ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
242
2181-
3187
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA
TAYYORLASHDA
“ILM YO'LI” VARIATIV DASTURINING AHAMIYATI
Babayeva GulchehraRustamovna.
”Maktabgacha ta’lim” kafedrasi
Metodik fanlari fani
o'qituvchisi
Annotatsiya
: “Ilm yo’li” variativ dasturining maqsad va vazifalari haqida
yoritilgan. “Ilm yo’li” variativ dasturi orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli
tayyorlash jarayoni aks etgan. Unda majburiy tayyorlov guruhlari faoliyatlari o’zaro
bog’liqligi birinchi sinf darsliklari bilan qiyosiy tahlil qilngan.
Kalit so’zlar:
“Ilm yo’li”, faoliyat, mashg’ulot, rivojlanish, bola.
Mavzu Respublikamizda bugungi kunda juda katta islohotlar olib borilmoqda.
Mana shu islohotlardan biri maktabgacha ta'lim sohasida bo‘lib, bu sohaga alohida
e`tibor qaratilganligidir. Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadryatlar
uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta'lim uyg'un
rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich halqasi
bo'lib hisoblanadi. U sog'lom va har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini
ta'minlashga, uni muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlab, uni o' qishga bo'lgan
havasini uyg'otishga qaratilgan bo'lib, bu 6-7 yoshgacha bo'lgan davrda davlat va
nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilalarda amalga oshiriladi.
Bolalarning bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning borliq, turli o'quv
predmetlariga oid ilk tasavvurlarni mehnatsevarlik, tirishqoqlik, zukkolik faollik kabi
fazilatlarning qaror toptirishda maktabgacha ta'lim maskanlarining o'rni va ahamiyati
beqiyosdir.Mana shu maksadda maktabgacha ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabridagi
“Boshlang'ich ta'limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich
o'tish bo'yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarori bilan mos holda maktabgacha
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
243
2181-
3187
ta'lim tizimini kelgusida takomillashtirish, sog'lom, faol, to'la rivojlangan, ijtimoiy
moslashgan bola shaxsini shakllantirish, shuningdek, boshlang'ich ta'limga bolalarning
sifatli tayyorgarligi va kelgusidagi muvaffaqiyatli o'quv faoliyatiga shart-sharoitlarni
yaratish maqsadlarida respublikaning barcha xududlarida bosqichma-bosqich tarzda 6-
7 yoshli boshlang'ich ta'limga bolalarni majburiy yillik tayyorlash guruhlari tashkil
etiladi.
Ushbu qarorni ijro etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta'lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish,
ularga ta'lim tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo'li” variativ
dasturi ishlab chiqildi. Dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan
“Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi, O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash
bo'yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta'limni rivojlantirish Kontseptsiyasi asosida
ishlab chiqildi.
“Ilm yo'li” variativ dasturi bolaning to'laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va
o'qishini, uning maktabda ta'lim olishga samarali tayyorlanishini ta'minlashga
qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha xalqaro tajribalarning hisobga
olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo'lib sanaladi.
“Ilm yo'li” variativ dasturda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni maktab
ta'limiga tayyorlashning maqsad va vazifalari zarur bo'lgan rivojlanish amaliyoti va
maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish,6-7 yoshli bolalar
uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlar
bolalarini to'liq kunli maktabgacha ta'lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega
bo'lmagan yoki muayyan sabablarga ko'ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-
ehtiyojlarini qondirishi ,6-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich
ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat
talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini
ta'minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari; bilish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
244
2181-
3187
jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg'un rivojlanishini
ta'minlashga
mo'ljallangan,maktab
ta'limiga
umumiy
psixologik
tayyorgarlik ta'minlashni ko'zda tutadi:
Haqiqatan ham ta‘lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib
bormoqdaki, 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangidan yangi talablar qo’yilmoqda.
Ilgari bolalar maktabga chiqib, alifboni o’rgansalar, hozirgi bolalar bog’cha
davridanoq o’qish ko’nikmalarini bilishi maqsadga muvofiq etib belgilandi.
Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish,
uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik
borasida g‘amxo`rlik qilish, erkin ijodiy o’z-o’zini ko’rsatishi uchun sharoitlar
yaratishga intilishni ko`zda tutadi.
