3187

keluvchi samarali yondashuvdir. U nafaqat bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, balki

o‘quvchining hayotiy faoliyatga tayyor bo‘lishini ta’minlaydi[4-7].

2. Professional-ta’limiy (proff-edu) kompetensiyalar nazariyasi

Bugungi globallashuv va texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda har bir

shaxsdan yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlik, moslashuvchanlik, innovatsion

fikrlash va o‘z kasbiy faoliyatini ongli ravishda tashkil etish qobiliyatlari talab

etilmoqda. Shu sababli ta’lim tizimining asosiy vazifasi — o‘quvchilarda nafaqat

an’anaviy bilim va ko‘nikmalarni, balki kelgusida kasbiy faoliyatda muvaffaqiyat

qozonish uchun zarur bo‘lgan kompleks kompetensiyalarni shakllantirishdan

iboratdir.Professional-ta’limiy kompetensiyalar — bu o‘quvchilarda kelgusidagi

mehnat faoliyatiga tayyorgarlikni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma, malaka, ijtimoiy va

psixologik tayyorgarlik tizimini ifodalaydi. Bu kompetensiyalar nafaqat o‘quv

mazmunini egallashni, balki uni amaliy hayotda qo‘llay olishni, muammolarni hal

qilishni, tanqidiy va ijodiy fikrlashni hamda kasbiy faoliyatda mustaqil harakat qilishni

o‘z ichiga oladi.Professional-ta’limiy (proff-edu) kompetensiyalar quyidagi asosiy

komponentlardan tashkil topadi:Muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalari — bu

o‘quvchilarning yangi yoki notanish holatlarda muammoni aniqlash, uni tahlil qilish

va samarali yechim topish bo‘yicha shakllangan fikrlash uslubidir. Bu ko‘nikma

o‘quvchilarning analitik tafakkurini rivojlantiradi va ularni mustaqil fikrlashga

undaydi.Tanqidiy va ijodiy fikrlash — bu o‘quvchining ma’lumotlarga asoslanib,

izchil va mantiqiy mulohaza yurita olishi, mavjud fikrlarni tahlil qilish, baholash va

yangicha g‘oyalar yaratish qobiliyatidir. Tanqidiy fikrlash — an’anaviy

yondashuvlardan tashqariga chiqib, yangi qarorlar qabul qilishda muhim vosita bo‘lib

xizmat qiladi.Axborotni izlash, tahlil qilish va undan foydalanish malakasi —

zamonaviy axborot makonida to‘g‘ri axborotni tanlay olish, uni baholash, qayta ishlash

va amaliy faoliyatda qo‘llay olish bugungi o‘quvchining muhim kompetensiyasidir. Bu

malaka o‘quvchining raqamli savodxonligini oshiradi.Kasbiy yo‘nalishga oid dastlabki

tasavvurlar — o‘quvchilarda kelajakdagi kasbiga doir umumiy tasavvurlar, ushbu

kasbning mohiyati, ijtimoiy ahamiyati, zarur ko‘nikmalar va ish faoliyati xususiyatlari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

44

2181-

3187

haqida shakllangan bilimlarni anglatadi. Bu o‘quvchilarga kasb tanlashda yo‘nalish

beradi.Jamoada ishlash va kommunikatsiya qobiliyatlari — har bir o‘quvchi uchun

ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli faoliyat yurita olish, boshqalar bilan muloqot qilish,

o‘z fikrini aniq ifodalash, guruhda ishlash va fikrlarni muhokama qila olish zarur

ko‘nikmalardandir. Ushbu kompetensiya zamonaviy mehnat bozorida juda

qadrlanadi.Bu

kompetensiyalarni

shakllantirish

uchun

ta’lim

tizimida

integratsiyalashgan, faoliyatga yo‘naltirilgan va real hayotiy holatlarga asoslangan

o‘qitish uslublarini joriy etish muhim hisoblanadi. Jumladan, loyiha asosida o‘qitish,

interfaol metodlar, muammoli ta’lim, kasbiy amaliyotga yaqin topshiriqlar,

simulyatsiyalar va rolli o‘yinlar orqali professional-ta’limiy kompetensiyalarni

rivojlantirish mumkin[8-9].

3. Differensial yondashuv asosida professional-ta’limiy kompetensiyalarni

shakllantirish

Zamonaviy ta’limda differensial yondashuv — bu har bir o‘quvchining shaxsiy

xususiyatlari, intellektual salohiyati, qiziqish doirasi, motivatsiyasi, ijtimoiy tajribasi

hamda psixologik holatini chuqur tahlil qilgan holda o‘qitish strategiyasini tanlashni

anglatadi.

Bu

yondashuv

ayniqsa

professional-ta’limiy

kompetensiyalarni

shakllantirishda samarali hisoblanadi, chunki har bir o‘quvchining kasbiy qiziqishi,

kelajakdagi yo‘nalishi va tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘ladi.

