Авторы

  • Ismoilov Mavludbek Mukimjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121116

Ключевые слова:

Ekotsid Rim Statuti xalqaro jinoyat huquqi beshinchi jinoyat Xalqaro jinoiy sud Stop Ecocide ekologik xavfsizlik siyosiy muvozanat xalqaro huquqiy islohot.

Аннотация

Mazkur maqolada ekotsidni Rim Statutiga beshinchi xalqaro jinoyat sifatida 
qo‘shish zarurati huquqiy, siyosiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Rim 
Statutining mavjud tuzilmasi, xalqaro jinoyat huquqi evolyutsiyasi va ekotsidga oid 
xalqaro tashabbuslar – xususan 2021-yilgi Stop Ecocide Foundation loyihasi va 
Vanuatu hamda boshqa davlatlar tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida olib 
boriladi. Maqolada ekotsidni tan olishning xalqaro huquqiy asoslari, davlatlar 
o‘rtasidagi siyosiy pozitsiyalar, geosiyosiy muvozanat va xalqaro jinoiy sud 
yurisdiksiyasi doirasida yuzaga keladigan institutsional muammolar yoritiladi. Muallif 
shuningdek, ekologik xavfsizlikni xalqaro jinoiy adolat doirasida ta’minlashga 
qaratilgan yondashuvlarni taklif etadi hamda ekotsidni jinoiylashtirish global ekologik 
boshqaruvning ajralmas qismiga aylanishi lozimligini asoslaydi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

457

2181-

3187

RIM STATUTIGA EKOTSIDNI BESHINCHI XALQARO JINOYAT

SIFATIDA QO‘SHISH TAKLIFI: HUQUQIY, SIYOSIY VA AMALIY

TAHLIL

Ismoilov Mavludbek Mukimjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti

magistratura talabasi

ismoilovmavludbek@gmail.com

https://orcid.org/0009-0000-0442-1898

Annotatsiya

Mazkur maqolada ekotsidni Rim Statutiga beshinchi xalqaro jinoyat sifatida

qo‘shish zarurati huquqiy, siyosiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Rim

Statutining mavjud tuzilmasi, xalqaro jinoyat huquqi evolyutsiyasi va ekotsidga oid

xalqaro tashabbuslar – xususan 2021-yilgi Stop Ecocide Foundation loyihasi va

Vanuatu hamda boshqa davlatlar tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida olib

boriladi. Maqolada ekotsidni tan olishning xalqaro huquqiy asoslari, davlatlar

o‘rtasidagi siyosiy pozitsiyalar, geosiyosiy muvozanat va xalqaro jinoiy sud

yurisdiksiyasi doirasida yuzaga keladigan institutsional muammolar yoritiladi. Muallif

shuningdek, ekologik xavfsizlikni xalqaro jinoiy adolat doirasida ta’minlashga

qaratilgan yondashuvlarni taklif etadi hamda ekotsidni jinoiylashtirish global ekologik

boshqaruvning ajralmas qismiga aylanishi lozimligini asoslaydi.

Kalit so‘zlar: Ekotsid, Rim Statuti, xalqaro jinoyat huquqi, beshinchi jinoyat,

Xalqaro jinoiy sud, Stop Ecocide, ekologik xavfsizlik, siyosiy muvozanat, xalqaro

huquqiy islohot.

XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan ekologik inqiroz insoniyat

oldiga yangi huquqiy vazifalarni qo‘ymoqda. Global iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-

xillikning yo‘qolishi va atrof-muhitning keng ko‘lamli degradatsiyasi xalqaro huquq

tizimida tubdan yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Aynan shu kontekstda Rim


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

458

2181-

3187

Statutiga ekotsidni beshinchi xalqaro jinoyat sifatida kiritish taklifi alohida ahamiyat

kasb etadi.

Ekotsid kontseptsiyasi ilk bor 1970-yillarda amerikalik biolog Artur Galston

tomonidan Vetnam urushi davrida qo‘llanilgan kimyoviy qurollarning atrof-muhitga

yetkazgan zararini tavsiflash uchun ishlatilgan [1]. O‘shandan beri bu atama xalqaro

huquqiy doirada tobora kengroq qo‘llanila boshladi. Bugungi kunda ekotsidni xalqaro

jinoyat sifatida tan olish masalasi nafaqat akademik doiralarda, balki siyosiy

maydonlarda ham faol muhokama qilinmoqda.

