ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
408
2181-
3187
INGLIZ TILI VA RUS TILINI O’QIRISH METODIKASI
Odilova Ziyodaxon
Farg’ona viloyati Beshariq
tumani
1-son politexnikumi
Ingliz tili fani o’qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada chet til o`qitish metodikasi haqida, uning
fan
sifatida rivojlanish tarixi, chet til o`qitish metodikasida qo`llanilayotgan
zamonaviy
metod turlari va ulardan foydalanish xususida so`z boradi.
Kalit so’zlar
: metodika, innovatsiya, chet tili, kommunikatsiya, ko`nikma,
malaka, didaktika, madaniyatlararo muloqot.
Til o`rganish kishilik jamiyatida bag`oyat muhim sohalardan biri
hisoblanadi.
Muloqot vositasi bo`lmish tilni tabiiy muhitda ya`ni oilada, jamoatchilik orasida
yoki
uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy
jihatdan o`rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish,
ayniqsa ko`p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan
o`quvchi va talabalar odatda uch tilni o`rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar
bilan
yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur
shakllanishida alohida xizmat o`taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til
haqida
so`z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo`shnilar tili
sifatida qaraladi. Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G`arbiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
409
2181-
3187
Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy,
hind)
tillari o`qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta`lim muassalarining o`quv rejalaridan o`rin
olgan. Uchala tilni o`qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy
vaziyatda, chet til esa sun`iy muhitda o`rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan,
darsda
muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o`rganish va o`rgatish
muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o`z navbatida, tegishli chet til
o`qitish texnologiyasini qo`llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani
yutuqlarini puxta o`zlashtirish orqali o`quvchi-talabaning to`plagan til tajribasi
me`yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni
samarali o`rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o`rganish
va
o`rgatish ko`p jihatdan chet til o`qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan
ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo`llanilishiga bog`liqdir.
Metodikaning predmeti – chet til predmeti orqali ta`lim-tarbiya berish jarayoni va
usullari, chet til o`rgatish ilmi, muallim va o`quvchi faoliyatini o`rganish
metodikaning
predmeti sanaladi. Metodikaning asosiy tushunchalari – metod, usul, prinsip.
Didaktika- nimani o`rgatamiz? o`qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika – qanday
o`rgatamiz? ta`lim usullari va metodlari demakdir. Metod – metodika tushunchasi
grek-lotincha “metodos-“metodus” so`zidan olingan bo`lib, ma`lum maqsadga
eltuvchi yo`llar, usul ma`nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda atamaning tor va
keng
ma`nosini uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor ma`noda ta`limning konkret
dars
jarayoni bilan bog`liq tushunchani anglatadi. Mashg`ulotlarni rejalashtirish va
o`quv
materiallarini tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan ko`rsatmalarni qamrab oluvchi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
410
2181-
3187
boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi.“Metod” atamasi keng
ma`noda
o`quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya
Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor
ma`noda
qo`llanilib kelinmoqda. Shunga ko`ra didaktika ta`lim mazmuni nima o`rgatiladi?
Metodika esa ta`lim usullari qanday o`rgatiladi? Masalalari bilan shug`ullanadi.
Chet
tillarini o`rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o`zga madaniyat ta`limiy
boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o`z madaniy hayotiga tadbiq
qilish
orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Yevropada chet tillarni
o`rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi ta`lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat
maktablarida imtiyozga ega bo`lgan kishilarni tarbiyalash deb qaraladi.Chet til
o`qitish
metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida chet til o`qitish
metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin. Bunday
qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi. Uning fikricha,
har
qanday fanni o`qitish metodikasi fan bo`lishiga qaramasdan, nazariy fan
hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi.Jumladan, chet til o`qitish metodikasi
ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik
tadqiqotlariga asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining kelib chiqishi va
harakatlanish qonuniyatlari bilan shug`ullansa, metodika bu qonuniyatlarga
asoslanib
zarur til hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish kerak degan savolga
javob
beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari ham tilshunoslar tomonidan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
411
2181-
3187
yozilgan.Bular jumladan XIX asr fonetistlaridan biri va buyuk ingliz tilshunosi
G.Suit,
XIX asr oxiri va XX asr boshida Angliyada eng original fonetist va nazariyotchi
tilshunos hisoblangan O.Yesperson, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida eng
ko`zga ko`ringan fransuz lingvistlaridan F.Bryuns va Brealya, ko`zga ko`ringan
anglist
va taniqli fonetist V.Fiyotor va boshqalar kiradi. Rossiyada til o`qitish metodikasi
masalasi bilan akademik L.V.Shcherba va uning ustozi buyuk tilshunos olim
I.A.Boduen-de-Kurtone va ularning shogirdlari shug`ullanganlar. Chet til o`qitish
metodikasiga psixologlar o`zgacha munosabatda bo`ldilar. Metodika va
