ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
357
2181-
3187
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI
O‘RGATISHDA RASMLI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH
USULLARI
Namangan Davlat Pedagogika Instituti
Yevropa tillari kafedrasi
bakalavr talabasi
Xakimova Feruza Ixtiyor qizi
Tel: +998938475722
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini
o‘rgatishda rasmli ma’lumotlardan foydalanishning samarali usullari tahlil qilinadi.
Vizual materiallar yordamida til o‘rganish jarayonini yengillashtirish, bolalarda tilga
bo‘lgan qiziqishni oshirish va darslarning samaradorligini kuchaytirish imkoniyatlari
ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada tasviriy yondashuvning afzalliklari, amaliy
tavsiyalar va o‘qituvchilar uchun foydali metodikalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Boshlang‘ich sinf, ingliz tili, vizual materiallar, rasmli
ma’lumotlar, o‘rgatish usullari, bolalar ta’limi, ingliz tilini o‘rganish, samarali
metodlar, didaktik materiallar, tasviriy yondashuv.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются эффективные методы
использования наглядной информации при обучении английскому языку
учеников начальных классов. Освещается роль визуальных материалов в
упрощении процесса изучения языка, повышении интереса учащихся и
увеличении эффективности занятий. Также в статье приведены преимущества
визуального подхода, практические рекомендации и полезные методики для
учителей.
Ключевые слова:
Начальные классы, английский язык, визуальные
материалы, наглядная информация, методы обучения, детское образование,
изучение английского языка, эффективные методы, дидактические материалы,
визуальный подход.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
358
2181-
3187
Abstract:
This article explores effective methods of using pictorial information
in teaching English to primary school students. It highlights how visual materials can
simplify the language learning process, increase students' interest, and enhance lesson
efficiency. The article also presents the advantages of the visual approach, practical
recommendations, and useful techniques for teachers.
Keywords:
Primary school, English language, visual materials, pictorial
information, teaching methods, children's education, learning English, effective
methods, didactic materials, visual approach.
Ingliz tili hozirgi kunda jahon miqyosi darajasiga ko’tarilayotgan tillardan biri
hisoblanadi. Xalqaro miqyosda aloqalari kengayib borayotgan bu tilni kichik yoshdan
o’rganish va o’rgatish samaraliroq hisoblanadi. Ingliz tilini erta yoshdan o’rgatish
bolalarda til kompotentsiyasini yaxshi shakllantiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari
psixologik xususiyatidan kelib chiqib ularga darslar qiziqarli va tushunarli hamda
o’yinlarga boy qilib tashkil etish muhim. Bu jarayonlarga darsni samarali tashkil
etishning yana bir turi rasmli ma’lumotlardan foydalanish. Rasm, video, musiqali,
she’rlar orqali o’rgatish usullari qiziqarli bo’lganligi sababidan ham boshlang’ich
yoshdagi bolalarga tushunish va eslab qolish jarayonlarida foyda beradi. Vizual
yondashuv usuli orqali o’quvchilarning e’tiborini jalb qilib dars jarayoniga olib
kiriladi. Ularga bir necha misollar keltirsak:
-Kartoshkalar (Flashcards): So’zlarni ko’rsatish jarayonida ularning rasmlari
bilan birga qo’llash orqali o’quvchilarning eslarida qoladi.
-Rasmli hikoyalar: Oddiy matnlarni rasmlar bilan boyitish orqali. Bu usulda
berilgan hikoyadagi narsa-buyum hayvonlarning ham nomlari alohida tarzda berib
borilsa, o’quvchilar qiziqishi orqali yodlaydi.
-Multimedia vositalari: Video, animatsiya va interaktiv o’yinlardan foydalanish
o’quvchilarning faolligini ta’minlab, ular bu usul yordamida ta’laffuzni va
suhbatlashishni o’rganishlariga ham yordam beradi.
O’quvchilarni vizual materiallar yordamida dars jarayonlarini tashkil etish
davomida ularning materiallari yoshlari jiatda mos bo’lishi lozim. Dars mavzusiga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
359
2181-
3187
yo’naltirib ishlangan material samarali bo’ladi. Bularning bari mashg’ulot shaklida
tashkil etilsa, o’quvchilarning faolligi oshgan holda natija yaxshiroq bo’ladi.
