Авторы

  • Xasanov Murod Gaybullayevich.
  • Sh.Rashidov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121091

Ключевые слова:

Muhammad Rahimxon mang’itlar Doniyolbiy otaliq Amir Shohmurod Buxoro Samarqand bekliklar O’ratepa Toshkent Urgut Hisor Yom Xovos ijtimoiy hayot iqtisodiyot.

Аннотация

Mazkur maqolada Amir Shohmurodning Buxoro davlatining  taxtga kelishi, Amir 
Shohmurod hukmronligi davrida olib borilgan markazlashtirish siyosati, Buxoro 
amirligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ro‘y bergan o‘zgarishlar yoritilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

167

2181-

3187

AMIR SHOHMURODNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI VA

MARKAZLASHTIRISH UCHUN KURASH.

Sh.Rashidov nomidagi SamDU Tarix fakulteti

“Samarqand tamadduni tarixi” kafedrasi

assistenti Xasanov Murod Gaybullayevich.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Amir Shohmurodning Buxoro davlatining taxtga kelishi, Amir

Shohmurod hukmronligi davrida olib borilgan markazlashtirish siyosati, Buxoro

amirligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ro‘y bergan o‘zgarishlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Muhammad Rahimxon,

mang’itlar, Doniyolbiy otaliq, Amir

Shohmurod, Buxoro, Samarqand, Buxoro, bekliklar, O’ratepa, Toshkent, Urgut, Hisor,

Yom, Xovos, ijtimoiy hayot, iqtisodiyot.

Аннотация

В статье рассматривается восшествие Амира Шахмурада на престол

Бухарского государства, политика централизации, проводимая в период

правления Амира Шахмурада, и изменения, произошедшие в социально-

экономической жизни Бухарского эмирата.

Ключевые слова:

Мухаммад Рахимхан, Мангиты, отцовство Дониёлбий,

Амир Шахмурад, Бухара, Самарканд, Бухара, беки, Уратепа, Ташкент, Ургут,

Хисор, Йом, Хавос, общественная жизнь, экономика.

Annotation.

This article covers the accession of Amir Shahmurad to the throne of the Bukhara

state, the centralization policy carried out during the reign of Amir Shahmurad, and the

changes that occurred in the socio-economic life of the Bukhara emirate.

Keywords:

Muhammad Rahimkhan, Mangits, Doniyolbiy fatherhood, Amir

Shahmurad, Bukhara, Samarkand, Bukhara, beks, O'ratepa, Tashkent, Urgut, Hisor,

Yom, Khavos, social life, economy.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

168

2181-

3187

Shohmurod ibn Doniyolbiy 1749-yilda (ba’zi manbalarda 1740-yilda) Buxoro

shahrida o’z davrining eng nufuzli zodagon kishisi, keyinchalik Buxoro amirligining

amaldagi hukmdori bo’lgan Doniyolbiy otaliq oilasida tavallud topgan. Diniy va

dunyoviy ta’lim ko’rgan Shohmurod butun hayotini so’fiylikka bag’shlab, umr bo’yi

darveshona kun kechirish yo’lini tanlaydi va Buxorodagi eng mashhur tasavvuf ilmi

sohiblaridan, pirlardan biri, Naqshbandiya-mujodadiya tariqatining yirik namoyondasi

Shayx Muhammad Safarga ixlos quyib, unga murid bo’ladi, hamda ustozidan ko’p vaqt

ta’lim oladi. Shohmurod ko’pincha Buxoroning jome’ masjidida yashab, hujraga

qamalib,

nafsni

tiyish,

o’zini idrok etish, o’z ruhiyatini boshqarish

mashqlari(meditatsiya) bilan tinimsiz shug’ullangan. Shohmurod o’zining qati’yatligi,

tirishqoqligi, qobiliyati va aql-u zakovati bilan qisqa fursat ichida ustozining alohida

hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lgan.

Darveshlik bilan birgalikda Shohmurod bozorda hammollik bilan shug’ullangan,

xalq ichida el qatori kamtarona kiyinib, kamtarona kun kechirgan. Hukmdor xonadoni

vakili bo’lgani bois Shohmurod o’z qo’riqchilari va xizmatkorlariga ega bo’lgan.

