Авторы

  • Pardaev Umidjon Uralovich
  • Soatov Abbos Baxromovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121057

Ключевые слова:

Kichik biznes subyektlari (KBS) moliyalashtirish bank xizmatlari raqamli transformatsiya fintech islomiy moliyalashtirish AI reyting tizimi xalqaro tajriba O‘zbekiston iqtisodiyoti kredit siyosati.

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes 
subyektlariga (KBS) ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari va ularni moliyalashtirish tizimi 
har tomonlama tahlil qilingan. Bank xizmatlarining mavjud holati, tizimli 
kamchiliklari, hududiy tengsizliklar, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi va 
xalqaro (Osiyo, Yevropa, AQSH) tajribalari asosida solishtirma tahlillar o‘tkazildi. 
Sun’iy intellekt, fintech, islomiy moliyalashtirish kabi innovatsion yechimlar asosida 
O‘zbekiston sharoitida kichik biznesni moliyalashtirishning takomillashtirilgan modeli 
ishlab chiqildi. Ilmiy asoslangan takliflar orqali kichik biznes uchun moliyaviy 
xizmatlarni samarali tashkil etish yo‘llari ko‘rsatildi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

332

2181-

3187

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIGA KO‘RSATILADIGAN BANK

XIZMATLARINI MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Pardaev Umidjon Uralovich,

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Huzuridagi

Davlat boshqoruv akademiyasi

kafedra mudiri, PhD, dotsent

Soatov Abbos Baxromovich

(TBC bank mijozlarga xizmat

ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi, Oriental

universiteti mustaqil tadqiqotchisi)

baxromovich4@gmail.com

Telefon:977770180

Annotatsiya :

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes

subyektlariga (KBS) ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari va ularni moliyalashtirish tizimi

har tomonlama tahlil qilingan. Bank xizmatlarining mavjud holati, tizimli

kamchiliklari, hududiy tengsizliklar, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi va

xalqaro (Osiyo, Yevropa, AQSH) tajribalari asosida solishtirma tahlillar o‘tkazildi.

Sun’iy intellekt, fintech, islomiy moliyalashtirish kabi innovatsion yechimlar asosida

O‘zbekiston sharoitida kichik biznesni moliyalashtirishning takomillashtirilgan modeli

ishlab chiqildi. Ilmiy asoslangan takliflar orqali kichik biznes uchun moliyaviy

xizmatlarni samarali tashkil etish yo‘llari ko‘rsatildi.

Kalit so‘zlar : Kichik biznes subyektlari (KBS), moliyalashtirish, bank xizmatlari,

raqamli transformatsiya, fintech, islomiy moliyalashtirish, AI reyting tizimi, xalqaro

tajriba, O‘zbekiston iqtisodiyoti, kredit siyosati.

Annotation:

This article provides a comprehensive analysis of the banking

services provided to small business entities (SBEs) in the Republic of Uzbekistan and

the financing system for such services. It examines the current state of banking


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

333

2181-

3187

services, systemic shortcomings, regional disparities, the level of digital technology

adoption, and includes a comparative analysis based on international experiences

(Asia, Europe, USA). An improved model for financing small businesses in Uzbekistan

has been developed, based on innovative solutions such as artificial intelligence,

fintech, and Islamic financing. Scientifically grounded proposals have been presented

to organize financial services for small businesses more effectively.

Keywords:

Small business entities (SBEs), financing, banking services, digital

transformation, fintech, Islamic financing, AI-based rating system, international

experience, Uzbekistan’s economy, credit policy.

Аннотация:

В данной статье представлен всесторонний анализ банковских

услуг, предоставляемых субъектам малого бизнеса (СМБ) в Республике

Узбекистан, а также системы их финансирования. Рассмотрены текущее

состояние

банковских

услуг,

системные

недостатки,

региональные

диспропорции, уровень внедрения цифровых технологий, а также проведен

сравнительный анализ на основе международного опыта (Азия, Европа, США).

