Авторы

  • Ortikova Nasibaxon Yusubjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121136

Ключевые слова:

mahkum ijtimoiylashuv penitensiar muassasa reabilitatsiya huquqiy himoya iqtisodiy moslashuv jamiyatga integratsiya xalqaro tajriba.

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada mahkumlarning jamiyatga qayta 
integratsiyalashuvi, ya’ni ularning ijtimoiylashuvi jarayonining ijtimoiy, iqtisodiy va 
huquqiy jihatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston 
Respublikasi jinoyat-ijroiya tizimi qonunchiligi, mavjud amaliy tajribasi, xalqaro 
standartlar bilan solishtirilib tahlil qilinadi. Ayniqsa, Germaniya, Norvegiya, AQSh, 
Rossiya kabi davlatlarning penitensiar muassasalardagi reabilitatsiya yondashuvlari 
o‘rganilgan hamda O‘zbekiston sharoitiga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

370

2181-

3187

MAHKUMLAR IJTIMOIYLASHUVINING IJTIMOIY, IQTISODIY VA

HUQUQIY JIHATLARI

Ortikova Nasibaxon Yusubjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

artikovanasibaxon07@gmail.com

ANNOTATSIYA: Ushbu ilmiy maqolada mahkumlarning jamiyatga qayta

integratsiyalashuvi, ya’ni ularning ijtimoiylashuvi jarayonining ijtimoiy, iqtisodiy va

huquqiy jihatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston

Respublikasi jinoyat-ijroiya tizimi qonunchiligi, mavjud amaliy tajribasi, xalqaro

standartlar bilan solishtirilib tahlil qilinadi. Ayniqsa, Germaniya, Norvegiya, AQSh,

Rossiya kabi davlatlarning penitensiar muassasalardagi reabilitatsiya yondashuvlari

o‘rganilgan hamda O‘zbekiston sharoitiga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: mahkum, ijtimoiylashuv, penitensiar muassasa, reabilitatsiya,

huquqiy himoya, iqtisodiy moslashuv, jamiyatga integratsiya, xalqaro tajriba.

KIRISH

Bugungi kunda jinoyatchilikning oldini olish, jazoni ijro etish tizimining

insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda faoliyat yuritishi, jazoni o‘tab bo‘lgan

shaxslarning jamiyatga qaytishi bilan bog‘liq masalalar global miqyosda dolzarb

muammolardan

biri

hisoblanadi.

Zero,

mahkumlarning

jamiyatga

qayta

integratsiyalashuvi, ularning ijtimoiy munosabatlarga to‘laqonli qo‘shilishi nafaqat

shaxsning, balki butun jamiyatning ijtimoiy barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb

etadi. 2023-yil noyabr holatiga ko‘ra dunyo bo’ylab taxminan 4000 qamoqxona

mavjud bo‘lib, qamoqda saqlanayotgan mahkumlar soni 11,5 milliondan ortiq.

Qamoqxonalar aholisining asosiy qismini erkakalar tashkil etadi va 120 ga yaqin

mamlakatda qamoqxona tizimining imkoniyatlaridan yuqori bo’lgan bandlik darajasi

qayd etilgan, bunda muayyan qamoqxonalarning infratuzilmalari cheklangan

miqdordagi mahkumlarga mo’ljallangan bo‘lsa-da, ushbu muassasalardagi real

mahkumlar sonining me’yordan birmuncha ko‘p ekanligi nazarda tutiladi. Dunyo


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

371

2181-

3187

miqyosida 740,000 dan ortiq ayollar va qizlar qamoqda bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar

faol ravishda ko‘payishda davom etmoqda.

Ayollar va qizlar hozirgi kunga kelib global qamoqxona aholisining atigi 7 foizini

tashkil etsa-da, ularning soni erkaklarga qaraganda tezroq o‘sishni ko’rsatmoqda.

2023-yilning oxiridagi statistikada jazoni ijro etish muassasalaridagi ayollar soni 2000-

yildan buyon 60 foizga oshganligi va bu ko‘rsatkich erkaklarda 22% ni tashkil etishi

qayd etilgan

1

.

