Авторы

  • Pardaboyeva S.I

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121095

Ключевые слова:

kredit – modul tizimi mustaqil ish matematik tayyorgarlik mateamatik apparat matematik madaniyat

Аннотация

 Respublikamizda 2020 – 2021 oʼquv yilidan boshlab oliy taʼlim 
muassasalarida kredit – modul tizimi joriy etilishi boshlandi. Ushbu tizimning afzalligi 
shundaki talabalarning mustaqil taʼlimiga aloxida soatlar ajratilgan boʼlib, ulardan 
taʼlim olishga jiddiy va ongli yondoshishni talab etadi. Kredit - modul tizimida 
talabalarning mustaqil taʼlimini tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada 
kredit-modul tizimida pedagogik oliy taʼlim muassasalari nomuyaxassis taʼlim 
yoʼnalishlari talabalrining oliy matematika boʼyicha mustaqil ishini tashkil etish 
xususiyatlari oʼrganilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

135

2181-

3187

NOMUTAXASSIS TAʼLIM YOʼNALISHI TALABALARINING OLIY

MATEMATIKA FANI BOʼYICHA MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH

XUSUSIYATLARI.

Pardaboyeva S.I.

( JDPU, talabasi)

(JDPU, talabasi e-mail:

saodatpardaboyeva04@gmail.com)

Аnnotatsiya.

Respublikamizda 2020 – 2021 oʼquv yilidan boshlab oliy taʼlim

muassasalarida kredit – modul tizimi joriy etilishi boshlandi. Ushbu tizimning afzalligi

shundaki talabalarning mustaqil taʼlimiga aloxida soatlar ajratilgan boʼlib, ulardan

taʼlim olishga jiddiy va ongli yondoshishni talab etadi. Kredit - modul tizimida

talabalarning mustaqil taʼlimini tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada

kredit-modul tizimida pedagogik oliy taʼlim muassasalari nomuyaxassis taʼlim

yoʼnalishlari talabalrining oliy matematika boʼyicha mustaqil ishini tashkil etish

xususiyatlari oʼrganilgan.

Kalit soʼzlar:

kredit – modul tizimi, mustaqil ish, matematik tayyorgarlik,

mateamatik apparat, matematik madaniyat,

ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ

ПО ВЫСШЕЙ МАТЕМАТИКЕ СТУДЕНТОВ НЕСПЕЦИАЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ.

Пардабойева С.И. ( студенть ДжГПУ)

Аннотация.

В стране с 2020-2021 учебного года началось внедрение

кредитно-модульной системы в высших учебных заведениях. Преимущество

этой системы в том, что для самостоятельного обучения студентов выделяются

отдельные часы, что требует от них серьезного и осознанного подхода к

обучению. Важно организовать самостоятельное обучение студентов по

кредитно-модульной системе. В статье исследуются особенности организации

самостоятельной работы по высшей математике студентов-гуманитариев

педагогических вузов в кредитно-модульной системе.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

136

2181-

3187

Ключевые слова

: кредитно - модульная система, самостоятельная работа,

матеаматический аппарат, математическая культура.

FEATURES OF ORGANIZING INDEPENDENT WORK IN HIGHER

MATHEMATICS FOR STUDENTS OF NON-SPECIAL EDUCATION.

Pardaboyeva S.I

(student of Jizzakh State Pedagogical Universitet)

Abstract

. In the country, from the 2020-2021 academic year, the introduction of

a credit-modular system in higher educational institutions began. The advantage of this

system is that separate hours are allocated for self-study of students, which requires

them to take a serious and conscious approach to learning. It is important to organize

self-study of students on the credit-modular system. The article examines the features

of the organization of independent work in higher mathematics of humanities students

of pedagogical universities in the credit-modular system.

Key words

: credit - modular system, independent work, mathematical apparatus,

mathematical culture.

Matematik taʼlim insoniyat madaniyatining bir qismidir. Xozirgi zamonda erkin,

mustaqil intellektual faoliyat olib borish uchun zarur bilimlarga ega boʼlish lozim.

