ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
11
2181-
3187
BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARNI
QOʻLLASHNING AFZALLIKLARI
Egamova Nigora Ustamirzayevna
NamSIFL
O‘qituvchisi.
nigoraegamova2@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarining bilim olish
jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik afzalliklari, ularning
taʼlimga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi roli hamda ta’lim samaradorligini
ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Muallif interaktiv metodlarning turli shakllarini
ko‘rib chiqib, ularning boshlang‘ich ta’limga mos keluvchi jihatlarini yoritadi.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, interaktiv metodlar, faol o‘qitish, dars
samaradorligi, muloqotli o‘qitish.
Bugungi kunda taʼlim jarayonida anʼanaviy yondashuvlardan voz kechilib,
o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida shakllantiruvchi interaktiv metodlar keng
qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, boshlangʻich sinflarda bu yondashuv bolalarning psixologik
va intellektual rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Interaktiv metodlar yordamida
o‘quvchilar darsda faol ishtirok etadi, fikrlaydi, bahs yuritadi va mustaqil qaror qabul
qilishni o‘rganadi.
O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda
o‘qituvchilarning o‘rni benihoya katta. Pedagog nafaqat bilim beruvchi, balki yosh
avlod tarbiyasida yo‘l ko‘rsatuvchi, ularning tafakkuri va ijtimoiy ongini
shakllantiruvchi asosiy shaxslardan biridir. Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi faqat
darslik materiallari bilan cheklanib qolmasdan, har bir darsga ijodiy yondashib,
yangilik yaratishi, kichik bo‘lsa-da, metodik kashfiyotlar qilishi zarur. Chunki hozirgi
zamon o‘quvchisi ilg‘or fikrlaydi, tez o‘zgarayotgan dunyo sharoitida e’tiborini
jamlash va dars davomida faol bo‘lishi uchun pedagogdan yangicha yondashuv talab
qilinadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
12
2181-
3187
Shu bois dars jarayonini turli ko‘rgazmalar, interaktiv mashg‘ulotlar va o‘yinlar
orqali tashkil etish o‘quvchilarda bilimga qiziqish uyg‘otadi, ularning nutq madaniyati
va tafakkur doirasi kengayishiga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida darsda yuqori
samaradorlikka erishish imkonini beradi. Mavzuni tushunish osonlashadi, dars
zerikarli kechmaydi va har bir bola o‘zini dars jarayonining faol ishtirokchisi sifatida
his qiladi.
Shuningdek, bolalarda mustaqil fikrlash, kuzatuvchanlik va ijodkorlik
ko‘nikmalari nafaqat dars paytida, balki o‘yinlarda, tabiat qo‘ynida bo‘ladigan
sayohatlarda ham rivojlanadi. Bunday faoliyatlar o‘quvchilarni faollashtirishda, ularga
tashabbus ko‘rsatish, yangicha yondashuvlarni taklif qilish imkonini beradi.
Interaktiv metodlardan foydalanish ayniqsa muhim. Ular o‘quvchilarning fikrlash
faolligini oshirishda, bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishda, guruhda ishlash
madaniyatini shakllantirishda va o‘zaro hurmat asosida muloqot olib borishda samarali
vosita hisoblanadi. O‘quvchi dars davomida ko‘rgazmali materiallar bilan ishlarkan,
mustaqil fikr bildiradi, o‘z qarashlarini ifoda etadi va dunyoqarashi boyiydi. Eng
asosiysi, bu usullar o‘quvchilarning hayotga, atrof-muhitda kechayotgan jarayonlarga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Har bir interaktiv metod o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va individual
qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak. O‘yinli metodlarda qatnashish
uchun bolalar o‘yin qoidalarini tushunishi, ularga amal qilishi, shuningdek o‘yin
davomiyligi dars vaqtiga to‘g‘ri muvofiqlashtirilishi muhim. Interaktiv uslublar
sinfdagi eng sokin yoki tortinchoq o‘quvchini ham dars jarayoniga jalb qilishga
yordam beradi.