Ijtimoiylashuv — bu shaxsning ijtimoiy me'yorlar, qadriyatlar va jamiyat

talablariga muvofiq tarzda shakllanishi jarayonidir. Mahkumlar uchun bu jarayon ikki

barobar murakkab kechadi, chunki ular ozodlikdan mahrumlik holatida bo‘lib, ijtimoiy

aloqalardan uzilgan, mehnat va ta’lim faoliyatidan chetlatilgan bo‘ladi. Shuning uchun

jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan

moslashuvi uchun samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bugungi islohotlarning

ajralmas tarkibiy qismiga aylangan.

Maqolada ushbu jarayonning nazariy-huquqiy asoslari, O‘zbekistonda va xorijda

mavjud amaliy tajribalar, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni, mavjud

muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, diplom

ishida olib borilgan tahlillar asosida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar maqola

davomida bayon qilinadi.

Mahkumlarning jamiyatga moslashuvi jarayonida eng muhim omillardan biri bu

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Oilaning mavjudligi, yaqinlar bilan aloqa,

do‘stlar va mahalla institutlari tomonidan bildirilgan e’tibor, psixologik yordam

ijtimoiy integratsiyaga xizmat qiladi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mahkumlarni

ijtimoiylashuviga doir ishlar kuchaytirilib, ta’lim olish imkoniyatlari, ruhiy salomatlik

markazlari, diniy-ma’naviy tarbiya faoliyati kengaymoqda.

Iqtisodiy moslashuv va bandlik masalalari Mahkumlar jazoni o‘tab chiqqach, ish

topishda qiynaladi. Bu esa ularning qayta jinoyat sodir etish ehtimolini oshiradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mahkumlarni mehnatga jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish,

1

https://www.penalreform.org/global-prison-trends-2023


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

372

2181-

3187

bandlik markazlari orqali qo‘llab-quvvatlash ularning iqtisodiy mustaqilligini

ta’minlaydi. Germaniya tajribasida mahkumlar qamoqda bo‘lgan paytda ham ishlab,

ozodlikka chiqqach, mehnatga tayyor holatda bo‘ladi.

Huquqiy himoya va qonunchilik asoslari O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi, Jinoyat-ijroiya kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida mahkumlarning

huquqlari belgilab qo‘yilgan. Masalan, Jinoyat-ijroiya kodeksining 172-moddasiga

asosan jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng moliyaviy majburiyatlar sud tomonidan

kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida belgilanadi. Shuningdek,

mahkumlarning advokat bilan ta’minlanishi, ularning ariza va shikoyatlari ko‘rib

chiqilishi huquqiy himoya mexanizmlari sifatida qaraladi.

Xorij tajribasini ko’rib chiqadigan bo’lsak,

Gruziya

dagi yangi loyiha ushbu

jarayon uchun standartni belgilashni maqsad qilgan. Loyiha 2017-yil yanvar oyida

Gruziya axborot va maslahat markazi (TANADGOM) bilan hamkorlikda boshlangan.

Loyihaning uchta aniq maqsadi bor: mahkumlarni psixo-ijtimoiy va tibbiy

reabilitatsiya qilish, giyohvandlikka qaram bo’lgan bo’lgan mahkumlarga psixo-

ijtimoiy reabilitatsiya va terapevtik yordam ko’rsatish, shuningdek, mahkumlar uchun

yaxshilangan o’tish davri boshqaruvi bo’yicha targ’ibot qilish.

Mainline tashkilotining loyihaga qo’shgan hissasi uchinchi maqsadga qaratilgan

bo’lib, ular Yevropa va Niderlandiyadagi “o’tish davri boshqaruvi” bo’yicha ilg’or

tajribalarni o’rganib chiqdilar

2

.

Kanada

da mahkumlarning ijtimoiylashuvi va qayta integratsiyasi uchun ijtimoiy

xizmatlar va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi keng rivojlangan. Mahkumlar o‘z

jinoyatlarini tan olishlari, jamiyatga qaytganidan keyin jinoyatni takrorlamasliklari

uchun ta’lim va kasbiy tayyorgarlik dasturlariga jalb qilinadi. Kanada shuningdek,

mahkumlarning huquqlarini himoya qilish, ularga moslashuv va yordam berish

tizimini yaratishda jahon miqyosida muvaffaqiyatli amaliyotlarga ega

3

.