Разработана усовершенствованная модель финансирования малого бизнеса в

условиях Узбекистана, основанная на инновационных решениях, таких как

искусственный интеллект, финтех и исламское финансирование. Представлены

научно обоснованные предложения по эффективной организации финансовых

услуг для малого бизнеса.

Ключевые слова:

Субъекты малого бизнеса (СМБ), финансирование,

банковские

услуги,

цифровая

трансформация,

финтех,

исламское

финансирование, система рейтингов на базе ИИ, международный опыт,

экономика Узбекистана, кредитная политика.

Kirish

Kichik biznes — har bir mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchi bo‘lib, yangi

ish o‘rinlarini yaratish, aholini daromad manbalari bilan ta’minlash va ichki bozorni

barqarorlashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ham bu sektor davlat


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

334

2181-

3187

siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olingan. Shu bilan birga, kichik

biznes subyektlari uchun moliyalashtirish manbalarining cheklangani, ayniqsa bank

kreditlari olishdagi muammolar, ular faoliyatining kengayishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Maqolaning asosiy maqsadi — kichik biznes subyektlari uchun bank

xizmatlarining moliyalashtirilish holatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash

hamda xalqaro tajribalar asosida takliflar ishlab chiqishdir.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentning

“O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan

vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

1

gi 04.09.2023 yildagi

PQ-292 sonli qarorlarida o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari natijasida tadbirkorlik sohasida

ko‘plab tizimli muammolar hal etildi, shu jumladan biznes yuritishni soddalashtirish,

soliq yukini kamaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay

moliyalashtirish tizimi va infratuzilma yaratish hamda mulk huquqini ta’minlash

bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Tadbirkorlik subyektlarini mikro, kichik, o‘rta

va yirik toifalarga, tuman va shaharlarni 5 ta toifaga ajratish orqali tadbirkorlikni

manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy

va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2

2023-yil 14-sentabrdagi

PQ-306-son

qaroriga

muvofiq: “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks

dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirilish belgilab qo‘yildi.

Kichik biznes

va tadbirkorlikni rivojlantirishda bank xizmatlarini ko‘rsatish hamda

moliyalashtirish borasida yetarliycha huquqiy hujjatlar mavjud.

Kichik biznes va uning iqtisodiyotdagi o‘rni

Kichik biznes subyektlari

iqtisodiyotda katta rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-choragida kichik biznes:

Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi:

54,7%

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 04.09.2023 yildagi PQ-292 sonli qarori

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.09.2023 yildagi PQ-306 son qarori


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

335

2181-

3187

Aholi bandligidagi ulushi:

75%

Eksportdagi ulushi:

27%

1-grafik . Kichik biznes va uning iqtisodiyotdagi o‘rni

So‘nggi uch yilda kichik biznes subyektlarining soni 28 foizga oshgan bo‘lsa-da,

ularning moliyaviy ta’minoti bu o‘sishni izlab bormagan. Shu bois davlat tomonidan

bir qator huquqiy hujjatlar orqali kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish

choralari ko‘rilmoqda.

Davlat rahbariyati tomonidan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab

qonun hujjatlari va farmonlar qabul qilindi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga

qaratilgan. Ammo moliyaviy xizmatlardan foydalanishda regional tengsizlik, garov

talablari, yuqori foiz stavkalari dolzarb muammolar bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda bank-moliya tizimining KBS bilan ishlashdagi holati va

kamchiliklari, 2025-yil boshida mavjud 33 ta bankdan 26 tasi KBS bilan ishlaydi.

2024-yilda kichik biznesga berilgan kreditlar umumiy bank kreditlarining 18.2%ini

tashkil etdi.

Asosiy kamchiliklar: Yuqori garov talablari, uzoq muddatli tahlil, raqamli

xizmatlarning cheklanganligi, markazlashgan xizmatlar yetishmasligi. Kreditlar

olishda ta’minot (zalog) talablari yuqori, Bank tizimidagi raqamlashtirish hali hamma

hududlarda teng darajada emas, Ayrim banklar imtiyozli kredit siyosatini to‘liq

bajarmaydi.