Doniyolbiy otaliq o’g’lining tanlagan bunday hayot tarziga bir tomondan ijobiy

qaragan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa o’g’lini o’zidan keyin hukmdor bo’lishini juda

ham istagan, chunki Doniyolbiy faqat o’g’li Shohmurodni munosib valiahd deb

hisoblagan. Shohmurodni esa hokimiyat mutlaqo qiziqtirmagan, chunki bu umrni

tasavvuf tariqatiga bag’shlash uchun zid edi, kimlardir haqiqatga erishish orzusida

taxtdan voz kechgan, kimlardir boylikdan voz kechib, uni xalqqa tarqatgan va xalq

dardi bilan yashagan, sababi tasavvuf tariqati qonun-qoidasiga ko’ra sufiy kishi

hukmdor yoki mansabdor shaxs bo’lishi mumkin emas edi, shu boisdan Shohmurod

valiahdlikdan o’z ixtiyori bilan voz kechib, hatto toj-u taxt haqida eshtishni ham

istamagan.

Doniyolbiy otaliq o’g’lini siyosatga tortish maqsadida dastlab Shohmuroddan

diniy masalalar bo’yicha maslahatlar so’rab uni tez-tez saroyga chaqirib turgan,

Shohmurod ham otasini qiyin sharoitida qo’llab-quvvatlashga harakat qilgan, shunday

qilib asta-sekinlik bilan Shohmurodning hukmronligiga qadar siyosiy faoliyati


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

169

2181-

3187

boshlangan. Keyinchalik otasining iltimosiga ko’ra Shohmurod Karmanani

boshqaradi, bu hudud ham o’sha davrda mustaqillikka intilgan bekliklardan bo’lib,

Shohmurodbiy Karmananing markaziy hokimiyatga bo’y so’nishini ta’minlaydi.

Shundan so’ng Qarshi bekligida hokimlik qiladi, bu hududni ham poytaxt Buxoroga

tobeligini mustahkamlaydi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bir qancha ijobiy

ishlar qiladi.

1780-yil (ba’zi manbalarda 1760-yillar oxiri) da Shohmurodbiy otasi tomonidan

Samarqandga hokim etib tayinlanadi va unga Ulug’ noib unvoni beriladi, bu bilan

Doniyolbiy otaliqning Shohmurodbiyni siyosatda ushlab turish harakat qilgan.

Samarqand Shohmurodbiyga qadar hayoti izdan chiqib huvillab qolgan shaharga

aylangan edi. 1726-yil Tavakkalxon boshchiligidagi qozoqlarning hujumi va shaharni

talashi, undan so’ng 1740-yilda Eron shohi Nodirshoh tomonidan shaharning ishg’ol

qilinishi va talon taroj qilishi, keyinchalik shaharda vabo epidemiyasining tarqashi va

buning oqibatida ko’p samarqandliklarning yostig’i qurishi, shaharning ijtimoiy-

iqtisodiy hayoti izdan chiqishi tufayli mahalliy aholining Samarqandni tark etib,

Buxoro, Qarshi va boshqa joylarga ko’chib ketishi shaharning bunday og’ir darajaga

kelib qolishiga sabab bo’ldi. Shundan so’ng Samarqandni tiklashga 1780-yilgacha

harakat qilinmagan va e’tibor berilmagan, bir manbada Samarqandda 40 ta, boshqa

manbada 1000 ta xonadon qolgani aytiladi.

1

. Shohmurodbiy Samarqanddagi faoliyatini

shahar hayotini to’liq ko’zdan kechirish, aholisini ro’yxatga olish, shahar hududi va

mavjud mahallalar tarxini chizib, shaharni va u bilan bog’liq muammolarni batafsil

o’rganishdan boshlaydi

[1].

1785-yilda 27-yil Buxoro amirligini idora qilgan hukmdor Doniyolbiy otaliq

vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Samarqandda hokim bo’lib turgan Shohmurodbiy

Buxoroga qaytadi. Uning taxtga chiqishiga doir ko’p bahsli fikrlarni ko’rishimiz

mumkin. Asosli ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, hali ham qalandarlikda umr

guzaronlik qilish umidida yurgan Shohmurod dastavval taxtdan voz kechadi, lekin bir

1


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

170

2181-

3187

tomondan ota vasiyati, bir tomondan siyosiy o’yinlar-u adolatsizliklardan bezigan

Buxoroning oddiy xalqi, Doniyolbiy otaliqni qo’llab-quvvatlagan amaldorlar, din

peshvolari va harbiy qo’shin, hamda qabila mavqeini saqlab qolish tashvishida bo’lgan

mang’it urug’-qabilalari boshliqlari Shohmurodbiydan davlatni boshqarishini iltimos

qilishadi. Shunday vaqtda Shahrisabz mustaqil hokimi Niyozali Doniyolbiy otaliqning

o’limidan foydalanib, mang’itlarni siyosatdan chetlashtirish va hokimiyatni egallash

maqsadida Buxoroga hujum qiladi

[2].