Ekotsid tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi xalqaro ekologik huquqning

umumiy evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib

o‘tgan BMT Inson muhiti bo‘yicha konferensiyasi atrof-muhitni muhofaza qilishning

xalqaro ahamiyatini tan olgan ilk global tadbirlardan biri bo‘ldi [2]. Ushbu

konferensiyadan keyin xalqaro hamjamiyat atrof-muhitga yyetkazilgan jiddiy zarar

uchun huquqiy javobgarlikni o‘rnatish zaruratini anglay boshladi.

Ekotsidning zamonaviy ta’rifi 2021-yilda xalqaro huquqshunoslardan iborat

mustaqil ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning taklifiga ko‘ra, ekotsid

“atrof-muhitga jiddiy va keng ko‘lamli yoki uzoq muddatli zarar yyetkazilishi ehtimoli

mavjudligini bila turib amalga oshirilgan noqonuniy yoki o‘ta beparvo harakatlar”

sifatida ta’riflanadi [3]. Bu ta’rif uchta asosiy elementni o‘z ichiga oladi: birinchidan,

harakatning noqonuniy yoki o‘ta beparvo xarakterda bo‘lishi; ikkinchidan, atrof-

muhitga yyetkazilgan zararning jiddiy, keng ko‘lamli yoki uzoq muddatli bo‘lishi;

uchinchidan, qasdning mavjudligi yoki kamida ehtiyotsizlik darajasida ayb mavjudligi.

Tarixiy jihatdan ekotsid g‘oyasi xalqaro gumanitar huquq doirasida rivojlangan.

1977-yilgi Jeneva konvensiyalariga birinchi Qo‘shimcha protokolning 35 va 55-

moddalari urush davrida atrof-muhitga yetkazilgan zararni taqiqlaydi [4]. Biroq, bu

normalar faqat qurolli mojaro sharoitida qo‘llaniladi va tinchlik davrida sodir etilgan

ekologik jinoyatlarni qamrab olmaydi.

Ekotsid kontseptsiyasining rivojlanishida muhim bosqich 1998-yilda Rim

Statutining qabul qilinishi paytida yuz berdi. O‘sha paytda bir qator davlatlar,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

459

2181-

3187

jumladan, Vetnam, ekotsidni Xalqaro jinoyat sudining yurisdiktsiyasiga kiritishni

taklif qilishgan edi [5]. Biroq, bu taklif yetarli qo‘llab-quvvatlash topa olmadi va

natijada Statut faqat to‘rtta asosiy jinoyatni o‘z ichiga oldi.

Hozirgi kunda ekotsid tushunchasining huquqiy mazmuni xalqaro ekologik

huquqning turli manbalaridan kelib chiqadi. Rio-de-Janeyroda 1992-yilda qabul

qilingan Atrof-muhit va taraqqiyot to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 2-printsipi

davlatlarning o‘z hududidan tashqarida atrof-muhitga zarar etkazmaslik majburiyatini

belgilaydi [6]. Shuningdek, Orxus konvensiyasi ekologik masalalarda axborot olish,

qaror qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash va adolatga murojaat qilish

huquqlarini mustahkamlaydi [7].

Rim Statutiga ekotsidni kiritish uchun bir nechta huquqiy asoslar mavjud.

Birinchidan, Statutning 5-moddasi Xalqaro jinoyat sudi yurisdiktsiyasiga kiruvchi

jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirish imkoniyatini nazarda tutadi. Statutning 121 va 123-

moddalari tuzatishlar kiritish tartibini belgilaydi, bu esa yangi jinoyat turlarini qo‘shish

uchun huquqiy mexanizmni ta’minlaydi [8].