54,70%

75%

27%

0

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

0,6

0,7

0,8

1

2

3

4

Kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni

Eksportdagi ulushi

Aholi bandligidagi ulushi

Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

336

2181-

3187

Xalqaro tajriba (Osiyo, Yevropa, AQSH): Solishtirma tahlil;

Osiyo: Xitoyda WeBank va Ant Financial AI asosida KBS reytingini baholaydi.

Koreyada KDB Bank fintech bilan integratsiyalashgan kreditlar berishni yo‘lga

qo‘ygan.

Yevropa:

Germaniyada KfW Bank kichik biznesni grantlar, kafolatlar bilan qo‘llaydi. Raqamli

lizing, green-finance joriy etilgan.

AQSH: SBA (Small

Business Administration) orqali davlat tomonidan kafolatlangan kreditlar beriladi.

Fintech platformalar (Lendio, Kabbage) orqali kredit olish tez va soddalashtirilgan.

Tahlil: O‘zbekistonda bu

tajribalarni lokal sharoitga moslashtirib joriy etish lozim.

Osiyo davlatlari tajribasi bilan solishtirma tahlil: Xitoy, Janubiy Koreya,

Singapur va Malayziya misolida

O‘zbekistonning kichik biznesni moliyalashtirish va bank xizmatlarini

raqamlashtirish sohasidagi tajribasini chuqur tahlil qilish uchun uni Osiyodagi ilg‘or

mamlakatlar bilan solishtirish muhim ahamiyatga ega. Quyida Xitoy, Janubiy Koreya,

Singapur va Malayziya tajribalari O‘zbekiston sharoitida qanday qo‘llanilishi

mumkinligi tahlil qilinadi.

Xitoyda kichik

va o‘rta biznes subyektlarini (KOB) moliyalashtirishda Ant Financial (Alipay),

WeBank kabi fintech kompaniyalar muhim rol o‘ynaydi. Ular banklar bilan

hamkorlikda garovsiz kreditlash tizimini yaratgan.

Kredit olish jarayoni: 100% onlayn, AI orqali kreditga layoqat baholanadi.

2024-yil holatiga KOB kreditlarining 60% dan ortig‘i fintechlar orqali

berilgan.

Davlat banklari kichik biznes uchun past foizli kreditlar ajratadi (8–10%

yillik)

Raqamli reyting tizimi joriy qilingan, har bir tadbirkorning savdo aylanmasi

asosida avtomatik “risq profili” shakllantiriladi.

Koreyada “Digital Korea” konsepsiyasi orqali kichik biznesga ko‘rsatilayotgan

xizmatlar to‘liq raqamlashtirilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

337

2181-

3187

Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish – 30 daqiqa

Bank kreditlari – 48 soat ichida qaror

“KOBI Bank” va “K-Startup Platform” orqali davlat tomonidan kafolatlar

beriladi

2024-yilda KOBI sektorining bank kreditlaridagi ulushi – 36% (O‘zbekistonda bu

ko‘rsatkich atigi ~17%)

Singapur: Smart-moliyalashtirish va inkubator tizimi

Singapur hukumati kichik bizneslarni nafaqat kreditlar, balki

grantlar,

subsidiyalar, tadbirkorlik inkubatorlari orqali

qo‘llab-quvvatlaydi.

“Enterprise Singapore” – kichik biznesga moliyaviy va texnik ko‘mak

“Startup SG Tech” – davlat grantlari bilan innovatsion startaplarni

rag‘batlantirish

Bank kreditlarining 70% gacha qismi davlat tomonidan kafolatlanadi

Kreditga yondashuv “Kredit + Innovatsiya” modeliga asoslanadi.

Malayziya: Islomiy moliya va mikrofinans tarmog‘i

Malayziyada kichik biznes uchun

islomiy moliyalashtirish

keng tarqalgan, bu

esa O‘zbekiston uchun muhim tajriba.