Matematik bilimlar abstrakt tafakkurni shakllantirish va takomillashtirish bazasining

ajralmas qismidir. Bundan tashqari, matematika boshqa fanlarni oʼzlashtirishga

tayyorlikni taʼminlovchi mustaqil taʼlim imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam

beruvchi omildir.

Jamiyatning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qoʼyadigan zamonaviy

ijtimoiy talablari oliy taʼli muassaslari oldiga har tomonlama rivojlangan, yangi

faoliyat sharoitlariga moslasha oladigan, kasbiy faoliyatni davom ettirishda yuzaga

keladigan muammolarga oʼz vaqtida va toʼgʼri yechim topa oladigan shaxsni, yaʼni

abstrakt fikrlash qobiliyatiga ega boʼlgan kadrlarni tayyorlash vazifasini qoʼyadi.

Qator tadqiqotlar tahlili shuni koʼrsatdiki, pedagogik oliy taʼlim muassasalarining

tabiiy fanlar taʼlim yoʼnalishi talabalari uchun matematika fani bir qator muammolarni


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

137

2181-

3187

keltirib chiqaradi va natijada oʼrganish motivatsiyasini pasaytiradi. Talabalar orasida

yuzaga keladigan quyidagi asosiy qiyinchiliklarni belgilash mumkin: tabiiy fanlar

taʼlim yoʼnalishlarining birinchi kursga qabul qilingan talabalar matematika fanini

oʼrganishga va oʼzlashtirishga yetarlicha koʼnikmaga ega emas; hisob-kitoblarning

murakkabligi va koʼp mexnat talab qilishi; yechim va olingan javobni talqin qilish;

koʼpgina talabalar tomonidan matematikani oʼrganish boʼlajak kasbiy faoliyati uchun

foydasiz deb hisoblanishi. Vujudga kelgan qiyinchiliklarning natijasi - oʼquvchilar

tomonidan dars davomida yechiladigan kam sonli vazifalar va ularning yechimiga

talabalarning qiziqishining pasayishi.

Keltirilgan qiynchiliklar tabiiy fanlar taʼlim yoʼnalishlari talabalariga matematika

oʼqitishga yangi yondoshuvlarni qidirishni nazarda tutadi.

Soʼnggi yillarda tabiiy fanlar taʼlim yoʼnalishlari talabalari uchun matematika

kursini qurishda bir nechta yondashuvlar paydo boʼldi. Quyidagi uchta asosiy

yondashuvni belgilash mumkin:

-

muhandislik va texnik mutaxassisliklar uchun belgilangan

matematika boʼyicha dasturlarni tabiiy fanlar taʼlim yoʼnalishlari talabalari

uchun moslashtirish (asosan, oʼquv jarayonining xususiyatlarini hisobga

olmasdan dars hajmini qisqartirish);

-

dars mazmunini ilmiy-ommabop matnlar bilan almashtirish;

-

matematikaning bir nechta boʼlimlarini yagona metodik tamoyil

asosida va tabiiy fanlar taʼlim yoʼnalishlari talabalariga yoʼnaltirilgan holda

oʼqitish.

Oxirgi yondoshuv samaraliroq va istiqbolli, chunki aynan shu yondoshuvda

matematik boʼlmagan taʼlim yoʼnalishlarida matematika oʼqitish xususiyatlarini

hisobga olish imkoni koʼproq.

Tadqiqotchilar: Bordachenko S.I., Vasekin C.B., Voronov M.V., Meщeryakova

G.P., Dmitrieva M.N va boshqalar taʼkidlaganidek, sanab oʼtilgan muammolar, asosan,

materialni norasmiy idrok etish, sabab-natija munosabatlarini tahlil qilishda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

138

2181-

3187

qiyinchiliklar paydo boʼlishida ifodalangan tabiiy fanlar talabalarning individual -

psixologik xususiyatlariga bogʼliq.

