Авторы

  • Olimova Guli Bobomurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121143

Ключевые слова:

xalqaro rezervlar fiskal taqchillik nooperatsiyaviy o‘zgarishlar portfel investitsiyalar manfiy saldo xalqaro obligatsiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilgi 
to‘lov balansi ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib, ichki va tashqi iqtisodiy 
omillarning balansga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Asosiy e’tibor joriy operatsiyalar 
hisobi, savdo balansi, birlamchi va ikkilamchi daromadlar, shuningdek, to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va portfel investitsiyalarning o‘sishiga qaratilgan. 2024
yilda to‘lov balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan global xomashyo narxlari, xizmatlar 
eksporti va moliyaviy oqimlar tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, 2025-yilga 
mo‘ljallangan prognozlar – eksport-import dinamikasi, mehnat muhojirlarining pul 
o‘tkazmalari, investitsiya oqimlari va fiskal taqchillikni kamaytirish rejalari asosida 
to‘lov balansida kutilayotgan o‘zgarishlar ham ko‘rib chiqiladi. Tahlillar Markaziy 
bank, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Davlat statistika qo‘mitasi 
ma’lumotlariga tayangan holda olib borilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

310

2181-

3187

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TO‘LOV BALANSI, XALQARO

INVESTITSIYALAR MAVQEI VA TASHQI QARZI

Olimova Guli Bobomurod qizi

Toshkent kimyo texnologiya instituti

Yangiyer filiali 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilgi

to‘lov balansi ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan bo‘lib, ichki va tashqi iqtisodiy

omillarning balansga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Asosiy e’tibor joriy operatsiyalar

hisobi, savdo balansi, birlamchi va ikkilamchi daromadlar, shuningdek, to‘g‘ridan-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va portfel investitsiyalarning o‘sishiga qaratilgan. 2024-

yilda to‘lov balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan global xomashyo narxlari, xizmatlar

eksporti va moliyaviy oqimlar tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, 2025-yilga

mo‘ljallangan prognozlar – eksport-import dinamikasi, mehnat muhojirlarining pul

o‘tkazmalari, investitsiya oqimlari va fiskal taqchillikni kamaytirish rejalari asosida

to‘lov balansida kutilayotgan o‘zgarishlar ham ko‘rib chiqiladi. Tahlillar Markaziy

bank, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Davlat statistika qo‘mitasi

ma’lumotlariga tayangan holda olib borilgan.

KALIT SO‘ZLAR:

xalqaro rezervlar, fiskal taqchillik, nooperatsiyaviy

o‘zgarishlar, portfel investitsiyalar, manfiy saldo, xalqaro obligatsiyalar.

KIRISH:

2024-yilda O‘zbekiston to‘lov balansi ko‘rsatkichlari jahonda asosiy

eksport xomashyo mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi, global moliyaviy

sharoitlarning yumshatilish fazasiga o‘tishi, asosiy savdo hamkor mamlakatlar valyuta

kurslaridagi tebranishlar hamda mehnat migratsiyasi yo‘nalishida kuzatilgan ijobiy

tendensiyalar kabi tashqi omillar, shuningdek mamlakatda yuqori darajadagi iqtisodiy

faollik, xizmat ko‘rsatish sohasida eksport salohiyatining oshishi, hukumat tomonidan

fiskal taqchillikni kamaytirish bilan bog‘liq rejalarning amalga oshirilishi singari ichki


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

311

2181-

3187

omillar ta’sirida shakllandi. 2024-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi 5,7 mlrd

dollarni tashkil qildi (2023-yilda 7,8 mlrd doll). Bunga savdo balansi manfiy

saldosining biroz kamayishi bilan birga ikkilamchi daromadlar komponenti bo‘yicha

kelib tushgan joriy transfertlar hajmining sezilarli darajada ko‘payishi ta’sir ko‘rsatdi.

2024-yilda xalqaro bozorlarda xomashyo narxlarining o‘zgarishi va

norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining ko‘payishi natijasida, jami eksport

hajmi 2023-yilga nisbatan 4,5 foizga o‘sib, 26,2 mlrd dollarni tashkil qildi (oltinsiz –

18,7 mlrd doll, o‘sish 11 foiz). 2024-yilda jami import hajmi 2023-yilga nisbatan 2,3

foizga ko‘payib, 43,6 mlrd dollarga etdi. Bu 2023-yilda ayrim turdagi tovarlarning bir

martalik yirik importi 2024-yil davomida sezilarli darajada qisqargani bilan izohlanadi.