“Bank Rakyat”, “Maybank Islamic” – halol kredit mahsulotlari

(Murabaha, Ijara)

“TEKUN Nasional” – kichik va o‘rta korxonalarni subsidiyalash dasturi

2024-yilda 800 mingdan ortiq kichik tadbirkorlar maxsus mikrograntlar

olgan

Kichik biznesga moslashtirilgan shariatga muvofiq moliyalashtirish tizimi

ishlaydi.

Davlat

KOB

ulushi (%

YaIMda)

Kredit

ulushi (%)

Moliyalashtirish

vositalari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

338

2181-

3187

Xitoy

65%

60%

Fintech, AI-kreditlar,

davlat kafolati

Jan. Koreya

52%

36%

Mikrokredit, davlat

kafolati, onlayn platformalar

Singapur

48%

38%

Grantlar, inkubatorlar,

smart-credit

Malayziya

38%

27%

Islomiy kredit, subsidiyalar

O‘zbekiston

25%

17%

Bank kreditlari, qisman

raqamli xizmatlar

1-jadval.

Ayrim davlatlarda kichik biznes subyektlarini moliyalashtirish ko‘rsatkichlari

(2024-2025).

Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi va ularni moliyalashtirish

vositalari mamlakatlar iqtisodiy siyosati va moliyaviy tizimining rivojlanish darajasini

aks ettiradi. Osiyo mamlakatlari tajribasi bu borada o‘ziga xos modelga ega bo‘lib,

kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda innovatsion yondashuvlar, davlat kafolatlari va

raqamli texnologiyalar keng qo‘llaniladi.

Masalan, Xitoyda kichik biznes subyektlari YaIMning 65 foizini tashkil qiladi va

umumiy kreditlarning 60 foizi aynan ushbu toifadagi korxonalarga ajratiladi. Bu

natijalarga fintech texnologiyalari, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan kredit

reyting tizimlari, hamda davlat tomonidan beriladigan kafolatlarning keng qo‘llanilishi

orqali erishilmoqda.

Janubiy Koreya tajribasi ham alohida e’tiborga loyiq. Bu davlatda kichik

biznesning YaIMdagi ulushi 52 foizni tashkil etadi. Kichik tadbirkorlarga

ajratilayotgan kreditlar umumiy bank kreditlarining 36 foizini tashkil qilmoqda. Bunga

mikrokredit tizimlari, davlat kafolatlari va onlayn moliyalashtirish platformalari sabab

bo‘lmoqda.

Singapurda esa kichik biznesning YaIMdagi ulushi 48 foiz atrofida bo‘lsa-da,

davlat ularni innovatsion grant dasturlari, inkubator va akseleratorlar orqali qo‘llab-

quvvatlaydi. Banklar esa “smart-credit” deb ataluvchi avtomatlashtirilgan qaror qabul

qilish tizimlarini keng qo‘llaydi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

339

2181-

3187

Malayziyada islomiy moliyalashtirish mexanizmlari muvaffaqiyatli yo‘lga

qo‘yilgan bo‘lib, KBS kreditlash tizimida muhim o‘rin tutadi. Bu davlatda kichik

biznes YaIMning 38 foizini tashkil qiladi, kredit ulushi esa 27 foiz atrofida. Islomiy

kreditlar va davlat subsidiyalari kichik korxonalar uchun moliyaviy imkoniyatlarni

kengaytiradi.

O‘zbekiston bilan solishtirganda, ko‘plab farqlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni

paytda respublikada kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 25 foiz atrofida,

umumiy bank kreditlaridagi ulushi esa 17 foizdan oshmaydi. Moliyalashtirish asosan

bank kreditlari orqali amalga oshiriladi, lekin raqamli xizmatlar hali to‘liq

rivojlanmagan. Bu esa kichik biznes subyektlarining moliyaviy xizmatlardan to‘liq

foydalana olmasligiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlari iqtisodiyotda muhim o‘rin

egallayotgan bo‘lsa-da, moliyalashtirish sohasida qator tizimli muammolar mavjud.