Ikkinchidan

,

xalqaro odatiy huquq atrof-muhitni muhofaza qilish majburiyatini

tan oladi. Xalqaro Sud 1996-yilda yadro qurollaridan foydalanish yoki ular bilan tahdid

qilishning qonuniyligi to‘g‘risidagi mashhur konsultativ xulosasida atrof-muhitni

hisobga olish zaruratini ta’kidlagan [9]. Sud atrof-muhitning o‘zi alohida huquq

subyekti bo‘lmasa-da, u insoniyatning hozirgi va kelajak avlodlari uchun muhim

ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Uchinchidan, zamonaviy xalqaro huquqda “erga omnes” majburiyatlar

kontseptsiyasi mavjud bo‘lib, u barcha davlatlar oldidagi majburiyatlarni anglatadi.

Barselona Traction ishida Xalqaro Sud ba’zi xalqaro majburiyatlar butun xalqaro

hamjamiyat oldida bajarilishi kerakligini tan oldi [10]. Atrof-muhitni muhofaza qilish,

ayniqsa global ekologik tizimlarni saqlash, aynan shunday majburiyatlar qatoriga

kiradi.

To‘rtinchidan, ekotsidni jinoyatlashtirish xalqaro huquqning progressiv

rivojlanishi tamoyiliga mos keladi. BMT Nizomining 13-moddasi Bosh Assambleyaga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

460

2181-

3187

xalqaro huquqni kodifikatsiya qilish va progressiv rivojlantirish vakolatini beradi [11].

Ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish aynan shunday progressiv rivojlanishning

namoyon bo‘lishi hisoblanadi.

Shuningdek, milliy qonunchilik tajribasi ham muhim ahamiyatga ega. Hozirda

o‘ndan ortiq davlatlar, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,

Belorussiya, Ukraina, Gruziya, Armeniya, Moldova va Vetnam o‘z jinoyat

kodekslarida ekotsidni alohida jinoyat turi sifatida belgilagan. Bu milliy tajribalar

xalqaro darajada ekotsidni jinoyatlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Rim Statutiga ekotsidni kiritish taklifi murakkab siyosiy va diplomatik jarayonni

o‘z ichiga oladi. 2019-yilda Vanuatu va Maldiv orollari Xalqaro jinoyat sudi

Assambleyasida bu masalani rasmiy ravishda ko‘tarishdi [12]. Ularning tashabbusi

ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar, ayniqsa iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar

ko‘rayotgan kichik orol davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Yevropa Ittifoqi doirasida ham bu masala faol muhokama qilinmoqda.

2021-yilda Yevropa Parlamenti ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olishni qo‘llab-

quvvatlovchi rezolyutsiya qabul qildi [13]. Fransiya, Belgiya, Finlyandiya kabi

davlatlar bu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Biroq, bu taklifga qarshilik ham mavjud. Ayrim yirik sanoat davlatlari, jumladan,

AQSh, Xitoy va Hindiston bu masalada ehtiyotkor pozitsiyani egallamoqda. Ularning

asosiy xavotirlari iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilish, suverenitetnig cheklanishi

va huquqiy noaniqlik bilan bog‘liq. AQSh Rim Statutining ishtirokchisi emasligi bu

jarayonni yanada murakkablashtiradi.

Diplomatik jihatdan konsensusga erishish uchun bir nechta strategiyalar ishlab

chiqilmoqda. Birinchidan, bosqichma-bosqich yondashuv taklif etilmoqda, bunda

dastlab ko‘ngilli ravishda qo‘shilish mexanizmi yaratiladi. Ikkinchidan, ekotsid

ta’rifini tor doirada belgilash orqali eng jiddiy holatlarni qamrab olish taklif

qilinmoqda. Uchinchidan, rivojlanayotgan davlatlar uchun texnik yordam va sig‘im

yaratish dasturlari nazarda tutilmoqda.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

461

2181-

3187

Ekotsidning huquqiy ta’rifini ishlab chiqish bir qator murakkab masalalarni o‘z

ichiga oladi. Eng asosiy muammo “jiddiy va keng ko‘lamli yoki uzoq muddatli zarar”

tushunchasini aniq belgilashdir. Har bir element alohida e’tibor talab qiladi va xalqaro

huquqda bir xil talqin qilinishi kerak.