psixologiya
fanlarning o`zaro munosabatlari haqida professor V.A.Artemov qimmatli fikr
bildirgan. Uning fikricha, psixologiya metodika uchun material beradi. Metodika
o`qituvchining qanday dars o`tishini o`rganadi. Psixologiya esa, o`quvchilarning
bu
predmetni qanday o`zlashtirib olayotganliklari bilan shug`ullanadi. Lekin, bu
fikrga to`la qo`shilib bo`lmaydi. Chunki o`qituvchi dars berish jarayonida, o`quvchi
esa
o`zlashtirish davrida ma`lum ruhiy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar,
ular
xohlaydilarmi, yo`qmi psixologiyaning qonunlariga ro`baro bo`ladilar va
ta`sirlanadilar. Metodika tarixga oid adabiyotlarni chuqurroq o`rganish shuni
ko`rsatadiki, ayrim tadqiqotchilar metodikani san’at deydilar. Ular odatda fransuz
metodisti Penlash fikriga ishora qiladilar, ya`ni “yaxshi” yoki “yomon” metod
yo`q
“yaxshi” yoki “yomon” o`qituvchilar bor. Bunday fikrdagi kishilarga nemis
metodisti
E.Ottoning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan javob berishi mumkin. U
jumladan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
412
2181-
3187
shunday deydi: “Agar kimki metodikani san`at deb hisoblar ekan, u fan
nazariyasini
uning amalda qo`llanishi bilan qorishtirib yuboradi”. Har bir fanda o`z
tushunchalar
yig`indisi mavjud. Chet til o`qitish metodikasida qabul qilingan asosiy
tushunchalar
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ta`lim sistemasi, ta`lim metodi, ta`lim
prinsipi,
ta`lim vositasi, metodik usul.Chet til o’qitish metodi – deyilganda chet til
o`rgatishning
amaliy, umumta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni
ta`minlovchi muallim va o`quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod
atamasi
“ta`lim usullari yig`indisi” va “ta`limning yo`nalishi” ma`nolarida qo`llanadi.
Birinchisi ta`lim nazariyasida jarayon metodlar ma`nosida ishlatilsa,ikkinchi
ma`noda
uni o`qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan,
chet til
o`qitishning tarjima metodi, tog`ri metod, ongli- qiyosiy metod, an`anaviy metod,
intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.
Chet til o`qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta`limining
umumiy
nazariyasi, metodika muayyan o`quv predmetini o`qitish ilmi, lingvodidaktika
tillarni
o`qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o`qitish ilmi sifatida
qaraladi. “Metod” atamasi bilim, malaka, ko`nikmani egallash, o`quvchilarda
dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo`lidagi o`qituvchi-
pedagog va talabaning ish usuli ma`nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son –sanoqsiz
ta`riflarga ega. Chet tillar o`qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
413
2181-
3187
boshlangan, prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar
to`rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog`ri”, “qiyosiy”, “aralash”
deb atash qabul qilingan. Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov
tomonidan chuqur o`rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko`rinishda bo`lib,
grammatika-tarjima va matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-
tarjima metodi nuqtayi nazaridan chet til umumta`limiy maqsadda o`rganilgan.
Grammatik mashqlar til o`rganuvchining mantiqiy tafakkurini o`stirish maqsadida
bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish ta`limning asosiy maqsadi deb qabul
qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar: 1. Til o`rganish yozma nutqqa
asoslangan. 2. O`rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe
ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo`lgan. 3. Oldin,
grammatik qoida yod olingan, so`ng esa qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya qilingan.
4. Grammatik shakl va so`zlarning ma`nosi so`zma-so`z tarjima vositasida ochib
berilgan. 5. So`zma-so`z tarjima va quruq yodlash yo`li bilan til materiali
o`zlashtirilgan. 6. So`zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan
chegaralanilgan. Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko`rinishlari tarixan
ma`lum. Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog`ri metodlar. Tabiiy
metodda chet tilni o`rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo`lishi kerak.
Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni o`rganish orqali o`qish va yozishni
o`rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g`oya amaliy maqsadtarzida shakllangan.
Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi-til muhitini yaratishdir.
Olg`a surilgan metodik prinsiplarni amalda qo`llash bobida turli yondashuvlar paydo
bo`lgan. Metod namoyondalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin. Chet
til ta`limidan ko`zlangan maqsadning yangicha talqinida, asosan, pragmatik
tilshunoslik tadqiqotlari natijalariga tayanildi.Tilshunoslikningbu sohasi tilni tilga oid
shakl tizimi emas, balki inson faoliyati sohasi deb talqin qiladi. Chet til ta`lim sohasida
70-yillarning boshidan beri to`plana boshlangan yangi xulosalar majmui ta`lim
maqsadini belgilash sohasida qizg`in munozaralariga olib keldi. Chet til ta`limining
asosiy yo`nalishlarini belgilovchi maqsadi o`quvchilarga “muomala qilishni
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
414
2181-
3187
o`rgatish”, “Befaeigung zur Kommunikatsion” (kommunikative Kompetenz) bo`lgan
yangi o`quv rejalari qabul qilindi
REFERENCES
:
1. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L.
(2020). O „zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o „rni va ularnig turli jihatdan
tasniflanishi. Science and Education, 1(Special Issue 3).
2. Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv.
Science and Education, 7(7), 215-220.
3. Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic
research in educational sciences, 2(2).