ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
305
2181-
3187
ONLAYN TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Toshpo’latova Mubinaxon Maqsudjon qizi
Andijon davlat chet tillari instituti talabasi
toshpolatovamubinaxon4@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada onlayn ta’lim haqida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, uning ta’lim jarayonida qulayliklari va afzalliklari hamda
kamchiliklari xususida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
onlayn ta’lim, internet, moslashuvchanlik, texnik muammolar,
o’quv resurslari.
Annotation:
This article provides information about online education. It also
discusses its conveniences and advantages in the educational process, as well as
its drawbacks.
Keywords:
Online education, internet, flexibility, technical issues, learning
resources.
Ma’lumki, so’nggi yillarda zamonaviy texnologiyalar shiddat bilan
rivojlanib, uning taraqqiyoti ta’lim tizimiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi.
Xususan, so’nggi yillarga kelib onlayn ta’lim tizimi keng ommalashib,an’anaviy
ta’lim shakliga muqobil sifatida qaralmoqda.
Onlayn ta’lim, ya’ni masofaviy ta’lim – bu internet hamda axborot
texnologiyalari orqali amalga oshiriladigan o’quv materiallar darslar onlayn tarzda
taqdim etiladigan ta’lim shakli. Ushbu ta’lim shakli ham an’anaviy ta’lim tizimi
bilan bir qatorda keng ommalashmoqda. Ayniqsa, Covid-19 yuz berishi natijasida
mamlakatimizda barcha o’quv oliygohlari masofaviy ya’ni onlayn ta’lim tizimiga
o’tdi.
Masofaviy ta’lim qanday paydo bo’lgan
Yigirmanchi asrning 20-yillariga kelib,aloqa sohasidagi yutuqlar
insoniyatga ma’lumotlarni uzatishning yangi usullarini ya’ni ma’lumotlarni sun’iy
yo’ldosh orqali uzatish imkonini berdi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
306
2181-
3187
Bundan 50 yil muqaddam masofaviy ta’limni tasavvur ham qilib
bo’lmas edi, ammo hozir bularning barchasi haqiqat va uning ahamiyati ortib
bormoqda. Dastlab, masofaviy ta’lim pochta aloqasi, e-pochta, televideniye
yordamida tashkil etilgan bo’lsa, keyinchalik axborot texnologiyalari: internet global
tarmog’ining rivojlanishi natijasida masofaviy ta’limning yanada takomillashgan
turlari electron ta’lim paydo bo’ldi.
Shuningdek, 2022-yilning oktabrida hukumat qarori bilan OTMlarda
masofaviy ta’limni joriy etish to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko’ra, 2023-
2024-o’quv yilidan davlat va xususiy oliygohlarga masofaviy ta’lim yo’nalishida
kadrlar tayyorlashga ruxsat berildi.
Onlayn ta’limning afzalliklari:
Moslashuvchanlik –
onlayn ta’lim talabalarga o’zlariga qulay vaqtda o’qish
imkonini beradi. Bu ish bilan band bo’lgan shaxslar uchun juda ham foydali.
O’quv resurslarining ko’pligi –
talabalar videodars, electron kitoblar kabi
ko’plab o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga egalar.
Vaqt hamda mablag’ tejalishi –
an’anaviy ta’lim tizimiga qaraganda ushbu
tizim kamroq vaqt hamda mablag’ talab qiladi.
Ushbu qulayliklar ko’pchilik uchun ma’qul kelib, onlayn ta’limga bo’lgan
talabni talabni kuchaytirishga olib keladi. Ammo bu tizimda bir qancha
kamchiliklar ham ko’zga tashlanadi:
Jonli muloqotning yetishmasligi –
o’qituvchi va talaba o’rtasida muloqot
bevosita cheklangan hisoblanib, bu turli muammolarni aniqlashni osonlashtirishi
mumkin.
Texnik muammolar –
bu tez-tez sodir bo’ladigan muammodir. Ta’lim
jarayonida internet tezligi yoki qurilma muammolari tufayli dars jarayonlarida
uzilishlar kuzatiladi.
Motivatsiyani saqlash qiyinligi –
ba’zi talabalarda oz’-o’zini nazorat qilish
yoki mustaqil ta’lim olish qobiliyati sust bo’ladi. Bu esa ularda motivatsiyani
saqlab qolishda to’siq bo’lishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
307
2181-
3187
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, onlayn ta’lim ham zamonaviy
ta’limning ajralmas qismiga aylanmoqda. Ushbu tizim har tomonlama qulay va
samaraliroq. To’g’ri, yuzma-yuz muloqot bo’lmasligi, texnik muammolar bilan
bog’liq qiyinchiliklar bo’lishi mumkin, ammo talabalar o’zlarini boshqarishni
rivojlantirishi, o’qituvchilarning puxta tayyorgarligi orqali bu tizimda ham
ko’zlangan maqsad va yutuqlarga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Muzaffarova
Z.
ONLAYN
TALIMNING
AFZALLIKLARI
VA
KAMCHILIKLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 764-
767.
2.
Akmalovna E. A. ONLAYN TAʼLIMNING AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI //ИКРО журнал. – 2025. – Т. 14. – №. 02. – С. 307-309.
3.
G‘ulomboyevna I. S., Mirzaqulovna S. D., Xamzayevich K. N. ONLINE O
‘QUV KURSLARI VA ULARNING TA’LIMDAGI IMKONIYATLARI
//SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY.
– 2024. – Т. 3. – №. 25. – С. 168-173.
4.
The Journal of Distance Learning – ‘’Effectiveness of Online Education’’, 2022.
5.
World Economic Forum – ‘’The Future of Online Education’’, 2022.
6.
https://lex.uz/docs/-5085887