“Jiddiy zarar” tushunchasi atrof-muhitga yetkazilgan ta’sirning intensivligi va

chuqurligini bildiradi. Xalqaro ekspertlar bu mezonni baholashda ekotizimlarning

funksional yaxlitligining buzilishi, tur populyatsiyalarining sezilarli kamayishi yoki

inson salomatligiga bevosita tahdid mavjudligini hisobga olishni taklif qilmoqda [14].

Masalan, katta hajmdagi neft to‘kilishi, radioaktiv ifloslanish yoki toksik

chiqindilarning keng tarqalishi jiddiy zarar sifatida baholanishi mumkin.

“Keng ko‘lamli zarar” geografik qamrovni bildiradi. Bu yerda asosiy savol

qancha maydon zarar ko‘rishi kerakligi bilan bog‘liq. Ba’zi ekspertlar minglab kvadrat

kilometrlarni qamrab olgan zararni keng ko‘lamli deb hisoblashni taklif qilmoqda [15].

Boshqalar esa nisbiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlab, zarar ko‘rgan hudud ahamiyatini,

masalan, noyob ekotizimlar yoki muhofaza qilinadigan hududlarni hisobga olish

kerakligini ta’kidlaydi.

“Uzoq muddatli zarar” vaqt o‘lchovi bilan bog‘liq bo‘lib, Xalqaro gumanitar

huquqda bu atama o‘n yillar davomida davom etadigan zararni bildiradi. Biroq, ekotsid

kontekstida bu muddatni qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjud. Ba’zi mutaxassislar bir

necha yil davom etadigan zararni ham uzoq muddatli deb hisoblash kerakligini

ta’kidlamoqda, chunki zamonaviy ekologik inqiroz tez sur’atlarda rivojlanmoqda.

Jinoyatning subyektiv tomoni ham muhim ahamiyatga ega. Taklif etilgan ta’rifda

“qasddan” yoki “ehtiyotsizlik” standartlari nazarda tutilgan. Bu degani, aybdor shaxs

o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra bilgan yoki ko‘rishi kerak edi. Biroq,

korporativ javobgarlik kontekstida bu elementni isbotlash qiyin bo‘lishi mumkin,

chunki qarorlar ko‘pincha murakkab tashkiliy tuzilmalar doirasida qabul qilinadi.

Noqonuniylik elementi ham alohida e’tibor talab qiladi. Qaysi harakatlar

“noqonuniy” hisoblanishi milliy va xalqaro huquq me’yorlariga bog‘liq. Bu yerda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

462

2181-

3187

asosiy muammo turli huquq tizimlarida ekologik standartlarning farq qilishidir. Bir

davlatda qonuniy hisoblangan faoliyat boshqa davlatda noqonuniy bo‘lishi mumkin.

Xalqaro jinoyat sudining mavjud yurisdiktsion tamoyillari ekotsid kontekstida

qanday qo‘llanilishi muhim masala hisoblanadi. Rim Statutining 12-moddasiga ko‘ra,

Sud jinoyat sodir etilgan davlat hududi yoki ayblanuvchi fuqaroligi asosida

yurisdiktsiyaga ega. Ekotsid ko‘pincha transchegaraviy xarakterga ega bo‘lganligi

sababli, yurisdiktsiya masalasi murakkablashadi.

Bu masalada vaqtinchalik yurisdiktsiya ham muhim ahamiyatga ega hisoblanib,

Rim Statutining 11-moddasi Sudning faqat Statut kuchga kirganidan keyingi jinoyatlar

ustidan yurisdiktsiyaga ega ekanligini belgilaydi. Agar ekotsid yangi jinoyat sifatida

kiritilsa, faqat tegishli tuzatish kuchga kirganidan keyingi harakatlar jinoiy

javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu esa o‘tmishdagi ekologik jinoyatlar uchun

javobgarlikni istisno qiladi.

