Авторы

  • TURANBOYEV BOBURJON QODIRJON O‘G‘LI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121053

Ключевые слова:

kichik tadbirkorlik subyektlari soliq soliq imtiyozi soliqqa tortish soliq tizimi.

Аннотация

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni rivojlantirish 
jarayonida, xorijiy mamlakatlardagi amaliy tajribalarni tahliliy o‘rganish muhim 
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar misolida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan soliq tizimi, soliq imtiyozlari va rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni tahliliy 
o‘rganish, ularni amaliyotga tadbiq etishda muhi ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
izlanishda xorijiy tajribalar asosida, soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif 
va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular milliy iqtisodiyotni yanada liberallashtirish 
va kichik biznesni rivojlantirishga xizmat qiladi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

370

2181-

3187

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI SOLIQQA

TORTISHNING XORIJIY AMALIYOTI.

TURANBOYEV BOBURJON QODIRJON O‘G‘LI

boburturonboyev@gmail.com

Qo‘qon universiteti “Xalqaro turizm

va iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi

ANNOTATSIYA

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni rivojlantirish

jarayonida, xorijiy mamlakatlardagi amaliy tajribalarni tahliliy o‘rganish muhim

hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar misolida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga

qaratilgan soliq tizimi, soliq imtiyozlari va rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni tahliliy

o‘rganish, ularni amaliyotga tadbiq etishda muhi ahamiyat kasb etadi. Ushbu

izlanishda xorijiy tajribalar asosida, soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif

va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular milliy iqtisodiyotni yanada liberallashtirish

va kichik biznesni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: kichik tadbirkorlik subyektlari, soliq, soliq imtiyozi, soliqqa tortish,

soliq tizimi.

AННОТАЦИЯ.

В процессе развития налогообложения субъектов малого бизнеса и

предпринимательства важно аналитически изучать практический опыт

зарубежных стран. На примере развитых государств особое значение

приобретает анализ налоговой системы, налоговых льгот и стимулирующих мер,

направленных на поддержку малого бизнеса, а также их применение на практике.

В данной статье на основе зарубежного опыта разработаны конкретные

предложения и рекомендации по совершенствованию налоговой системы,

которые будут способствовать дальнейшей либерализации национальной

экономики и развитию малого бизнеса.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

371

2181-

3187

Ключевые слова: cубъекты малого предпринимательства, налог, налоговая

льгота, налогообложение, налоговая система

ANNOTATION

In the process of developing the taxation of small business and entrepreneurship

entities, it is important to analytically study the practical experience of foreign

countries. Using developed countries as examples, particular significance is given to

the analysis of tax systems, tax incentives, and support measures aimed at promoting

small businesses, as well as their practical application. Based on foreign experience,

this article presents specific proposals and recommendations for improving the tax

system, which will contribute to the further liberalization of the national economy and

the development of small business.

Key words: small business entities, tax, tax incentive, taxation, tax system.

KIRISH.

Bugungi globallashuv sharoitida mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy

raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini

qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini yengillashtirish va soliqqa tortish tizimini

soddalashtirish muhim strategik vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon tajribasi

shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik biznesning o‘sishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan unga

nisbatan qo‘llanilayotgan soliq siyosati va mavjud soliq tartib-taomillarining

qulayligiga bog‘liqdir.

Ayrim rivojlangan davlatlar kichik tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq

rejimlarini joriy etib, ularni rag‘batlantirish orqali iqtisodiy faollikni oshirishga

erishgan. Ayniqsa, AQSh, Germaniya, Turkiya, Polsha, Singapur kabi davlatlarda

kichik biznesni soliqqa tortish mexanizmlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu

tajribalar O‘zbekiston uchun ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Mazkur tadqiqotda turli davlatlarning kichik biznes subyektlariga nisbatan

soliqqa tortish amaliyoti o‘rganilib, ularning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinadi.

Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston soliq tizimini yanada takomillashtirish

bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilinadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

372

2181-

3187

ASOSIY QISM.