Shohmurod shunday og’ir sharoitda o’z xalqi uchun hokimiyatni egallashga

majbur bo’ladi, yo’qsa mamlakat ayanchli qismatga yuz tutib, taxt uchun kurash,

qabilaviy nizolar, Xiva va Qo’qon xonligi, Afg’oniston podsholigi va qozoq qabilalari

kabi tashqi kuchlarning fursatdan foydalanib, hujum qilishi kabi ko’plab xunrezliklarni

boshidan kechirishi mumkin edi. Shohmurod taxtga Abulfayzxonning nevarasi

Abulgo’zixonni qo’yib, amaldagi hokimiyatni o’z zimmasiga oladi. Shohmurodbiy

shahrisabzliklar hujumini sindiradi va dushmanni ta’qib qilib, Shahrisabzni egallashga

muvoffaq bo’ladi. Buxoroni ham himoya qilib, ham Shahrisabzning mustaqilligiga

chek qo’ygan Amir Shohmurodning mavqei oshib borishidan cho’chib, uni davlat

tepasida qolishini istamagan ba’zi yirik amaldorlar Buxoroda xalq qo’zg’olonini

uyushtiradi. Amir Shohmurod isyonni tinch yo’l bilan bostiradi, ba’zi manbalarda qayd

etilishicha Amir Shohmurod xalqqa jabr yetkazgani uchun otasini kechirishlarini

Buxoro ahlidan so’rab, shahar bo’ylab yurgan [3].

Shahrisabz egallangandan so’ng qisqa vaqt ichida poytaxtda va davlat qo’shinida

tartib o’rnatgan Shohmurodbiy o’zining markazlashtirish siyosatini jadallik bilan

boshlaydi. Hukmronligining birinchi yilida Shohmurodbiy birdaniga pul, harbiy va

ma’muriy islohotlarini o’tkazadi. Aynan shu islohotlar Shohmurodbiyning keyingi

faoliyatiga ijobiy ta’sir qilib, hokimiyatining mustahkamlanishiga xizmat qildi. Pul

islohoti bilan Shohmurodbiy mang’itlar sulolasi hukmronligini yana ham

qonuniylashtirdi, ma’muriy islohot o’tkazish orqali yirik mansab va davlat

lavozimlariga o’z ishonganlarini tayinlab, o’z tarafdorlarini ko’paytirdi. Harbiy islohot

natijasida Shohmurodbiy tartibli qo’shinga ega bo’lib, markazlashtirish siyosati yo’lida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

171

2181-

3187

muvaffaqiyatli harbiy yurishlarni amalga oshirdi. Islohotlarning oson va tezlikda

amalga oshirilayotganidan qo’rqqan muxolifat kuchlar Shohmurodbiyning ukasi

To’xtamishni taxtga o’tqazish maqsadida Shohmurodbiyga qarshi suiqasd

uyushtirishadi. Lekin bu suiqasddan Shohmurodbiy omon qoladi va fitnachilarni

toptirib ularni ayovsiz jazolaydi. Faqat To’xtamish va ba’zi fitnachilar qochib

qutulishdi.

1785-yilda Shohmurodbiy Toshkentga hujum qiladi va shaharni egallaydi. U

yerga o’z noibini qo’yib, Buxoroga qaytadi. Lekin keyinchalik Toshkentda Buxoroga

qarshi isyon ro’y beradi va bu isyon bostiriladi. Yana isyon kutarilishini oldini olish

maqsadida mahalliy aholining bir qismi Samarqand shahriga zo’rlik bilan ko’chirib

o’tkaziladi. Toshkent 1790-yilga qadar Buxoro qo’l ostida bo’ladi.