Shu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish
pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
u jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada
bolalar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga, jinsi, irqi, millati, madaniyati, tili,
e’tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy
holatidan qat’i nazar, boshqa kishilar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga
o‘rganadi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi inklyuziv ta’limning quyidagi tamoyillariga tayanadi:
• Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishgan yutuqlari bilan
belgilanmaydi;
•
Har
bir
inson
his
etish
va
fikr
yuritishga
qodir;
• Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof
•
Barcha
kishilar
bir-biriga
ehtiyoj
sezadi;
• Chinakam ta’lim muayyan o‘zaro munosabatlar doirasidagina
• Barcha insonlar qo‘llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do‘st bo‘lishga ehtiyoj
sezadi;
• Ta’lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo‘lidan kelmaydigan ishdan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
245
2181-
3187
ko‘ra,
uddalay
oladigan
ishda
ko‘proq
namoyon
bo‘ladi;
•
Rang-baranglik
inson
hayotini
boyitadi;
• Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual
• Rivojlantiruvchi dasturlarning individuallashuvini ta’minlash, ya’ni dasturlarni har
bir bolaning birgalikdagi faoliyat doirasidagi talab-ehtiyojlari hamda maktabgacha
ta’lim tashkiloti va majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarning umumiy
maqsadlarini
e’tiborga
olgan holda
tuzish;
• Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning o‘qishini, ularning rivojlanishi va maktabgacha
ta’lim tashkiloti hayotida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash borasida qimmatli uslubiy
tajriba
to‘plash;
•
Barcha
• Yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan umumiy o‘quv rejasidan foydalana olish
imkoniyatini yaratadigan ta’limning differensiyallashgan strategiyalariga tayanish;
• Maktabgacha ta’lim tashkiloti va qisqa muddatli guruhlarni bolaning talab-
ehtiyojlariga
uzluksiz
moslashuvini
ta’minlash;
• bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlash bo‘yicha guruhlar va maktabgacha
ta’lim tashkilotining bolaning talab-ehtiyojlariga doimiy moslashtirilishini ta’minlash.
Inklyuziv ta’lim prinsipial jihatdan yangicha tizim bo‘lib sanaladi.
, bunda pedagoglarga ta’lim jarayonini tuzib chiqishda alohida olingan
bolaning, ayniqsa, notipik rivojlanishga ega bolalarning fiziologiyasi va psixikasi
rivojlanishi
bilan
bog‘liq
bo‘ladigan individual o‘ziga xosliklarini hisobga olishlari kerak bo‘ladi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturida “Inklyuziv ta’lim” haqida so‘z
, bu
mamlakatimizda “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning amalda ishlayotganligi va
imkoniyati cheklangan bolajonlarning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari uchun olib
borilayotgan islohotlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
So’ngi yillarda barcha sohalarda tub islohotlar bo’layotganligi kabi ta’lim
sohasida ham bir qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Biz bilamizki, ta’lim
sohasining “Poydevor” qismi, bu Maktabgacha ta’lim sohasi hisoblanadi. Zero bunga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
246
2181-
3187
misol qilib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 8-dekabr 2018-
yil „Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga
bosqichmabosqich o’tish chora-tadbirlari to’g’risida“ gi 999-sonli qarori, bu qarorga
o„zgartirishlar kiritilishi natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan 9-mart 2020-yil „Bolalarni boshlang„ich ta’limga majburiy bir yillik
tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g’risida“ gi 132-sonli
qarori, shuningdek, 132- sonli qarorga o„zgartirishlar kiritilishi natijasida vujudga
kelgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10-fevral 2022-yil
„Bolalarni boshlang„ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi 66-sonli qarori ni misol qilib olsak
bo’ladi. Umumiy olganda “Ilm yo’li” variativ dasturi har tomonlama bolani maktab
ta’limiga sifatli tayyorlashga xizmat qiladi. Jumladan quyida ularni ko’rib chiqamiz:
- Qurilish, konstruktorlik va matematika markazi;
-Syujetli-rolli o„yinlar va dramalashtirish markazi;
- Til va nutq markazi;
- Ilm, fan va tabiat markazi;
- San’at markazi.