Shunga qaramay, mamlakatda investitsiyaviy faollik va ichki iste’mol talabi yuqori

darajada saqlanib qolishi sharoitida xorijdan energoresurslar, mashina va uskunalar,

oziq-ovqat mahsulotlarining keltirilishi davom etdi.

1-diagramma

1

1

https://cbu.uz/upload/medialibrary/3fe/bgdbrekcxegzxrolmd7b43lkk97zbpow/uz_lat_
BOP_IIP_ED_2024Q4.pdf


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

312

2181-

3187

Natijada, birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi musbat saldo bilan

shakllanib, mos ravishda 1,1 mlrd va 10,6 mlrd dollarni tashkil etgan holda savdo

balansi taqchilligini qisman qopladi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi moliyaviy

hisob bo‘yicha kapital tushumlar, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, portfel investitsiyalar va

boshqa manbalar jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirildi. Jumladan, 2024-yil

davomida mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi 2023-

yilga nisbatan 32 foizga o‘sib, 2,8 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Portfel investitsiyalarning

sof jalb qilinishi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobiga 3,1

barobarga ko‘payib, 3,1 mlrd dollarni tashkil qildi. Yuqoridagi tarkibiy omillar

hisobiga 2024-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisob manfiy saldosi 7,4 mlrd dollarni

tashkil etdi.

2-diagramma

2

Hisobot davrida xalqaro zaxira aktivlarining xorijiy valyutadagi qismi 734

mln dollarga qisqarishi kuzatildi. Biroq, oltin jahon narxining yuqori sur’atlarda o‘sishi

2

https://cbu.uz/upload/medialibrary/3fe/bgdbrekcxegzxrolmd7b43lkk97zbpow/uz_lat_
BOP_IIP_ED_2024Q4.pdf


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

313

2181-

3187

natijasida xalqaro zaxiralar qoldig‘i 2024-yil boshiga nisbatan qariyb 6,6 mlrd dollarga

ko‘payib, 2025-yilning 1-yanvar holatiga 41,2 mlrd dollarni tashkil qildi. 2024-yil

yakuniga ko‘ra, to‘lov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy o‘zgarishlar

ta’sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqei joriy yil boshiga nisbatan

11 foizga mustahkamlanib, 2025-yil 1-yanvar holatiga 13,7 mlrd dollarga etdi. Bundan

tashqari umumiy tashqi qarz hajmi 64,1 mlrd dollarni (YaIMga nisbatan 55,7 foiz)

tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi qariyb 33,9 mlrd dollar (YaIMga

nisbatan 29,5 foiz) hamda korporativ tashqi qarz hajmi 30,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston umumiy tashqi qarzining dinamik qatorlari

3

O‘zbekistonning eksport tovarlari uchun tashqi yalpi talabning shakllanishi

asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy faollik darajasi, tashqi savdodagi

fragmentatsiya

jarayonlari

hamda

jahon

iqtisodiyotida

vujudga

kelgan

3

https://cbu.uz/upload/medialibrary/3fe/bgdbrekcxegzxrolmd7b43lkk97zbpow/uz_lat_
BOP_IIP_ED_2024Q4.pdf


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

314

2181-

3187

noaniqliklarning davom etishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning yanvar oyidagi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan jahon mamlakatlari, shu jumladan

O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha

prognozlar qayta ko‘rib chiqilgan. Jumladan, Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra,

2025-yilda Xitoy iqtisodiyoti 4,6 foizga (2024-y. 4,8%), Rossiya 1,4 foizga (2024-y.

3,8%), Turkiya 2,6 foizga (2024-y. 2,8%) va Qozog‘iston 5,5 foizga (2024-y. 4%)

o‘sishi mumkin. O‘zbekistonning asosiy eksport xomashyo mahsulotlarining jahon

narxlari bo‘yicha ijobiy kutilmalar saqlanib qolmoqda. Xususan, joriy yilning dastlabki

oylarida AQShning savdo siyosati, geosiyosiy vaziyat va global moliyaviy sharoitlar

bilan bog‘liq noaniqliklar fonida 1 tr. unsiya oltinning narxi birinchi marotaba 3 000

dollardan yuqori shakllandi. Makroiqtisodiy noaniqliklar hamda xalqaro bozorlarda

oltinga bo‘lgan talab yuqoriligi oltin narxining yil so‘nggiga qadar yuqori narxlarda

saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda6 . Kumush va mis narxlarining o‘tgan yilgi ijobiy

o‘sish trendi 2025-yil davomida ham saqlanib qolishi bo‘yicha kutilmalar mavjud7 .

