ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
384
2181-
3187
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA
MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH TAMOYILLARI
Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani
22-sonli MTT Musiqa rahbari
Jumayeva Mohira Rajabali qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida musiqa
mashg‘ulotini tashkil etish tamoyillarni, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni
musiqa mashg‘ulotlarida faolligini oshirish usullari haqida
Kalit so‘z:
orkestr, dirijyor, ansamb, solist, musiqiy did, turg‘un diqqat,
tovush.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‘at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat
tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni
to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga urgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan
qurollantiradi va ma‘naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga
kuchli ta‘sir kursatish imkoniyatiga ega bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni nafosat olamiga
olib kirish va goyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy
madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir al-Forobiy “Bu fan tanning sogligi uchun
foydalidir”, degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diy aytgan edi:
“Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir”. Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi
emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan ona allasi
orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson
ruhiyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun
inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan, o‘z kasbiga, ona
Vataniga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois tarbiyalanuvchilarda inson
ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa
tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun
Maktabgacha ta‘lim tashkilotida musiqa rahbarining faoliyat miqyosi kengdir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
385
2181-
3187
Mashg‘ulotlardan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, musiqa
tarbiyasining ommaviy shakllarini (san‘atkorlar bilan uchrashuvlar, leksiya-konsertlar,
shoirlar bilan uchrashuvlar, ko‘rik tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish musiqa
rahbarining zimmasidagi vazifadir.
Musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak tuyg‘ularni singdirish, ularda
ona-Vatanga muhabbat, go‘zallikga intilib yashash, uni asrash va yaratishga bo‘lgan
ishtiyoq uyg‘otuvchi kasb egalari hisoblanadilar.
Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta‘lim tashkilot sida
va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda
bog‘cha yoshidan boshlab shakllantirishga bog‘liq. Darhaqiqat, musiqa savodini
o‘rganish bog‘cha yoshidan boshlanadi. Ko‘pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida
bog‘chaga qatnab, bog‘chadagi musiqa mashg‘ulotlarida dastlabki musiqaviy
malakalarni hosil qiladilar. Ko‘pgina qo‘shiqlar va o‘yinlarni o‘rganib olgan hamda ritm
va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‘ladilar.
Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega
bo‘ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga
tanish bo‘ladi. Garchi ana shu bilimlar bir tizimga solinmagan bo‘lsa-da, Musiqa rahbari
bolalarda musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o‘sha bilimlarga ma‘lum
darajada suyanib ish ko‘rishi mumkin. Bolalar tashkilot larida musiqa ta‘limiga asos
solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o‘qitish metodikasini yaxshi bilishi,
bog‘cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning
musiqa va qo‘shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur.
Musiqa ta‘limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad –
bolalarning musiqa o‘quvini o‘stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa
tovushlarining baland-pastligi va cho‘zimi kabi o‘ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga
o‘rganishlari va nota yozuvini o‘rganishga tayyorlanishlari kerak.
Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya‘ni bevosita musiqa tovushlarining grafik
usulda ifodalanishi – nota yozuvini o‘rganishga kirishiladi. Musiqa mashg‘ulotlari
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
386
2181-
3187
jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar
yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning
ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va
tasviriy san‘at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli,
janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg‘u pyesalarini tinglash, musiqaviy
o‘yinlar bilan shug‘ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‘ulotlari
ko‘pincha badiiy so‘z bilan belgilanadi. Bola badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va
chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san‘at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli
metodlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘ulotlari kichkintoylarda
badiiy estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, ijodiy fikri va
nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o‘yin va postanovkalar, raqslar bolalarda
ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda
qomatning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Musiqa uquv qobiliyati asosan quyidagi
musiqa uquv turlaridan iborat bo‘ladi: musiqaviy uquvi, musiqaviy tovushlarning
baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr uquvi (musiqa tovushlarining bir-biridan farq
qiladigan, o‘ziga xos jihatlarini ajrata bilish qobilyati), ritm tuyg‘usi va musiqa xotirasi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy
maqsad va vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
-
Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‘rgatish.