Komplementarlik printsipi Rim Statutining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

17-moddaga ko‘ra, milliy sudlar birinchi navbatda jinoyatlarni tergov qilish va jinoiy

ta’qib qilish majburiyatiga ega. Xalqaro jinoyat sudi faqat milliy sudlar tayyor emas

yoki qodir bo‘lmagan hollarda aralashadi. Ekotsid kontekstida bu prinsipning

qo‘llanilishi milliy ekologik qonunchilik va sud amaliyotining rivojlanganligiga

bog‘liq bo‘ladi.

Sud oldida turgan yana bir muhim masala - bu isbotlash standarti bo‘lib, Jinoyat

sudlarida har qanday asosli shubhadan tashqari isbotlash talab qilinadi. Ekotsid

holatlarida ilmiy dalillar, ekspert xulosalari va ekologik monitoring ma’lumotlari

asosiy rol o‘ynaydi. Biroq, atrof-muhitga yetkazilgan zararning to‘liq hajmini aniqlash

ko‘pincha uzoq vaqt talab qiladi va ilmiy noaniqliklar mavjud bo‘lishi mumkin.

Individual jinoiy javobgarlik masalasi ham alohida e’tibor talab qiladi. Rim

Statutining 25-moddasi individual jinoiy javobgarlikning turli shakllarini belgilaydi.

Ekotsid ko‘pincha korporativ faoliyat natijasida sodir bo‘lganligi sababli, korporativ

rahbarlar va qaror qabul qiluvchilarning javobgarligini aniqlash muhimdir. Buyruq

berish javobgarligi doktrinasi bu kontekstda qo‘llanilishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

463

2181-

3187

Ekotsid jinoyatlarini tergov qilish va jinoiy ta’qib qilish bir qator amaliy

qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, texnik ekspertiza va ilmiy dalillarni

to‘plash murakkab va qimmat jarayondir. Ekologik zarar ko‘pincha keng hududlarni

qamrab oladi va uning to‘liq hajmini aniqlash uchun uzoq muddatli monitoring talab

qilinadi.

Ikkinchidan, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash muammosi mavjud sanalib,

Ekotsid jinoyatlarida bevosita jabrlanuvchilar doirasi juda keng bo‘lishi va ular turli

davlatlarda joylashgan bo‘lishi mumkin. Mahalliy jamoalar, ko‘chmas mulk egalari,

baliqchilar, fermerlar va boshqa manfaatdor tomonlarning huquqlarini himoya qilish

murakkab vazifadir.

Uchinchidan, transchegaraviy hamkorlik zaruriyati mavjud. Ekotsid ko‘pincha bir

nechta davlatlar hududiga ta’sir qiladi, shuning uchun samarali tergov uchun xalqaro

huquqiy yordam va ma’lumot almashinuvi talab qilinadi. Mavjud xalqaro hamkorlik

mexanizmlari, masalan, o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomalar, ekotsid

holatlariga moslashtirilishi kerak.

To‘rtinchidan, vaqtinchalik choralar masalasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Rim

Statutining 57-moddasi tergov palatasiga vaqtinchalik choralar qo‘llash vakolatini

beradi. Ekotsid kontekstida bu davom etayotgan ekologik zararni to‘xtatish yoki

kamaytirish uchun tezkor choralar ko‘rishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Beshinchidan, reparatsiya va reabilitatsiya masalalari alohida e’tibor talab qiladi.

Rim Statutining 75-moddasi jabrlanuvchilar uchun reparatsiya mexanizmini nazarda

tutadi. Ekotsid holatlarida bu ekotizimlarni tiklash, ifloslanishni tozalash va zarar

ko‘rgan jamoalarga kompensatsiya to‘lashni o‘z ichiga olishi mumkin. Biroq, ekologik

zararning to‘liq qiymatini baholash va tegishli kompensatsiya miqdorini aniqlash

murakkab iqtisodiy va ilmiy masaladir.

Rim Statutiga ekotsidni kiritish bir qator muhim oqibatlarga olib kelishi

kutilmoqda. Birinchidan, bu xalqaro ekologik huquqning sezilarli mustahkamlanishiga

yordam beradi. Eng jiddiy ekologik jinoyatlar uchun individual jinoiy javobgarlikni


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

464

2181-

3187

o‘rnatish orqali xalqaro hamjamiyat atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan

majburiyatini yanada kuchaytiradi.

