Авторы

  • Ergasheva Nilufar Akramjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121048

Ключевые слова:

sintaksis LSQ til adabiyot tilshunoslik nazariyasi.

Аннотация

Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma – gap vositasida 
amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik 
qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik 
qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va 
morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik 
va morfologik omilga tayaniladi.  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

402

2181-

3187

A

DABIY MATNDA FORMAL VA SUBSTANSIAL SINTAKSIS

Ergasheva Nilufar Akramjon qizi

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va

oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi.

Annotasiya: Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma – gap vositasida

amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik

qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik

qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va

morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik

va morfologik omilga tayaniladi.

Kalit soʻzlar: sintaksis, LSQ, til, adabiyot, tilshunoslik nazariyasi.

Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisani

o‘rganadi. Boshqacha aytganda, u alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy

hosila bilan band bo‘lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy

birlikni (nutqiy birlikning lisoniy tomonini) o‘rganishni substansial sintaksis hukmiga

havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o‘qimoq so‘zlari orasidagi sintaktik

aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o‘qimoq fe’lining tushum kelishigidagi so‘zni

boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisa. Lekin bu aloqa uchun o‘qi

leksemasining biriktirish imkoniyati bo‘lgan obyekt valentligi bevosita kuzatishda

berilmagan. Bu esa substansial sintaksis tomonidan o‘rganiladi.

Substansial sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo‘lga

kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o‘taydi. Demak, formal sintaksissiz

substansial sintaksisning bo‘lishi mumkin emas. Formal sintaksis esa substansial

sintaksissiz ham ish ko‘raveradi. Zero, substansial sintaksis mohiyatni tadqiq etar ekan,

buning uchun hodisalar jamlangan bo‘lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa

substansial sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi.

Har bir nutqiy parchada turli sath hodisasi qorishgan holda voqelanadi. Masalan,

Halim keldi gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so‘zlar), morfologik


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

403

2181-

3187

(grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so‘zlovchining munosabati yoki uslubiy

betaraflik) sathlar o‘z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani shu holida, turli

mohiyat zarralarining qorishmasi sifatida o‘rganadi va uning qorishmaligiga e’tibor

qaratmaydi. Substansial sintaksis esa nutqiy parchada qorishgan, sintaksisga daxldor

bo‘lmagan jihatlarni e’tibordan soqit qiladi. Formal sintaksis keltirilgan gapni

muayyan(aniq)lik sifatida e’tirof etsa, substansial sintaksis unda turli hodisalar

qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda mavhum

(noaniq)lik

sifatida

qaraydi.

Qorishiq

hodisalar

chetlashtirilgan

mohiyat

«tozalangan»ligi uchun substansial sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita

kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis tomonidan mavhumlik sifatida

qaraladi.

Demak, formal sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita

kuzatishda berilgan) tomoniga, substansial sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda

berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi.

formal sintaksis mutlaq hodisalar bilan, substansial sintaksis esa mutlaq mohiyat bilan

shug‘ullanadi, ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas.

Chunki formal sintaksis mohiyatga intilganligi kabi substansial sintaksis ham faqat

formal sintaksis to‘plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda formal va substansial

sintaksisning o‘rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so‘nadi.

LSQ nutqiy hodisa sifatidagi gapning asosiy grammatik va struktur (qurilish)

xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan mavhum qurilma sifatida yashaydi. Bu

gapning struktur elementi orasidagi munosabatni ifodalab, uning umumiy grammatik

ma’nosini mujassamlashtiradi.

Nutqda gaplar turli-tuman: 1 Shavkat kitobni o‘qidi. 2 Ortadi sevinchim. 3

Farg‘ona, go‘zalsan. Shuning uchun ularning qoliplari ham turli-tuman bo‘lishi tabiiy.