-
Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ularini
hosil etish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish.
-
Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, ashula
aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy musiqa
asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‘stirib
borish.
-
Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashula aytishning dastlabki ko‘nikmalarini hosil
etish, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish.
-
Musiqa asaralaridan ta‘sirlanish, shu asosda bolalarda musiqaviy did va badiiy
muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
387
2181-
3187
-
Turli musiqa mashg‘ulotlari jarayonida improvizatsiya qilish musiqadagi badiiy
obrazni o‘yin va xor ovozlari vositasida ifoda etish, ma‘lum musiqaviy mavzuga yangi
o‘yin o‘ylab topish.
-
Musiqaviy tarbiya mashg‘ulotlarini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada
o‘tkaziladigan turli mashg‘ulotlarda va marosimlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlardan
keng foydalanish, turli ertaliklar, konsertlar uyushtirish vositasida musiqa kundalik
hayotimizning ajralmas yo‘ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha hosil qilish.
Musiqa bolaga har tomonlama yordam berib, tevarak atrofni obrazli,
emotsional idrok etish va bola xarakterning shakllanishiga ta‘sir ko‘rsatish uchun musiqa
tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish.
- Bolalarni ashula aytish va musiqaviy ritmik malakalarga o‘rgatilib, ularda
musiqani qabul qilishni his etish va tushunish qobilyatlarini tarbiyalash.
Bolada badiiy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish. Musiqiylikning rivojlanishi
tufayli bolalar musiqa obrazlarini, ularning atrofdagi qo‘shimcha, obrazlarni bolalar
yorqin his eta boshlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida ularning tevarak-atrofni bilishda,
estetik baholanishni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Bolalarni musiqa bilan
shug‘ullantirishning sababi bola musiqa bilan shug‘ullanmasdan, qo‘shiq aytish va
musiqa – ritmik harakatlar qilish ko‘nikmalarini yuzaga keltirib, shu soha bilan bog‘liq
bilimlarni o‘zlashtirishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga va tarbiya berishning o‘zaro uzviy
bog‘langan uchta metodi bor:
Ko‘rgazmali metod -
Eshitishga asoslangan ko‘rgazmali metod. Bunda
bolaga o‘rga- tish bevosita musiqa bilan bo‘ladi. Musiqa eshitish maxsus mashg‘ulot
paytida yoki bola tomonidan qo‘shiq va musiqaviy ritmik harakatlarning ijro etilishi.
Ko‘rishga asoslangan ko‘rgazmalilik. Musiqa sadolari bilan qo‘shib olib boriladi. Turli
o‘yin, raqs, mashq harakatlaridan namunalar ko‘rsatiladi.
So‘zlab berish metodi -
Bu metod bola ongiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning
faoliyatini ma‘noli va mazmundor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so‘zi musiqa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
388
2181-
3187
asarining dasturini tushunib olishda bolaga yordam beradi. Uning tassavvurini
jonlantiradi.
So‘zlab berish metodining quyidagi usullari bor:
Tushuntirish –
yangi asarni tinglash, qo‘shiq aytish, o‘yin va raqslarni qo‘shib,
mashq qilish davomida o‘ynalaniladi.
Izohlash –
izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarini, qo‘shiq aytishning turli
yo‘llarini ko‘rsatishda qisqa va aniq shaklda beriladi.
Ko‘rsatma berish –
bolalar o‘yini raqs va mashqlarni bajarayotgan paytda
beriladi. Masalan: o‘ng yelka tomondan aylanish kerak, oyoq barmoqlarini pastga
cho‘zish kabi.
Amaliy faoliyat metodi.
Bu faoliyatda bolalarga qo‘shiq aytish va musiqali
ritmik harakatlarni bajarishda shunday rahbarlik qilish kerakki, ular topshiriqni mumkin
qadar ta‘sirli va ifodali bajarishga intilsin. Bolalarni o‘rgatish jarayonida yosh
xususiyatlarini hisobga olib topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni musiqaga o‘rgatish bosqichlari
I bosqich: Musiqa asari bilan dastlabki tanishtirish; Yangi qo‘shiqni o‘rgatish
jarayonida pedagog turli musiqa asboblarda chaldirib, kuyni o‘zaro taqqoslaydi va shu
yo‘l bilan uni xotirasida qoldiradi.