Jumladan:

Bank xizmatlariga yetarlicha kirish imkoniyati yo‘q, ayniqsa chekka

hududlardagi KBS uchun.

Raqamli xizmatlar rivojlanayotgan bo‘lsa-da, ularning KBS ehtiyojlariga

to‘liq mosligi ta'minlanmagan.

Kredit olish uchun garovlar tizimi haddan tashqari qat’iy, bu esa ko‘plab

kichik tadbirkorlar uchun to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Yagona moliyaviy infratuzilma va reyting tizimi sust rivojlangan.

Xalqaro (Osiyo va Yevropa davlatlari) tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli

texnologiyalar, davlat kafolati va fintech startaplar orqali kichik biznesga kredit

resurslarini soddalashtirish va diversifikatsiya qilish mumkin.

Ilmiy asoslangan takliflar

1. Bank xizmatlarining transformatsiyasi: “Smart-banking for KBS”

konsepsiyasi

Kichik biznes uchun alohida bank xizmatlar to‘plamini ishlab chiqish zarur:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

340

2181-

3187

KBS uchun

soddalashtirilgan hisobraqam

ochish

Kichik kreditlar uchun

garovsiz moliyalashtirish paketlari

Hisob-kitoblar, soliq va eksport-import uchun

birlashtirilgan bank

xizmatlari

2. AI asosida kredit baholash algoritmini yaratish:

O‘zbekistonda KBS uchun individual kredit riskini sun’iy intellekt orqali

baholovchi

milliy reyting tizimi

yaratish:

Tadbirkorning savdo aylanmasi, ijtimoiy tarmoqdagi faolligi, to‘lov tarixi

asosida AI reytingi

Bu model Xitoy, Koreya, AQSHda muvaffaqiyatli ishlamoqda

3. Fintech startaplarni soliq va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash

Yangi moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish uchun:

Fintech startaplar uchun

0% soliq stavkasi

(3 yilgacha)

Yagona fintech-regulyator organi tashkil etish

Fintech uchun ochiq API siyosatini kengaytirish (banklar ma’lumotlar

bazasiga ulanish imkoniyati)

4. Islomiy moliyalashtirish asosida moslashtirilgan mahsulotlar

Ko‘plab kichik tadbirkorlar shariatga zid bo‘lmagan moliyalashtirishga ehtiyoj

sezmoqda:

“Murabaha mikroqarz”, “Ijara kredit”, “Tadbirkorlik musharakasi” kabi

mahsulotlar

Bu tajriba Malayziya, Turkiya va BAAda muvaffaqiyatli amaliyotga ega

5. “Digital Tadbirkor” platformasini kengaytirish

Davlat xizmatlari, banklar, soliq idoralari, sug‘urta va grant tashkilotlari

yagona

raqamli platforma

orqali integratsiyalashishi kerak:

Onlayn biznes ro‘yxatga olish

Kredit olishga ariza berish

Davlat subsidiyalari va grantlariga murojaat qilish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

341

2181-

3187

Soliq hisoboti topshirish

6. Hududlar kesimida moliyaviy xizmatlar tengligini ta'minlash

Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida bank xizmatlari kam

rivojlangan.

Mahalliy “Kichik biznes markazlari” ochish

Mobil bank filiallarga sarmoya jalb qilish

Har bir hududda KBS kreditga layoqat reytingini e’lon qilib borish

Maqolada ilk marotaba

“AI-baholovchi moliyalashtirish modeli”

,

“Fintech-

sug‘urta integratsiyasi”

, va

“Islamic microfinance clusters”

tushunchalari

O‘zbekiston sharoitida amaliy joriy etish taklifi bilan berildi.

Bu

yangiliklar kichik biznes subyektlarini faqat kredit bilan emas, balki raqamli muhitga

integratsiyalashgan holda moliyaviy barqarorlikka olib keladi.