Differensial yondashuv asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni quyidagi

imkoniyatlarni yaratadi:

1. Individual o‘quv yo‘nalishini shakllantirish

Har bir o‘quvchi uchun alohida ta’lim trajektoriyasi belgilanadi. Masalan, texnika

sohasiga qiziqqan o‘quvchi uchun fanlararo integratsiyalashgan topshiriqlar,

laboratoriya ishlari, konstruktorlik mashg‘ulotlari orqali kasbiy yo‘nalish beriladi. Bu

yondashuv o‘quvchini o‘z salohiyatiga mos tarzda rivojlantirishga xizmat qiladi.

2. Iqtidorli o‘quvchilar bilan chuqurlashtirilgan ishlash


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

45

2181-

3187

Iqtidorli, yuqori o‘zlashtirishga ega o‘quvchilar uchun murakkabroq, mustaqil

izlanishni talab qiluvchi, innovatsion yondashuvlar asosidagi topshiriqlar beriladi. Bu

orqali ularning ijodiy salohiyati ochiladi, tashabbuskorlik va tadqiqotchilik

kompetensiyalari rivojlanadi.

3. Qo‘llab-quvvatlovchi metodlar yordamida imkoniyati past o‘quvchilarni

rivojlantirish

O‘zlashtirish darajasi nisbatan past bo‘lgan yoki o‘rganishga motivatsiyasi past

bo‘lgan o‘quvchilarga psixologik-pedagogik yondashuv asosida individual

konsultatsiyalar, ko‘makchi vositalar, interfaol va ko‘rgazmali usullar yordamida

bilimlar beriladi. Bu o‘quvchilarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni oshiradi va kasbiy

yo‘nalishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi.

4. Kasbiy yo‘nalishga oid loyihaviy ishlanmalar orqali motivatsiyani kuchaytirish

O‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda loyiha asosida o‘qitish (Project-

Based Learning) muhim o‘rin tutadi. Bu usulda o‘quvchi o‘zini real kasbiy muhitda

sinab ko‘radi, mas’uliyatni his qiladi va amaliy tajriba orttiradi. Masalan, tibbiyotga

qiziqqan o‘quvchi sog‘liqni saqlash mavzusida loyiha tayyorlashi mumkin[10-11].

5. Differensial baholash tizimi orqali kompetensiyalarni aniqlash va rivojlantirish

Baholash ham o‘quvchining individual xususiyatlariga moslashtiriladi. An’anaviy test

va yozma ishlar bilan bir qatorda, portfoliolar, diagnostik topshiriqlar, amaliy vazifalar

va kuzatuv asosidagi baholash metodlari joriy etiladi. Bu orqali o‘quvchining real

kasbiy kompetensiyalari aniqlanadi va rivojlanadi.Differensial yondashuv orqali

professional-ta’limiy kompetensiyalarni shakllantirish o‘quvchilarni shunchaki bilim

egasi emas, balki kasbiy jihatdan raqobatbardosh, o‘z salohiyatini anglagan va uni

amaliyotda qo‘llay oladigan shaxs sifatida tarbiyalash imkonini beradi. Bu metod

o‘quvchida quyidagilarni shakllantiradi:

- mustaqil kasbiy yo‘l tanlash qobiliyati;

- real vaziyatlarda muammoni hal qilish ko‘nikmasi;

- jamoada ishlash va liderlik;

- tanqidiy va innovatsion fikrlash;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

46

2181-

3187

- o‘zini doimiy rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj.

Shunday ekan, differensial yondashuvni ta’limga chuqur joriy qilish orqali

nafaqat individual ta’lim sifati, balki umuman jamiyatda yuqori malakali mutaxassislar

tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida yosh avlodni

har tomonlama rivojlantirish, ayniqsa ularning kelajakdagi kasbiy hayotga

tayyorlanishini ta’minlash bugungi ta’lim tizimining eng dolzarb vazifalaridan biri

hisoblanadi. Bunday sharoitda ta’lim jarayoniga differensial yondashuvni samarali

joriy etish o‘quvchilarda professional-ta’limiy (proff-edu) kompetensiyalarni

shakllantirishning asosiy omili sifatida namoyon bo‘lmoqda.Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, har bir o‘quvchining bilim olish darajasi, qobiliyati, qiziqishlari va

ehtiyojlari o‘ziga xosdir. Shu sababli ularni yagona, standart metodlar orqali o‘qitish

ko‘p hollarda kutilgan natijalarni bermaydi. Aksincha, ularning individual

imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish orqali o‘quvchining

intellektual, psixologik va kasbiy salohiyatini to‘liq ochib berish mumkin. Bu jihatdan

differensial yondashuv zamonaviy pedagogikaning markaziy g‘oyalaridan biri sifatida

qaraladi.Differensial yondashuv asosida professional kompetensiyalarni shakllantirish

o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:har bir o‘quvchi uchun individual

ta’lim trajektoriyasini belgilash;o‘zlashtirish darajasiga qarab turlicha yondashuv va