Respublikamizda 2020 – 2021 oʼquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida

kredit – modultizimi joriy etilishi boshlandi. Ushbu tizimning afzalligi shunda ki

talabalarning mustaqil taʼlimiga aloxida soatlar ajratilgan boʼlib, ulardan taʼlim olishga

jiddiy va ongli yondoshishni talab etadi. Kredit - modultizimida talabalarning mustaqil

taʼlimini tashkil etish muxim ahamiyatga ega.

Kredit - modul tizimi – oʼquv jarayonini tartibga solish va kreditlar koʼrinishidagi

bilimlar hajmini hisobga olish doirasida taʼlimning traektoriyasini tanlab olish,

individuallashtirish asosida mustaqil taʼlim va bilimlarni ijodiy oʼzlashtirish darajasini

oshiradigan taʼlim texnologiyasidir. Bu oʼquv jarayoniga nisbatan moslashuvchan

boʼlishga imkon beradi, talaba mustaqil oʼrganish uchun koʼproq oʼquv kurslarini

tanlashi mumkin.

Taʼlimda kredit - modul tizimini joriy etish samaradorligi va sifatini taʼminlash

uchun kredit texnologiyasi, standartlari, oʼquv dasturlari, lavozim taʼriflari, oʼquv

kurslari mazmunini tanlash tamoyillari, oʼqitish tamoyillari va uslublari, talabalarning

mustaqil ishlari tashkil etish usullarini ishlab chiqish zarur. Kredit- modultaʼlim

texnologiyasining asosiy vazifalaridan biri bu talabalarning mustaqil ishi rolini

oshirishdir.

Kredit - modul tizimini oliy oʼquv yurtlarining oʼquv jarayoniga joriy etishdan

maqsad:

- mahalliy taʼlim tizimini xalqaro taʼlim maydoniga integratsiyalash;

- oʼquv jarayoni subʼektlarining akademik mobiligini taʼminlash.

Talabalarning mustaqil ishi - bu taʼlim sifatini oshirish va kelajakdagi

mutaxassislarni tayyorlashning asosiy zaxiralaridan biridir. Kredit - modultaʼlim

tizimiga koʼra, talabalarning mustaqil ishi kursning teng yarmini tashkil qiladi. Shu

munosabat bilan, kredit- modultaʼlim tizimini joriy etish sharoitida talabalarning

mustaqil ishlarini toʼgʼri va samarali tashkil etish muammosi juda dolzarbdir. Shunday

qilib, oliy oʼquv yurtlarida kredit- modultaʼlim tizimini joriy etish oʼquv jarayonini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

139

2181-

3187

tashkil etishni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab qiladi, talabalarning mustaqil ishini

samarali tashkil etishga imkon beradi.

Talabalarning mustaqil ishi deganda - oʼquv, uslubiy adabiyotlar va tavsiyalar

bilan taʼminlangan, testlar, kollokviyalar, referatlar, nazorat ishlari koʼrinishida

nazorat qilinadigan mustaqil oʼrganish uchun ajratilgan mavzular ustida mustaqil ish

tushuniladi. Talabalarning mustaqil ishining toʼliq hajmi talabadan har kuni mustaqil

ishlashni talab qiladigan topshiriqlar bilan tasdiqlanishi kerak. Talabalarning

oʼqituvchi raxbarligida mustaqil ishi soatlari oʼquv dasturining eng murakkab

masalalari, uy vazifasi, maʼruzalar va boshqa mustaqil ish topshiriqlari boʼyicha

konsultatsiyalarni oʼz ichiga oladi. Talabalarning mustaqil ishi mazmuni, albatta,

ishchi dastur (silabus) va fan dasturida aks etadi.

Talabalarning mustaqil ishi - oʼqituvchilarning bevosita ishtirokisiz talabaning

yangi bilim va koʼnikmalarni faol, maqsadga muvofiq egallash usuli.