Ikkinchidan, oldini olish effekti kutilmoqda. Potentsial jinoiy javobgarlik tahdidi

korporativ rahbarlar va hukumat amaldorlarini ekologik xavfli qarorlar qabul qilishda

ehtiyotkor bo‘lishga undaydi. Bu ayniqsa yirik sanoat loyihalar, kon qazish ishlari va

boshqa ekologik xavfli faoliyatlar kontekstida muhimdir.

Uchinchidan, milliy qonunchilikka ta’sir kutilmoqda. Rim Statutiga a’zo davlatlar

o‘z milliy qonunchiligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishi kerak bo‘ladi. Bu

esa global miqyosda ekologik jinoyatlarga qarshi kurashning yanada samarali tizimini

yaratishga yordam beradi.

To‘rtinchidan, xalqaro hamkorlikning kuchayishi kutilmoqda. Ekotsidni jinoiy

ta’qib qilish uchun davlatlar o‘rtasida texnik ekspertiza, ma’lumot almashinuvi va

huquqiy yordam bo‘yicha hamkorlik zarur bo‘ladi. Bu esa ekologik masalalar bo‘yicha

xalqaro hamkorlikning umumiy darajasini oshirishi mumkin.

Beshinchidan, korporativ mas’uliyat madaniyatining rivojlanishi kutilmoqda.

Ekotsid uchun jinoiy javobgarlik tahdidi kompaniyalarni ekologik risk-menejment

tizimlarini takomillashtirishga, ekologik standartlarga rioya qilishni kuchaytirishga va

barqaror rivojlanish tamoyillarini o‘z faoliyatiga chuqurroq integratsiya qilishga

undaydi.

Yuqoridagi tahliliy ma’lumotlarni inobatga olgan holda Ekotsid jinoyatini Rim

Statutiga beshinchi xalqaro jinoyat sifatida kiritish tashabbusi insoniyat taraqqiyoti

tarixida ekologik xavfsizlikni ilk bor jinoiy adolat mezonlari bilan himoya qilish

yo‘lida tashlanayotgan strategik qadamdir. Mavjud to‘rt xalqaro jinoyat – genotsid,

insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va tajovuz jinoyatlarining har biri inson

hayoti, tinchlik va xavfsizlikka tahdid sifatida tan olingan. Ekotsid esa, o‘z mohiyatiga

ko‘ra, nafaqat insonlar, balki butun ekotizimlar va avlodlararo yashash huquqiga qarshi

sodir etiladigan jiddiy huquqbuzarlikdir. Shu bois, Rim Statutining konseptual

tamoyillariga zid bo‘lmagan holda, unga ekotsidni qo‘shish huquqiy, siyosiy va amaliy

jihatdan asoslangan global harakat sifatida shakllanishi lozim.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

465

2181-

3187

Avvalo, Rim Statutiga ekotsidni kiritishning huquqiy asoslari xalqaro

shartnomaviy mexanizm, odat huquqi va umumiy xalqaro huquq tamoyillarida mavjud.

2021-yilda Stop Ecocide Foundation tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy ta’rif xalqaro

jinoyat huquqida jinoyat tarkibi mezonlariga javob beradi. Shuningdek, ekotsidga oid

jinoiy ta’rif Parij kelishuvi, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari, Rio

deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlardagi ekologik majburiyatlarga hamohang

bo‘lib, mavjud xalqaro ekologik me’yorlarni jinoiy tusda mustahkamlash imkonini

beradi.

Mazkur taklifning siyosiy asoslanishi esa davlatlararo manfaatlar muvozanatini

inobatga olgan holda ilgari surilishi lozim. Ekotsid bo‘yicha jinoiy ta’rif ishlab

chiqishda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi tarixiy ekologik

tengsizlik, transmilliy korporatsiyalar faoliyati, va suverenitetga oid ehtiyotkorlik

nuqtalari inobatga olinmog‘i zarur. Rim Statuti ishtirokchilari bo‘lgan ayrim G‘arb

davlatlarining ekotsidga qarshi kurash bo‘yicha siyosiy irodasi mavjud bo‘lsa-da,