2

https://mainline.nl/en/projects/life-after-prison/

3

GL 726-2 National Correctional Programs Referral Guidelines


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

373

2181-

3187

Mahkumlarning jamiyatga qayta integratsiyalashuvi jarayoni murakkab ijtimoiy-

psixologik, huquqiy va iqtisodiy muammolar bilan to‘qnash keladi. Birinchi muammo

— bu jamiyatdagi salbiy stereotiplar bo‘lib, ko‘plab fuqarolar jazoni o‘tab chiqqan

shaxslarga nisbatan ishonchsizlik va rad etish munosabatini bildiradilar, natijada sobiq

mahkumlar ishga joylashishda, turar joy topishda va ijtimoiy hayotga qo‘shilishda

qiyinchiliklarga duch keladi. Jamoatchilik o’rtasida o‘tkazilgan so’rovnoma

natijalariga ko‘ra, so’rovnomada qatnashgan o’n to’rt kishining barchasi mahkumlarga

ishonchsizlik bilan qaralishi haqidagi fikrni ilgari surishgan.

Bu esa ularning o‘zini jamiyatdan chetlashtirilgan deb his qilishiga, ijtimoiy

norozilik va qayta jinoyat sodir etish xavfining ortishiga olib keladi. Ikkinchi muammo

— bu sobiq mahkumlarning o‘zlarida ijtimoiy hayotga tayyorgarlikning yetarli

emasligi, ya’ni kasb-hunar ko‘nikmalari, ta’lim darajasi pastligi, ijtimoiy moslashuv

strategiyalarining yo‘qligi bilan bog‘liq. Uchinchi muammo — bu davlat tomonidan

taqdim etiladigan ijtimoiy yordam, maslahat va reabilitatsiya xizmatlarining yetarli

darajada faol ishlamasligi yoki mavjud tizimlarning samaradorligining pastligi bilan

bog‘liqdir. To‘rtinchi muammo esa mahkumlarning oilaviy va yaqin ijtimoiy

aloqalarining uzilishi yoki zaiflashuvi natijasida ularning jamiyatga qaytishida ruhiy

va emotsional qo‘llab-quvvatlovdan mahrum bo‘lishidir. Shuningdek, iqtisodiy

muammolar,

jumladan,

ish

topishdagi

to‘siqlar,

mehnat

bozorida

raqobatbardoshlikning yo‘qligi, huquqiy hujjatlar bilan bog‘liq byurokratik to‘siqlar

ham sobiq mahkumlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bu omillar ularning

jamiyatda munosib o‘rin egallashini qiyinlashtirib, qayta ijtimoiylashuv jarayonini

sekinlashtiradi yoki izdan chiqaradi.

Integratsiyalashuvdagi muammolarni bartaraf etish uchun davlat, fuqarolik

jamiyati va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligi muhim bo‘lib, aynan ijtimoiy

xizmatlar, ish bilan ta’minlash siyosati, psixologik yordam tizimi va ijtimoiy

qarashlarni o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar orqali samaradorlikka erishish

mumkin


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

374

2181-

3187

Bu esa mavjud imkoniyatlarning real foydalanuvchiga yetib bormasligiga olib

keladi. Bundan tashqari, qamoqxona muhitining o‘zi ham mahkumning keyingi

ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki ko‘p hollarda bu muassasalarda

zo‘ravonlik, bosim, korrupsiya va insoniylikdan yiroq munosabatlar hukm suradi.

Natijada mahkum shaxsiy rivojlanish emas, balki omon qolish, himoyalanish, o‘zini

yopish kabi mexanizmlarni o‘rganadi.

Bunday holatda bo‘lgan shaxs jamiyatga chiqqach, yangi ijtimoiy muhitga

moslashishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Shu bilan birga, ayrim sobiq

mahkumlar o‘z jinoyatkor doiralarini tark eta olmasligi, ularga qayta bog‘lanishi yoki

jinoyatga yana jalb qilinishi ham integratsiyaning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu

kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun jazoni o‘tab chiqqan fuqarolarga ish

beruvchilarni rag‘batlantirish, ular uchun maxsus reabilitatsiya markazlarini

ko‘paytirish, doimiy psixologik va huquqiy maslahat berish tizimlarini kuchaytirish

talab etiladi. Eng asosiysi esa sobiq mahkumlarga nisbatan jamiyatning fikrini

o‘zgartirish, ularni jinoyatchi emas, balki yangi hayot boshlash istagidagi inson sifatida

qabul qilishga yo‘naltirilgan targ‘ibot ishlarini olib borish zarur. Aks holda, mavjud

muammolar ildizi chuqurlashib, jinoyatchilikning takrorlanuvchanligi oshib

boraveradi.

