ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
319
2181-
3187
TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Zakirova Madina Shavkat qizi
O’zbekiston jahon tillar universiteti
Ingliz tilini o’qitish metodikasi
va ta’lim texnologiyalar kafedrasi
Stajor o’qituvchi
Annotatsiya.
Hozirgi kunda ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
shart va zarur bo’lib qolgan. Ushbu maqolada dars jarayonida innovatsion
texnologiyalardan foydalanishning foydali tomonlari, o’quvchilarning ta’limga
yondashuvi, innovatsion texnologiyalardan foydalanganda o’quvchilarning bilim
olishiga ta’siri o’rganiladi.
Kalit so’z.
Ta’lim, innovatsion texnologiyalar, interfaol metod, interaktiv ,
nyuans, dars jarayoni, o’qitish metodlari.
Аннотация.
В настоящее время использование инновационных технологий
в образовании стало обязательным и необходимым. В данной статье
рассматриваются преимущества использования инновационных технологий на
уроке, подход учащихся к образованию, а также влияние использования
инновационных технологий на обучение учащихся.
Ключевое
слово.
Образование,
инновационные
технологии,
интерактивный метод, интерактив, нюанс, учебный процесс, методы обучения.
Abstract.
Nowadays, the use of innovative technologies in education has become
mandatory and necessary. This article examines the benefits of using innovative
technologies during the lesson, students' approach to education, and the impact of using
innovative technologies on students' learning.
Key word.
Education, innovative technologies, interactive method, interactive,
nuance, teaching process, teaching methods.
Kirish.
Dunyo bo’ylab rivojlanish jadallik bilan o’sib borayotgan hozirgi kunda,
ta’limda ham texnologik jihatdan o’zgarishlarni talab qilmoqda. O'zgarishlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
320
2181-
3187
o'qituvchilarga Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish
orqali o'qitish va ta'lim amaliyotiga texnologiya qo'llab-quvvatlanadigan materiallarni
integratsiya qilish uchun keng imkoniyatlar ochdi. Ta’lim amaliyotiga innovatsion
texnologiyalarni olib kirish , o’quvchilarning darsga yondashuvini o’garishiga, bilim
darajasini oshirishga, o’qituvchilarga darj jarayonini oson va qiziqarli tashkil etishga
yordam berdi. Innovatsion texnologiyalar orqali dars o’tilganda o’quvchilarda tasavvur
qilish qobilyati o’sadi, tez fikrlash va tez harakat qilishga o’rganadi.
Innovatsiya yangilik kiritish deganidir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik
jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib,
uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv
metodlar bu jamoa bo’lib fikrlash hisoblanadi, yani pedagog o’quvchilarga ta’sir
etishda ta’sit etish usuli hisoblanadi. Interaktiv metodlarda pedagog va o’qituvchilar
birgalikda faoliyat ko’rsatadi, o’quvchilar shunchaki tinglovchi emas, ishtirokchiga
aylanadi, hech qaysi o’quvchi darsdan chetda qolmaydi. Bunday pedagogik hamkorlik
jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish
va izlanishga majbur etishi;
- o’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda
bo’lishini taminlashi;
- o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga
ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
O'qitish va o'qitish jarayonida texnologiya va innovatsion integratsiya turli xil
vositalar orqali o'rganishni osonlashtirish, o'quvchilarga yo'naltirilgan ta'lim uchun
imkoniyatlar yaratish, o'quvchilarni jalb qilish va farqlash va o'rganish afzalliklarini
ta'minlash uchun texnologiyalarni qo'llashni anglatadi (Fullan, 2011; Ertmer va boshq.
, 2012). Texnologiyadan o'qitishda foydalanish darsni rejalashtirish, ma'ruza taqdimoti,
yozib olish ,tadqiqot va tengdoshlar o'rtasidagi hamkorlik (Bebell va boshqalar, 2004)
kabi faoliyatni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, texnologiyadan o'quv vositasi sifatida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
321
2181-
3187
foydalanish o'qituvchilardan farqli o'laroq, o'quvchilarni o'quv jarayonining markaziga
qo'yadi, shu bilan birga ijtimoiy o'zaro ta'sirlarga, turli sohalardagi aloqalarga e'tibor
qaratadi.
Olib borilgan tadqiqotlardan ko’rishimiz mumkinki,o’qitish texnologiyalarini
integratsiyasi natijasida o’quvchilarning qobilyatini rivojlantirish, yetkachilikni
qo’llab-quvvatlash rivojlandi. Innovatsion ta’lim va ta’lim texnologiyalarining
integratsiyasi: taqdimot texnologiyalaridan foydalanish, baholash va fikr bildirish,
ma’lumotlarga kirish va almashishdan iborat.
Xulosa.
Jamiyatdagi har bir soha bir-bir bilan uzviy bog’liq hisoblanadi. Jamiyat
rivoji uchun ta’lim sohasini rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega.Ta’lim sohasida
innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o’quvchilarni o’qitishda interaktiv
metodlarni joriy etish orqali jamiyatga yetuk bilimli kadrlar yetkazib berish mumkin.
Buni ko’plab davlatlar tajribasidan ko’rishimiz mumkin. Xususan O’zbekistonda ham
o’quvchilarning bilim darajasi, liderlik hususiyatlari rivojlanganligini ko’rishimiz
mumkin.Shu sababli ham hozirgi kunda ta’lim sohasiga juda kata e’tibor qaratilmoqda.
Ta’lim sohasiga yana yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali biz
qo’yilgan maqsadlarga yanada tezroq erishishimiz mumkin.
References.
1.Ishmuxamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini
oshirish yullari. T.: TDPU, 2004.
2.Yunusovna, S. Z. The Role of the Conversational Implicative in Linguopragmatics
on the Basis of Formal and Informal Letters. TDO'TAU, 2022
3. Sayibova Z. Y. Innovatsion texnologiyalarning ta’lim sohasidagi o’rni . Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2023
4.
Elizabeth Landaa , Chang Zhua , Jennifer Sesabo. Readiness for integration of
innovative teaching and learning technologies: An analysis of meso‐micro variables in
Tanzanian higher education. International Journal of Educational Research Open. 2023