Yuqoridagi Shavkat kitobni o‘qidi tipidagi cheksiz gaplar (Tohir xatni oldi. Munisa

uyni supurdi) uchun (ega+to‘ldiruvchi+kesim) Ortadi sevinchim tipidagi cheksiz

gaplar uchun (ega+kesim), Farg‘ona, go‘zalsan tipidagi cheksiz gaplar uchun


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

404

2181-

3187

(undalma, kesim) qoliplari umumiy. Aytilganlardan ikkita ikki xil xulosaga kelish

mumkin:

qoliplar cheksiz gaplar uchun umumiy;

bu qoliplarni ham cheksiz ajratish mumkin.

Ikkinchi xulosa lisoniy birliklarning cheklanganligi haqidagi qoidaga zid. Demak,

yo qolip haqidagi xulosada hali izchillik va mukammallik yo‘q, yoxud ajratilgan

qoliplarda umumiylik yuqori darajada emas. Zero, boshqa lisoniy birlik kabi qolip ham

miqdoran chekli va mohiyatan umumiy bo‘lishi lozim.

Кeltirilgan qolipning cheksizligi sababi – uning gaplarni umumlashtirishning

ancha quyi bosqichida ekanligi. Chunki undalma, kesim va ega+kesim qolipi ham

o‘zaro farqli va umumiy belgi-xususiyatga ega. Bu qolip undalma va kesim uzvlari

asosida o‘zaro farqlanadi, biroq har ikkalasi uchun ham kesim uzvi qanchalik cheksiz

ko‘rinish kasb etmasin, ular lisonda bitta umumiylikka ega bo‘lishi va bu

umumiylikning zarrasi gap bo‘lib kela oladigan istalgan hosilada mavjud bo‘lishi shart

va zarur. Xo‘sh, o‘zbek nutqida qo‘llana oladigan gaplardagi yuqori darajadagi

umumiylik nimadan iborat va u qanday tiklanadi? Buni aniqlash uchun bir necha o‘nlab

gaplar olinib, ulardan nosintaktik, ya’ni almashtirilsa ham, o‘zgartirilsa ham, gap

mohiyatiga daxl qilmaydigan fonetik (gap ohangi), grammatik (gap bo‘laklari uchun

asos bo‘lgan so‘z turkumlari) hodisalar, so‘zlovchining kommunikativ niyati (ifoda

maqsadi: darak, so‘roq, buyruq), emotsional jihatlar (gapdagi his-hayajon), gap

bo‘laklari tarkibi (yig‘ma, yoyiq, analitik bo‘laklar), shaxsning tavsifi kabilar gapning

mohiyatini qorong‘ilashtiruvchi o‘zga hodisa, tajalli sifatida gap tarkibidan

chetlashtiriladi. Shuningdek, tajallilardan xoli qilingan cheksiz qoliplardagi farqlar

e’tibordan soqit qilinib, umumiyliklar saqlab qolinaveradi. Demak, gap LSQni tiklash

(aniqlash) ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1)

nosintaktik hodisalarni chetlashtirish;

2)

farqlarni soqit qilish – aynanliklarni ajratish.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

405

2181-

3187

Quyidagi gaplardan dastlab nosintaktik hodisalarni chetlashtirishga harakat

qilamiz. 1. Shavkat uyga borsin! 2. Qaylardasan, sevikli erkam? 3. G‘urbat axtarganga

g‘urbat ekan bu dunyo! 4. Sen ham uni sevasanmi?

Bu gaplarda quyidagi nosintaktik hodisalar mavjud:

1. Ifoda maqsadi. Bu nosintaktik hodisa so‘zlovchining maqsa-di, kommunikativ

niyati bo‘lib, shu asosda darak, so‘roq, buyruq gap hosil qilinadi. Bir gapni uning

sintaktik qurilmasiga ta’sir qilmasdan har xil ohang yordamida darak, so‘roq, buyruq

gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1. Jamshid uyga borsin (buyruq gap). 2. Jamshid

uyga borsin (Jamshid uyga borsin, keyin gaplashamiz ma’nosida – darak gap). 3.