Rasmli ma’lumotlardan foydalanish o’quvchilarga o’rganish jarayonida
qiziqarli bo’lganligiga, ular o’rganishga osonroq intiladilar. Bu usul til ko’nikmasini
shakllantirishda metodikaning yana bir samarali turi. Vizual materiallarni maqsadga
muvofiq metodikalar bilan uyg’unlikda tashkil etish orqali darslar o’z natijajasini
yaxshiroq beradi. Rasmli ma’lumotlar bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirib,
ingliz tilida berilgan so’zlarni tezroq yodlab olishiga yordam beradi. Tadqiqotlarga
ko’ra, bolalar o’rganishda ko’proq vizual materiallarga tayanganida ma’lumotlarni
samaraliroq qabul qiladi va eslab qoladi
[1]
.
Hozirgi kunda o’quvchilarning o’rganish jarayonlarini rasmli ma’lumotlardan
bo’lgan bularning yana bir turi komikslar orqali o’rganishga qaratsak, komikslar ya’ni
rasmli hikoyalar orqali tilni o’quvchilarga o’rgatish ham metodikaning yana bir
samarali usuli hisoblanadi. Mantli ma’lumotlarni kinoya tarzda keltirib ularni
qahramonlarga bo’lish orqali bolalar nafaqat o’qish ko’nikmalariga ega bo’ladi bakli,
jismoniy tarzda ham harakat qilib dars davomida faol ishtirok etadi. Komikslar
o’zining vizual ta’sir kuchi orqali bolalar va kattalarga ham ma’lumotni tezroq qabul
qila olishiga yordam beradi. Eslab qolishlari osonlashadi. Komikslarda qiziqarli rasm
va tasvirlar bo’lganligi uchun ham qiziqarli syujetlar o’rganish jarayonida
o’quvchilarni o’ziga jalb qilib turadi. Murakkab tushunchalarni soddaroq va oddiy tilda
tushunishga yordam beradi. Chet tilini yangi o’rganayotgan o’quvchilarga turli obrazli
ko’rgazma materiallar foyda bergani kabi komikslar ham samarali hisobladi.
Komikslarda tilda foydalanadigan kundalik so’zlar, nutq birliklarini qo’lash orqali
gramatik tuzilmalar jihatidan va so’z qo’llay olish taraflama ham o’quvchilarga o’z
samarasini beradi. Komikslarni o’qish orqali unda ketayotgan mavzu jihatdan
o’quvchilarni saval-javob qilish orqali ularning nutqiy faoliyatini ham ko’tarishimiz
mumkin. Komikslardan pedagogik vosita sifatida foydalanish o‘quvchilar e’tiborini
o‘ziga tortadigan va so‘z boyligini o‘zlashtirishni osonlashtiruvchi ko‘rgazmali,
1
Dale E. Audio-visual methods in teaching. Dryden Press. New York-1969-y.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
360
2181-
3187
jozibali va matnga boy vositani taqdim etadi. Ushbu metodologiya maqsadli faoliyatni
loyihalash, til o‘zaro ta’siri va muloqotni rivojlantirish hamda tegishli baholash
usullarini qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
[2]
Vizual materiallar o’quvchilarning til o’rganish ko’nikmalarini samarali tarzda
oshirishga yordam beradi. O’quvchilarning til o’rganishdagi leksik kompotentsiyasi va
o’rganish jarayonidagi samaradorligini ham oshiradi. Vizual materiallar kichik
yoshdagi bolalarga chet tilini ayniqsa ingliz tilini o’rgatishda juda ham foydali bo’ladi.
Vizual materiallarning ko’plab turlari mavjud. Masalan, rasmlar va flashkartochkalar.
Flashkartochkalar va rasmlar kichik yoshdagi bolalarga til o’rgatishda eng samarali
materiallar hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari og’zaki holatda
tushuntirgandan ko’ra ko’proq eshitganlarini tushunadilar va eslab qoladilar. Kichik
yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatishda vizual materiallardan foydalanishning
ijobiy jihatlari bor. Bolalarda eshitib eslab qolishdan ko’ra ko’rib eslab qolish
xususiyati ko’proq rivojlangan bo’ladi va rasm yoki ko’rishga mo’ljallangan
ma’lumotlarni uzoqroq muddat eslab qola olishadi. Rasmli ma’lumotlar yordamida
chet tillarini (ingliz tili) o’rgatishda bolalar so’zlarning ma’nosini bilmagan holatlarida
ham uning nima ekanligini anglashadi va bu esa bolalarga tilni yaxshi
o’zlashtirishlariga yordam beradi. Vizual materiallar til o’rganishdagi boshqa usul va
ko’nikmalarning ham rivojlanishiga imkon beradi. Ular o’quvchilarning darsga
bo’lgan qiziqishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga til
o’rgatishda vizual materiallar (rasmlar va flashkartochkalar) larning ahamiyati katta.