Joriy yilning dastlabki ikki oyida mazkur metallarning narxi yil boshiga nisbatan mos

ravishda 4,5 foiz va 4,6 foizga o‘sdi. 2025-yilda turizm, transport va logistika hamda

kommunikatsiya, kompyuter va axborot texnologiyalari (IT) sohasi xizmatlar

eksportining asosiy drayverlari sifatida saqlanib qolishi, shunindek, mazkur sohalarda

islohotlarning davom ettirilishi natijasida norezidentlarga xizmat ko‘rsatish ko‘lami

oshishi kutilmoqda. Yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida 2025-yilda jami eksport

hajmi o‘tgan yilga nisbatan 10-12 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Joriy yilda yuqori

investitsiyaviy faollik va ichki iste’mol talabi import dinamikasini belgilovchi

omillardan bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiyoti real hisobda 5,5-6 foizga va yakuniy

iste’mol xarajatlari 5-6 foizga o‘sishi kutilmoqda. Mazkur jarayonlar hududlarni

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha investitsiya dasturlari doirasida mineral

mahsulotlar, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, mashina, uskuna va mexanizmlar hamda

boshqa xomashyolar importining o‘sishida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek,

Hukumatning fiskal taqchillikni kamaytirish bo‘yicha rejalarini inobatga olib, 2025-

yilda jami import hajmi o‘tgan yilga nisbatan 8-10 foizga o‘sishi kutilmoqda. 2025-yil


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

315

2181-

3187

davomida aksariyat mehnat muhojirlarni qabul qiluvchi mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish

ko‘rsatkichlari kutilmalarga nisbatan pastroq shakllanishi va mehnat migratsiyasi

siyosatining qat’iylashtirilishi mumkin bo‘lsa-da, ishchi kuchiga talab va ish

haqlarining yuqori darajada saqlanib qolishi mehnat muhojirlari daromadlarining

oshishini rag‘batlantirishi mumkin. Shuningdek, hukumatlararo kelishuvlar doirasida

mehnat muhojirlarini rivojlangan mamlakatlarga yuborish borasida tizimli ishlar

amalga oshirilishi davom etishini inobatga olib, O‘zbekistonga xalqaro pul

o‘tkazmalari hajmi 10-15 foizga oshishi kutilmoqda. O‘tgan yilning ikkinchi yarmidan

boshlab global moliyaviy sharoitlarni bosqichma-bosqich yumshatib borish fazasiga

o‘tildi. Natijada, joriy yilda xalqaro moliyaviy bozorlarda foiz stavkalarining o‘tgan

yilga nisbatan pastroq shakllanishi (SOFR stavkasi o‘rtacha 5,3 foizdan 4,3 foizga

pasaygan) norezidentlardan suzuvchan foiz stavkalarda jalb qilingan kreditlar va

qarzlarga xizmat ko‘rsatish hamda yangi qarzdorliklar jalb qilish xarajatlarining

kamayishiga xizmat qilishi mumkin. 2025-yilda savdo balansi manfiy saldosini

qoplashga xizmat qiluvchi birlamchi va ikkilamchi daromadlar komponentining ijobiy

saldosi o‘tgan yilga nisbatan 4-6 foizga ko‘payishi taxmin qilinmoqda. Yuqoridagi

ichki va tashqi omillar ta’sirida, 2025-yil yakuni bilan to‘lov balansi joriy

operatsiyalari hisobining manfiy saldosi YaIMning 5-6 foizi atrofida bo‘lishi prognoz

qilinmoqda. 2025-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi asosan xorijiy to‘g‘ridan-

to‘g‘ri investitsiyalarning sof kiritilishi (energetika, tog‘-kon, mashinasozlik, kimyo

sanoati, to‘qimachilik, bank-moliya va boshqa sohalarga kiritilishi kutilayotgan

sarmoyalar hisobiga o‘rtacha 2022-2024-yillar darajasida bo‘lishi), portfel

investitsiyalar (xalqaro kapital bozorlarida yangi yevrobondlar joylashtirilishi) va

tashqi qarz mablag‘lari jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirilishi kutilmoqda.

XULOSA:

2024-yilda O‘zbekistonning to‘lov balansi tashqi iqtisodiy muhitdagi

noaniqliklar fonida nisbatan barqaror shakllandi. Joriy operatsiyalar hisobidagi

taqchillik 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich avvalgi yildagiga nisbatan

yaxshilanishga erishilganini ko‘rsatdi. Eksport hajmining o‘sishi, ayniqsa oltinsiz

eksportdagi 11 foizlik o‘sish, xalqaro xizmatlar hajmining kengayishi hamda mehnat


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

316

2181-

3187

migrantlaridan kelayotgan pul o‘tkazmalarining sezilarli ko‘payishi savdo balansi

manfiy saldosini qisman qoplashga xizmat qildi. Xorijiy investitsiyalarning

faollashuvi, ayniqsa portfel investitsiyalar va yevrobondlar jalb etilishi moliyaviy

hisobni

qo‘llab-quvvatladi.