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishning

xorijiy amaliyotini tahlil qilish, turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan soliq tizimlari va

imtiyozlarini o‘rganish orqali milliy soliq siyosatini takomillashtirish uchun muhim

ahamiyatga ega. Quyida rivojlangan mamlakatlarda kichik biznesni qo‘llab-

quvvatlashga qaratilgan soliq tizimlari, soliq imtiyozlari va rag‘batlantiruvchi chora-

tadbirlar tahlil qilindi.

Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes uchun korporativ soliq stavkalari va

ularga beriladigan imtiyozlar sezilarli darajadagi farqlarga ega. OECD (Iqtisodiy

hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) tomonidan taqdim etilgan 2024-yilgi

ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlarida o‘rtacha korporativ soliq stavkasi

21,27% ni tashkil etadi, OECD mamlakatlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 23,85% ga teng.

Ayrim davlatlar kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga

nisbatan ancha past darajadagi soliq stavkalarini joriy qilgan. Masalan, Buyuk

Britaniyada yillik sof foydasi £50,000 dan kam bo‘lgan kichik korxonalar uchun

korporativ soliq stavkasi atigi 19% ni tashkil etadi. Shuningdek, Kanada, Irlandiya,

Yaponiya kabi mamlakatlar ham kichik biznes uchun soliq imtiyozlari,

soddalashtirilgan hisobot shakllari va yengillashtirilgan audit talablari kabi chora-

tadbirlarni tatbiq etib kelmoqda. Bu esa kichik biznesning o‘sishi va

raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi

1

.

OECD bazasining 2021-yil ma’lumotlariga ko‘ra 38 ta OECD aʼzosidan 33 tasida

tadbirkorlik subyektlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik

ishlanmalariga (eng.:R&D) qilinadigan xarajatlar uchun imtiyozli soliq rejimlarini

joriy etilgan. Ushbu imtiyozlar OECD davlatlarida R&D faoliyatini davlat tomonidan

qo‘llab-quvvatlashning o‘rtacha 55 foizini tashkil etib, bu holat davlatlar tomonidan

innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishda soliq vositalarining muhim ahamiyat kasb

etayotganligini ko‘rsatadi. Masalan, Fransiyada amal qilayotgan soliq krediti dasturi

orqali kompaniyalar R&D xarajatlarining 30% ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yillik soliq

majburiyatlaridan chegirib tashlash huquqiga ega. Bu mexanizm nafaqat yirik

1

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

rasmiy sahifasidan olindi.

https://www.oecd.org/


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

373

2181-

3187

korxonalar, balki kichik va o‘rta biznes vakillari uchun ham taalluqli bo‘lib, ilmiy-

texnik salohiyatni oshirishga va texnologik innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga

katta yordam beradi

2

.

Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar tomonidan kichik biznes subyektlari uchun

soddalashtirilgan soliq rejimlarini amaliyotga joriy etilgan. Bu kabi tizimlar kichik

korxonalarga yillik daromadlari yoki xodimlar soniga qarab imtiyozlar berish

mexanizmlarini tartibga solidi. Masalan, Polshada kichik biznes uchun yillik daromadi

belgilangan limitdan past bo‘lgan korxonalar uchun soddalashtirilgan soliq rejimidan

foydalana oladi. Ular uchun daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va

ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha soddalashtirilgan stavkalar va hisobot talablari

joriy etilgan. Bu kabi rejimlar soliq yukini kamaytirib, moliyaviy intizomni oshiradi

hamda kichik biznesning rasmiy iqtisodiyotga kirishini rag‘batlantiradi. Bundan

tashqari, bu yondashuv soliq organlari uchun ma’muriy xarajatlarni kamaytiradi va

biznes yuritish muhitining qulayligini oshiradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, soliq imtiyozlari kichik biznesning rivojlanishiga

ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ammo ularning samaradorligi mamlakatning iqtisodiy

va institutsional sharoitlariga bog‘liq. Masalan, OECD tomonidan olib borilgan

tahlillar shuni ko‘rsatadiki, soliq imtiyozlari kichik biznesning investitsiya va

innovatsion faoliyatini rag‘batlantirishi mumkin, ammo noto‘g‘ri mo‘ljallangan

imtiyozlar soliq bazasining qisqarishiga olib kelishi mumkin.

XULOSA.