Rasmlar va flashkartochkalar bolalarda darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi va
e’tiborlarini tortishga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarda ko’rish qobiliyatlari
va xotiralari kuchli bo’lganligi sababli, til o’rganishlari sezilarli darajada oshishi
mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ayniqsa kichik yoshdagilar vizual
materiallarga ya’ni rasmli va o’yin tarzida olib boriladigan ma’lumotlarga juda ham
qiziqishadi va bu chet tillarini (ingliz tili) o’rganishiga bo’lgan qiziqishini va faolligini
oshiradi. Rasmli qilib berilgan har qanday so’zni bolalar bir zumda anglay oladilar.
2
International Journal of Artificial Intelligence, 2024, Vol. 4(03),p.582
–
587.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
361
2181-
3187
Flashkartochkalar asosan o’yin tarzida foydalaniladi va bu bolalarga ko’rish orqali
ko’proq so’zlarni yodlab qolishlariga yordam beradi.
Vizual materiallar (rasmlar va flashkartochkalar) bolalar uchun ahamiyatli
hisoblanadi, chunki ular tarjimasini bilmagan holatda nima ekanligini anglashga,
ko’proq so’zlarni eslab qolishga va umuman chet tillarini (ingliz tili) o’rganishlarida
muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda ingliz tilini o‘rgatish jarayonida vizual
materiallardan foydalanish samarali o‘quv yondashuvi sifatida e’tirof etilmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rasmlar, infografikalar, videodarslar va kengaytirilgan
haqiqat (AR) texnologiyalari talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga sezilarli
darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu vositalar ayniqsa so‘z boyligini kengaytirish,
darsga bo‘lgan qiziqishni oshirish va og‘zaki nutqni shakllantirishda samaradorlikka
ega. Masalan, rasmli flashkartalar orqali o‘tkazilgan lug‘at darslarida talabalar
so‘zlarni ancha yaxshi eslab qolishgan. Bu ikki xil axborot vizual va og‘zaki birgalikda
taqdim etilganda o‘zlashtirish kuchayishini ta’minlaydi. AR texnologiyalaridan
foydalangan holda o‘tilgan darslar ham o‘quvchilarda yuqori ishtirok va ijobiy
munosabat uyg‘otgan bo‘lsa-da, ularning bilish samaradorligiga ta’siri har doim ham
sezilarli emas.
Shuningdek, AR asosidagi mashg‘ulotlar, ayniqsa speaking (so‘zlashuv)
ko‘nikmalarini rivojlantirishda, o‘quvchilarga haqiqiy muloqotga yaqin tajriba
yaratishda foydali bo‘lmoqda. Biroq bu kabi texnologik usullarning muvaffaqiyati
o‘qituvchining tayyorgarligi, o‘quv materiallarining sifatli tanlanishi va metodik
moslashuv darajasiga bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda, vizual materiallar o‘quv jarayonining markaziy vositasi
bo‘lmasa-da, ular bilimni chuqurroq o‘zlashtirish, o‘quvchilarni faollikka undash va
darsni jonlantirish uchun muhim yordamchi usul sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchilar bu vositalardan maqsadga muvofiq va pedagogik ehtiyojlarga mos
ravishda foydalanishlari lozim.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
362
2181-
3187
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Dale E. Audio-visual methods in teaching. Dryden Press. New York-1969-y.
2.
International Journal of Artificial Intelligence, 2024, Vol. 4(03),p.582
3.
Ko, H., & Li, M. The effects of image‑based flashcards on vocabulary retention
among EFL learners. Asian Journal of Language Teaching, 12(1),2024. 45–67.
4.
Alshumaimeri, Y., & Mazher, N. Augmented reality in EFL: A meta‑analytic
review. Education and Information Technologies, 28(6),2023.p.14209–14229.
5.
Mohd Nabil, N. S., Nordin, H., & Ab Rahman, F. Immersive language learning:
Evaluating augmented reality filter for ESL speaking fluency teaching. Journal of
Research in Innovative Teaching & Learning, 17(2), 2024.p.182–195.
6.
Fitayanti, S. (2024). Transforming and evaluating EFL speaking skills with
augmented reality: An AR‑based module approach. English Review: Journal of
English Education, 12(2), 2024.p.833–842.
7.
Attygalle, N. T., Kljun, M., Quigley, A., et al. Text‑to‑image generation for
vocabulary learning using the keyword method. arXiv.2025-y.
8.
https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/1453/2367