Jamshid uyga borsin? (so‘roq gap). Gap ohang jihatdan qancha o‘zgarmasin, uning

qurilishi o‘zgarmasdan qolaveradi: ega+hol+kesim. Gapning ifoda maqsadini

o‘zgartuvchi vosita gap tarkibiga kiritilsa ham, sintaktik qurilishiga putur yetkazmaydi

(masalan, so‘roq olmoshlari, yuklamalar). Demak, birinchi gapdagi buyruq, ikkinchi

va to‘rtinchi gapdagi so‘roq va uchinchi gapdagi darak ma’nolari mantiqiy

kategoriyaning ushbu gaplarda namoyon bo‘lgan zarralari–gaplarning sintaktik

tabiatiga daxldor bo‘lmagan o‘zga, begona hodisaning tajallisi.

2. Modal ma’nolar. So‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalovchi modal

ma’no ham gapning sintaktik qurilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, Shalola kelgan,

Shalola kelgandir, Shalola keldi, Shalola, albatta, keldi gaplarining birinchisida

so‘zlovchining fikrga betaraf munosabati, ikkinchisida gumonsirash, uchinchisida

aniqlik, to‘rtinchi gapda fikrning qatiyligi namoyon bo‘lgan. Bundagi biror gapdan

anglashilgan so‘zlovchining munosabati ikkinchi bir gapga ko‘chirilsa ham, gaplarning

sintaktik tabiati o‘zgarmasdan qolaveradi. Yuqorida keltirilgan to‘rtta gapning

birinchisida qat’iylik (Shavkat uyga borsin), ikkinchisida noaniqlik (Qaylardasan,

sevikli erkam), uchinchisida afsus (G‘urbat axtarganga g‘urbat ekan bu dunyo),

to‘rtinchisida gumon (Sen ham uni sevasanmi?) kabi ma’nolar nosintaktik hodisalar

sifatida namoyon bo‘lgan.

3. Gap bo‘laklarining ifodalanish xususiyatlari. Gap bo‘lak-larining qanday so‘z

bilan ifodalanganligi – leksik hodisalarning gapda voqelangan (tajallilangan)


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

406

2181-

3187

ko‘rinishi. Masalan, bo‘laklarning ot yoki fe’ldan ekanligi, leksema yoki frazema bilan

ifodalanganligi ham nutqiy sintaktik qurilishni belgilaydi, biroq lisoniy mohiyatga

ta’sir qilmaydi. Bunga, deylik, ot bilan ifodalangan bo‘lakni olmosh bilan almashtirish

asosida (Nigora maktabga boradi – ega+hol+kesim; U maktabga boradi –

ega+hol+kesim) amin bo‘lish mumkin.

4. Murakkablashtiruvchi vositalar. Gap tarkibi undalma, ajra-tilgan bo‘lak,

bo‘laklarning uyushishi, kirish va kiritma vosita yordamida murakkablashadi.

Undalma, kirish va kiritma gap bo‘laklari bilan mazmunan bog‘langan, lekin

grammatik munosabatga kirishmagan hodisa bo‘lib, gapning umumiy sintaktik

qurilishini o‘zgartirishga qodir emas. Masalan, Qaylardasan, sevikli erkam gapidagi

undalma (sevikli erkam), Shavkat, so‘zsiz, va’dani uddalaydi gapidagi kirish so‘z

(so‘zsiz), Tabibning ta’biricha, bu dardga da’vo yo‘q emish gapidagi kirish birikma

(tabibning ta’biricha), Shoir (men uni ilgari ko‘rmagan edim) rindona ijodkor sifatida

taassurot qoldirdi gapidagi kiritma (men uni ilgari ko‘rmagan edim) ana shunday

nosintaktik hodisa.

5. Ajratilgan bo‘lak ajralmish bo‘lakning ma’nosini muayyan-lashtiruvchi vosita

bo‘lganligi bois, u o‘ziga tegishli bo‘lakni mazmunan to‘ldiradi. Shu bilan birga, gap

strukturasini kengaytiradi. Ajratilgan bo‘lak izohlanayotgan, to‘ldirilayotgan bo‘lak

bilan birgalikda hokim uzvga tobelanadi: 1. a) U soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida,

qorga ko‘milib uzoq turdi – ega+hol+hol+hol+kesim; b) U soyda qorga ko‘milib uzoq

turdi – ega+hol+hol+hol+kesim. 2. a) Oshpazning, Rashid Jumayevning, qo‘li shirin

ekan

– aniqlovchi+ega+kesim; b) Oshpazning qo‘li shirin ekan –

aniqlovchi+ega+kesim.