Yakuniy xulosa

O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarini bank xizmatlari orqali moliyalashtirish

tizimi hali to‘liq ishlamayotganiga qaramay, bu yo‘nalishda katta salohiyat mavjud.

Tizimli muammolarni hal qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro

tajribalarni moslashtirish orqali bank xizmatlarini adolatli va samarali tashkil etish

mumkin. Bu esa o‘z navbatida kichik biznesning iqtisodiyotdagi rolini oshiradi, yangi

ish o‘rinlari yaratadi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.

O‘zbekiston sharoitida kichik biznesni

samarali moliyalashtirish uchun quyidagilar asosiy yo‘nalish bo‘lishi mumkin: bank

kreditlash siyosatini yumshatish, garovsiz kreditlar uchun davlat kafolatlarini

kengaytirish, fintech va AI asosidagi baholash tizimlarini joriy etish, raqamli

moliyaviy xizmatlarni hududlarda rivojlantirish hamda islomiy moliyalashtirish

asosida kredit liniyalarini ochish. Bularning barchasi kichik biznes subyektlarining

moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi

.

O‘zbekiston uchun kichik biznes subyektlarini moliyaviy xizmatlar bilan to‘liq

ta’minlash:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

342

2181-

3187

Moliyaviy infratuzilmani raqamlashtirish

Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish

Islomiy va alternativ moliyalashtirish manbalarini ko‘paytirish

Xalqaro tajribalardan lokal sharoitda moslashgan model yaratish

orqali amalga oshadi. Bu strategiyalarni izchil amalga oshirish nafaqat bank

tizimini, balki butun iqtisodiy muhitni tadbirkorlikka qulay va inklyuziv holatga olib

chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari

o

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 04.09.2023 yildagi PQ-292 sonli

qarori

o

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.09.2023 yildagi PQ-306

son qarori

2.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy axborotlari va

statistik hisobotlari

o

www.cbu.uz

– Markaziy bank kredit portfeli va moliyaviy xizmatlar

statistikasi.

o

“Bank tizimi faoliyati 2023-yil yakunlari bo‘yicha statistik sharh.”

(Markaziy bank hisobotlari)

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

o

www.stat.uz

– Kichik biznes ulushi, YaIMdagi hissasi va moliyalashtirish

ko‘rsatkichlari.

o

“O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik va xususiy sektor: 2023-yil

statistik to‘plami.”

4.

Lex.uz – Normativ-huquqiy hujjatlar bazasi

o

www.lex.uz

– Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, qonunlar va boshqa

rasmiy hujjatlar.

5.

Xalqaro tashkilotlar va ilmiy bazalar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

343

2181-

3187

o

World Bank: “SME Finance Policy Guide” (2022).

o

OECD: “Financing SMEs and Entrepreneurs: An OECD Scoreboard.”

o

Asian Development Bank: “Digital Financial Inclusion for SMEs in Asia”

(2023).

o

IMF Working Papers on Islamic Finance and SME development.

Библиографические ссылки

o

qarori

o

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 04.09.2023 yildagi PQ-292 sonli

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.09.2023 yildagi PQ-306

son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy axborotlari va

o

statistik hisobotlari

www.cbu.uz – Markaziy bank kredit portfeli va moliyaviy xizmatlar

statistikasi.

o

“Bank tizimi faoliyati 2023-yil yakunlari bo‘yicha statistik sharh.”

(Markaziy bank hisobotlari)

o

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

www.stat.uz – Kichik biznes ulushi, YaIMdagi hissasi va moliyalashtirish

ko‘rsatkichlari.

o

“O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik va xususiy sektor: 2023-yil

statistik to‘plami.”

o

Lex.uz – Normativ-huquqiy hujjatlar bazasi

www.lex.uz – Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, qonunlar va boshqa

rasmiy hujjatlar.

Xalqaro tashkilotlar va ilmiy bazalar