Qurilish, konstruktorlik va matematika markazida bola dastlab o’z hayoti va
maktab faoliyati uchun zarur bo’lgan metodik bilim va ko’nikmalar yordamida maktab
ta’limiga tayyorlanadi. Bunda tarbiyachi bolaning individual xususiyatlarini inobatga
olishi muhim sanaladi. Bunda bolalarning har biri bilan alohida shug’ullanish talab
etiladi. Chunki har bir bola bu guruhga kelguncha unda o’qish, yozish, hisob kitob
malakalari shakllantirilgan yoki mutlaqo habarsiz holatda bo’lishi mumkin. Shuning
uchun puxta ishlab chiqilgan „Ilm yo’li“ variativ dasturi ko’magida tarbiyachi
faoliyatlar jarayonida bolani qiziqishiga qarab ushbu markazga yo’naltiradi. Jumladan
“Transport, ko'cha harakati qoidalari” mavzusida frontal faoliyat tashkil etilgandan
so’ng bolada ushbu faoliyatni qurish yasash markazida „moshina qurish“ yoki uni
yasashga qiziqishiga qarab markazlarga taqsimlaydi va huddi shunday boshqa
markazlarga ham bolalar qiziqishlariga qarab taqsimlanadi. Majburiy guruh
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
247
2181-
3187
tarbiyachisi bolalarni berayotgan savolariga qarab ham faoliyatlar jarayonida
taqsimlay olish ahoratiga ega bo’lishi zarur. Quyidagi savollarni ko’rib chiqamiz: Agar
bola transport vositalarini qurish yoki yashashga oid „bu nimadan yasalgan„ yoki „uni
qanday yasash mumkin?“ kabi savollar bilan murojaat qilsa uni Qurilish,
konstruktorlik va matematika markaziga, agar bola „moshina-moshina“ oynini yoki
tarnsport yoki ko’chada harakatlanish o’ynini o’ynashni xoxlasa „Syujetli-rolli
o„yinlar va dramalashtirish markazi“ga agar bola transport vositasining turlari yoki
uning nomlari va unga oid she’rlarni yoki hikoyalarni eshtishga qiziqsa, „Til va nutq
markazi“ga bolalda mashinalarning qanday harakatlari yoki qanday yo’llar mavjud
ekanligiga qiziqsa Ilm, fan va tabiat markaziga, agar bola uni sur’atlarda ta’svirlashni
xohlasa San’at markaziga taqsimlashi va ularning faoliyatni yanada qiziqarli va
mazmunli tashkil etishi muhim sanaladi. O’z navbatida „Ilm yo’li“ varitiv dasturi
bolani har tomonlama maktab ta’limiga tez va sifatli tayyorlashiga asos bo’lib xizmat
qiladi. Chunki ushbu dasturdagi faoliyatlar bevosita 1-sinf darsliklari bilan bevosita
holda bog’langan. Masalan: Nutq o'stirish faoliyatida olgan ko’nikmalar bevosita 1-
sinf darsligida “Alifbe” hamda “O’qish” darsliklarini uzviy davomi hisoblanadi.
Elementar matematik bilim va ko'nikmalar bo'limida bolalar 1-sinf uchun “Matematik”
yoki “Mantiqiy matematika” fanlarini uzviy davom ettirish uchun asosiy bilim va
ko’nikmalarga ega bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlangan “Musiqa
mashg'ulotlari” maktab ta’limida ham bevosita davom ettiriladi ular orqali quyidagi
ko’nikmalarni davom ettiradi. Musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlar, qo'shiq
aytish, bolalar cholg'u asboblarida chalish, turli harakatli o'yinlar o'rgatiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida majburiy tayyorlov guruhlarida tashkil etiladigan
mashg’ulotlar nomi va 1-sinf mashg’ulotlarida o’tiladigan fanlarning o’zaro
bog’liqliklari quyida keltirib o’tilgan
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, davlatimizda sohaga oid amalga
oshirilayotgan barcha islohotlar hamda yangilanishlar amalda o’z ifodasini topib,
farzandlarimiz sifatli va zamonaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tarbiya topib,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
248
2181-
3187
savod chiqarishlari har bir ota-onani va o’z o’rnida maktab o’qituvchilarini ham
quvontiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ilm yo’li“ variativ o’quv dasturi – Toshkent.: 2019
2. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Boshlang„ich ta’limga
bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o„tish bo„yicha chora-
tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarori.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Bolalarni boshlang„ich
ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to„g’risida“ gi 132-sonli qarori. 4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
„Bolalarni boshlang„ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi 66-sonli qarori
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qarori.
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son
“2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
6.“Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha Ta’lim Vazirining buyrugʻi. Roʻyxat raqami № 3032. 03.07.2018-y.
7. Grosheva I., Yestafyeva L., Maxmudova D., Nabixanova Sh., Pak S., Nazarova V.
G., Abdunazarova N., Isxakova M. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasalari
uchun Davlat oʻquv dasturi, toʻldirilgan ikkinchi nashr. Toshkent-2022.
8. Grosheva I., Shivaldova N., Rizayeva X., Kuryayeva I., Nekrasova Y., Xaziyeva L.
Ekologik ta’lim va tarbiya bo’yicha Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun “Yer
sayyorasi – umumiy uyimiz” parsial dasturi. Toshkent-2022