Bu muammolarni hal etishning samarali usullaridan biri bu davlat organlari va

jamoat tashkilotlari hamkorligidir. Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi jinoiy jazo

boshqarmasi va jamoat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni nazarda tutuvchi

“Tojikistonda mahkumlar va sobiq mahkumlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy

huquqlarini himoya qilish” loyihasi bu yondashuvga misol boʻla oladi. Ushbu loyiha

qamoqxonalarda o'quv kurslarini o'tkazdi va sobiq mahkumlar ozodlikka chiqqandan

keyin ta'lim dasturlarini davom ettirdi.

2014-yildan buyon “Inson huquqlari va qonun ustuvorligi byurosi” jamoat

tashkiloti mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritib, sobiq mahkumlar uchun biznes

rejalashtirish, shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy tadbirkorlik bo‘yicha treninglar

o‘tkazmoqda. Muvaffaqiyatli loyiha takliflari sobiq mahkumlarga o‘z biznesini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

375

2181-

3187

boshlash yoki kengaytirishda yordam berish uchun grantlar bilan taqdirlandi. Qariyb

o‘n yil davomida “Tojikistonda mahkumlar va sobiq mahkumlarning ijtimoiy,

iqtisodiy va madaniy huquqlarini himoya qilish” loyihasi doirasida 20 ga yaqin kishi

ana shunday grantlardan foydalandi. Sobiq mahkumlarni biznes va ijtimoiy

tadbirkorlikka o‘rgatish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan birga, nafaqat

o‘zini-o‘zi ta’minlash, balki boshqalarni ham ish bilan ta’minlash imkonini yaratadi

4

.

Bundan tashqari, jazoni o‘tab chiqqanlarga mo‘ljallangan ijtimoiy yordam dasturlari

ko‘pincha byurokratik to‘siqlar bilan to‘la bo‘ladi: hujjatlar yig‘ish, maxsus ro‘yxatdan

o‘tish, doimiy yashash manzilining yo‘qligi kabi omillar ularning yordamga muhtoj

bo‘lsa-da, undan foydalana olmasligiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, yosh mahkumlar

uchun integratsiya jarayoni yanada og‘ir kechadi, chunki ularning aksariyatida mehnat

tajribasi, kasb-hunar yoki ijtimoiy muloqot ko‘nikmalari bo‘lmaydi. Shu boisdan ular

jamiyatda mustaqil yashashga tayyor emas, bu esa ularni jinoyatkor guruhlarga qayta

jalb qilinishiga olib keladi. Oilaning sobiq mahkumni qabul qilmasligi yoki uni qo‘llab-

quvvatlashdan bosh tortishi ham katta muammo hisoblanadi, chunki jamiyatga qaytish

yo‘lida eng muhim turtkilardan biri bu yaqinlar ko‘magi, psixologik yordam va

motivatsiyadir. Bularning barchasi shuni anglatadiki, mahkumlarning integratsiyasi

masalasi faqat ularning jazoni tugatgani bilan yakunlanmasligi, balki uzoq muddatli,

tizimli ijtimoiy ko‘makni talab qiladigan jarayondir. Shu jihatdan davlat tomonidan

maxsus monitoring va kuzatuv tizimini yaratish, sobiq mahkumlarning moslashuvini

nazorat qilish va kerakli vaqtda yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi zarur.