Dars boshlanishidan oldin interaktiv metodlardan foydalanish o‘quvchilarning
e’tiborini jamlashga, ularda ijobiy ruhiy holatni shakllantirishga, darsga tayyorlik
holatini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida darslikdagi murakkab
mavzularni yengilroq o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Interaktiv yondashuvlar bilim
olish jarayonini zavqli, samarali va ta’sirchan qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
13
2181-
3187
Interaktiv metod – bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ikki tomonlama
muloqotga asoslangan ta’lim metodidir. Bu metodlarda o‘quvchilar bilimni tayyor
holda olmaydi, balki uni mustaqil izlanish, bahs va amaliy faoliyat orqali o‘zlashtiradi.
Misollar sifatida “Aqliy hujum”, “Fishbone”, “Insert”, “Klaster”, “Rol o‘ynash”,
“Guruhli ish” metodlarini keltirish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh jihatidan faol, o‘yin orqali o‘rganishga moyil
bo‘lishgani sababli ularga quyidagi interaktiv metodlar ayniqsa samarali:
•
O‘yinli metodlar: didaktik o‘yinlar, dramalashtirish, rol o‘ynash.
•
Tasviriy metodlar: rasm, sxema, grafiklar orqali ifodalash.
•
Jamoaviy metodlar: kichik guruhlarda ishlash, fikr almashish.
Agar afzalliklari haqida aytadigan bo‘lsak, quydagilardan tashkil etadi:
Faollikni oshiradi: o‘quvchilar faqat tinglovchi emas, balki faol ishtirokchiga
aylanadi.
Qiziqish uyg‘otadi: o‘yin va muhokama asosida qurilgan darslar bolalarga yoqadi.
Muloqot ko‘nikmasini shakllantiradi: o‘quvchilar o‘z fikrini ifoda etishga
o‘rganadi.
Ijodiy fikrlashni rivojlantiradi: muammoli vaziyatlar orqali yangicha yondashuvni
o‘rganadi.
Mustaqil ishlashga o‘rgatadi: bilimni o‘zi izlab topish va amalda qo‘llash
ko‘nikmasi shakllanadi.
Shuni ham aytish joizki, o‘qituvchining asosiy vazifasi — bu nafaqat bilim berish,
balki o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularni to‘g‘ri yo‘nalishga boshqarish,
mustaqil fikrlashga undash va yakuniy xulosa chiqarishga yo‘naltirishdan iboratdir.
Bugungi zamonaviy ta’lim jarayonida bu vazifani bajarishda interaktiv metodlarning
o‘rni beqiyosdir. Ushbu usullar yordamida o‘qituvchi o‘quvchining fikrini darhol rad
etmaydi, aksincha, unga mulohaza yuritish uchun imkon yaratadi. O‘qituvchi kerakli
pallada yumshoq, nozik tarzda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini
o‘zi anglab yetadi. Bu esa o‘quvchida muhim ko‘nikmalar – ya’ni erkin fikrlash,
tahliliy yondashuv va xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish salohiyatini rivojlantiradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
14
2181-
3187
Interaktiv metodlarning muhim jihatlaridan yana biri shundaki, bu usullar ta’lim
bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Interaktiv darslar jarayonida o‘qituvchi
va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamkorlik va muloqotga asoslangan iliq muhit
shakllanadi. O‘qituvchi har bir o‘quvchining fikrini tinglaydi, unga hurmat bilan
qaraydi. Natijada o‘quvchilarda ham o‘zaro tinglash, bir-birining fikriga e’tibor bilan
yondashish, tolerantlik va muloqot madaniyati rivojlanadi. Bu esa o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularni faol ishtirok etishga undaydi.