Demak, ajratilgan bo‘lak garchi intonatsion alohidalikka, mustaqillikka ega

bo‘lsa-da, izohlanmish, to‘ldirilmish bilan bir butun holda gap strukturasidan o‘rin

oladi.

Avvalo, o‘zbek tilshunosligida Raʼno Sayfullayeva, G‘aybulla Salomov kabi

olimlarning tadqiqotlariga tayanib, gap boʻlaklarining an’anaviy tasnifi – ega, kesim,

to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabi turlari o‘rganildi. Bu tasniflar tilda fikrni ifodalash


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

407

2181-

3187

va uni tartibga solishda qanday xizmat qilishi misollar bilan ko‘rsatildi. Ayniqsa, har

bir gap boʻlagining morfologik belgisi, sintaktik vazifasi va semantik yuklamasi

batafsil ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, zamonaviy tilshunoslikda gap boʻlaklariga doir yangi

yondashuvlar – ayniqsa, Noam Chomskyning generativ grammatika nazariyasida

gapning strukturasi qanday tashkil topishi, har bir gap boʻlagining bu tuzilmadagi roli

haqida fikr yuritildi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, gap boʻlaklari faqat grammatik birlik emas,

balki mantiqiy, psixologik va kommunikativ birlikdir.

Xulosa qilib aytganda, har bir gap bo‘lagi gap struktur shakllanishi va

semantikasida alohida o‘ringa ega. Har bir gap bo‘lagi har xil so‘z turkumlari orqali

ifodalanishi mumkin. Shu bilan birga, muayyan gap bo‘lagi muayyan bir so‘z

turkumiga ixtisoslashmagan. Tilshunosligimizda gap bo‘laklari, asosan, kesimga

nisbatan toifalanadi. Chunki kesim o‘zbek tilida gapning bosh bo‘lagi, markazi

hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdurahimova F. Turli tzzimli tillarda so‘z yasalishining lingvomadaniy

xususiyatlari (Ingliz va o‘zbek tillari misolida). – Farg‘ona, 2024. – 64-b.

2. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –

Тoshkent. «Talqin», 2005. – 260-b.

3. Mengliyev B. Zamonaviy o‘zbek tili. – Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat universiteti, 2023. – 185-b.

4. Muhiddinova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun

o‘quv qo‘llanma. – Toshkent. O‘qituvchi, 2006. – 208-b.

5. Qo‘ziyev U. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan o‘quv-uslubiy majmua. –

Namangan, 2021. – 234-b.

6. Qozoqova N. Leksikologiyani interfaol ta’lim texnalogiyalari asosida o‘qitish. –

Namangan, 2023. – 69-b.

7. Rahmatullayev Sh, Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. Universitet, 2006. –

Библиографические ссылки

Abdurahimova F. Turli tzzimli tillarda so‘z yasalishining lingvomadaniy

xususiyatlari (Ingliz va o‘zbek tillari misolida). – Farg‘ona, 2024. – 64-b.

Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –

Тoshkent. «Talqin», 2005. – 260-b.

Mengliyev B. Zamonaviy o‘zbek tili. – Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat universiteti, 2023. – 185-b.

Muhiddinova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun

o‘quv qo‘llanma. – Toshkent. O‘qituvchi, 2006. – 208-b.

Qo‘ziyev U. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan o‘quv-uslubiy majmua. –

Namangan, 2021. – 234-b.

Qozoqova N. Leksikologiyani interfaol ta’lim texnalogiyalari asosida o‘qitish. –

Namangan, 2023. – 69-b.

Rahmatullayev Sh, Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. Universitet, 2006. –

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)