2025-yil uchun prognozlar eksport hajmining 10–12 foizga, importning esa 8–

10 foizga oshishini ko‘rsatmoqda. Bu esa investitsiyaviy faollik va ichki iste’mol

talabining yuqoriligidan dalolat beradi. Mehnat migratsiyasi va xalqaro moliyaviy

sharoitlar bo‘yicha kutilayotgan yumshashlar esa O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy

pozitsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, to‘lov

balansidagi barqarorlikni saqlab qolish uchun makroiqtisodiy siyosatning uzviy va

muvozanatli olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston tashqi sektorining asosiy ko‘rsatkichlari

4

Ko‘rsatkichla

r

2020

2021

2022

2023

2024

Joriy

operatsiyalar

hisobi

saldosi(mlrd doll)

-3,0

-4,9

-2,8

-7,8

-5,7

YAIMga

nisbatan foizda

-4,6%

-6,3%

-3,2%

-7,6%

-5,0%

Tovar

va

xizmatlar eksporti

14,5

16,4

21,0

25,0

26,2

YAIMga

nisbatan foizda

21,9

%

21,3

%

23,3

%

24,4

%

22,8

%

Tovar

va

xizmatlar importi

22,6

27,9

35,6

42,6

43,6

4

https://cbu.uz/upload/medialibrary/3fe/bgdbrekcxegzxrolmd7b43lkk97zbpow/uz_lat_
BOP_IIP_ED_2024Q4.pdf


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

317

2181-

3187

YAIMga

nisbatan foizda

34,1

%

36,1

%

39,6

%

41,6

%

37,9

%

Savdo

balansi saldosi

-8,1

-11,5

-14,7

-17,6

-17,4

YAIMga

nisbatan foizda

-

12,2%

-

14,9%

-

16,3%

-

17,1%

-

15,2%

Birlamchi va

ikkilamchi

daromadlar saldosi

5,1

6,6

11,8

9,8

11,7

YAIMga

nisbatan foizda

7,6%

8,5%

13,1

%

9,5%

10,2

%

Moliyaviy

hisob saldosi

-4,1

-6,4

-1,8

-9,4

-7,4

YAIMga

nisbatan foizda

-6,2%

-8,3%

-2,0%

-9,1%

-6,5%

To‘g‘ridan-

to‘g‘ri

xorijiy

investitsiyalar

1,7

2,3

2,7

2,1

2,8

YAIMga

nisbatan foizda

2,6%

2,9%

2,9%

2,1%

2,4%

Portfel

investitsiyalar(sof-

oqim, mlrd doll)

1,4

2,0

0,03

1,0

3,1

YAIMga

nisbatan foizda

2,1%

2,6%

0,03

%

1,0%

2,7%

Xalqaro

zaxiralar qoldig‘i

(mlrd doll)

34,9

35,1

35,8

34,6

41,2


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-72

Часть–3_ июня–2025

318

2181-

3187

YAIMga

nisbatan foizda

52,5

%

45,4

%

39,7

%

33,7

%

35,8

%

Sof xalqaro

investitsiyaviy

mavqe(mlrd doll)

20,3

17,1

19,0

12,3

13,7

YAIMga

nisbatan foizda

30,5

%

22,1

%

21,0

%

12,0

%

11,9

%

Umumiy

tashqi

qarz

qoldig‘i

33,8

39,4

43,5

53,3

64,1

YAIMga

nisbatan foizda

50,9

%

51,0

%

48,3

%

51,9

%

55,7

%

YAIM joriy

narxlarda

(mlrd

doll)

66,4

77,3

90,1

102,6

115,0

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

“To‘lov balansi sharhi – 2024-

yil”.

https://www.cbu.uz

2.

O‘zbekiston to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarzi yillik

hisobot| 2024

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.

“Tashqi savdo va

investitsiyalar

statistikasi

2024-yil

1-chorak.”

https://stat.uz

4.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

“Makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar

va

prognozlar

2024-2025

yillar.”

https://www.mf.uz

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “To‘lov balansi sharhi – 2024

yil”. – https://www.cbu.uz

O‘zbekiston to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarzi yillik

hisobot| 2024

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. “Tashqi savdo va

investitsiyalar

statistikasi – https://stat.uz

-yil

-chorak.”

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar

prognozlar –

-2025

yillar.”