II bosqich: Qo‘shiq va musiqa ritmik harakatlarini ijro eta olish ko‘nikmalari
bo‘lishini shakllantirish.
III bosqich: Ko‘nikmalar hosil qilish va mustahkamlash. Bunda topshi- riqni
avtomatik ravishda bajara oladigan qo‘shiq, o‘yin va raqsni mustaqil ijro etadigan
darajada musiqa ta‘limini berish, turli metodik usullarning barchasidan foydalanishni
taqozo etadi.
Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san‘at
hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi.
Bog‘chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola
musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok
etadi. Ammo mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar
turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‘ra tinglash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
389
2181-
3187
imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u ijrosidagi asarlarni
kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar
musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e‘tibor qaratishadi. Chunki kishi
musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka,
ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi
rivojlanib boradi.
Mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi:
1) bolalarni o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan
tanishtirib borish;
2) bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish;
Musiqa haqida boshlang‘ich ma‘lumotlar berishni o‘rgatadigan asarlar
nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga
hamda tinglagan asarlariga ma‘lum miqdorda badiiy baho bera olishga o‘rga- tish.
Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo‘lmaganligi tufayli ular yorqin
yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo‘ladilar. Ular
ayniqsa, kichik qo‘shiqlarni yaxshi idrok etadilar. Chunki, so‘z va ohang birligi musiqa
mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda
uning tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni maftun etadi.
Shu vaqtda bolalarda hosil bo‘ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish holatlarini
kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg‘onib, tez so‘nadi. 4–5 yoshli bolalarda
diqqat e‘tiborning bir muncha emotsional turg‘unligi vujudga keladi. Ular raqs tipidagi
kuylarni jonli, ba‘zan jo‘shqin holatda idrok etadilar. Yengil, kuychan musiqalarni
birmuncha xotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va
xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo
bo‘ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan
musiqa haqida o‘z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. 5–6 yoshli
bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e‘tibor shakllanib, musiqani diqqatni
yig‘ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo‘ladi.
Ularda musiqaga qiziqish ko‘proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayonini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
390
2181-
3187
yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy
obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o‘rganib boradilar. Yangi asar bilan ilk bor
tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so‘zi katta rol o‘ynaydi.
Cholg‘u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular
asarni yaxshi idrok etadilar. Asarni 2 – 3 mashg‘ulot davomida takroran tinglash shart.
Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi-yangi qirralari namoyon bo‘ladi
va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi. Bog‘chaning tayyorlov
guruhlarida bola o‘z yoshiga muvofiq musiqa asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi.
Bog‘chada olingan bilim zaxirasida malaka va ko‘nikmasi, musiqa turlari va uning
xarakteri farqiga borishga yordam beradi. Shunday qilib, dasturda ko‘zda tutilgan va
bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol o‘ynaydigan uch faktor
amalga oshadi.
1. Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va ularni eslash,
olingan taassurotlarni o‘ylash.
2. Musiqa tinglashga turg‘un diqqat-e‘tiborni va tinglash madaniyati boshlang‘ich
elemental- rining shakllanishi.
3. Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho bera olish.
Foydalangan adabiyotlar
1. Qodirov V., Quronov M. va boshqalar. Baxtli bola ma’naviyati. - T.: Sanosnandart.
2018.
2. Kodirov V. Didaktik o‘yinlarning bolalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirishdagi
metodik imkoniyatlari. AnDU Ilmiy xabarnomasi, 2020-yil, 1-son.
3. Qodirova F. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur, 2019
4. Kodirov V. Didaktik o‘yinlarning bolalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirishdagi
metodik imkoniyatlari. AnDU Ilmiy xabarnomasi, 2020-yil, 1-son.
6. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. - T.: Ilm ziyo. 2006
7. N.M.Kayumova. “Maktabgacha pedagogika”. -Т. TDPU, 2013