ularning sanoat manfaatlari ushbu islohotni rad etishga moyil ekanini inkor qilib

bo‘lmaydi. Shu bois, bu tashabbusni global Janub davlatlari – Ekvador, Boliviya,

Vanuatu, Maldiv orollari kabi iqlim o‘zgarishidan bevosita zarar ko‘ruvchi

mamlakatlar tomonidan ilgari surilishi geosiyosiy asosda mantiqan to‘g‘ridir. Ularning

yetakchiligida ekotsidni Rim Statutiga kiritish masalasi XJSga a’zo davlatlar

Assambleyasiga (ASP) rasmiy tartibda taklif etilishi va muhokamaga chiqarilishi

mumkin.

Amaliy jihatdan esa ekotsidni jinoiylashtirish uchun Rim Statutiga qo‘shimcha

modda kiritish, ya’ni 5-moddaning 1-bandiga beshinchi jinoyat sifatida “ecocide”

atamasini qo‘shish va unga alohida 8-bob ostida jinoyat tarkibini ta’riflovchi modda

yozilishi zarur. Bu modda jinoiy harakatlarning obyektiv belgilari, zararning tabiati

(keng ko‘lamli, uzoq muddatli, jiddiy), subyektiv tomon (ayovsiz yoki ongli

harakatlar), va yuridik subyekt (shaxsiy javobgarlik yoki yuqori lavozimli rahbarlar)

mezonlarini aniq ko‘rsatib berishi kerak. Shuningdek, Rim Statutining 13-moddasiga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

466

2181-

3187

mos ravishda ushbu jinoyat XJS yurisdiksiyasiga davlatlarning murojaati,

prokurorning o‘z tashabbusi, yoki BMT Xavfsizlik Kengashi yo‘llanmasi orqali

tushishi mumkinligi belgilanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro jinoiy sud doirasida ekotsidga oid tergov va sudlov

amaliyoti samarali yuritilishi uchun maxsus ekologik ekspertiza institutini joriy etish,

sudyalar va prokurorlar uchun ekologik huquq bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini

shakllantirish, shuningdek, ekologik jinoyatlarga oid ilgari to‘plangan xalqaro daliliy

bazalarni to‘plovchi mustaqil monitoring tuzilmalarini yaratish maqsadga muvofiqdir.

Bu orqali nafaqat jinoyat sodir bo‘lganini aniqlash, balki ekologik zarar ko‘lamini

huquqiy nuqtai nazardan asoslash osonlashadi.

Xulosa qilib aytganda, ekotsidni Rim Statutiga beshinchi jinoyat sifatida kiritish

insoniyat tarixida ekologik javobgarlikni jinoiy shaklda tan olish yo‘lida muhim

burilish bo‘ladi. Bu tashabbus huquqiy jihatdan asoslangan, siyosiy jihatdan global

Janub manfaatlariga xizmat qiladigan, va amaliy jihatdan xalqaro jinoiy sud tizimining

transformatsion salohiyatini kuchaytiradigan strategik harakat sifatida qaralishi lozim.

Ekotsidni tan olish orqali xalqaro huquq nafaqat inson xavfsizligini, balki biosferaning

barqarorligini ham jiddiy himoya qilish fazasiga o‘tadi.

REFERENCE:

1.

Galston, Arthur. Warfare with Herbicides in Vietnam. Natural History 1972,

81(2): 18-27.

2.

The official website: United Nations, Declaration of the United Nations

Conference

on

the

Human

Environment.

1972.

Available

at:

https://www.un.org/en/conferences/environment/stockholm1972

[accessed

on:

01.07.2025].

3.

Independent Expert Panel for the Legal Definition of Ecocide. Commentary and

Core Text. 2021. Available at:

https://www.stopecocide.earth/legal-definition

[accessed on: 01.07.2025].


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

467

2181-

3187

4.

Protocol Additional to the Geneva Conventions of 12 August 1949, and relating

to the Protection of Victims of International Armed Conflicts (Protocol I). Geneva:

ICRC, 1977, Articles 35, 55.

5.