topshiriqlarni ishlab chiqish;iqtidorli o‘quvchilar bilan chuqurlashtirilgan ishlash,

murakkab topshiriqlar berish;kasbiy yo‘nalishga oid loyihalarda faol ishtirok etish

orqali motivatsiyani kuchaytirish;amaliyotga yaqinlashtirilgan mashg‘ulotlar orqali

real hayotga tayyorlanish.Shuningdek, professional-ta’limiy kompetensiyalarni —

ya’ni muammoli vaziyatlarni hal qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborot bilan

ishlash, kasbiy yo‘nalishga oid bilimlar, jamoada ishlash va kommunikatsiya

qobiliyatlarini — o‘quvchilarda bosqichma-bosqich, individual yondashuv asosida

shakllantirish, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatli bo‘lishiga zamin

yaratadi.Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar va innovatsion


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

47

2181-

3187

strategiyalar bilan uyg‘unlashgan differensial yondashuv o‘quvchilarning nafaqat

bilim darajasini, balki hayotiy va kasbiy kompetensiyalarini ham mustahkamlovchi

kuchli omilga aylanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim tizimining sifatini oshiradi,

o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga moslashgan, fikrlay oladigan, muammoni hal qiladigan

va kasbiy faoliyatga tayyor shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.Shunday qilib,

differensial yondashuv — bu zamonaviy ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan, sifatli,

moslashuvchan va natijaviy yondashuv bo‘lib, uning asosida professional-ta’limiy

kompetensiyalarni shakllantirish har bir o‘quvchining yuksak kasbiy yetuklikka

erishish yo‘lida mustahkam poydevor yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdukodirov, A. A., & To‘xtasinov, A. T. (2017). Pedagogik texnologiyalar va

pedagogik mahorat. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi.

2. Ganieva, M. A. (2020). Kasbga yo‘naltirish asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya

nashriyoti.

3. Xolmatov, N. (2021). Differensial yondashuv asosida ta’lim mazmunini

optimallashtirish. “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy jurnali, №3, 40–46.

4. Karimov, B. B. (2019). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Samarqand: SamDU

nashriyoti.

5. Ibragimova, G. I. (2020). Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi.

Toshkent: “Yangi asr avlodi”.

6. Tursunov, R. N. (2021). “Ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv: nazariya va

amaliyot”. Innovatsion ta’lim, №4, 12–18.

7. UNESCO (2015). Education 2030: Incheon Declaration and Framework for Action.

[UNESCO official site]

8. OECD (2019). Future of Education and Skills 2030 – Conceptual Learning

Framework. OECD Publishing.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–1_ июня–2025

48

2181-

3187

9. Anderson, L. W., & Krathwohl, D. R. (2001). A taxonomy for learning, teaching,

and assessing: A revision of Bloom's taxonomy of educational objectives. New York:

Longman.

10. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher

Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.

11. Shodmonqulova, M. T. (2022). “O‘quvchilarda kasbiy yo‘nalishni shakllantirishda

differensial yondashuvning roli”. O‘zbek pedagogik jurnal, №1

Библиографические ссылки

Abdukodirov, A. A., & To‘xtasinov, A. T. (2017). Pedagogik texnologiyalar va

pedagogik mahorat. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi.

Ganieva, M. A. (2020). Kasbga yo‘naltirish asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya

nashriyoti.

Xolmatov, N. (2021). Differensial yondashuv asosida ta’lim mazmunini

optimallashtirish. “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy jurnali, №3, 40–46.

Karimov, B. B. (2019). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Samarqand: SamDU

nashriyoti.

Ibragimova, G. I. (2020). Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi.

Toshkent: “Yangi asr avlodi”.

Tursunov, R. N. (2021). “Ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv: nazariya va

amaliyot”. Innovatsion ta’lim, №4, 12–18.

UNESCO (2015). Education 2030: Incheon Declaration and Framework for Action.

[UNESCO official site]

OECD (2019). Future of Education and Skills 2030 – Conceptual Learning

Framework. OECD Publishing.1. Abdukodirov, A. A., & To‘xtasinov, A. T. (2017). Pedagogik texnologiyalar va

pedagogik mahorat. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi.

Ganieva, M. A. (2020). Kasbga yo‘naltirish asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya

nashriyoti.

Xolmatov, N. (2021). Differensial yondashuv asosida ta’lim mazmunini

optimallashtirish. “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy jurnali, №3, 40–46.

Karimov, B. B. (2019). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Samarqand: SamDU

nashriyoti.

Ibragimova, G. I. (2020). Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi.

Toshkent: “Yangi asr avlodi”.

Tursunov, R. N. (2021). “Ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv: nazariya va

amaliyot”. Innovatsion ta’lim, №4, 12–18.

UNESCO (2015). Education 2030: Incheon Declaration and Framework for Action.

[UNESCO official site]

OECD (2019). Future of Education and Skills 2030 – Conceptual Learning

Framework. OECD Publishing.