Xorijiy tajribalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, kichik biznesni

qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq imtiyozlari va soddalashtirilgan rejimlar ularning

rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Biroq, bu imtiyozlar va rejimlar samarali bo‘lishi

uchun ularning ishlash mexanizmi mamlakatning iqtisodiy va institutsional

sharoitlariga mos kelishi kerak. Shu sababli, milliy soliq siyosatini ishlab chiqishda

xorijiy tajribalarni inobatga olish va ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish muhim

ahamiyatga kasb etadi.

Tadqiqotning tahliliy natijasidan, quydagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

2

Xalqaro soliqqa oid tahliliy ma

lumotlarni yig

uvchi tashkilot.

https://taxfoundation.org/


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

374

2181-

3187

viloyatlar iqtisodiy salohiyati va kichik biznesning ulushi

inobatga olinib, soliq yengilliklari hududiy ehtiyojlarga moslashtirilgan

tarzda joriy etilishi lozim;

OECD davlatlari tajribasiga tayangan holda, O‘zbekistonda

ham kichik biznes subyektlari tomonidan olib borilayotgan R&D (ilmiy-

tadqiqot va tajriba-konstruktorlik) faoliyatiga soliq imtiyozlarini joriy

qilinishi maqsadga muvofiq;

soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash

uchun tizimli monitoring mexanizmi joriy qilinib, imtiyozlar natijasida

erishilgan ijobiy o‘zgarishlar tahlil qilinishi lozim.

Soliq tizimining shaffofligi va barqarorligi ta’minlangan taqdirda, kichik biznes

subyektlari rivojlanishga erishadi. Shu sababli, xorijiy ilg‘or amaliyotlar asosida ishlab

chiqilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi kichik tadbirkorlik subyektlari

faoliyatining kengayishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash

jarayonida muhim omillardan biri bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Bird, R., & Zolt, E. (2014).

Tax policy in emerging economies: The role of

small business taxation.

Journal of Public Economics, 118, 104-116.

https://doi.org/xxxxx

2.

Schneider, F. (2015).

The shadow economy and taxation policies: A global

perspective.

Cambridge: Cambridge University Press.

3.

Qоdirjоn о‘g‘li, T. B. (2024). SUV RESURSLАRIDАN FОYDАLАNGАNLIK

UCHUN

SОLIQ

TА’SIRCHАNLIGINI

ОSHIRISHNING

АHАMIYАTI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(1), 151-

153.

4.

Turаnbоyev, B. (2024). О‘ZBEKISTОN FОND BОZОRIDА АKSIYАLАR

SАVDОSINI RIVОJLАNTIRISH ISTIQBОLLАRI TАHLILI. Integrаtiоn оf

Ecоnоmy аnd Educаtiоn in the 21st century, 2(2), 5-8.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

375

2181-

3187

5.

Turаnbоyev, B. (2024). ILG'ОR XОRIJ TАJRIBАSI АSОSIDА ELEKTRОN

TIJОRАT FАОLIYАTINI SОLIQQА TОRTISHNI TАKОMILLАSHTIRISH

YО'LLАRI. Integrаtiоn оf Ecоnоmy аnd Educаtiоn in the 21st century, 2(2), 1-4.

6.

https://taxfoundation.org/

7.

https://www.oecd.org/

Библиографические ссылки

Bird, R., & Zolt, E. (2014). Tax policy in emerging economies: The role of

small business taxation. Journal of Public Economics, 118, 104-116.

Schneider, F. (2015). The shadow economy and taxation policies: A global

perspective. Cambridge: Cambridge University Press.

Qоdirjоn о‘g‘li, T. B. (2024). SUV RESURSLАRIDАN FОYDАLАNGАNLIK

UCHUN SОLIQ TА’SIRCHАNLIGINI ОSHIRISHNING АHАMIYАTI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(1), 151

Turаnbоyev, B. (2024). О‘ZBEKISTОN FОND BОZОRIDА АKSIYАLАR

SАVDОSINI RIVОJLАNTIRISH ISTIQBОLLАRI TАHLILI. Integrаtiоn оf

Ecоnоmy аnd Educаtiоn in the 21st century, 2(2), 5-8.