Drumbl, Mark A. Waging War Against the World: The Need to Move from War

Crimes to Environmental Crimes. Fordham International Law Journal 1998, 22(1):

122-153.

6.

The official website: United Nations, Rio Declaration on Environment and

Development.

1992.

Available

at:

https://www.un.org/en/development/desa

/population/migration/generalassembly/docs/globalcompact/A_CONF.151_26_Vol.I

_Declaration.pdf

[accessed on: 01.07.2025].

7.

Convention on Access to Information, Public Participation in Decision-making

and Access to Justice in Environmental Matters. Aarhus: UNECE, 1998.

8.

Rome Statute of the International Criminal Court. The Hague: ICC, 1998,

Articles 121, 123.

9.

International Court of Justice. Legality of the Threat or Use of Nuclear Weapons,

Advisory Opinion. ICJ Reports 1996, 226-267.

10.

International Court of Justice. Barcelona Traction, Light and Power Company,

Limited (Belgium v. Spain), Second Phase. ICJ Reports 1970, 32.

11.

Charter of the United Nations. San Francisco: UN, 1945, Article 13.

12.

The official website: International Criminal Court, Vanuatu calls for serious

consideration of ecocide at the ICC. 2019. Available at:

https://www.icc-

cpi.int/news/vanuatu-calls-serious-consideration-ecocide-icc

[accessed

on:

01.07.2025].

13.

European Parliament Resolution on the EU Biodiversity Strategy for 2030:

Bringing nature back into our lives. 2021/2667 (RSP). Brussels: European Parliament,

2021.

14.

Teclaff, Ludwik A. Beyond Restoration—The Case of Ecocide. Natural

Resources Journal 1994, 34(4): 933-956.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июл–2025

468

2181-

3187

15.

Gauger, Anja et al. Ecocide is the Missing 5th Crime Against Peace. London:

Human Rights Consortium, 2012, 45-78 bet.

Библиографические ссылки

Galston, Arthur. Warfare with Herbicides in Vietnam. Natural History 1972,

(2): 18-27.

on

The official website: United Nations, Declaration of the United Nations

Conference

the

Human Environment. 1972. Available at:

[accessed

07.2025].

on:

Independent Expert Panel for the Legal Definition of Ecocide. Commentary and

Core Text. 2021. Available at: https://www.stopecocide.earth/legal-definition

[accessed on: 01.07.2025].4.

Protocol Additional to the Geneva Conventions of 12 August 1949, and relating

to the Protection of Victims of International Armed Conflicts (Protocol I). Geneva:

ICRC, 1977, Articles 35, 55.

Drumbl, Mark A. Waging War Against the World: The Need to Move from War

Crimes to Environmental Crimes. Fordham International Law Journal 1998, 22(1):

-153.

The official website: United Nations, Rio Declaration on Environment and

Development. 1992. Available at: https://www.un.org/en/development/desa

/population/migration/generalassembly/docs/globalcompact/A_CONF.151_26_Vol.I

_Declaration.pdf [accessed on: 01.07.2025].

Convention on Access to Information, Public Participation in Decision-making

and Access to Justice in Environmental Matters. Aarhus: UNECE, 1998.

Rome Statute of the International Criminal Court. The Hague: ICC, 1998,

Articles 121, 123.

International Court of Justice. Legality of the Threat or Use of Nuclear Weapons,

Advisory Opinion. ICJ Reports 1996, 226-267.

International Court of Justice. Barcelona Traction, Light and Power Company,

Limited (Belgium v. Spain), Second Phase. ICJ Reports 1970, 32.

Charter of the United Nations. San Francisco: UN, 1945, Article 13.

The official website: International Criminal Court, Vanuatu calls for serious

consideration of ecocide at the ICC. 2019. Available at: https://www.icc

cpi.int/news/vanuatu-calls-serious-consideration-ecocide-icc

[accessed

on:

07.2025].

European Parliament Resolution on the EU Biodiversity Strategy for 2030:

Bringing nature back into our lives. 2021/2667 (RSP). Brussels: European Parliament,

Teclaff, Ludwik A. Beyond Restoration—The Case of Ecocide. Natural

Resources Journal 1994, 34(4): 933-956.