1786-yilda Shohmurodbiyga qarshi Karmanada mahalliy bek va qabila

boshliqlari boshchiligida isyon ko’tariladi. Qo’zg’olonchilar Kalkanat, Xazor va Nur

hududlarini egallaydilar. Shohmurodbiy katta kuch bilan qo’zg’olonni bostirdi. O’sha

yilda Shahrisabz ham Shohmurodbiyga bo’y so’nishdan bosh tortdi, lekin o’z vaqtida

amalga oshirilgan harbiy harakat natijasida Shahrisabz qayta egallandi. Keyin Xo’jand

ham bo’y so’ndirildi.

1786-yilda Shohmurodbiyning harbiy harakatlari Marvga qarshi qaratiladi.

Doniyolbiy otaliq vafot etganini eshitishi bilan Marv hokimi Bayramali Shohmurod

huzuriga elchi orqali maktub va sovg’a-salomlar yuborib, o’z hamdardligini bildiradi.

Elchi olib kelgan maktubda Bayramali Doniyolbiy otaliq bilan samimiy munosabatda

bo’lgani, hatto uni o’z otasiday ko’rgani va Buxoro va Marv o’rtasida do’stona

munosabat davom etishi kerakligi yozilgan edi. Shohmurodbiy esa Marv Buxoroga

bo’y so’nishi kerak degan qarorga keladi, u Marvni egallash masalasida har oy majlis

o’tkazadi. Nihoyat, 1786-yilda isyonlarni bostirishda ishonchni oqlagan harbiy qo’shin

bilan Shohmurodbiy Marvga hujum qiladi. Marvliklar qattiq qarshilik ko’rsatib

himoyalanishadi, ammo Marv baribir Shohmurodbiy tomonidan egallanadi.

Shohmurodbiy Marvga ukalari Umarbiy va Fozilbiylarni noib qilib tayinlab, Buxoroga

qaytadi. Lekin ko’p o’tmay inilar Marv turkmanlar tomoniga og’ib, o’z akasiga qarshi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

172

2181-

3187

jang boshlashadi. O’zaro jangda ukalarining qarshiligini sindirolmagach

Shohmurodbiy Marvga boradigan suv yo’li Sultonband to’g’onini buzdirib tashlaydi

va ortiga qaytib ketadi. Marvda ochlik boshlanadi, Fozilbiy va Umarbiylar Marv

xalqini talashga tushadi, xalq esa isyon qilib, ulardan shaharni tark etishlarini talab

qiladi. Fozilbiy va Umarbiylar Shahrisabzga qochishga majbur bo’lishadi.

Shohmurodbiy Marvga 5000 kishilik qo’shin jo’natadi, amirlik askarlari Marvni

egallab, u yerdan 1000 kishini olib Buxoroga qaytishadi.

1787-yilda nihoyat Buxoro amirligida ko’plab muhim tarixiy voqealar yuz berdi.

Shohmurodbiy davlat taxtiga qo’yilgan qo’g’irchoq xon Abdulg’ozixonni taxtdan

ag’darib, o’zini rasman diniy hukmdor ya’ni “Amir ul-mo’miniyn” deb e’lon qildi.

Amir Shohmurod chingiziy va noislomiy qonun-qoidalarni barchasini bekor qilib,

mamlakatga shariat qonun-qoidalarini o’rnatdi. Hech bir siyosiy kuch Amir

Shohmurodning bunday ishlariga mone’lik qila olmadi. Chunki butun xalq va harbiy

qo’shin Amir Shohmurodni qo’llab-quvvatlayotgan edi. Amir Shohmurod endilikda

butun mamlakatni so’zsiz markazlashtirishga bor e’tiborini qaratdi. O’gillari va

eng ishonchli vakillarini itoatsizlikka moyil bo’lgan hududlarga tayinlab, mahalliy

zodagonlar, hamda qabila boshliqlarining uyushgan holda isyon ko’tarishlariga chek

qo’ydi. Xususan, Amir Shohmurod to’ng’ich o’g’li Haydarbiyni Qarshi bekligiga,

o’rtancha o’g’li Din Nosirbiyni Marvga, kenja o’g’li Muhammad Husaynni esa

Samarqandga hokim etib tayinlaydi. Aynan o’sha yilda Amir Shohmurod

mustaqillikka erishgan Jizzax, O’ratepa, Yom, Xavos, Urgut va boshqa kichik

hududlarni harbiy kuch bilan egalladi va u yerlarda yashayotgan mahalliy aholining bir

qismini Samarqand shahriga zo’rlik bilan ko’chirib o’tkazadi [4]. Shu qisqa vaqt ichida

mustaqillikka intilgan barcha hududlar poytaxt Buxoroga bo’yso’ndirilib

markazlashtirildi. Bunga albatta qattiqqo’l va qat’iyatli Amir Shohmurodning oqilona

siyosat yuritishi va tadbirkorligi muhim omil hisoblanadi.