Bunday qulay va psixologik jihatdan sog‘lom muhitda o‘quvchi o‘zining
qadrlanishini his qiladi, bosim va qo‘rquvsiz o‘z fikrini ochiq ifoda eta oladi. Bu esa
o‘z navbatida uning mustaqil fikrlash ko‘nikmasini yanada rivojlantiradi.
Interaktiv metodlardan samarali foydalanish uchun o‘qituvchi o‘z darsini puxta
rejalashtirishi, ya’ni darsning texnologik loyihasini oldindan ishlab chiqishi lozim. Bu
jarayonda u interaktiv metodlarning turli strategiya va usullarini chuqur o‘rganib,
ularni maqsadga muvofiq tanlab, dars jarayoniga to‘g‘ri singdira bilishi kerak.
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlar ta’lim jarayonida interaktiv
metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan keng
foydalanish orqali o‘quvchilarning o‘quv, ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga
erishgan. Ularning bu boradagi boy tajribasi interaktiv metodlarning qanday qudratga
ega ekanini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, interaktiv metodlar zamonaviy ta’limning ajralmas bo‘lagi
sifatida, o‘quvchilarning faolligini, mustaqil fikrlashini, nutqiy va ijtimoiy
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ular orqali nafaqat ta’limiy, balki
tarbiyaviy maqsadlar ham samarali amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun interfaol ta’lim strategiyalarining
mohiyatini tushunish, ularning ta’lim jarayoniga qiziqish bilan jalb qilinishiga xizmat
qiladi. O‘quvchilar bunday metodlar orqali bilim olishga ongli ravishda emas, balki
tabiiy ravishda, ichki motivatsiya bilan kirishib ketadilar. Bu esa ta’limning sifatini
oshirishda muhim omil hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
15
2181-
3187
Matematika fanining amaldagi o‘quv dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilarga oddiy matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar haqidagi
dastlabki bilimlar beriladi. Ular xarfiy belgilar, o‘zgaruvchilar bilan tanishtiriladi
hamda eng sodda tenglama va tengsizliklarni yechish ko‘nikmalarini egallashni
boshlaydilar.
Shu bosqichda interfaol yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ayniqsa
katta ahamiyat kasb etadi. Sababi, bunday strategiyalar o‘quvchilarda mustaqil
fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritish, o‘z fikrini erkin ifoda eta olish kabi
qobiliyatlarning shakllanishiga yordam beradi. Interfaol usullar orqali o‘quvchi va
o‘qituvchi o‘rtasida sog‘lom pedagogik hamkorlik shakllanadi, bu esa o‘quv muhitini
iliq va ishonchli qiladi.
Bu yerda asosan qanday darslik yoki texnik vositalardan foydalanilayotganligi
emas, balki o‘qituvchining darsni qanday tashkil etayotganligi asosiy mezon sifatida
qaraladi. Ya’ni, metodika – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotdagi
uslubi, bilim berishdagi yondashuvi, o‘quvchilarning faol ishtirokini rag‘batlantira
oluvchi strategiyalar majmuasidir.
Masalan, o‘qituvchi dars davomida misollar, ko‘rgazmalar, didaktik o‘yinlar,
muammoli vaziyatlar yaratish orqali o‘quvchilarni faollikka undashi mumkin. Bu
holatda ta’lim jarayoni o‘qituvchining monologiga aylanish o‘rniga, o‘zaro muloqotga
asoslangan, interaktiv va samarali faoliyatga aylanadi.
Ya’ni, interfaol strategiyalar o‘quvchilarda nafaqat fanga bo‘lgan qiziqishni
uyg‘otadi, balki ularni chuqurroq o‘ylashga, izlanishga va bilimlarni mustaqil tarzda
o‘zlashtirishga undaydi. Bu esa zamonaviy ta’limning eng muhim maqsadlariga mos
keladi.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan uslubiy yondashuvlar orasida nofaol metod
hamon ayrim o‘qituvchilar amaliyotida uchrab turadi. Bu yondashuvda o‘qituvchi
markaziy figuraga aylanadi, ya’ni asosiy axborot manbai va bosh harakatlantiruvchi
bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilar esa, asosan, passiv tinglovchilar sifatida ishtirok
etishadi. Nofaol yondashuvda bilim asosan tinglash, yozib olish va yod olish orqali
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
16
2181-
3187
uzatiladi. Darsda bu metod ko‘proq savol-javoblar, nazorat ishlari, testlar va og‘zaki
suhbatlar orqali aks etadi.