Tabiiy fanlar taʼlim yoʼnalishi talabalarining matematika boʼyicha mustaqil ishini

tashkil etishda ularning individual – psixologik xususiyatlaridan kelib chiqish

axamiyatlidir. Ushbu jarayonni tashkil etish uchun uslubiy qoʼllanmani ishlab chiqish

bugungi kunda pedagogik OTM lar oldida turgan dolzarb masalalardan biri. Bunday

qoʼllanma matematika fanining mantigʼini buzmagan xolda kursning muxim

qsimlarini ajratishga imkon beradi.

Kredit – modultizimida tabiiy fanlar taʼlim yoʼnalishi talabalarning mustaqil

ishini tashkil etish uchun uslubiy qoʼllanmani “Mustaqil ish daftari” koʼrinishida ishlab

chiqish maqsadga muvofiq boʼladi deb oʼylayman. “Mustaqil ish daftari” ning asosiy

qismi talaba tomonidan mustaqil ravishda toʼldiriladi, yaʼni mavzular boʼyicha

belgilangan nazariy savollar va amaliy topshiriqlarni mustaqil bajaradi.

Mustaqil ishni bajarishda quyidagi qoidalarga qatʼiy rioya qilinishi lozim.

1. Mustaqil ish topshiriqlarni tanlash talabaning gurux jurnalidagi tartib raqami

boʼyicha amalga oshiriladi;

2. Agar bir nechta vazifalar umumiy shartga ega boʼlsa, unda masalani yechishda

umumiy shartlar tegishli maʼlumotlar bilan almashtiriladi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–2_ июня–2025

140

2181-

3187

3. Topshiriqlarni bajarishdan avval materialni oʼrganish va uslubiy koʼrsatmalar

bilan tanishish kerak. Masalalar yechimlari batafsil, bajarilgan qadamlar ketma –

ketligi aniq koʼrsatilgan xolda qayd etilishi kerak.

4. Tekshirilgan ishni olgandan soʼng talaba tьyutor tomonidan qayd etilgan xato

va kamchiliklarni tuzatishi shart. Xatolar ustida ishlash xam “Mustaqil ish daftari” da

bajariladi va qayta topshiriladi.

АDABIYOTLAR ROʼYXATI

1.

Воронов М.В., Мещерякова Г.П. Математика для студентов гуманитарных

факультетов / Серия «Учебники, учебные пособия» Ростов н/Д: Феникс, 2002.

2.

Гаваза Т.А. Профессионально-педагогическая направленность курса

математики для естественных факультетов педвуза: Дис. канд. пед. наук. Орел,

2003.

3.

Захожая Т.М. Самостоятельная работа студентов в условиях организации

учебного процесса в системе кредитно – зачетных единиц// успехи современного

естествохнания. – 2008. - №7 – С. 112 – 113.

4.

Эрназарова

Н.Х

Формирование

познавательного

интереса

к

математическому образованию студентов гуманитарных факультетов//

Научный вестник

СамГУ №2- 2020

5.

Эрназарова Н.Х Methods of intensification of teaching mathematics of

humanitarian students.

European Journal of Research and Reflection in Educational

Sciences

Vol. 8 No. 3, 2020 Part II

ISSN 2056-5852

Библиографические ссылки

Воронов М.В., Мещерякова Г.П. Математика для студентов гуманитарных

факультетов / Серия «Учебники, учебные пособия» Ростов н/Д: Феникс, 2002.

Гаваза Т.А. Профессионально-педагогическая направленность курса

математики для естественных факультетов педвуза: Дис. канд. пед. наук. Орел,

Захожая Т.М. Самостоятельная работа студентов в условиях организации

учебного процесса в системе кредитно – зачетных единиц// успехи современного

естествохнания. – 2008. - №7 – С. 112 – 113.

Эрназарова

Н.Х Формирование познавательного интереса к

математическому образованию студентов гуманитарных

факультетов//

Научный вестник СамГУ №2- 2020

Эрназарова Н.Х Methods of intensification of teaching mathematics of

humanitarian students. European Journal of Research and Reflection in Educational

Sciences Vol. 8 No. 3, 2020 Part II ISSN 2056-5852