1787-1788 yillarda Amir Shohmurod Afg’on podshosi Temurshoh Durroniyga

qarshi g’alabali harbiy yurishlar qilib, 1752-yilda Ahmadshoh Durroniy tomonidan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

173

2181-

3187

bosib olingan Buxoro davlatiga tegishli to’rt viloyat Andxoy, Shiberg’on, Saripul va

Axchani qaytarib oldi [5].

Amir Shohmurod o’zini “Amir ul-mo’miniyn” deb rasman e’lon qilishi va

shariatning asosiy davlat qonuni sifatida o’rnatilishi bilan mamlakatdagi barcha din

peshvolari amirni qo’llab-quvvatlashdi, aholining barcha qatlamlariga kirib borib,

amirga so’zsiz bo’y so’nish lozimligi to’g’risida targ’ibot olib borishdi, bu bilan

amirning hukmronligini saqlashga katta xizmat qildilar. Bundan tashqari mazkur yilda

Amir Shohmurod Buxoro xalqiga tarxon yorlig’ini taqdim etadi, unga ko’ra buxorolik

fuqarolar soliq to’lashdan ozod etiladi. Amir Shohmurod shu paytga qadar amirlikda

amal qilingan barcha noislomiy soliqlar — yorg’u, boj, tusma, yasoq, oliq-soliq kabi

soliqlarni, bepul ishlab berish tartiblarni bekor qildi. Faqat hiroj va zakot soliqlari

saqlab qolindi. Mana shundan so’ng butun xalq yana ham Amir Shohmurodga ishonch

bildirishdi, unga “Amiri Ma’sum” deya ulug’ nom berib e’zozlashdi. Chunki shu

vaqtga qadar o’zbek xonligi tarixida hech bir hukmdor bunday keskin qaror

chiqarmagandi, amaldagi ko’p soliqlardan kechish davlat xazinasiga putur yetkazish

ehtimoli kuchli bo’lsada, Amir Shohmurod xazinasi deyarli hech narsa yo’qotmadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xasanov M.Amir Shohmurod hukmronligi davrida Samarqand. Ilmiy axborotnoma,

OAK ro’yxatidagi SamDU ilmiy jurnali, 2019-y., 6-son, 31-35 betlar

2. https://ru.wikipedia.org/wiki/ Шахмурад

3. Shamsutdinov R. “Vatan tarixi” 2-jild, T.; 2012 . 193-b

4. M.Khasanov. THE SECOND HALF OF THE XVIII CENTURY AND IN THE

MIDDLE OF THE XIX CENTURY IN THE BUKHARA EMIRATE COINAGE

AND ITS SOCIO-ECONOMIC SIGNIFICANCE. European Scholar Journal (ESJ)

Available Online at:

https://www.scholarzest.com

Vol. 2 No. 4, April 2021, ISSN:

2660-5562, 173-175 p.

5. Азамат Зиё “Ўзбекистон давлатчилиги тарихи” Т.; 2001-й, 267-б.

Библиографические ссылки

Xasanov M.Amir Shohmurod hukmronligi davrida Samarqand. Ilmiy axborotnoma,

OAK ro’yxatidagi SamDU ilmiy jurnali, 2019-y., 6-son, 31-35 betlar

Shamsutdinov R. “Vatan tarixi” 2-jild, T.; 2012 . 193-b

M.Khasanov. THE SECOND HALF OF THE XVIII CENTURY AND IN THE

MIDDLE OF THE XIX CENTURY IN THE BUKHARA EMIRATE COINAGE

AND ITS SOCIO-ECONOMIC SIGNIFICANCE. European Scholar Journal (ESJ)

Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 2 No. 4, April 2021, ISSN:

-5562, 173-175 p.

Азамат Зиё “Ўзбекистон давлатчилиги тарихи” Т.; 2001-й, 267-б.