Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rganuvchi o‘zbek guruhlari
doirasida leksik birliklarning o‘rni va ularning kommunikativ ahamiyati tadqiq etiladi.
Tadqiqot davomida ingliz va o‘zbek tillarining leksikologik tizimlari orasidagi
strukturaviy va semantik o‘xshashliklar hamda farqlar tahlil qilinadi. Shuningdek,
o‘zbek tilida erkin muloqot qila oladigan o‘quvchilarning ingliz tili leksikasini
o‘zlashtirish jarayonida duch keladigan asosiy muammolari aniqlanadi hamda ularni
bartaraf etishga qaratilgan samarali metodik yondashuvlar taklif qilinadi.