Mahkumlarni kasbiy tayyorlash dasturlarida nafaqat texnik yoki amaliy

ko‘nikmalar, balki ijtimoiy moslashuvni ta’minlash, psixologik yondashuv ham

muhim rol o‘ynaydi. O‘rgatilgan kasbni amalda qo‘llash, mahkumlar o‘rtasida ularning

o‘zgarishga va yangi hayot boshlashga bo‘lgan ishonchni yaratadi. Psixologik yordam,

ayniqsa, qayta jinoyat sodir etishning oldini olish uchun zarur. Mahkumlar o‘zlarini

jamiyatdan ajratilgan deb his qilganlari uchun, ularning o‘zgarishiga turtki berish va

motivatsiya yaratish muhimdir. Bu jarayonda psixologik maslahatlar, guruh

4

Reintegration-of-ex-prisoners-into-normal-life-overcoming-barriers-and-successful-experiences. 2024.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

376

2181-

3187

terapiyalari va shaxsiy reabilitatsiya dasturlari o‘rganilayotgan kasbga qo‘shib

o’tkazilishi kerak.

Jinoyat ijroiya kodeksining 13-bobi “Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar

mehnati”da mahkumlarning kasb-hunar o’rganishlari va ushbu hunarlar va kasblar

doirasini yuqorida ta’kidlangan davlatlardagi kabi kengaytirilishini taklif qilamiz.

Mahkumlarning mehnatiga haq to’lashda stavkalar oshirilib, mahkumlarning o’z

oilalariga ko’proq iqtisodiy tomonlama yordam berishi ularning ongida qayta

ijtimoiylashuvga bo’lgan ishonchni oshiradi. Jahon mamlakatlarida ommalashayotgan

ma’lum ta’lim va kasb-hunar bo’yicha qisqa, o’rta va uzoq muddatli dasturlarning

O’zbekiston penitensiar tizimiga tatbiq etilishi ushbu yo’nalishda juda yuqori

natijalarga olib kelishi mumkin. Mahkumlarga zamonaviy kasblarning o’rgatilishi

hamda ular hali jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilmasidan oldin davlat bandlikka

qarshi kurash ma’muriyati hamda xususiy sektorlar bilan birgalikda ularning kasbiy

yo’nalishiga oid bo’lgan mehnat shtatlari topish ustida ish olib borilishi orqali

mahkumlarning qayta ijtimoiylashuvida kasb-hunar va mehnatning to’liq

imkoniyatlaridan foydalanish mumkin bo’ladi.

Ijtimoiy-madaniy

faoliyatni

Jinoyat-ijroiya

kodeksining

7-moddasida

mahkumlarni ma’naviy jihatdan to‘g‘rilash yo‘li sifatida sanab o‘tish, “ijtimoiy-

madaniy” tadbirlar mahkumlarni ijtimoiylashtirish usuli sifatidagi g‘oyaga huquqiy

ta’rif berish kerak. Ta’lim dasturlari, badiiy hunarmandchilik loyihalari, madaniy

bayramlar, musiqa va ijro tadbirlari, diniy xizmat va marosimlar, yordam guruhlari va

maslahat mashg‘ulotlari, sport tadbirlari ijtimoiy-madaniy tadbirlarga misol bo‘la

oladi. Mahkumlarning ushbu faoliyatga jalb etilishi bilan bog'liq xatti-harakatlari

ma'naviy tiklanish jarayoni sifatida ko'rib chiqilishi va ular bu vaqt ichida ishlash

talabidan ozod qilinishi kerak. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarni rejalashtirishda

ko'ngillilar jamoalari, jamoat harakatlari va mahbuslarni parvarish qilish bilan

shug'ullanadigan xalqaro tashkilotlar bilan tizimli aloqani rejalashtirish kerak.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

377

2181-

3187

Mahkumlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi nafaqat shaxsiy, balki oilaviy

aloqalarning tiklanishiga ham bog’liqdir, Shu bois, Jinoyat-ijroiya kodeksiga quyidagi

modda kiritilishini taklif etamiz:

“Mahkumlarning oilaviy aloqalarini mustahkamlash va qo’llab-quvvatlash

maqsadida sud va penitensiar muassasalarda maxsus oilaviy reabilitatsiya dasturlari

joriy etiladi. Ushbu dasturlar doirasida oilaviy psixologik trening, onlayn va oflayn

muloqot imkoniyatlari, oilaviy tashriflar va maxsus ‘oilaviy yordam’ protokollari

belgilanishi lozim”. Xalqaro tajribada, xususan, Norvegiya va Germaniyada oilaviy

qo‘llab-quvvatlash tizimi muvaffaqiyatli ishlaydi. Oilaviy aloqalar tiklansa,

mahkumlarning qayta ijtimoiylashuvi, ishonch va psixologik holati yaxshilanishi

kuzatilgan. Bunday reabilitatsiya usuli mahkumlarning qayta jinoyat sodir etish

ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

9-moddaning 11-qismi quyidagicha to’ldirilishini taklif qilamiz:

Jazoni o’tashning so’nggi bosqichida mahkumlar nazorat ostida jamiyatda

vaqtinchalik ishga chiqish huquqiga ega. Bu mehnatga tayyorlash, ishga qaytishni

osonlashtirish va ijtimoiy moslashuvni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Mahkum ozodlikdan mahrum etilgan muhitdan asta-sekin jamiyatga qaytishga

tayyorlanadi. Ish joyida odamlarga moslashish, ijtimoiy aloqalar o‘rnatish va mehnat

intizomini tiklash imkoniyati yaratiladi. Bu esa jinoyatga qayta murojaat qilish

ehtimolini kamaytiradi, ya’ni retsidiv darajasini tushiradi.

Mahkumlarning ijtimoiylashuvi davlat va jamiyat oldidagi eng dolzarb

masalalardan biridir. Ularning jamiyatga to‘laqonli qaytishi jinoyatchilikning

kamayishiga, ijtimoiy adolatning qaror topishiga xizmat qiladi. Diplom ishida bayon

etilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida mahkumlarning ijtimoiy, iqtisodiy va

huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish mumkin. Shu orqali

ularning insoniy qadr-qimmatini tiklash, ijtimoiy integratsiyani ta’minlash va takroriy

jinoyatlarning oldini olish imkoniyatlari kengayadi.

Foydalanilgan manbalar:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

378

2181-

3187

1.

https://www.penalreform.org/global-prison-trends-2023

2.

https://mainline.nl/en/projects/life-after-prison/

3.

GL 726-2 National Correctional Programs Referral Guidelines

4.

Reintegration-of-ex-prisoners-into-normal-life-overcoming-barriers-and-

successful-experiences. 2024.

5.

Xudoyberganov, T. (2020).

Ijtimoiy reabilitatsiya: nazariya va amaliyot

.

Toshkent: O‘zbekiston davlat huquqshunoslik instituti.

6.

Mirkhamidov, R. (2019).

Mahkumlarning qayta ijtimoiylashuvi: muammolar va

yechimlar

. Toshkent: Ijtimoiy fanlar nashriyoti.

7.

Qodirov, A. (2021).

Jinoyat sodir etgan shaxslarning ijtimoiylashuvi va huquqiy

himoyasi

. Toshkent: Moliya va iqtisodiyot nashriyoti.

8.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi. (1994). – Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi.

9.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya Kodeksi. (1999). – Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.

10.

O‘zbekiston Respublikasining "Mahkumlar va ularning qayta ijtimoiylashuvi"

haqidagi qonuni. (2003). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

11.

O‘zbekiston Respublikasining "Inson huquqlari" haqidagi xalqaro

majburiyatlari. (2012). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

12.

O‘zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy xavfsizlik va reabilitatsiya

to‘g‘risidagi" qonuni. (2017). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.

Библиографические ссылки

GL 726-2 National Correctional Programs Referral Guidelines

Reintegration-of-ex-prisoners-into-normal-life-overcoming-barriers-and

successful-experiences. 2024.

Xudoyberganov, T. (2020). Ijtimoiy reabilitatsiya: nazariya va amaliyot.

Toshkent: O‘zbekiston davlat huquqshunoslik instituti.

Mirkhamidov, R. (2019). Mahkumlarning qayta ijtimoiylashuvi: muammolar va

yechimlar. Toshkent: Ijtimoiy fanlar nashriyoti.

Qodirov, A. (2021). Jinoyat sodir etgan shaxslarning ijtimoiylashuvi va huquqiy

himoyasi. Toshkent: Moliya va iqtisodiyot nashriyoti.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi. (1994). – Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya Kodeksi. (1999). – Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.

O‘zbekiston Respublikasining "Mahkumlar va ularning qayta ijtimoiylashuvi"

haqidagi qonuni. (2003). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasining "Inson huquqlari" haqidagi xalqaro

majburiyatlari. (2012). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy xavfsizlik va reabilitatsiya

to‘g‘risidagi" qonuni. (2017). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.