Bu uslubning samaradorligi cheklangan bo‘lsa-da, ayrim ijobiy jihatlari mavjud.
Masalan, o‘qituvchidan katta tayyorgarlik talab etilmaydi va qisqa vaqt ichida ko‘p
miqdordagi o‘quv materialini yetkazish imkonini beradi. Shu sababli, ba’zi tajribali
pedagoglar ushbu metodni tez-tez tanlaydilar, ayniqsa vaqti chegaralangan holatlarda
yoki o‘quvchilar allaqachon mavzuning asosiy tushunchalarini o‘zlashtirgan bo‘lsa.
Bunday vaziyatlarda, to‘g‘ri yondashuv bilan, bu metod ham ma’lum darajada ijobiy
natijalar berishi mumkin.
Shunga qaramay, zamonaviy ta’lim talablari nofaol metodga nisbatan faol va
interfaol yondashuvlarni afzal ko‘rishga undaydi. Faol metodlarda o‘quvchilar darsda
bevosita ishtirok etadilar — savol beradilar, muammolarni hal qiladilar, munozaralarda
qatnashadilar. Bu yondashuvlar o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Interfaol metodlar esa faol yondashuvlarning mantiqiy davomi sifatida qaraladi.
Ular faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni emas, balki o‘quvchilarning
o‘zaro hamkorligini ham ta’minlaydi. Interaktiv darslarda o‘qituvchi markazdan
chekinib, ko‘proq yo‘naltiruvchi, fasilitator rolini bajaradi, ya’ni o‘quvchilarning
mustaqil izlanishlari va faoliyatini boshqarib boradi. O‘quvchilar esa bilim olish
jarayonida bir-biri bilan fikr almashadilar, jamoaviy ishlaydilar va muammoni
birgalikda hal qilishni o‘rganadilar.
Shunday qilib, nofaol metodlar ayrim holatlarda qulaylik tug‘dirsa-da, interfaol
metodlar ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning chuqur va barqaror bilim
egallashlarini ta’minlash nuqtai nazaridan afzalroqdir. Interfaol yondashuvlar orqali
o‘quvchi faqat passiv tinglovchi emas, balki bilimni o‘zi izlab topuvchi, uni
o‘zlashtiruvchi va amalda qo‘llovchi subyektga aylanadi. Shu bois, zamonaviy ta’lim
jarayonida interfaol metodlarni keng joriy etish dolzarb hisoblanadi.
1
1
Yo‘ldoshev A. Interfaol ta’lim metodlari. –
Samarqand: SamDU, 2018.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–2_ июня–2025
17
2181-
3187
Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinfda interaktiv metodlardan foydalanish
o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini yengillashtiradi, ularni o‘z fikrini erkin ifoda
etishga, mantiqiy fikrlashga va ijtimoiylashuvga o‘rgatadi. Bu esa zamonaviy
ta’limning asosiy maqsadlari bilan uyg‘unlashadi. O‘qituvchi ushbu metodlardan
to‘g‘ri foydalangan taqdirda, har bir dars mazmunli, samarali va bolalar uchun qiziqarli
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
To‘xtayev B., Usmonxo‘jayev M. Pedagogik texnologiyalar va interaktiv
metodlar. – Toshkent: TDPU, 2020.
2.
Karimova M.Q. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi”
nashriyoti, 2019.
3.
Yo‘ldoshev A. Interfaol ta’lim metodlari. – Samarqand: SamDU, 2018.